Yoshlar 4 kutubxonasi


Download 5.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana19.01.2020
Hajmi5.29 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

YOSHLAR 
" 4   KUTUBXONASI

G 4 Y O S ID D IN
XONDAM1R
MAKORIM 
UL-AXLOQ
Yoshlar nashriyot uyi 
Toshkent 
2018

UO‘K 821.512.133(092) 
КВК 84g(50‘)
X 74
«Makorim ul-axloq»ning to ‘liq nashrini  1981  yilda 
Abdug‘affor Bayoniy amalga oshirgan
Fors tilidan Komiljon  Rahimov tarjimasi
Nashr uchun m as’ul: 
Suyima G ‘anieva, professor
Taqrizchi:
Alimulla  Habibullaev, dotsent
Xondamir, G ‘iyosiddin
M akorim ul-axloq:  tarixiy  asar /Xondamir.  -  Toshkent:  Yosh- 
lar nashriyot uyi  2018. -   232 b.
G'iyosiddin  Xondamiming  «Makorim  ul-axloq»  («Olijanob 
xulqlar»)  asari  buyuk  o ‘zbek  shoiri  va  mutafakkiri,  davlat  va jamo- 
at  arbobi  Alisher  Navoiyning  hayoti,  adabiy,  ilmiy  va  ijtimoiy- 
siyosiy  faoliyati  to‘g‘risidagi  qimmatli  manba  hisoblanadi.  Asaming 
qoiingizdagi  taijimasi  afg‘onistonlik  navoiyshunos  Abdulg‘affor 
Bayoniy  tomonidan  1981-yili  Kobulda  bosmadan  chiqqan  nashri 
asosida amalga oshirilgan.
Ushbu  asar  Alisher  Navoiyning  sermahsul  adabiy  va  ilmiy  fa­
oliyati  bilan  birgalikda,  uning  mamlakatning  siyosiy  barqarorligi, 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanshi  hamda ilm-fan,  madaniy:.  r aabiyot  va 
san’atning  taraqqiyotiga  qo'shgan  ulkan  hissasi,  olijanob  xulqlari, 
yuksak insoniy fazilatlari to‘g‘risida ma’lumotlar beradi.
ISBN 978-9943-f
UO‘K 821.512.133(092) 
KBK 84g(50‘)
© Yoshlar nashriyot 
uyi,  2018

«M AKORIM  UL-AXLOQ» 
ASARINING T O ‘LIQ  NASHRI
1981-yilda 
afg‘onistonlik 
adabiyotshunos, 
shoir 
Abdulg‘affor  Bayoniy  «Makorim  ul-axloq»ning  to‘liq 
matnini  Kobulda  Axborot  va  madaniyat  vaziri  Majid 
Sarbalandiyning  qisqacha  so‘zboshisi  bilan  nashr  aildi. 
Kitob  241  sahifadan  iborat.  Unda  Xondamir  asari  to‘liq 
bosilgan bo‘lib, Bayoniy Xondamiming tarjimai holi, asarlari 
to‘g‘risida alohida boblar tarzida maqolalar bergan.
Xondamiming otasi  Xoja Humomiddin  ibn Burhoniddin 
Hiraviy,  onasi  mashhur  tarixchi  Mirxondning  qizi  bo‘lgan. 
Xondamir  Mirxond  tarbiyasida  ulg‘aygan.  Keyin  Navoiy 
huzurida  bo‘lib,  uning  katta  kutubxonasida  xizmat  qilgan. 
Badiuzzamonning vaziri ham  bo‘lgan.  U olimni  «Habib  us- 
siyar» nomli asar yozishga undagan.
Mamlakatda  boshlangan  taloto'plar  tufayli  Xondamir 
1528-yilda Hindistonga ketadi. Yetti oy yo‘l azobini chekib, 
Agraga  yetishadi.  «Hasht  behisht»  bog'ida  Bobur  bilan 
uchrashadi.  Bobur vafotidan keyin  Humoyunning mulozimi 
bo‘ladi.  «Qonuni  Humoyuniy»  asarini  yozib,  «Amir  ul- 
muarrixin» («Tarixchilar amiri») darajasiga erishadi.
Xondamir  942-(1535-1536)yilda  Dehlida  vafot  etadi. 
Uning vasiyatiga ko‘ra, Dehli yaqinidagi Nizomiddin Avliyo 
va Xusrav Dehlaviy qabrlari  yoniga dafn qiladilar.  (Kamina 
uch marta ulaming qabrini ziyorat qilganman.)
Xondamiming  o‘g‘illari  haqida  Britaniya  muzeyi 
qo‘lyozmalari  katalogi  muallifi  sharqshunos  Charlz  Re 
yozgan  edi:  «Xondamiming  o ‘g‘li  Akbaming  zamondoshi 
bo‘lib, uning saroyida xizmat qilgan. Akbar unga «Xoniy» ta- 
xallusini bergan. U Sayyid Abdullohxon nomi bilan mashhur 
bo‘lgan  va  996/1588-yili  Kashmir  viloyatida  vafot  etgan».
3

Eron  olimi  Said  Nafisiy  «Dastur  ul-vuzaro»  so‘zboshisida 
yozishicha,  Xondamiming  Minnahmud  degan  o‘g‘li  otasi 
vafotidan  so‘ng  Hindistondan  Hirotga  qaytib  kelgan  yoki 
otasi  bilan  Hindistonga  bormagan.  U  Shoh  Ismoil  va  Shob 
Tahmosblar  haqida  asar  yozgani  ma’lum  bo‘ladiki,  u  otasi 
vafotidan  15 yil keyin ham hayot boigan.
Ikki  og‘iz  Abdulg‘affor  Bayoniy  to‘g ‘risida.  U  1952- 
yili  Mullo  Abdurahmon  oilasida  tug'ilgan.  1972-yili  Kobul 
universitetining  adabiyot  fakultetiga  o‘qishga kirgan.  Keyin 
radio,  televidenie,  matbuot,  madaniyat  vazirligida  xizmat 
qilgan,  hatto  Saripul  shahri  hokimi  ham  bo‘lgan.  1998-yili 
Bayoniy  Tojikistonga  ketishga  majbur  bo‘ladi.  U  yerda 
litsey tashkil qilib. turmush o ‘rtog‘i Oyxon bilan dars beradi. 
2000-yilning yozida Bayoniy Dushanbe shahrida vafot etadi.
«Makorim  ul-axloq»ning  to‘liq  matni  va  asardagi 
mulohazalar,  izohlar  va  talqinlar  Bayoniydan  bizga  qolgan 
ajib bir yodgorlikdir.
Mazkur  kitobning  fors  tilidan  o ‘zbek  tiliga  to‘liq  tar- 
jimasini Komiljon Rahimov amalga oshirdi.
Xondamir o‘z asarini «Makorim ul-axloq» deb ataganda, 
bu ibora Payg‘ambarimiz ta’rifida aytilganini nazarda tutgan 
deyish  mumkin.  Zero, Xondamir  Alisher Navoiy siymosida, 
hayoti,  faoliyati,  ijodida  poklikni  his  qilgan,  e’tiqodini 
e’zozlagan.
S u y im a   G ‘an iyeva,
Toshkent davlat 
sharqshunoslik 
instituti professori

Cj ‘iyosiddin Xondamir
Mehribon  va  Rahmli Alloh  nomi  bilan  [boshlayman]
О ‘zingga  tavakkal qilgayman 
[DEBOCHA]
( l b)  «Makorim  ul-axloq»  debochasining  ziynati 
bo'lgan  hamdu  sano  hamda  eng  go‘zal  vasflar  majmuasi 
varaqlarini  bezab  turuvchi  shukr  va  minnatdorchilik 
faqatgina  qudrat  va  yaratuvchilik  qalami  hamda  fitrat 
va  ixtiro  xomasining  uchi  bilan  oliy  va  past  maxluqotlar 
sahifalariga mavjudlik belgisini chizgan va «Men yashirin 
xazina  edim»  xazinasi  eshigini  «Bilinmoq  istadim  va 
mavjudotni  bor  etdim»  (Hadis)  kaliti  bilan  ochgan  va 
o ‘z  m a’rifati  vositalarming  shakl  va  mazmunini  m a'lum  
qilgan Yaratguvchigagina tegisblidir.
Masnaviy:
Agar uning та ’rifati yo
 7 
ко ‘rsatmaganida edi,
Na о 'zimdan ogoh bo ‘Igan bo 'lardim,  na Xudodan.
Agar nuqul о ‘ylayverib jigarni qon qilaversak,
Bu marhamat shukrini qachon qilamiz?
[U1  zot]  insoniyat  mavjudligi  g ‘unchasi  uning 
inoyat  gulistonida  va  «[Loydan  yasalgan  insonga]  o ‘z 
ruhimdan  puflab  kirgizdim»1  shabbodasi  esishlarida 
eng  yaxshi  bir  tarzda  ochilgan  hamda  ulardan  bir 
toifasining  iqboli  niholi  uning  saxovat  bo^stonida 
va 
«[Bir-birlarini 
bo‘ysundirishlari 
uchun] 
ba’- 
zilaridan  b a’zilarining  darajalarini  ko‘tarib  qo‘yganmiz»2
1  Qur’oni  karim,  «Hijr»  surasi,  29-oyat  va  «Sod»  surasi,  72- 
oyat.  (Asarda  keltirilgan  oyatlaming  o'zbekcha  taijin  alari  Shayx 
Abdulaziz  Mansur  tomonidan  amalga  oshirilgan  tarjima  va  tafsir 
asosida berildi. -  Toshkent:  Toshkent islom universiteti, 2012).
2 Qur’oni karim, «Zuxruf» surasi,  32-oyat.

fylakorum uC-axfoq
[oyati]ga muvofiq ravishda haqiqatlami anglaganligi va bi- 
limlami  egallaganligi  tufayli  yuqoriga  qarab  o‘sa  boshla- 
gan saxiy va oliyhimmat bir zotdir.
Bayt:
Xalqning tolein birinchi safda 
Qo 'ydi и inoyat taqvimi (2a) ichra.
Azaldan to abad ne qilsa qilur,
Har neki qilsa ham,  kim  «qilma» deyur?
«Ogoh  bo ‘lingki,  yaratish  va  buyurish  U nga  xosdir. 
Olam larning  rabbi  [bo‘lmish]  A lloh  b arakotlidir»1, 
shuningdek,  jannat  bo g ‘ining 
xushbo‘y 
hidlarini 
ruhlar  va  jinlarning  dim og‘iga  yetkazuvchi  salavotlar 
shabbodasi,  uning  nurlari  yo g ‘dusi  haqiqat  va  irfon 
arboblarining  pok  botinlarini  yorituvchi  tahiyyot 
(salom lar)  sharofatlari,  hazrati  X ayr  ui-bashar  va 
m ahshar  kuni  shafoatchisining  m uattar  turbati  va 
m unavvar  ravzasi  tuhfasi,  yuqori  olam  k o ‘zlari  inoyat 
bulutlaridan  m arham at  nigohi  bilan  qaraganlaricha 
uning  fazli  fayzidan  bir  ozgina  b o ‘lsa-da,  saodat 
izlaydigan  baland  m artaba,  yer  yuzidagi  m am lakatlar 
podshohlari uning farm oniga b o ‘yin egib, uning hurmati 
dargohi  atrofida  xizm at  qilish  m aqsadida  yuguradigan 
oliy  manzilat.
Bayt:
Borgohi chodirida ba ’zi payti
Iso dasturxonchiyu Xizr choy suzuvchi bo 'ladi.
[U1  zot]  yoqimli  «Albatta,  siz  buyuk xulq uzradirsiz»2 
xitobini  eshitishga  m usharraf bo ‘lgan,  mehribon  Rabbim 
tomonidan unga aziz Kitob tushirilishi tufayli aziz bo‘lgan, 
tanlangan,  ulug‘langan,  saylangan,  pokdomon,  to 'g ‘ri
1 Q ur’oni karim,  «A’rof» surasi,  54-oyat.
2 Q ur’oni karim, «Qalam» surasi, 4-oyat.

yo ‘lga  hidoyat  etilgan  va boshqalami  ham  to ‘g ‘ri  yo‘,lga 
hidoyat etuvchi hoshimiy va qurayshiy bir zotdir.
Bayt: 
/
Muhammad lojuvard taxtdagi shohdir,
Uning sharofati ila dunyo obod bo ‘Idi.
Shuningdek,  sanoqsiz  salomlaru  cheksiz  g ‘ufronlar 
islom  arkonlari  uning  sa’y-harakatlari  bilan  mustahkam- 
langan  (2b)  hamda  shariat  qasri  qonunlari  uning  sa’y- 
harakati  sharofati-la  so‘z  bilan  ta ’rif qilib  bo ‘lmaydigan 
darajadagi barqarorlik va turg‘unlikka erishgan U1 zotning 
avlodlari,  sahobalari,  qarindosh-urug‘lari  va  do‘stlari 
ruhlariga nisor b o ‘lsin.
Cj HyosiMin Xondamir__________________________________________
Shunday  qilib,  o ‘tkir  k o ‘z  egalariga  maxfiy  va 
yashirin  qolmasinki,  sharaf  va  u lu g ‘lik  osm onining 
oftobi,  olam  rahnam osining  xizm atkori,  eng  yaxshi 
xulqlam i o ‘zida m ujassam  etuvchi, Rahm onning rahm at 
oyatlari  tajassum i,  janobi  Subhon  inoyatlari  nurlari 
jilvagohi,  ilm  va  irfon  ahli  y o ‘lboshchisi,  haqiqat  va 
e ’tiqod ahli qiblasi, xoqon davlatining ishongani, hazrati 
sultonning  yaqin  kishisi,  «faqr(lik)da  boyu  saxovatda 
botir b o ‘lib chiqdi», degan gapga m uvofiq keluvchi oliy 
hazrat N izom   ul-haq  va-l-haqiqat  va-d-dunyo  va-d-din 
A m ir A lishem ing  (A lloh taolo  uning ruhini  shod qilsin 
va  siddiqlar  orasida  uning  fayzu  futuhini  k o ‘paytirsin) 
inoyat  nuri  va  m ehr-m uhabbat  quyoshi  faqir  banda 
va  kichik  zarra  b o ‘lm ish  Xondam ir  taxallusi  bilan 
m ashhur b o ‘lgan kam ina G ‘iyosiddin ibn Hum om iddin 
(A lloh  taolo  uning  ahvolini  yaxshilasin  va  uning  ezgu
She’r:
О ‘ta saxovatli Zot tomonidan 
Ruhlariga durudu salomlar bo Isin.

Makorum uC-axfoq
m aqsad va ishlariga najot bersin) boshida toblandi.  [Bu 
faqir bandaning]  m avjudlik  niholi  bolalik  chog‘laridan 
y igitlik  davrining  oxirlariga  qadar  ul  H azratning  lutfu 
ehson arig ‘i yoqasida u n ib -o ‘sdi.  «N e’m at berguvchiga 
shukr  qilm oq  vojibdir»  naqlidan  kelib  chiqqan  holda, 
uning  bergan  cheksiz  n e ’m atlaridan  ayrim larining 
shukrini ado qilishning uddasidan chiqish uchun qanday 
xizm atga  (3a)  bel  b o g ‘lasam   ekan,  degan  fikr  ham isha 
k o ‘ngildan  o ‘tar  va  xayolda  charx  urardi.  A xiyri  aql 
m urshidi  ruh  qu lo g ‘iga  aytdiki,  ezgu  ishlarni  qiluvchi 
bu  A m irning  katta  ishlari  va  qahram onliklari  shuhrati, 
xizm atlari  va  sharafli  ishlari  ovozasi  butun  dunyoga 
tarqalgan,  barcha  yurtlar  va  g o ‘shalargacha  borib 
yetgan, tu rlixalq lar o rasid atild an tilg a k o ‘chib, o g ‘izdan 
o g ‘izga o ‘tib yurgan, «U larning yuzlarida n e ’m atlarning 
tarovatini  tanirsiz  ( W ru rs iz )» 1  [oyati]ga  k o ‘ra  Oliy 
M axdum   nurlari  nuroniy  peshanasida jilvalanib  turgan 
ham da «Ularning yuzlarida sajda asoratidan qolgan izlar 
bordir»2  [oyati]ga  ko^ra  buyuklik  va  u lu g ‘lik  belgilari 
saodatli  chehrasida nam oyon b o ‘lib turgan b o ‘lsa-da,
Q it’a:
Sening madhingda so
  z 
aytishdan maqsad shuki,
San ’at ahli orasida biz ham muvqffaqiyatga erishaylik.
Yo ‘qsa, [shusiz ham] quyoshningfazilatlari barchaga та ’lum, 
Go ‘zal chehraga pardozning nima hojati bor?
bu  om adli  va  saodatli  A m irning  fazilatlari,  olijanob 
xulqlari  va chiroyli  odoblaridan bir qism inigina hikoya 
qiladigan  bir  necha  bob  yozilsa  va  unda  uning  ajoyib 
siyratlari, m aqtovga sazovor xulq-atvorlari, boshqalarda
1 Qur’oni karim,  «Mutaffifun» surasi, 24-oyat.
2 Qur’oni karim, «Fath» surasi, 29-oyat.
« * $ * 3  9 
W S**

Cj ‘iyosiddin Xondamir
каш  uchraydigan  holatlari  va  kayfiyatlari,  qiziq  va 
g ‘aroyib  ishlari,  sehrli  iste ’dodi  xususiyatlari  va  nozik 
iboralam i  qog‘ozga  tushiradigan  qalam i  hosilalari 
sharhlansa,  [qilingan]  yaxshiliklam i  bilish,  qadrlash 
va  uning  haqqini  ado  etish  kabi  vojib  am alning  bir 
daqiqasini  b o ‘lsa-da,  bajara  olgan  ham da  to ‘g ‘ri  y o ‘l 
k o ‘rsatuvchi  oliy  hazrat  tom onidan  berilgan  n e ’mat- 
larga shukr qilishning ozgina b o ‘lsa-da, uddasidan chiqa 
olgan  b o ‘larding.  (3b)  Zero,  bu  ish  qiyom atga  qadar 
b o ‘lgan  davrda va  qiyom at  chog‘ida ham  ul  hazratning 
m aqtovga sazovor am allari va m a ’qul ishlari to ‘g ‘risida 
eslatm alar  zam ona  kitoblari  ham da  davron  varaqlarida 
m angu qolishiga sabab  b o ‘ladi.
Misra:
Yaxshi nomni ikkinchi umr demish ulug ‘lar.
Shundan  kelib  chiqqan  holda,  sa n ’at  u lu g ‘ligi 
osm oni  quyoshiga  sano  o ‘qishdan  boshqa  hunarim  
b o ‘lm agan m en  banda
Bayt:
Maqtashdan boshqa biror hunarim yo ‘q,
Duodan boshqa biror yaxshi narsa topolmadim.
K o ‘nglimdagilami  yozishga  kirishdim  va  yozgan- 
larimni muqaddima,  o ‘n maqsad va xotima shaklida tartib 
berib, uni «Makorim ul-axloq» deb nomladim.
Ammo  bu  qoralamalar  oqqa  ko ‘chirilmasidan  va 
idrok  ahlining  fayzli  nazarlariga  tushmasidan  oldinroq 
«Ey, xotirjam  [sokin] jon!  [Ato etilgan n e’matlardan]  rozi 
b o ‘lgan [va Alloh tomonidan] ham rozi bo ‘lingan holingda, 
Rabbing  [huzuri]ga  qaytgin!»1  nidosi  ushbu  oliymaqom
1 Q ur’oni karim, «Fajr» surasi, 27-oyat.

Makprum uC-axhq
Amirning aql qulog‘iga yetib bordi va [ul hazrat] Haqning 
chaqirig‘iga  «labbayka»  javobini  berib,  uning  aziz  ruhi 
qushi nomoddiy olamdan makon topdi.
Ruboiy:
Evohkim,  dunyoning halol va pok kishisi dunyodan о ‘tdi, 
Qanday pok kelgan bo ‘Isa, shundayin ketdi.
Kishini  og‘ir ahvolga solib  qo‘yadigan bu voqea qay- 
g ‘usi bu notavonning joniga iztirob  selini y o ‘lladi, chidab 
bo ‘lmaydigan  bu  hodisaning  dahshati  hayrat  vodiysida 
sargardon  b o ‘lgan  bu  g ‘aribning  k o ‘rar  k o ‘zlarini  xira 
qildi.
Ruboiy:
Yo Rab,  ne qilay, kim bilan bo ‘lishay bu g ‘amni,
Dildan nima bilan chiqaray bu motamni?
(4a)  Hayratda qolganman,  bilganim shuki,
Butun olam boshiga og ‘ir musibat tushdi.
Q o‘l  ishdan,  til  esa  so‘zlashdan  to ‘xtadi.  0 ‘zini 
y o ‘qotgan  ko ‘ngil  sabru  oromini  yo ‘qotib  toqatsizlana 
boshladi.
Nazm:
G ‘amlaring qiyinchiligidan faryod,  ey dil,
Bo ‘Idi barcha urinishlaring barbod,  ey dil.
Setting hosilsiz umidingni istab
Ко ‘z  jig a r qonidan boshqa narsa to ‘kmadi,  ey d il
Q og‘ozga tushirilgan qoralamalarimni oqqa k o ‘chirib, 
o ‘zidan  barakatlar  sochguvchi  ul  zotning  qanday  kasal 
bo ‘lganliklari  va  qay  holatda  vafot  etganliklarini  bay on 
lavhiga  bitishni  o ‘yimga  keltirgan  chog‘im  qog‘oz 
yumshab, siyoh quyuqlasha boshladi va qora kiygan qalam 
quyidagi so‘zlami bayon qilish uchun tilga kirib, shunday
1 1  fЪ§гР

Cj 'iyosiddin Xondamir
dedi:  «Birmuncha  muddat  o‘y-xayoling  hosilalarini 
mushku  anbar  bilan  pardozlab  paxtadek  oppoq  yuz  kabi 
qog ‘ ozda j ilvalantirdim».
Shundan 
so‘ng 
orzu-umidlar 
daraxti 
hasrat 
mevasini  tugib,  birato ‘la  o ‘y-xayolni  o ‘sha  o ‘y-fikr 
xavotiridan  xoli  qildim.  Chunki  shunga  ishonchim 
komilki,  shundan  so‘ng  k o ‘nglining  yashirin  xonasida 
g o ‘zallar  bilan  k o ‘ngilga  yoqib  tushadigan  so‘zlam i 
so‘zlash  orqali  yaqin  m unosabat  o ‘m atadigan,  buning 
natijasida  esa  so‘zam ollik  chamanining  to ‘tilari  bulbul 
kabi  j o ‘r  b o ‘lib  kuylay  boshlaydigan  m a’nolarga  be- 
zak  berguvchi  har  bir  oqil  zamona  dushmanlarining 
k o ‘pligidan  va  birodarlar  yordamining  kamligidan 
qimmatbaho  um rlarini  ana  shu  m ashhur  baytlam i 
o‘qishga sarf qiladilar.
She’r:
Ко ‘nglim dunyo ishlarining poydevoridek buzilgan,
Yor zulfidek to ‘zg ‘igan,  baxtim [qaddi] kabi bukilgan.
(4b) 
Bu taqdiming nihoyasiz ofatiga asir bir ко ‘ngildir,
Bu zamona mahrumliklari о ‘tida kabob
bo ‘Igan bir ко 'ngildir.
Bu shunday bir ко 'ngilki,  agar bazmni tusab qolsa,
Goh yig ‘i bilan rubobu goh ко ‘z yosh to ‘kish
bilan sharob bo ‘ladi.
[ 0 ‘zidagi]  turli  fazilatlami  mukammallashtirishga 
kirishadigan  va  o ‘zini  insoniyat  fozillari  yo‘lidan 
og‘ishmay  yuradigan  kishiga  aylantiradigan  har  bir  fozil 
uzlatga  chekinishga,  eng  yaxshi  ilmlar  ixtiyori  hamda 
nodir  aqliy  va  m a’noviy  bilimlar jilovini jafokor  zamon 
qo‘liga topshirishga majbur b o ‘ladi.
‘S'tJfc  12

‘Makprum u[-aj(foq
Bayt:
Biror bir iroda jilovi [o ‘z] qo ‘limizda emas ekan
Uning karami nima qilar ekan,
deya [uning о ‘ziga] tashlab qo ‘ydik.
Kimki  tong  kabi  sirlami  ochib  tashlashni  о ‘ziga  kasb 
qilib  olsa,  xuddi  quyosh  singari  boshiga  oltin  qadalgan 
toj  kiyadi,  kimki tun singari xatolami yashiruvchi b o ‘lsa, 
xuddi  uchar  yulduz  kabi  ko ‘ngli  mashaqqatning  jigam i 
kuydiruvchi olovida yonadi.  Bemehr zamona aql va bilim 
ahlini jinnilar jumlasidan  hisoblaydi,  pastkash  dunyo  va 
buqalamun kabi  o ‘zgarib turuvchi  falak  esa johil va razil 
kishilaming ishiga rivoj  beradi.
She’r:
Falak nodon kishilarga istak jilovini beradi,
Sen fazl va bilim ahlisan, gunohing shudir, xolos.
Qalam  yig‘layotgan  boladek  qayg‘u  va  alamga 
to ‘la  bu  qissani  o ‘ta  ravon  bayon  etib,  o ‘tkir  til  bilan 
shikoyatomiz  hikoyatlami  yeming  qoq  tubidan  k o ‘kning 
eng yuqori nuqtasiga yetkazganida savdoyi k o ‘ngil ushbu 
qissa sharhida unutish qalamini yurgizishni, bayon jilovini 
yozish y o iid a n  burishni istardi. Biroq [bu qalam] «bu nafs 
shunday narsaki,  nimani  chaqirsang,  o ‘shani  olib  keladi» 
naqliga muvofiq harakatga keldi va aql dargohidan panoh 
topib,  ehtiyoj  yuzasidan  shunday  (5a)  so‘z  boshladi: 
«Hunarsizlar  hunar  qadrini  bilmasalar  ham»,  Allohning 
berganiga  shukrki,  cheksiz  kuch-qudrat  egasi  bo ‘lgan 
Sohibqiron,  zamona  sultonlarining  sultoni,  ulug‘vorlik 
va  saodat  to ‘nini  kiyishga  loyiq,  adolat  va  baxtiyorlik 
qalamini yurgizuvchi,
13

g  ‘iyosiddin Xondamir
Bayt:
Xusrav bayrog ‘ini baland ко ‘taruvchi,
Kayxusrav tojiga munosib zot,
ilohiy  sirlar jilvagohi  va podshohlik nurlarini  taratadigan 
manba, marhamat osmoni quyoshi hamda saltanat,  dunyo 
va  dinni  aziz  qilgan  zotning  ehsoni  A bulg‘oziy  Sulton 
Husayn Bahodirxonning (davlat boshqaruvida mustahkam 
qoziqday  doim barqaror b o ‘lsin va  saltanatining ulug‘ligi 
xaloyiq uzra bardavom b o ‘lsin)  so‘z san’atiga oshno tab’i 
va  donishmandlik  ko ‘zgusi  b o ‘lgan  zehni  fazl  va  san’at 
nurlarining nozik jihatlarini bilguvchi hamda turli bilimlar 
haqiqatlarini idrok qila olguvchidir.
She’r:
Pok tab ’ining oldida suv ham muzlab qoladi,
О ‘tkir zehni oldida olov ham о ‘chib qoladi.
Fozil  kishilam ing  orzu-umid  nihollari  uning  tarbiya 
arig‘i yoqasida unib-o‘sib, olimlaming iqbol daraxti uning 
inoyat quyoshi nurlari ostida k o ‘karib yashnagandir.
Bayt:
Uning sharofati bilan ilm ommalashdi,
Uning zamonida bilimsizlikni uchratmaydilar.
Uzoqni  o‘ylaydigan  aql  o ‘zini  yo‘qotib  qo‘ygan 
k o ‘ngilni chuqur qayg‘u va iztirobda ko ‘rgach va uning hoi 
tilidan  chuqur  o ‘ylab  aytilgan  shunday  oqilona  so‘zlami 
eshitgach,  o ‘y-xayol  va  qalamni  bu  malomatli  dunyoda 
nasihat berish ishiga  qaratishni  istadi hamda bu  mashhur 
kitobni  tuzishga  va  ushbu  qimmatli  asarni  yozishga 
rag‘batlantirdi  (5b)  va  undadi.  0 ‘y-fikr  mehru  vafo  va 
samimiylik  y o ‘lining  yo ‘lovchisiga,  o ‘zboshimchalik
«*«*1 14

va  beparvolik  xayoli  esa  xushmuomalalik  va  ko ‘ngil 
01 s  ga aylandi. Qalam ham buni m a’qullagan holda istak 
s  ini 
qimirlatdi 
va dovot (siyohdon) bulog‘ining tiriklik 
ЬксГ^аП  US^ U  so  ^ am '  chiqarib,  mazkur  sahifalarga
Bayt:
Ко ngil,  о 'y-xayol va qalam samimiyatga yor
bo ‘Iganlaridan so ‘ng 
archa so z san 'ati borasidagi sirlardan voqif bo Idi.
hhfZ 
Va s^a®lat egalaridan kutadigan iltifot shuki, 
US 
.  Qisqacha asarga  [unda uchraydigan kamchiliklami] 
tuzatish nazari bilan qarasalar va tim oq ostidan kir qidirish 
amda noxolis baholash yo ‘lini tutmasalar...
Bayt:
Qalamim xatosini kechirim etagi bikm yashirgin,
i aza. kotibi meningyozmishimga shuyozuvni yozmish.
Ma^orum nC-aj(Coq

Cj ‘iyosiddin Xondamir
M U Q A D D IM A
O LIJA NO B  X U L Q L A R   FAZILATI  VA 
DUNYO  U L U G ‘LARI  PUSHTI  PANOHINING 
SAODATLI  T U G ‘ILISHI  HAQIDA
0 ‘tkir  aql  egalarining  olamni  bezovchi  qarashlari 
hamda  idrok  va  sezgirlik  sohiblarining  mushkullarni 
oson  qiluvchi  ko‘ngillariga  shu  narsa  m a’lum  va  ravshan 
b o ‘ladiki,  «kimga  Alloh  yaxshilikni  istasa,  unga  yaxshi 
xulq beradi» so‘ziga muvofiq qachonki xohlagan narsasini 
yaratishga qodir bo ‘lgan,  o ‘xshashi yo‘q Yaratguvchining 
irodasi  bandalaridan  birini  diniy  va  dunyoviy  davlatga 
yetishishga  hamda  moddiy  va  m a’naviy  saodatga 
erishishga muvaffaq  va  sazovor etishni  istaydigan bo ‘lsa, 
bunday  banda  o ‘zining  go‘zal  sifatlari  va m a’qul jihatlari 
bilan  yagona  zot  bo ‘Igan  Xudoning  dargohida  maqbul 
deb  topilishi  hamda  cheksiz  inoyat  va  mehribonlikdan 
bahramand bo‘lishi uchun avval uning m a’naviy chehrasini 
eng  yaxshi  sifatlar  va  eng  go‘zal  xulqlar  bilan  bezaydi 
hamda  uning  fayzli  qalbi  ko ‘zgusidagi  turli  illatlar  va 
yomon  odatlami  lutf va  ehson  sayqallagichi  bilan tozalab 
tashlaydi.
Hech qanday shubha yo‘qki,  (6a) agar olijanob xulqlar 
Xudoning  suygan  narsasi  bo‘lmaganida  edi,  maqtovga 
loyiq  maqom  egasini  u  bilan  maqtamagan  bolardi. 
Alloh  o ‘zining  ulug‘  Kitobida  «Albatta,  Siz  buyuk  xulq 
uzradirsiz»1  deb  aytgan.  Xolis  fikrlaydigan  va  tafakkur 
shartlarini kerakli darajada bajaradigan har bir donishmand 
shunga  aminki,  bir  necha  ming  payg‘ambami  yuborish 
hamda  shariat  qonunlarini  o ‘matishdan  ko ‘zda  tutilgan
1 Q ur’oni karim, «Qalam» surasi, 4-oyat.
16 Г * !* * »

‘Ma^orum  uf-axfoq
maqsad ham xulqlami bezash va siyratlami yaxshilashdan 
boshqa narsa  emasdi.  Zero  Sayyid  ul-mursalin  va Xotam 
un-nabiyyin  (u  zotga  va  ahli  baytlarining  barchalariga 
Allohning salomi bo‘lsin) shunday marhamat qiladi: «Men 
ol ij anob xulqlami mukammal qi lish uchun yuborilganman» 
(Hadis).
  Buning  mazmuni  quyidagicha:  «Mening  risola- 
tim va nubuvvatimdagi hikmat nabiylar va rasullar olijanob 
xulqlar va maqtovga sazovor odoblar borasida asos solgan 
qoidalami  so‘ngiga va takomiliga yetkazish hamda xulq- 
atvor bog‘iga  ekilgan  maqbul  xislatlar va  yaxshi  amallar 
niholini parvarishlab, hosilga kirgizishdan iboratdir».
To‘g‘riso‘zlik  bilan  aytilgan  ushbu  gapning  mazmu- 
nidan  shu  narsa  ma’lum  va  ravshan  bo‘ladiki,  olijanob 
xulqlaming  fazilati  va  go‘zal  odoblaming  manzilati  ikki 
uchli qalam uni bayon etishning uddasidan chiqa oladigan 
va  bayon  barmog‘i  uning  zarracha  bir  qismini  bo‘lsa-da 
yozishga qurbi yetadigan bir darajada emasdir.
Ruboiy:
Hali yana  umr bersa gapiradigan gap ко ‘pdir,
So ‘z  san 'ati yurtida past-balandliklardan о ‘tib boraman.
Ulardcin birining vasfida та ’lum  bosqichni bosib о ‘tib,
Axiyri yana ojizlik qarorgohiga qaytib kelaman.
Barhaq  bo‘lmish  Yaratguvchi  va  olamdagi  barcha 
podshohliklar  ustidan  mutlaq  hokim  bo‘lmish  qamrovi 
keng bo‘lgan Qudratning to‘la-to‘kis hikmati shuni taqozo 
qiladiki,  har  necha  zamonda  bir  marta  tug‘ilish  ufqidan 
go‘zal xulqi yaraqlashidan taralgan nurdan (6b) olam sathi 
yorishib,  keng  iltifoti  nurlari  yog‘dusidan  insoniyatning 
turli  toifelarr'kt>‘kragi  kengligi  munavvar  bo‘ladigan  bir
_  .  _  .  • 
ч 
л / Л rt
quyosh chiqib keladu 
9
\ t \ l
N iz o m iv   n^mli 
T  D 
P
  U 
k iif :'b x c u a si

g  ‘iyosidcCin Xondamir
t:
Yorqin yulduzning sharaf burjidan tole bo ‘Imish 
Quyosh fikru Zuhra yuzu Mushtariy ко ‘ngil.
Bunday  holatning  dalili  va  ushbu  so‘zning  tasdig'i 
shuki,  dunyoning  barcha  tomonlari  va  go‘shalari  jan- 
nat  bog‘i  kabi  adolat  va  ezgulik  fayzidan  gullab-yash- 
nagan  maitabasi  ulug‘  xoqon,  dunyo  va  dinning  tayan- 
chi  Shohrux  sulton  (Alloh  unga  muruvvat  qilsin  va 
mag‘firatiga erishtirsin) saltanati zamoni va xalifaligi dav- 
ronida  izzat  va  iqbol  gulshanida  orzu-umid  va  omonlik 
mevalari  beradigan bir nihol  unib  chiqdi  hamda martaba 
va  buyuklik  osmonida  davlat  va  saodat  ko‘zining  nuri 
bo‘lgan bir yulduz porladi.
Bayt:
Ко ‘ngil bog ‘ida bir nihol ко ‘kardi,
Jon osmoniga yangi bir oy chiqdi.
Ya’ni  boshqalami  to‘g‘ri  yo‘lga boshlash  qobiliyatiga 
ega  bo‘lgan,  sifat  va  pok  niyatli,  saltanatning  ustuni  va 
mamlakat tayanchi, xoqonlik davlati suyanchig‘i va Hazrati 
sultonning yaqin kishisi bo‘lgan ul oliy Hazrat tovuq yiliga 
to‘g‘ri keluvchi  [hijriy-qamariy]  sakkiz yuz qirq to‘ninchi 
yil ramazon oyining o‘n yettinchi kuni yo‘qlik dunyosidan 
borlik  olamiga  qadam  qo‘yib,  o‘zining  go‘zal  va  porloq 
chehrasi ulug‘ligi bilan yer yuziga zeb-ziynat bag‘ishladi.
She’r:
Birgina oy bilan  olamni yoritadigan 
Osmonni boshdan-oxir kezib chiqish kerak.
Olamning о ‘zi hech qachon va hech bir holda 
Kamolga erishgan kishidan xoli bo ‘Imaydi.
Lutfu  karam  belgilari  baxtiyor  chehrasida  namoyon 
bo‘lib, go‘zal xulq-atvor alomatlari yarqiroq peshonasidan
18

9dakorum tiC-axfoq
aniq-ravshan  ko‘zga  tashlanib  turardi.  Uning  qutlug‘ 
sulolasi  bilan  bog‘liq  belgilar  (7a)  hoi  tili  bilan  shundan 
xabar  berdiki,  yaqin  orada  «Unga  go‘daklik  chog‘idayoq 
hikmat  [va  ilm]  ato  etdik»1  oyatining haqiqatini  odamlarga 
ma’lum qiladi va uning muborak chehrasi nurlari barchaning 
aql  qulog‘iga  shuni  yetkazdiki,  tez  orada  fazl  va  kamol 
masnadini qutlug‘ qadarai bilan bezaydi.
Bayt:
Kimdaki oliy toifaga mansublikning belgisi bo ‘Isa,
Bu narsa uning chehrasida nur kabi namoyon bo ‘lib turadi.
Endigina  dunyoga  kelgan  oliy  martabali  zotning  ota- 
onasi  [bandalariga]  hadyalar  ato  qilguvchi  Zotga  shukr 
qilish hamda [el-yurtga]  nazr va sadaqa berish maqsadida 
ziyofat  va  to‘y  marosimini  o'tkazishga  va  [shu  orqali 
odamlarga]  quvonch va shodlik bag‘ishlashga kirishishdi. 
Tarixnavislar  va  rivoyatchilaming  nurli  ko‘ngillariga 
noma’lum.  qolmasinki,  u t  hazrat  tavalludi  quyoshining 
chiqish vaqti bo‘lgan ramazon oyining o‘n yettinchi kuni 
cheksiz  sharaf va  manzilatga  egadir.  Chunki  ko‘pchilik 
tafsirchilaming  fikricha,  Mannon  mulkidan  so‘nggi 
payg‘ambar  alayhi  salavotga  vahiy  va  Qur’onning 
tushirilishi  ham  ana  shu  kuni  yuz  bergan  bo‘lib, 
payg‘ambar  alayhissalom hayoti  haqida  qissa  yozguvchi 
barcha  kishilarining  aytishlariga  qaraganda,  «Badr 
[jangi]da  [harbiy]  kuchingiz  oz  bo‘lsa-da,  Alloh  sizlami 
g‘olib  qildi-ku!»2  oyati  uning  yuksak  sha’nidan  hikoyat 
qiladigan  Badr jangi  ham  ana  shu  kuni  yuz  bergan.  Bir 
guruh  tarixchilaming  taxminlaricha,  Shohimardonning3
1 Qur’oni karim, «Maryam»  surasi,  12-oyat.
2 Qur’oni karim, «Oli Imron»  surasi,  123-oyat.
3  Shohimardon  [mardlar shohi] -  0 ‘rta Osiyo oddiy xalq ommasi 
orasida Hazrati Aliga (k.v.) berilgan nom.

Cj'iyosidcCin Xondamir
(ul  zotga  salavotlaming  eng  yaxshisi  bo‘lsin)  muborak 
boshiga ham xuddi ana shu kuni  qilich solinib, ul zotning 
shahodatga  yetishishiga  sabab  bo‘lgan.  Shuningdek,  ay- 
rim  ulamolaming  fikrlaricha,  qadr kechasi  ham  ramazon 
oyining o‘n yettinchi kechasiga to‘g‘ri keladi.
Bayt:
О ‘sha qadr kechasini xilvat ahli bugun kechasiga to ‘g  ‘ri
keladi,deb aytadilar,
Yo rab,  bu davlat qay bir yulduzning ta siri mahsulidir?
Qisqacha  qilib  aytganda,  hazrati  sultonning  yaqin 
kishisining qomat niholi  (7b) ulug‘lik va baxtiyorlik arig‘i 
yoqasida  o‘sa  borib,  kundan-kunga  uning  qilgan  ishlari 
va  aytgan  gaplarida  fazilat  va  kamolot  belgilari  ko‘proq 
namoyon bo‘lib, lahza sayin yurish-turishlarida amirlik va 
iqbol alomatlari yaqqolroq ko‘zga tashlanib borardi.
She’r:
Olamni yorituvchi tong otganda 
Kunduz nuri lahza sayin orta boradi.
Bolalikchog ‘ lariday oqul Hazratning muborak tillaridan 
o‘ta ajoyib va kutilmagan so‘zlar chiqar va  [bu so‘zlami] 
eshitganlar hayrat dengiziga g‘arq bo‘lardilar. Sohibqironning! 
dong‘i  taralgan  ulug‘  otasi  Sulton  G ‘iyosiddin  Mansur 
(Alloh  uning  qabrini  xursandchilik  qandillari  [nurlari] 
bilan  m unaw ar  etsin),  saodatli  podshoh  Mirzo  Sulton 
Muhammad  Boyqaro  hamda  uning  boshqa  qarindoshlari 
vayaqinlari hamishaushbubuyuklik gulbutasi g‘unchasiga 
mehribonlik  va  g‘amxo‘rlik  ko‘zi  bilan  qarashar,  uning
1  Bu  yerda  Sohibqiron  deganda  Sulton  Husayn  Mirzo  ko‘zda 
tutilmoqda.

M a^orum uC-axfoq
ilhom nishonalariga ega bo‘lgan so‘zlarida uning saodatli 
kelajagi  alomatlarini  ko‘rib,  ul  hazratga  nisbatan  o‘ta 
iltifot va marhamat hissi bilan yashashardi.
Misra:
Ко ‘ngil ahli uning chehrasida rahmat та ’nosini ко ‘rmishlar.
Fazilat  va  kamolot  ahli  yig‘inlarining  to‘rida  o‘ti- 
ruvchi bu zotning sharafli umridan to‘rt yili o‘tib, taqdirni 
belgilovchi  Zot  mahkamasidan  unga  ta’lim  va  tarbiya 
berish  ishi  falak  maktabi  o‘qituvchisi  bo‘lgan  ko‘ngli 
yorug‘  bir  kishiga  ishonib  topshirilganda  va  ul  zot ulug‘ 
martabali  Sohibqironga  mulozim  va  hamroh  bo‘lib 
(ya’ni,  u  bilan  birgalikda)  maktabga  borib,  ta’lim  olishni 
boshlaganida  hamda  Xudoning  madadi  bilan  qisqa  vaqt 
ichida ta’lim olishda o‘z tengdoshlari va guruhdoshlaridan 
o ‘zib ketganida uning nozik tab’ining sog‘lomligi va to‘la- 
to‘kisligi ovozasi dunyoning barcha tomonlariga yoyildi va 
uning muborak zehnining o‘tkirligi qissasi (8a) xalq orasida 
tildan tilga o ‘tib, og‘izdan og‘izga ko‘chdi. [Uning] asarlari 
durlari  falak  varaqlarini  bezadi  va  she’rlari  javohirlari 
dunyo sadafini qimmatbaho dur bilan to‘ldirdi.
Bayt:
Jahon  limmo-lim  to ‘ladir lolayuzlarning og'zi singari 
Muborak so ‘zlarifayziyu sochilgan durdan.
Chuqur  iltifotining  xushbo‘y  hidlari  davlat  arboblari 
va  iqbol  egalari  ruh  dimog‘larini  to‘ldirdi  hamda  go‘zal 
xulqi shabbodalaridan ilm va kamolot ahlining orzu-umid 
nihollari ko‘m-ko‘k falakka bo‘y cho‘zdi.
She’r:
Uning saodatli hayoti misolida о ‘z aksini topdi 
«Makorim ul-axloq» iborasining та ’nosi.
21


Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар)
Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi
Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va
Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy]
Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Suv ostida sakson ming kilometr
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Gul bir yon, m a n bir yon
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Xamsa alisher Navoiy xamsa
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Shokolad fabrikasi

Download 5.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling