Yo’ldoshev A. Mg’T-17/1 guruhi 1 Mavzu. Ekologiya huquqipredmeti, metodi, tizimi va manbalari


Download 24.04 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi24.04 Kb.
#245723
  1   2
Bog'liq
1-topshiriq


Yo’ldoshev A. MG’T-17/1 guruhi

1 Mavzu.Ekologiya huquqipredmeti, metodi, tizimi va manbalari
Quyidagisavollargajavobbering


  1. Ekologik huquq predmetivabu fanning boshqahuquqiyfanlartizimidagio`rniniyoriting.


Ekologiya xukuki bir-biri bilan chambarchas boglik bulgan ekologik xukukiy munosabatlarning birligi va yaxlitligi asosida namoyon buladi. Ma'lumki, xar bir fan shu jumladan xukuk soxasi uziga tegishli ijtimoiy munosabatlar tizimini urganish va tartibga solish nazariy-amaliy koida-talablar tizimiga ega bulib, ushbu fanning predmetini tashkil etadi. Ekologiya huquqi huquq tizimining aloxida soxasi sifatida ijtimoiyhuquqiy munosabatlar yo`nalishlarini o`rganish va tartibga solishni qamrab oluvchi o`z predmetiga egadir. Ekologiya huquqining predmeti - atrof tabiiy muxitni muxofaza kilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va axolining ekologik xavfsizligini ta'minlash jarayonida paydo buladigan ijtimoiy muneosbatlarni xukukiy tomondan tartibga solishdan iboratdir. Har bir fan sohasi, shu jumladan ekologiya huquqi fani ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida o`z yo`nalishlari, ya'ni tamoyillarga ega bo`lib, o`z navbatida har bir fan sohasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Ekologiya huquqining tamoyillari - tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro munosabatlar yo`nalishi, chegaralarini belgilab berishda ekologik-huquqiy mexanizmining barqarorligini kafolatshda va qonunchilik qoida-talablarning ekologik munosabatlarini tartibga solish tartibini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Bizga ma'lumki, ekologiya huquqi tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Shu jumladan, tabiatning inkor etib bo`lmaydigan qonuniyatlari va ijtimoiy xatti-harakatlari tartibga soluvchi jamiyatdavlat qonunlari mavjud - ekologiya huquqi tamoyillarining asosiy vazifasi shundan iboratki, tabiiy qonuniyatlarning ustuvorligini tan olgan holda jamiyat a'zolarining tabiatga bo`lgan hatti-harakatlarini ilmiy asoslangan holda yo`naltirishdan iboratdir. Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar juda xilma-xil va murakkab bo`lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimga bo`lishimiz mumkin. 1. Davlat va huquqning umumiy tamoyillari; 2. Atrof tabiiy muxitni muhofaza qilishga oid tamoyillari; 3. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar. Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat va huquqning quyidagi tamoyillardan foydalanadi: · Qonuniylik; · Ijtimoiy adolat; · Oshkoralik; · Ishontirish va majburlov choralarining hamkorligi; · Shaxslarning huquq va burchlarining birligi va boshqalar. Atrof tabiiy muhit barqarorligini ta'minlash va tabiatni muhofaza qilishning asosiy tamoyillari quyidagilarni o`z ichiga oladi. · Biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligi hozirgi va kelguchi avlodning genetik fondini saqlash; · Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda tabiat qonuniyatlari ustuvorligini tan olish; · Fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo`lish huquqini ta'minlash; · Jamiyatning ekologik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini uyg`unlashtirish; · Tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro uyg`unlashtirish; · Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining tabiiy resurslardan foydalanish tadbirlaridan ustuvorligini tan olish; · Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag`batlantirish; · Tabiiy resurslar holatini tiklash majburiyligi; · Ekologiya ekspertizasini o`tkazishning majburiyligi; · Ekologik qonunchilik qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikning qo`llanilishi va boshqalar. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar quyidagi tamoyillar doirasida tartibga solinadi: · Tabiiy resurslardan faqat ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanishning zarurligi; · Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish faoliyatini rag`batlantirish; · Yer, yer osti boyliklari, o`simlik va hayvonot dunyosidan maxsus foydlanganlik uchun haq to`lash va umumiy asosda foydalanganlik uchun haq to`lamaslik; · Yerlardan belgilngan toifalar doirasida maqsadli foydalanish; · Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlarning ustivorligi; · Tabiiy resurslar kadastrini yuritish majburiyligi va boshqalar. Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar, davlat va ekologik funksiyasi ushbu tamoyillar asosida va doirasida amalga oshirilib, atrof tabiiy muhit barqarorligini ta'minlash, aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi. Ekologiya huquqi o`z predmeti, yo`nalishlari, maqsad va vazifalariga bo`lgani kabi o`z usullariga ham ega bo`lib, ushbu usullar tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar xolatiga ta'sir etish orqali katta ahamiyatga egadir. Hozirgi paytda ekologik munosabatlar qatnashayotgan jismoniy va yuridik shaxslar xatti-harakatlarini to`g`ri yo`nalshtirish uchun turli usullar qo`llanilib, ularning ko`lami ortib bormoqda. Ekologik huquqiy munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Ekologizatsiyalashtirish; 2. ma'muriy-huquqiy; 3. fuqaroviy-huquqiy; Ekologizatsiyalashtirish usuli bugungi kunda jamiyat hayotning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalariga tobora kirib borib, tabiat qonuniyatlarining ustivorligini ta'minlash, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining ishlab chiqarish jarayoniga qo`llanilishi sog`lom ekologik muhitga erishish zaruriyatini oldimizga qo`ymoqda, ushbu usul orqali shaxs, davlat va jamiyat hayotinging barcha jabhalarining ekologik qoida-talablar asosida olib borishini taqozo etadi. Ma'muriy-huquqiy usul - davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo`lib, davlatning majburlov chora-tadbirlarining qo`llanilishda namoyon bo`ladi. Ekologiya huquqida ma'muriy-huquqiy usul keng qo`llanilib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlovchi qoida-talablarning belgilanishi, barcha yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan bamil qilinishining majburiyligi, ekologik qoidatalablarni buzganlik uchun javobgarlik chora-tadbirlarining qo`llanilishida katta ahamiyatga egadir. Fuqaroviy-huquqiy usul ekologiya huquqida tobora rivojlanib, borayotgan usul sifatida bevosita ekologik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkning daxlsizligi, moddiy rag`batlantirish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishda iqtisodiy chora-tadbirlarning qo`llanilishda namoyon bo`ladi. Ekologiya huquqiy – tabiat-jamiyat tizimidagi murakkab munosabatlarni tartibga soladi, shuning uchun ham turli tushunchalar, institutlar, toifalar keng qo`llanib, ekologik-huquqiy qoida-talablarni qo`llanilishi va mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Ekologik huquqiy munosabatlar tizimini o`rganishni oson bo`lishi uchun o`ziga xos institut, toifa va nazariy qoidalar majmuini birlashtirgan holda ekologiya huquqi o`z tizimiga ega. Ekologiya huquqining tizimi - ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati va mazmuniga ko`ra asosiy institut, toifa va nazariy-huquqiy masalalarning ma'lum tartibda joylashishidir. Biz murakkab ekologik huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini tahlil qilish va o`rganishni yengillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki qismi, ya'ni umumiy va maxsus qismga bo`lib o`rganamiz. Ekologiya huquqining umumiy qismi · tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqligi; · ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti va tizimi; · tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi; · ekologiya sohasida davlat boshqaruvi; · ekologiya nazorati va ekologiya ekspertizasining huquqiy holati; · ekologiya qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kabi mavzularni o`z ichiga olib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning ilmiy-nazariy jihatlari, huquqiy asoslari, ekologik-huquqiy mexanizmi va uning elementlarining umumiy ekologik-huquqiy qoidalarni belgilaydi. Maxsus qismi esa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bilan bog`liq quyidagi: · yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; · suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; · yer osti boyliklarining huquqiy holati; · o`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati; · hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; · Atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati; · Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati; · Xalq xo`jaligi sohalari va aholi punktlarida atrof tabiiy muxitni huquqiy muhofaza qilish; · Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muxofaza qilish kabi har bir tabiat obyektining huquqiy holatini qamrab oluvchi maxsus ahamiyatdagi ekologikhuquqiy qoidalarni o`z ichiga oladi.



  1. Download 24.04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling