Yoshlar ma‟naviyatini shakllantirishda ma‟naviy merosning ahamiyati


Download 70 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi70 Kb.
#1060288
  1   2
Bog'liq
Қодирова Д.Н.


YOSHLAR MA‟NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MA‟NAVIY
MEROSNING AHAMIYATI

Qodirova Dilbar Normuminovna


TerDu Boshlang‟ich ta‟lim
kafedrasi mudiri, b.f,n., dotsent
Qodirova Dilorom Normuminovna
26-sonli umumiy o’rta ta’lim
maktab o’qituvchisi.

Istiqlolga erishganimizdan buyon, davlat, jamiyat diqqat markazida boʻlib kelayotgan masalalardan biri bu yoshlarni barkamol, komil shaxs qilib tarbiyalashdir. Koʻrib turganimizdek, bu borada juda katta sa‘i-harakatlar islohotlar amalga oshirildi va bu hanuzgacha davom ettirilib kelinmoqda. Mustaqillikkacha boʻlgan yillarning sarhisobini qiladigan boʻlsak, hech bir davrda yoshlarga bunday imkoniyatlar yaratilmagan, yoshlar uchun bunday keng yoʻl ochilmagan.


Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yoshlarga ishonch bildirib, shunday degan edilar: Bizning eng katta ishonchimiz, madad-tayanchimiz - bu oʻsib kelayotgan yosh avlodimizdir. Takroran aytamanki, men oʻzimning taqdirimni ham, mamlakatimiz va mustaqilligimiz taqdiri va kelajagini ham ana shu yoshlar 49 qiyofasida, ularning pok qalbi, erkin tafakkuri, mustahkam irodasi va dunyoqarashida koʻraman.
1.Yoshlarda ma‘naviy salohiyatni yuksaltirishning bir qancha omillari mavjud boʻlib, ular sirasidan milliy qadriy atlar va xalq ogʻzaki ijodining oʻrni salmoqlidir. Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma‘naviyatini uning tarixi, oʻziga xos urf-odat va an‘analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib boʻlmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma‘naviy meros, madaniy boyliklar, koʻhna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri boʻlib xizmat qiladi.
2.Darhaqiqat, yoshlar ma‘naviyatini shakllanishida ma‘naviy merosning oʻrni beqiyos. Ma‘naviy merosning yoshlar ma‘naviyatini shakllantirishdagi ahamiyati shundaki, ularni imon-e‘tiqodli, milliy gʻoyaga sadoqat, bir-birlariga mehr oqibatni, oʻz Vataniga, millati, dini, tili, tarixi, madaniyati urf-odatlariga hurmat ruhida tarbiyalashda asosiy omillardan biri boʻlib hisoblanadi. Inson haq-huquqlarini hurmat qilish, insonni aziz va mukarram, barcha mavjudotlarning toji va fazilat egasi sifatida e‘zozlash, Yaratuvchi oldida barcha insonlarning tengligi va erkinligini ta‘minlash Islom ta‘limotida, uning muqaddas kitoblari - Qur‘on va Hadislarda ustuvorlik qiladi.
3 Darhaqiqat, inson kamolati va yoshlar ma‘naviyatini boyitadigan, ta‘bir joiz boʻlsa, ma‘naviy asos boʻlib hizmat qiladigan, bir soʻz bilan aytganda komil inson boʻlib shakllanishda Islom ma‘naviyatini oʻrni beqiyosdir. Bu masalada Birinchi Prezidentimizning mana shu fikrlari katta ilmiy, ta‘limtarbiyaviy ahamiyatga ega: Savob - ulugʻ insoniy fazilat, yuksak milliy qadriyatlardan biridir.
Mening komil ishonchim shuki, savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kuni qilish kerak‖.
4.Darhaqiqat, Qur‘onda inson haq-huquqlarini hurmat qilish gʻoyasi yetakchilik qiladi. Unda ota-onalarning farzandlar tarbiyasi masalasi boʻyicha burchlari, mas‘uliyatlari nimalardan iboratligi belgilangan. Ta‘kidlanishicha, ota-onalik huquqini qozonish uchun bola tugʻulishining oʻzi kifoya qilmay, balki ularga ta‘limtarbiya berish eng muhim shartlardan biridir. Qur‘oni Karimda farzandlarning ota-onalar oldidagi vazifalari ham bayon etilgan. Bu haqda uning Al-Isro surasi, 23-oyatida shunday deyilgan: Robbing, faqat Uning Oʻzigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga uf dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi soʻz ayt!
6.Hadislarda inson ma‘naviy-axloqiy kamolotining asosiy yoʻllari va mezonlari ham belgilab berilgan. Buni ul muborak Zotning quyidagi hikmatlaridan aniq-ravshan koʻrish mumkin:
_________________________________
1 Karimov I.A. Biz kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan quramiz. 7-jild, Adolat har ishda hamrohimiz va dasturimiz boʻlsin.-T.: Oʻzbekiston, 1999, -B.246. 2 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch. –T.: Ma‘naviyat, 2008. –B.30. 3Abdulhakim Shar‘iy Joʻzjoniy. Islom huquqshunosligi, Hanafiy mazhabi va Oʻrta Osiyo faqihlari.-T.: Toshkent islom universiteti, 2002, -B.64. 4 Karimov I.A. Biz kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan quramiz. 7-jild. -T.: Oʻzbekiston, 1999, -B.183-184. 5 Husanov O, Karimova O, Azizov H, Toʻychieva H, Karimov Z. Inson huquqlari. -T.: Sharq, 1997, -B.20. 6 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. 3-juz, -T.: Hilol-nashr, 2013, -B.412.
Sen birovga ravo koʻrganni u senga ravo koʻrmasa, bunday suhbatdoshlikda xosiyat yoʻq. - Har qanday sharoitda Allohga taqvodor boʻl, yomonlik qilsang uni yaxshilik bilan yuv. Odamlarga xushmuomalali boʻl. - Har qanday ishning yaxshisi - oʻrtachasidir. - Inson hayotiga zarur hisoblangan ayrim narsalarning oz boʻlishi fazilatdir. Ma‘rifatparvarlik gʻoyalari jahondagi barcha dinlarda boʻlgani kabi Islomda ham ustuvorlik qiladi. Buni ayniqsa, uning ilmga munosabati masalasida yaqqol koʻrish mumkin. Ilm bilan shugʻullanishni, uni rivojlantirish, olimlarni hurmat qilishni Rasululloh juda koʻp ta‘kidlaganlar. Hadisi Sharifda bu haqda quyidagi ibratomuz fikrlar bayon etilgan: - Ilm egallang! Ilm - sahroda doʻst, hayot yoʻllarida tayanch, yolgʻizlik damlarida - yoʻldosh, baxtiyor daqiqalarda - rahbar, qaygʻuli onlarda - madadkor, odamlar orasida zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda - quroldir‖. Umumiy ma‘noda yoshlarning ma‘naviyatini shakllantirishda quyidagi manbalarni e‘tirof etish mumkin. Masalan, Asqar Mahkam tarjimasi boʻlgan, - Avesto‖ tarixiy-adabiy yodgorligi, Oʻrhun-Enasoy yodgorligi, Imom al-Buxoriyning - Al-Adab al-Mufrad‖ va - Al-jome‘ as-Sahih‖ (Ishonchli toʻplam), At-Termiziyning -Sahih at-Termiziy‖, Abu Nasr Farobiyning - Fozil odamlar shahri‖, Abu Ali ibn Sinoning - Hikmatlar‖, Mahmud Koshgʻariyning - Devonu lugʻotit-turk‖, Jaloliddin Rumiyning - Masnaviyi ma‘naviy‖ va - Ichingdagi ichindadir‖, Alisher Navoiyning - Mukammal asarlar‖ toʻplami, Mahmudxoʻja Behbudiyning - Bayoni soniy‖, Abdulla Avloniyning -Turkiy guliston yohud axloq‖. Abdurauf Fitratning - Chin sevgi‖ va boshqalarni shular jumlasiga kiritish mumkin. Bu allomalarning ijodiy faoliyati, boy ma‘naviyati tufayli milliy tarbiya tizimining asoslari vujudga keldi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi oʻta murakkab, qaltis va mas‘uliyatli davri ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar, mafkuraviy ta‘limtarbiya markazida yosh avlod turishi zarurligini, farzandlarimizning aql-zakovatli, teran fikrli, mustahkam e‘tiqodli qilib tarbiyalanishlariga jiddiy e‘tibor berishni, ularning soddalik qilib soxta oqimlar yoʻliga kirib pana-pasqadamlarda pisib yurgan har xil johil odamlarning gapi va yoʻliga kirib ketishlariga aslo yoʻl qoʻyib, beparvo qarab boʻlmaydi. Ulugʻ bobolarimizning kelajak avlodga qoldirgan buyuk ma‘naviy meroslari nafaqat yoshlar ma‘naviyatiga balki, barcha insonlar kamolatiga birdek daxldordir.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Karimov I.A. Biz kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan quramiz. 7-jild, Adolat har ishda hamrohimiz va dasturimiz boʻlsin.-T.: Oʻzbekiston, 1999, - B.246.
2. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch. -T.: Ma‘naviyat, 2008. - B.30.
3. Abdulhakim Shar‘iy Joʻzjoniy. Islom huquqshunosligi, Hanafiy mazhabi va Oʻrta Osiyo faqihlari.-T.: Toshkent islom universiteti, 2002, -B.64.
4. Karimov I.A. Biz kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan quramiz. 7-jild. -T.: Oʻzbekiston, 1999, -B.183-184.
5. Husanov O, Karimova O, Azizov H, Toʻychieva H, Karimov Z. Inson huquqlari. -T.: Sharq, 1997, -B.20.

М У Н Д А Р И Ж А





1

СЎЗ БОШИ. Тошқулов А.Ҳ. ТерДУ ректори

3

2

ОЗВУЧИВАНИЕ МУЛЬТФИЛЬМОВ И КИНОФИЛЬМОВ КАК ИНТЕРАКТИВНЫЙ МЕТОД ПРИ ОБУЧЕНИИ ИНОСТРАННОМУ ЯЗЫКУ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ (опыт Волгоградского государственного социально-педагогического университета).Дмитриева О.А. (Россия)

6

3

BOSHLANG`ICH TA`LIM JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. Sattarov A.U. (ТерДУ)

9

4

ЎҚИТУВЧИНИНГ КАСБИЙ МАДАНИЯТИ. Худойқулов Х.Ж.(ТерДУ)

11

5

ИННОВАЦИОН ТАЪЛИМ ШАРОИТИДА БЎЛАЖАК БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚИТУВЧИЛАРИНИ АХБОРОТЛАШТИРИЛГАН МУХИТНИ ЯРАТИШ. Абдуллаева Б.С. (ТДПУ)

14

6

КВИЗ В ОБУЧЕНИИ РУССКОМУ ЯЗЫКУ КАК ИНОСТРАННОМУ. Драчева С.О. (Россия)

18

7

ФОРМИРОВАНИЕ ИНТЕЛЛЕКТА И ВОЗМОЖНОСТИ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Жуманова З.О. (ТГУ)

25


Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling