Yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradigan asbob


Download 65.16 Kb.
Sana13.03.2022
Hajmi65.16 Kb.
#604990
Bog'liq
Fotoelementlar
Истиғфорнинг 40 хосияти , Салавотлар, boshlangich sinf oquvchilarining ogzaki nutqni ostirishda texnologiyasi , ichki sekretsiya bezlari va uning yosh xususiyatlari, ichki sekretsiya bezlari va uning yosh xususiyatlari, 520, Якуний назорат вариантлари, Glossariy, Glossariy, HTML misollar, Glossariy, Glossariy, Barchamizga ma, anketa kandidata, algoritim-va-uning-asosiy-xossalari, algoritim-va-uning-asosiy-xossalari

Fotoelementlar
Yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradigan asbob fotoelement deb ataladi.

Fotoelementlar turli sohalarda ishlatiladi, shu­ ningdek, tasvirni uzatuvchi qurilmalarda (fototelegraf,­ televideniye va kinotexnika hamda boshqa sohalarda) keng ko‘lamda qo‘llaniladi.


Fotoelementlar ishlash prinsipi bo‘yicha ikki turga bo‘linadi. Birinchi tur fotoelementlar tashqi fotoeffekt hodisasiga asosan, ikkinchisi esa ichki fotoeffekt hodisasiga asosan ishlaydi. Tashqi fotoeffekli asboblarda nur ta’sirida fotoelektron emissiya mavjud bo‘lib, fotoelektrodning yuzaki qatlamida fazaga elektronlar uchib chiqadi. Bunday fotoelementning tuzilishi 3-rasmda ko‘rsatilgan.


Bunda ichidan havosi so‘rib olingan shisha ballon





  1. ichki devorining bir tomoniga fotokatod (2) bilan, markazita esa uncha katta bo‘lmagan halqa yoki plastinka ko‘rinishidagi metall anod (3) mahkamlanadi.

Fotoelement ishlashi uchun uning katod va anodiga elektr energiyasi (E) manbayi – batareya ulanadi.
Anodga musbat, katodga esa manfiy kuchlanish beriladi.

Fotoelement elektrodlariga berilgan kuchlanish ballon ichida elektr maydon hosil qiladi. Yoritilgan fotokatod sirtidan uchib chiqqan elektronlar bu maydon ta’sirida musbat zaryadlangan anodga tomon harakat qiladi. Bu elektronlar anod zanjirida elektr toki hosil qiladi. Bu tokni galvanometr yordamida o‘lchash mumkin.



14


Texnikada fototokni ko‘paytirish maqsadida fotoelektron ko‘paytirgichlar (FEK) qo‘llaniladi.



a)

nur

b)

1







katod







2










3



RH

anod



Em
3-rasm: a) fotoelementning tuzilish sxemasi;



  1. fotoelementning tashqi ko‘rinishi.

nur

1 2 3 4


Em RH


4-rasm. Fotoelektron kuchaytirgich sxemasi.

FEK ning tuzilishi va ishlash prinsipi 4-rasmda ko‘rsatilgan.


Odatda, bir necha katodga ega bulgan FEKlar ishlatiladi. Agar (1) fotokatodga nur yuborilsa, uning



15


sirtidan uchib chiqqan elektronlar anod (5) tomon harakat qiladi. Lekin fotokatoddan uchib chiqqan elektronlar (2) katodga urilib, ikkilamchi elektronlar hosil qiladi, ular soni birlamchi elektronlar sonidan 3–5 marta ko‘p bo‘ladi.

Har bir katoddan elektronlar o‘tganda shuncha marta ko‘payib, anodga borib uriladi. Natijada fototok ko‘payadi.


Katodlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, fototok ham shuncha ko‘p bo‘ladi.


FEKning asosiy afzalligi uning yuqori sezgirligi va oddiy fotoelementga nisbatan kam shovqin chiqarib ishlashidir.


Xulosa qilib aytganda, televideniye texnikasi «elektron ko‘z» bilan ta’minlandi va televideniye texnikasi vazifasining birinchi bosqichi qisman hal etildi, desa bo‘ladi.




Chunki televideniyeda ishlatiladigan uzatuvchi televizion trubkalar fotoelektron xossasiga asosan ishlaydi.
Download 65.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling