VII.TO‘GARAK FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh
21.To‘garak faoliyati asosan jamoatchilik asosida tashkil etiladi, ayrim holatlarda uni tashkil qilish va yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar o‘rnatilgan tartibda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
To‘garak faoliyati uchun zarur moliyaviy mablag‘lar universitet tomonidan, quyidagi moddiy mablag‘lar asosida shakllantiriladi:
ta’lim xizmatlari (kompyuter xizmati va o‘quv kurslari, til o‘rgatish kurslari va boshqa) va treninglar;
to‘garaklar (tikuv-bichish, pazandachilik, qandolatchilik, sartaroshlik va boshqa);
ta’lim muassasalarida shartnoma asosida lektoriylar o‘tkazish;
shartnoma asosida o‘quv-uslubiy ishlanmalar yaratish;
badiiy, hujjatli filmlar namoyish etish, ijara xizmatlarini ko‘rsatish va boshqa pullik xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
homiylik mablag‘lari;
amaldagi qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.
Shakllantirilgan moliyaviy mablag‘lar universitetning hisob raqamiga tushiriladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan sarf-xarajatlar smetasi asosida ishlatiladi.
VIII.TO‘GARAK FAOLIYaTINI TUGATISh TARTIBI
To‘garak faoliyati kafedra va fakultet tavsiyasiga ko‘ra universitet
Kengashi qarori bilan tugatiladi.
“PROFESSIONAL TA’LIM FAKULTETI“ KAFEDRASI
QOShIDA TAShKIL ETILGAN “KONSTRUKTOR” TO‘GARAGINING 2022-2023
O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN ISh REJASI
TO‘GARAKNING MAQSADI
Talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, ularni bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga, xalqimiz ma’naviy merosini o‘rganishga to‘liq safarbar etish, ijodkor iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ilmiy, amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
TO‘GARAKNING VAZIFALARI
To‘garak a’zolarining iste’dod va qobiliyatlarini aniqlash, ularning shunday fazilatlarini namoyish etish va rivojlantirib borishlari uchun munosib shart-sharotlarni yaratish;
Talabalarning qiziqish va intilishlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Milliy g‘oya, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni amalda qaror toptirish, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘laydigan, Vatanga sodiq, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan keng ko‘lamli ilmiy, ijodiy ishlarni olib borish;
To‘garak a’zolarini texnik fanlari qonun qoidalarni mukammal o‘rganib amalda qo‘llab yani mashina yatish yo‘l yo‘riqlarini organi ;xalqimiz ma’naviy merosiga oid yangi manbalar bilan muntazam tanishtirib borish va hk.
“KONSTRUKTOR” TO‘GARAGI OLDIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
Do'stlaringiz bilan baham: |