Yorug likning qutblanishi yorug lik to lqinlari


Download 26.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2020
Hajmi26.51 Kb.
#116422
Bog'liq
2 oraliq fizika 1

background image
     Yorug likning  qutblanishi - yorug lik to lqinlari 

elektr Yo va magnit N maydoni kuchlanganliklari vektorlarining 

yorug lik nuriga tik  tekislikda tartibli joylashuvi. Yorug likning 

qutblanishi atamasini fanga I. Nyuton kiritgan, uning tabiatini J.

K. Maksvell yorug likning elektromagnit nazariyasida tushunti-

rib bergan. Fransuz fizigi E. Malyus Islandiya shpati parchasi 

opkali Parijdagi Lyuksemburg saroyining botayotgan quyosh nurlari-

dan  yaltirab turgan oynalarini kuzatib,  kristallning ma lum 

vaziyatda faqat bittagina tasvir ko rinishini ajablanib payqadi. 

Shu va b. tajribalar asosida hamda I. Nyutonning yorug likning 

korpuskulyar nazariyasiga tayanib, E. Malyus Quyosh yorug ligida

tartibsiz yo nalgan korpuskula (zarra) lar biror sirtdan qayt-

gandan yoki anizotrop kristalldan o tgandan  keyin ma lum 

yo nalishga ega bo lib qoladi, deb faraz qildi. Bunday  "tar-

tiblangan"  yorug likni u qutbl  angan  yorug lik deb atadi. 

Yorug lik manbalaridan chiqqan yorug lik to lqinlari tartibsiz 

tarqaladi, ya ni to lqinlar turli tekisliklarda  tebranadi. Bun-

day to lqinli  yorug lik  tabiiy yorug lik  deb ataladi. Tabiiy 


background image
yorug likdan farqli  ravishda Ye va N vektorlarning o zaro per-

pendikulyar tashkil etuvchilari orasida doimiy fazalar farqi mav-

jud bo lgan yorug lik qutblangan  yorug lik  deb  ataladi. 

Yorug lik  manbaining  hamma elementar qismlaridan  bir xil 

to lqinli yorug lik  nurlari chiqsa, bunday yorug likka to la 

qutblangan yorug lik deyiladi. Tabiiy yorug lik tarkibida chizikli,

elliptik va doiraviy qutblangan yorug lik to lqinlari bo ladi. 

Yo ning uchi yoruglik nuriga tik tekislikda ellips chizsa, u holda

yorug lik  to lqinlari elliptik  qutblangan yorug lik, aylana 

chizsa,  doiraviy qutblangan yorug lik,  Yo  tekislikda  doimiy 

yo nalishini saqlasa,  bunday  holatda  chiziqli  qutblangan 

yorug lik deb ataladi. Vakuumda yorug likning tarqalishi uning 

qutblanganligiga  bog liq bo lmaydi. Agar yoruglik biror muhit-

da tarqalsa, yorug likning yutilishi, tarqalish yo nalishi va tez-

ligi uning qutblanganligiga bog liq bo ladi. Tabiiy yorug likdan

qutblangan yorug lik hosil qilish uchun qutblash asbobi (polyari-

zator)dan foydalaniladi. Yorug likning qutblanishi moddalarning

anizotropik  xususiyatlarini o rganishga yordam beradi. Kristal-


background image
looptikada kristallarning tuzilishi, mineralogiya va petrografiyada

minerallar va tog   jinslari qutblangan yorug lik yordamida 



o rganiladi     

Download 26.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling