Yoshlar ishlari agentligi Zafarobod tuman bо‘limi tomonidan 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari tо‘g‘risida umumiy ma’lumot


Download 41.39 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi41.39 Kb.
#211731
  1   2   3
Bog'liq
ДЎСТЛИК ХИСОБОТ 2020


Yoshlar ishlari agentligi Zafarobod tuman bо‘limi tomonidan
2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari tо‘g‘risida
UMUMIY MA’LUMOT


I. Yoshlar bandligini ta’minlash va ularga amaliy kо‘mak berish maqsadida Zafarobod tumanidagi 10 ta MFY hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida sektor rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan:

Joriy yilning 12 oktabr kuni Zafarobod tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Zafarobod tuman bо‘limi, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Zafarobod tuman Kengashi о‘zaro hamkorlikda Zafarobod tumanida istiqomat qilayotgan 11 nafar yoshlarga 9 yil muddatga bog‘dorchilik va dehqonchilik qilish maqsadida Uzun QFY hududidan 50 sotixdan yer maydonlari ajratilib ularning bandligi ta’minlandi.



1. 2020 yil oktabr oyi davomida Zafarobod tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Zafarobod tuman bо‘limi, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Zafarobod tuman Kengashi, sektor rahbarlari, tuman bandlikka kо‘maklashish markazi hodimlari bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning biznes loyihalari bilan tanishish hamda yordam kо‘rsatish maqsadida sо‘rovnoma tashkil etildi.

2. 2020 yil 27 oktabr kuni Zafarobod tuman hokimi U.Y.Uzakov 1-sektor hududida yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash va ularga amaliy yordam berish maqsadida Zafarobod tuman A.Navoiy MFY, Manas MFY hamda Navrо‘z MFY hududida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimligi, maxalla va oilani qо‘llab-quvvatlash tuman bо‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bо‘limi, Yoshlar ittifoqi Zafarobod tuman Kengashi, tuman bandlikka kо‘maklashish markazi mas’ullari ishtirok etishdi. Tadbirkorlik faoliyatini yо‘lga qо‘yish istagida bо‘lgan yoshlarning loyihalari bilan tanishtirildi. Hunarmandchilik faoliyatini yо‘lga qо‘yish istagida bо‘lgan Alimboyev Xasanning 30 mln sо‘mlik kredit loyihasi Agrobank Dо‘stilk tumang bо‘limi tomonidan moliyalashtirilishi belgilandi.

3. Zafarobod tuman Bandlikka kо‘maklashish markazi bilan hamkorlikda yoshlarni kasb-huarga о‘rgatish maqsadida Zafarobod qishloq xо‘jalik kasb-hunar kollejida xotin-qizlar uchun tikuvchilik erkaklar uchun elektr payvandchilik (elektrosvarshik) yо‘nalishlarida о‘quv kurslari tashkil etildi.

4. Jizzax viloyati Zafarobod tumani hududida ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning bandligi ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. Jumladan, tumanning “Oltin vodiy” MFY hududida (2-sektor) yashovchi ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida tuman prokuraturasi, aholi bandligiga kо‘maklashish markazi va Mirzachо‘l tikuvchilik sexi homiyligida mahalla hududidagi 7-sonli umumta’lim maktabi binosida alohida о‘quv xonalari ajratilib, “Tikuvchilik” va “Mexanizatorlik” yо‘nalishlari bо‘yicha kasbga qayta о‘qitish о‘quv Markazi tashkil etildi va 2020 yilning 14 dekabridan boshlab о‘z ish faoliyatini boshladi. Tuman aholi bandligiga kо‘maklashish Markazi tomonidan maktabni 2019-2020 о‘quv yilida bitiruvchi 14 nafar va о‘tgan yillarda bitirgan 11 nafar, jami 25 nafar xotin-qizlar tikuvchilik yо‘nalishi bо‘yicha, shuningdek, maktab bitiruvchilari hamda ishsiz yoshlardan yana 40 nafari shu yerda tashkil etilgan “Mexangizatorlik” yо‘nalishi bо‘yicha kasbga qayta о‘qitilmoqda. Eng asosiysi, tashkil etilgan kasbga qayta о‘qitish о‘quv Markazida tahsil olayotgan 65 nafar yoshlar va xotin-qizlarga 2 oy davomida 239000 sо‘mdan stipendiya tо‘lanadi. Bundan tashqari, о‘quv kursini tugatgan har bir о‘quvchiga “SERTIFIKAT” berilib, kelgusida ularning har birining bandligi ta’minlanadi.

5. 2020 yil dekabr oyida Yoshlar agentligi Zafarobod tuman bо‘limi tomonidan yoshlarning ijtimoiy kayfiyati va madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida 100 nafar yoshlar о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovnoma о‘tkazildi hamda Yoshlar agentligi Jizzax viloyat boshqarmasiga topshirildi.


Download 41.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling