Yordamchi so'zlar garchand mustaqil ma'no ifodalamasa-da, gapda turli grammatik


Download 36.73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.08.2020
Hajmi36.73 Kb.

Yordamchi so'zlar. Yordamchi so'zlar haqida ma'lumot 

 

Mustaqil so'zlar orasidagi grammatik munosabatlarni ta'minlab, ular orasidagi modal 



ma'nolarni ifodalovchi lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan so'zlar yordamchi so'zlar deyiladi. 

Yordamchi so'zlar garchand mustaqil ma'no ifodalamasa-da, gapda turli grammatik 

munosabatlami shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ular so'zlarni o'zaro biriktirish, so'z va 

gaplarni bog'lash, so'z va gaplarga qo'shimcha ma'no berish vazifalarini bajaradi. 

 

Bajaradigan vazifasiga ko'ra yordamchi so'zlar quyidagicha: ko'makchilar, bog'lovchilar, 



yuklamalar. 

Ko'makchilar haqida ma'lumot 

 

Ot yoki otlashgan so'zdan keyin kelib, shu so'zni boshqa bir so'z bilan birikishini 



ta'minlaydigan yordamchi so'zlar ko'makchilar deyiladi. Ko'makchi o'zidan oldin kelgan so'z 

bilan birgalikda fe'lga bog'lanadi. Ko'makchili so'zning boshqa so'z bilan bog'lanishi 

boshqaruvli bog'lanishdir. Ko'makchilar o'zi bog'langan so'zning ma'nosini to'ldirib keladi va 

shu boisdan o'zi bog'langan so'z bilan birgalikda bir gap bo'lagi bo'lib qoladi. Ko'makchilar 

lug'aviy ma'no ifodalamaydi, biroq grammatik ma'no bildiradi. Masalan, uchun sabab 

ma'nosini, tomon yo'nalish ma'nolarini anglatuvchi ko'makchilardir. Masalan, Samiev bu 

ishning muhimligini bilgani uchun telefon go'shagini ko'tarib, kerakli bo'lim bilan suhbatlashib 

topshiriq berdi. (T. Mai.) 

 

Ko'makchilar ko'pincha kelishik qo'shimchalariga sinonim holda qo'llaniladi. Masalan, xat 



ruchka bilan yozildi. Xat ruchkada yozildi.'Kitobni o'zim uchun oldim. Kitobni o'zimga oldim. 

 

Ko'makchi aslida boshqa biror so'z turkumlaridan ko'makchiga aylangan so'zlardir. Ularning 



ayrimlari o'z mustaqil ma'nosini yo'qotib, ayrimlari mustaqil ma'nosini qisman saqlagan holda 

ko'makchiga o'tgan. Ko'makchilar mustaqil ma'nolarini yo'qotish xususiyati va qaysi so'z 

turkumlaridan o'tganligiga ko'ra quyidagicha: 

 

1. Sof ko'makchilar. 2. Ot ko'makchilar. 3. Fe'l ko'makchilar. 4 Ko'makchi otlar. Sof 



ko'makchilar o'z lug'aviy ma'nolarini butunlay yo'qotib tamoman ko'makchiga aylangan 

so'zlardir: uchun, bilan, kabi, sayin, singari, sari, uzra, qadar, orqali, dovur kabi. 

 

Bu ko'makchilar boshqa so'zlar bilan birikib, turli grammatik munosabatlarni ifodalash uchun 



xizmat qiladi. Ot ko'makchilar ot yoki ravishdan ko'makchiga siljigan so'zlardir: burun, ilgari, 

oldin, keyin, so'ng, tashqari kabi. Fe'l ko'makchilar fe'lning ravishdosh va sifatdosh 

shakllaridan ko'makchiga o'tgan: qarab, ko'ra, yarasha, bo'ylab, qaraganda kabi. 

Ko'makchilar kelishikdagi otlarni boshqa so'zga tomon boshqaradi. Ko'makchilarning 

kelishikdagi otlarni boshqarishi quyidagicha: bosh kelishikdagi so'zni boshqaradigan 

ko'makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sari, bo'ylab, uzra; b) jo'nalish kelishigidagi 

otni boshqaradigan ko'makchilar: tomon, qadar, dovur, qarab, qaraganda, ko'ra, yarasha; c) 

chiqish kelishikdagi otni boshqaradigan ko'makchilar: birin, ilgari,oldin, keyin, so'ng, buyon, 

boshqa, tashqari. Ko'makchi otlar. O'z lug'aviy ma'nosini qisman saqlagan bo'lib, ba'zi 

xususiyatlariga ko'ra ko'makchiga siljib qolganligi uchun ko'makchi vazifasida qo'llaniladigan 

otlar ko'makchi otlar deyiladi. Ko'makchi otlar o'zidan oldingi so'zlar bilan qaratqich qaralmish 


munosabati asosida birikib, butunlikni tashkil etadi. Quyidagi so'zlar ko'makchi otlardir: old, 

orqa, ket, o'rta, ich, opa, tag, ust, tepa, to'g'ri, yuza, haq, xusus, huzur. 

 

Ko'makchi otlar qaratqich, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishiklari qo'shimchalarini olgan 



holda qo'llanadi. Masalan: 

 

Nizomjon nimalar bo’layotganiga tushunolmay, hamon supa oldida garang turardi. (S.A.) 



Balki u alam ustiga yolg'on gapirgandir, a ? (T. Mai.) Tushga yaqin yomg'ir tindi -yu, bulutlar 

orasidan ko'm-ko'k ocmon va issiq yoz oftobi ko'rindi. (P.Q.) Ular ma'no jihatdan 

quyidagicha: 1. Vertikal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: ost, ust, tag, tepa. 2. 

Gorizontal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: old, orqa, ort, ket, ora, o'rta, yon, 

uch, tashqari, huzur. 3. Fikrning nima haqida ekanligini ifodalovchi ko'makchi otiar: to'g'ri, 

xusus, yuza, 

Bog'lovchilar haqida ma'lumot 

 

So'zlar va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladigan yordamchi 



so'zlar bog'lovchilar deyiladi. Bog'lovchi so'zlar va gaplar o'rtasidagi munosabatlarni 

ta'minlasa ham ular bilan birlashmaydi. Yakka holda ham biror so'zga qo'shilgan holda ham 

biror gap bo'lagi bo'lib kelmaydi. Bog'lovcllilar qo'llanishiga ko'ra ikki xil: Yakka bog'lovchilar, 

takrorlanuvchi bog'lovchilar. 

 

Yakka bog'lovchilar: va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq, chunki, balki, basharti, shuning 



uchun kabi. Takrorlanuvchi bog'lovchilar nutqda takror holda ishlatiladi: yo, yoki, goh, dam, 

ba'zan, bir, na (yo, yoki bog'lovchilari yakka holda ham ishlatiladi). Yo boshiga tushgan 

tashvish bilan bo'lib shogirdini chaqirgani yodidan ko'tarildimikan? (O.Yo.) 

 

Bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni qay tarzda bog'lasliiga ko'ra ikki xil: teng bog'lovchilar, 



ergashtiruvchi bog'lovchilar. Teng bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni grammatik jihatdan 

tenglanish asosida munosabatlari bo'lmaydi. Teng bog'lovchilarning quyidagi turlari bor: 

birikiruvchi bog'lovchilari, zidlov bog'lovchilari, ayiruv bog'lovchilari, inkor bog'lovchisi. 

 

Biriktiruv bog'lovchilari: va, ham, hamda. Bu bog'lovcliilar uyushiq bo'laklarni va gaplarni 



bog'laydi. Masalan. xayriyatki hukmdorlar oldida hayajonga tushish va ta'zim qilish odat 

tusiga kirib qolgan. (P.Q.) Bu bog'lovchilar o'rnida -da, -u, yu yuklamalari ham ishlatiladi. 

Haligi yigit boshini ko'tarib Saidiyga bir qaradi-da, yana o'z ishi bilan mashg'ul bo'ldi. (A.Q.) 

 

Zidlov bog'lovchilari: ammo, lekin, biroq. Bu bog'lovchilar mazmunan bir-biriga zid qo'yilgan 



gap va gap bo'laklarini bog'laydi. Tavba! Oradan shuncha yil o'tib ketibdi. lekin unutmabdi. 

(O'. U.) 

 

-u, -yu yuklamalari zidlov bog'lovchisi vazifasida qo'llaniladi. Qzroq mizg'ib olmoqchi 



bo'ldi-yu, tanasining zirqirab og'riganidan ko'z ilmadi.(S.A.) 

 

Ayiruv bog'lovchilari: yo, yoki, goh, dam, ba'zan, bir. Bu bog'lovchilar asosan takrorlangan 



holda qo'llanilib, gap bo'laklari va gaplarni bir-biridan ajratish hamda galma-gal yuz 

beradigan voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladi. Saltanat gohi 

g'amgin kulimsirab goh xomush beg ‘ubor qizlik onlarini o'ylar edi.(0'.U.) 

 

Inkor bog'lovchisi: na. Bu bog'lovchi uyushiq bo'lak va gaplarni bo'lihsizlik, inkor mazmuni 



asosida bog'laydi. Uning qilayotgan ishlarini ko'rib na yaxshi, na yomon derdi. (S.A.) 

 

Ergashtiruvchi bog'lovchilar qo'shma-gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun 



ishlatiladi: agar, basharti, chunki, go'yo, go'yoki, garchi, toki, shuning uchun, —ki , (-kim). Bu 

bog'lovchilar qo'shma gap tarkibidagi gaplarni tobelash asosida bog'laydi. Ergashtiruvchi 

bog'lovchilar gaplarni mazmunan bog'lashiga ko'ra quyidagicha: aniqlov bog'lovchisi, sabab 

bog'lovchilari, maqsad bog'lovchisi, chog'ishtiruv bog'lovchilari, shart va to'siqsizlik 

bog'lovchilari: 

 

Aniqlov bog'lovchisi. -ki (-kim). Bu bog'lovchi eng ko'p qo'llaniliadi.Aniqlov bog'lovchisi deyarli 



ergashgan qo'shma gaplarning har xil turlarini o'zaro bog'lab, gapning biror bo'lagini izohlab, 

aniqlash uchun ishlatiladi. Oradan ikki oy o'tdi hamki inspektor chiqmadi. (A.Q.) Sabab 

bog'lovchilari: chunki, shuning uchun, negaki. Bu bog'lovchilar ergashgan qo'shma gap 

tarkibidagi asosiy fikrning yuzaga kelishidagi sababni ifodalash uchun ishlatiladi. Nega 

yaxshi ishlamaydi! Chunki yaxshi savodli, siyosiy bilimli muxbirlar kam. (A. Q.) 

 

Maqsad bog'lovchisi: toki. Bu bog'lovchi maqsad ma'nosini ifodalovchi ergashgan qo'shma 



gaplarni bog'lash uchun ishlatiladi. 

 

Chog'ishtiruv bog'lochilari: go'yo, go'yoki. Bu bog'lovchilar voqea -hodisalarni, 



narsa-predmetlarni o'xshatish uchun ishlatiladi. O'xshatish ergash gapli qo'shma gaplarni 

bog'lashda qo'llaniladi. "Bog'i maydon" darvozasiga yetganda go'yo yer yutganday yo'q 

bo'ldi-qoldi:(O.Yo.) 

 

Bu bog'lovchi ko'pincha voqea- hodisaning noaniqligini, gumonligini ifodalashda ham 



qo'llaniladi. Go'yo Shohrah Mirzo Samarqandga tashrif buyurganida mashhur bir temirchiga 

qilich buyurgan. temirchi esa qilich yasashdan bosh tortgan.(O.Yo.) Shart va to'siqsizlik 

bog'Iovchilari: agar, agarda, garchi , basharti, Bti bog'lovchilar yuzaga chiqishi shart bo'lgan 

voqea- hodisalarning muayyan fikrga zidligini, ammo uning yuzaga chiqishiga to'siq bo'la 

olmasligini ifodalaydi. 

 

Shart va to'siqsizlik bog'Iovchilari shart va to'siqsiz ergash gaplarni o'zaro bog'laydi 



Download 36.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling