Yorugʻlikning qutblanishi


Download 134.9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.05.2020
Hajmi134.9 Kb.
#107393
Bog'liq
Yorugʻlikning qutblanishi - Vikipediya


Yorugʻlikning

qutblanishi

Yorugʻlikning qutblanishi - yorugʻlik

toʻlqinlari elektr Yo va magnit N maydoni

kuchlanganliklari vektorlarining yorugʻlik

nuriga tik tekislikda tartibli joylashuvi.

Yorugʻlikning qutblanishi 

atamasini fanga

I

. Nyuton kiritgan, uning tabiatini J. K.



Maksvell yorugʻlikning elektromagnit

nazariyasida tushuntirib bergan. Fransuz

fizigi E. Malyus Islandiya shpati parchasi

opkali Parijdagi Lyuksemburg saroyining



botayotgan quyosh nurlaridan yaltirab

turgan oynalarini kuzatib, kristallning

maʼlum vaziyatda faqat bittagina tasvir

koʻrinishini ajablanib payqadi. Shu va b.

tajribalar asosida hamda I. Nyutonning

yorugʻlikning korpuskulyar nazariyasiga

tayanib, E. Malyus Quyosh yorugʻligida

tartibsiz yoʻnalgan korpuskula (zarra) lar

biror sirtdan qaytgandan yoki anizotrop

kristalldan oʻtgandan keyin maʼlum

yoʻnalishga ega boʻlib qoladi, deb faraz

qildi. Bunday "tartiblangan" yorugʻlikni u

qutbl angan yorugʻlik deb atadi. Yorugʻlik

manbalaridan chiqqan yorugʻlik toʻlqinlari

tartibsiz tarqaladi, yaʼni toʻlqinlar turli

tekisliklarda tebranadi. Bunday toʻlqinli

yorugʻlik tabiiy yorugʻlik deb ataladi.


Tabiiy yorugʻlikdan farqli ravishda Ye va N

vektorlarning oʻzaro perpendikulyar

tashkil etuvchilari orasida doimiy fazalar

farqi mavjud boʻlgan yorugʻlik qutblangan

yorugʻlik deb ataladi. Yorugʻlik

manbaining hamma elementar

qismlaridan bir xil toʻlqinli yorugʻlik nurlari

chiqsa, bunday yorugʻlikka toʻla

qutblangan yorugʻlik deyiladi. Tabiiy

yorugʻlik tarkibida chizikli, elliptik va

doiraviy qutblangan yorugʻlik toʻlqinlari

boʻladi. Yo ning uchi yoruglik nuriga tik

tekislikda ellips chizsa, u holda yorugʻlik

toʻlqinlari elliptik qutblangan yorugʻlik,

aylana chizsa, doiraviy qutblangan

yorugʻlik, Yo tekislikda doimiy yoʻnalishini

saqlasa, bunday holatda chiziqli


qutblangan yorugʻlik deb ataladi.

Vakuumda yorugʻlikning tarqalishi uning

qutblanganligiga bogʻliq boʻlmaydi. Agar

yoruglik biror muhitda tarqalsa,

yorugʻlikning yutilishi, tarqalish yoʻnalishi

va tezligi uning qutblanganligiga bogʻliq

boʻladi. Tabiiy yorugʻlikdan qutblangan

yorugʻlik hosil qilish uchun qutblash

asbobi (polyarizator)dan foydalaniladi.

Yorugʻlikning qutblanishi moddalarning

anizotropik xususiyatlarini oʻrganishga

yordam beradi. Kristallooptikada

kristallarning tuzilishi, mineralogiya va

petrografiyada minerallar va togʻ jinslari

qutblangan yorugʻlik yordamida

oʻrganiladi. 

[1]


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.



Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq.

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Manbalar


  Last edited 2 years ago by PlanespotterA320  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/inde

x.php?

title=Yorugʻlikning_qutblanishi&o



ldid=2011882

" dan olindi 



Download 134.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling