YORDAMCHI TARIX FANLARI
KIRISH
Tarixiy va astronomik xronologiya, kalendar tushunchasi, qadimgi kalendar, hijriy yil xisobi, qadimgi grek va Rim kalendarlari, Yunon va Grigorian kalendarlari va zamonaviy kalendarlar, vaqt tushunchasining dastlabki shakllari, vaqt mintaqasining vaqtdan hisoblashdagi ahamiyati, tanga va pul muomilasining kelib chiqish tarixi, qadimgi davlatlar geografiyasi, yozuvlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, yozuv jihozlari va qurollari, qo‘lyozma o‘lchamlari va ularni bezatish. Metrologiya,eng qadimgi og‘irlik, hajm, maydon o‘lchov birliklari.
Tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar va ijitimoiy-iqtisodiy hodisalar sharoiti bilan bog‘liq ravishda qadimgi sivilizatsiya, davlatlar va ayrim mamlakatlarning shakllanishi, rivojlanishi va inqirozga yuz tutishi sabablari, xo‘jalik yuritish va boshqarishning yangi shakllarining paydo bo‘lishi.
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad–tinglovchilarda Yordamchi tarix fanlari tadqiqot metodlari va ularni tarix fanini rivojlantirishga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi– Yordamchi tarix fanlari nazariyasi, Yordamchi tarix fanlari turlari va tuzilishi hamda tarix darslarida ulardan foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlanuvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
«Yordamchi tarix fanlari» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- muayyan tarixiy davrga oid tarixiy manbalar va ularni o‘rganilishini, tarixiy davrga oid chop etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashni bilishi kerak;
- adabiyotlarni tarixiy manbashunoslik nuqtai nazaridan tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- kalendarlar, tangalar, yozma manbalar, geografik xaritalar, o‘lchov birliklari qaysi davrga oidligi malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |