Yordamchi so’z turkumlari Ko‘makchilar


Download 122.08 Kb.
bet1/3
Sana16.11.2021
Hajmi122.08 Kb.
#174851
  1   2   3
Bog'liq
Taqdimot-15.


Yordamchi so’z turkumlari

Ko‘makchilar. Qadimgi turkiy tilda ko’makchilar va ko’makchi vazifasida qo’llangan so’zlar o’z ifodasini topgan.

Hozirgi turkiy tillarda ko’makchilar gapdagi so’zlar o’rtasida bo’lgan turli-tuman munosabatlarni ifodalashga xizmat qilganlari kabi, qadimgi turkiy tilda ham ana shunday ma’nolarda qo’llangan.

Ko’makchilar grammatik ma’no ifodalashi jihatidan kelishiklarga yaqin turadi. Ba’zan kelishik formasi bajargan funktsiyani bajarishga xizmat qiladi.

Ko’makchilar ma’no anglatish jihatidan bir emas. Jumladan, uchun, birlə, səri va boshqa shunga o’xshash ko’makchilar mustaqil ma’no anglatmaydi. Lekin ast, oŋ, ichintə, sıŋar kabilar yakka holda ham mustaqil ma’no anglatadi, lekin o’rni bilan ko’makchi vazifasida ham qo’llanadi hamda kelishik affiksini qabul qiladi.

Ana shu nuqtai nazardan qadimgi turkiy tildagi ko’makchilarni sof ko’makchilar va funktsional ko’makchilarga bo’lish mumkin.

KarakoçB. A new analysis of non-past markers and corresponding copular clauses in Karakhanid Turkic/ Turkic languages, 2011, Number 2 .23 Seite(n) (171 - 193)

Marsel Erdal. A grammar of old Turkic. –Brill. 2004.

Uchun ko’makchisi. Bu so’z asarlarda to’liq formada qo’llanilgan va uning qisqargan shakli bu davr tilida uchramaydi. Uchun ko’makchisi bosh kelishik formasida kelgan so’zdan keyin kelganda, u kontekstda sabab, vaj, bois, ish-harakat protsessining biror shaxsga atalganligi, predmetga tegishliligi, ish-harakatning maqsadini bildiradi. Shuningdek, ergashgan qo’shma gap tarkibidagi ergash gapning sababini yoki natijasini bildirish uchun xizmat qiladi: Bəgləri bodunı tuzsız uchun. Anta kisra təŋri yarlıqaduq uchun qag’anboltım. Azu mun uchun (To’n).

Uchun ko’makchisi tushum, qaratqich, o’rin, vosita kelishik formalarida kelgan so’zlar bilan kela oladi va kelishik formasida kelgan so’zning ma’nosini konkretlashtiradi, ta’kidlaydi: Təŋri yarlıqaduqın uchun өzүm qutum bar uchun. Antag’ının uchun igidmish, qag’anıŋın sabın almatın uchun (To’n).

Үzə ko’makchisi. Bu ko’makchi predmet, ish-harakatning vertikal yo’nalishida mavjduligini bildiradi. Masalan: Үzə kөk təŋri. Bir-bir үzə uqlatıb. Toquz og’uz bodun үzə qag’an olurtı(Kt).


Download 122.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling