Yonuvchi slanets
sanoati
Yonuvchi slanets sanoati Ushbu sanoat slanetslarni qazib olish va ularni qayta ishlash
tarmoqdaridan iborat. Slanetslar tarkibida 60—70 foiz organik moddalar boʻlgan gilli yoki
oxaktoshli togʻ jinslaridir. Tez oʻt oladi va tutab yonadi. Yonuvchi slanetslar tarkibida juda koʻp
uchuvchan moddalar bor. Bu jixatdan ular qoʻngʻir koʻmir va xatto torfdan ustunlik qiladi. Shu
sababdan ular gazlashtirish va kimyo sanoatida foydalanish uchun qoʻlaydir. Slanetslardan
zavod sharoitida xaydash yoʻli bilan olinadigan smola va smolasimon suv, och rangli motor
yoqilgʻisi, surkov moylari, yogʻochni konservatsiya qilishda ishlatiladigan preparatlar, turli xil
farmatsevtika maxsulotlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻlib hisoblanadi. Ularni quruq
xaydash natijasida hosil qilinadigan slanets gazining issiqlik berish hususiyati 3800—4000
kaloriya boʻlib, undan yoqilgʻi sifatida foydalaniladi. Slanetslar yonishi natijasida hosil
boʻladigan hoʻl qimmatli yopishtiruvchi modda boʻlib, undan sement, binokorlik gʻishti va
issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yonuvchi slanetslarning
yirik konlari Estoniya, Rossiya, Xitoy, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya va
Qozogʻistonda joylashgan. Estoniya slanets sanoati mazkur davlatni gaz bilan taʻminlaydi.
Bundan tashqari, Estoniyada yonuvchi slanetslardan qattiq yoqilgʻi sifatida ham, undan suyuq
yoqilgʻi va gaz ishlab chiqarishda ham foydalaniladi.
Soʻnggi tahrir 3 yillar avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Yonuvchi_slanets_sanoati&o
ldid=2011489
" dan olindi