Yomg’ir chuvalchanglarining yil fasllari bo’yicha dinamikasi


Download 37.5 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi37.5 Kb.
#380270
Bog'liq
maqola 13
TAFAKKUR 1, Synonyms @smartime, 1-мавзу FANINING MAZMUNI, PREDMETI VA METODI, ЯДА Назарий электротехника, pisixalogiya, pisixalogiya, Shartli ekstremum. Lagranj ko’paytuvchilari usuli. Birinchi qism, tasks, Foydali Speaking actual tests(Feb-May), fizika Temirova, Matematika-fanidan-nazorat-ishi, Matematika-fanidan-nazorat-ishi, 15-Milliy-va-jahon-iqtisodiyoti-2013-Oquv-qollanma-Z.Yoldoshev-X.Xalilova, 11-sinf-biologiya-namuna, 469-Article Text-1131-1-10-20201027

YOMG’IR CHUVALCHANGLARINING YIL FASLLARI BO’YICHA DINAMIKASI

Akramova Gulizarxon Yorqinjon qizi

Qo’qon DPI 2-bosqich talabasi

Tel:+998937384938

E-mail: akramova75@gmail.com



Annotatsiya. Ushbu maqolada yomg’ir chuvalchanglarining yil fasllari bo’yicha tarqalish dinamikasi ko’rib chiqilgan bo’lib, unda asosan yurtimizda mavjuda bo’lgan barcha fasllarda yomg’ir chuvalchangining ko’payishi, tarqalishi hmada fasllar oralig’idagi o’zgarishlar ko’rib chiqilgan.

Kalit so’zlar. Ariqlar, tuproq, namlik, organik moddalar, tarqalish, nafas olish, uzunlik, ko’payish.

ДИНАМИКА ДОЖДЕВЫХ КОРОВ ПО СЕЗОНАМ

Акрамова Гулизархон Ёрқинджон қизи

Кокандский ГПИ студент 2 курса

Телефон: +998937384938

Электронная почта: akramova75@gmail.com



Аннотация. В данной статье исследуется динамика распределения дождевых червей по сезонам года, в которой мы рассматриваем увеличение, распространение и сезонные изменения в распределении дождевых червей во все сезоны по стране.

Ключевые слова. Канавы, почва, влажность, органическое вещество, рассеяние, дыхание, длина, размножение.

DYNAMICS OF RAIN COWS IN THE SEASONS

Akramova Gulizarkhon Yorqinjon qizi

Kokand SPI 2nd year student

Tel: +998937384938

E-mail: akramova75@gmail.com



Annotation. This article examines the dynamics of the distribution of earthworms by seasons, in which we consider the increase, distribution and seasonal changes in the distribution of earthworms in all seasons in the country.

Keywords. Ditches, soil, moisture, organic matter, dispersal, respiration, length, reproduction. 

Yomg’ir chuvalchanglari chuchuk suv havzalari va ayniqsa, tuproqda keng tarqalgan. Chirindilari ko’p zaxroq joylarni, ko’pincha ariqlarning atrofi yoki ostini kovlab 10-30sm uzunlikdagi qizg’ish shilimshiqli yomg’ir chuvalchanglarini bahor va yoz oylarida ko’plab topish mumkin.

Yomg’ir chuvalchanglari hayoti uchun organik moddalarga boy van am tuproqlar juda qulay hisoblanadi. Me'yoridan ortiq namlik, yong’ir chuvalchanglarining tuproqdagi inlarini suvga to’ldiradi va uning nafas olishini qiyinlashtiradi. Erta bahorda yoqqan yomg’irdan so’ng chuvalchanglarning tuproq yuzasiga ko’plab chiqishiga ana shu sharoit, sabab qilib ko’rsatiladi. Ammo bu sababni chuvalchanglar migratsiyasiga dalil qilib ko’rsatish har doim ham to’g’ri kelavermaydi. Yomg’ir chuvalchanglarining 2.5 foiz kislorod eritilgan suvda yashashi ma'lum.Boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan taqqoslaganda, 1 g og’irlikdagi nematoda 1 soatda 890-1440 mm kislorod, enxitreidlar 50 mm, yomg’ir chuvalchanglariga 23,3-36,6 mm kifoya qiladi.[1]

Bizning hududimizda yomg’ir chuvalchanglarining faollik faoliyati 220-240 kunga teng. Lekin ularning faollik faoliyati, turlar tarkibi, ularning zichligi hamma joy da bir xil emas. Ularning ko’pchiligi yoki ozchiligi tuproq tipiga, namligi,iqlimiga, va yerning qanday ishlatilishi hamda ekin turiga bog’liq. Yozda yomg’ir chuvalchanglari tuproqning chuqur qatlamlariga migratsiyasi asosan haroratning ko’tarilishi va namlikning kamayishi bilan tushuntirish mumkin. Chuvalchanglar may oyidan boshlab tuproqning chuqur qatlamlariga tushib oladi. Ilmiy manbalarda tuproq namligining 60-80 foizi chuvalchanglar uchun optimal bo’lishi, namlikning 20 foizdan kam bo’lishi ularning yashashiga monelik qilishi ko’rsatiladi.[1] Yo’mg’ir chuvalchanglari tuproq hayvonlari orasida katta biomassa hosil qiluvchi hayvonlardir. Ular tupqoqni yumshatish, uni aerasiyasini yaxshilash, organik moddalarga boyitishi bilan qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi. Yomgir chubachanglari tuproqni gorizantal qatlamlari bilan bir tekkis tarqalmagan. Kam chirindiga boy qatlamlarda yerning usti 20 sm bo’lgan chuqurlikda uchraydi. Agrosenozlarda yomg’ir chuvachanglari asosan sug’orish shaxobchalarida keng tarqalgan. Ularning miqdori beda agrosenozlarida ko’proq uchraydi va mavjud. Nisbatan mevali bog’ agrosenozlarida, bog’larda ko’proq bo’ladi. Ular bug’doy va paxta dalalarida juda kam uchraydi. Farg’ona vodiysining tekislagan hududlarida 6 turi tarqalgan. Ular orasida Aporrectodea caliginosa caliginosa nisbatan keng tarqalgan. Yomg’ir chuvalchanglarining 3 ta turi qizil kitobga kiritilgan.[2] Ularni muhofaza qilish va noyob tur sifatida yo’qolib ketishini oldini olish uchun ekin dalalarini enf optimal muddatlarda ishlov berish, o’g’itlash, sug’orish zarur. Yomg’ir chuvalchangi o’z organizmidan organik moddalardan ekologik toza va arzon - biogumusni ishlab chiqaradi. Biogumusni ishlab chiqarishni iqtisodiy samaradorligi hamma ishlab chiqarishdan samaraliroq. Yomg’ir chuvalchanglaridan faqat biogumus ishlab chiqarishdagina ishlatmasdan, balki ularni baliq chavoqlari, qoramol va tovuqlarni boqib ulardan yuqori mahsulot olishda ham foydalanish mumkin.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. M. Tojiev, A. Yangiboev “Kaliforniya chuvalchangining hususiyatlari”. Toshkent. “Mutafakkir”, 2018 yil, 18 bet

  2. www.ziyonet.uz

Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling