Yosh inqirozlari va ularning sabablari Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi


Download 15.71 Kb.
Sana27.12.2022
Hajmi15.71 Kb.
#1067900
Bog'liq
fayziyeva yosh inqirozlari va ularning sabablari


Yosh inqirozlari va ularning sabablari
Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi — inson tomonidan hayotiy tajribani egallash jarayoni ijtimoiy ta’sirlar va ular bilan bog‘liq mustahkamlash va jazolash asosida amalga oshadi deb tushuntiruvchi ijtimoiy psixologik nazariya.

Imprinting – qandaydir xulq-atvor shaklini maxsus o'rgatilmasdan, tug‘ilishi bilanoq o'zlashtirish.

Interferensiya – malakalardagi salbiy ta’sir bo‘lib, bunda eski malaka yangisining shakllanishiga xalaqit beradi.

Iste’dod — shaxs qobiliyati rivojining yuqori darajasi.

Identifikatsiya — shaxsning o‘zini o‘zga odam bilan emotsional va boshqa tomondan tenglashtirishi.

Konformlik — individning guruh fikrlariga tashqi tomondangina qo‘shilib, ichki tomondan esa qo‘shilmay o‘z fikrida qolishi, guruhga ongli ravishda moslashishi.

Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, planli, biror maqsad asosida o'rganish.

Kuzatuvchanlik — shaxs xususiyatlaridan biri, u kishining idrok qilish jarayonida narsalarni kamdan kam uchraydigan, ammo muhim tomonlarini payqay olishida namoyon bo'ladi.

Ko‘nikma — oldinga qo‘yilgan maqsad va xatti-harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usullarini tanlash va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanishdir.

Ko‘nikma eksteriorizatsiya qilishni — bilimlarning jismoniy harakatga mujassamlashuvini taqozo etadi.

Layoqat — nerv tizimining ba’zi irsiy determinlashgan anatomik-fiziologik xususiyati. Odamda qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki yakka, tug‘ma, tabiiy zaminidir.

Longityud tadqiqot — tekshiriluvchilarni uzoq muddat va doimiy ravishda o‘rganish. Longityud tadqiqot odamdagi individual va yosh davrlardagi o'zgarishlarni qayd qiladi.

Malaka — mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarishning avtomatlashgan usullari.

Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish – erkinlikning qarama-qarshi jihati bo'lib, bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi.

Mayl — shaxs qiziqishlari va fikrlarining biror faoliyat bilan shug‘ullanishiga jalb etilganligi. Mayl shaxsda kuchli istak, xohish tarzida namoyon bo'lib, bajo keltirilganda odamga mamnuniyat baxsh etadi.

Senzitiv yosh davrlari — yoshning o‘sish davrlari. Bunda ma’lum yosh davriga xos psixik xususiyat va jarayonlar, yuqori darajada yaxshi rivojiangan. Oldindan yoki kechikib kelgan senzitiv yosh davri ta’lim jarayonining samaradorligiga salbiy ta’sir etadi.

Suhbat — psixologiya metodlaridan biri, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma’lumot olinadi.

Siyosiy madaniyat davr talabiga mos iqtisodiy, ijtimoiy bilimga ega bo'lish.

Tabiiy eksperiment — tekshiriluvchini o‘ziga bildirmagan holda uni o‘yin, o‘qish yoki mehnat faoliyatida o'rganishdan iborat psixologik tajriba.

Tarbiya – tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axloqiy xislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy ta’sir etish jarayonidir.

Ta’lim — u o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi o‘quv faoliyatidan iborat bolib, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatish jarayonidir, hayotiy tajribani o'qituvchidan o‘quvchiga uzatishdir.

Taraqqiyot omillari — bolaning psixik va xulq-atvor rivojlanishini belgilaydigan omillar tizimi. Taraqqiyot omillari, ta’lim va tarbiya mazmunini, o‘qituvchi va tarbiyachilarning pedagogik tayyorgarligini, ta’lim va tarbiyaning usul, vositalari va boshqa ko‘pgina bolaning psixologik taraqqiyotiga bogliq narsalarni o‘z ichiga oladi.

Taqlidchanlik — namuna bolib hisoblanadigan obyekt xulq-atvoridan tezda nusxa olish natijasida ro‘y beradigan o‘rganish turi.

Test — inson psixologiyasi va xulq-atvorini miqdor hamda sifat jihatdan baholashga moljallangan psixologik tadqiqotning standartlashtirilgan metodi.

Shaxs — ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi betakror odam.

Shartli reflektor o‘rganish – shartli refleks mexanizmi bo'yicha yangi qo‘zg‘atuvchilarga reaksiyalarni o'zlashtirish.

0 ‘zlashtirish — bilim, ko'nikma va malakalarni egallash.

O‘z-o‘zini tuta bilish — shaxsning muayyan sharoitlarda ortiqcha fikr, his-tuyg‘u, xatti-harakatlarni ongli ravishda tiyib turish, o‘z fikr, hissiyot va harakatlarini maqsadga muvofiq yo'naltira olishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Download 15.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling