Yoshlar tarbiyasi hamma davrlar, har qanday jamiyat uchun ham eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelgan


Download 86.5 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi86.5 Kb.
#111606
Bog'liq
Yoshlar tarbiya


Yoshlar tarbiyasi hamma davrlar, har qanday jamiyat uchun ham eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelgan.

Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida o‘ziga xos va mos milliy, diniy qadriyatlarga asoslangan xalqimizning tarbiya borasidagi azaliy an’analari “ommaviy madaniyat”, mentalitetimizga yot g‘oya va qarashlar ta’sirida asl mohiyatini yo‘qotib borayotgani barchamizni tashvishga soladi. Ushbu jarayonga, ya’ni tarbiya masalasiga o‘z vaqtida jiddiy e’tibor qaratmasak, ertaga kech bo‘lishi, tuzatib bo‘lmas darajadagi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Zero, tarbiya borasida taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan so‘zlarini aslo unutmasligimiz lozim.

Xo‘sh, bugun yoshlar tarbiyasi borasida nimaga erishyapmiz, qanday yutuq va muammolarimiz bor? Ertangi kunimiz egalarining odob-ahloqi, bilim va salohiyati, ma’naviyati, bir so‘z bilan aytganda, tarbiyasidan ko‘nglimiz to‘lyaptimi?

To‘g‘ri, mamlakatimizda farzandlarimizning bolalar bog‘chasidan tortib, maktab, kollej, oliy o‘quv yurtidagi tahsil davrigacha bo‘lgan jarayonlarda juda katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Biroq, bu borada xato-kamchiliklarimiz, nuqsonlar ham borki, ular turli shakl va ko‘rinishlarda bo‘y ko‘rsatib, yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ayrim yoshlarning yurish-turishi, ayniqsa, kiyinishini ko‘rib, o‘ylanib qolaman. Nahotki shu qiz yoki yigit bizning farzandimiz, bizning tarbiyamizni olib o‘sgan bo‘lsa? Ba’zi qizlarimiz millatimizga xos bo‘lmagan liboslarni kiyib yurishini men aslo oqlamayman. To‘g‘ri, qanday kiyinish har kimning shaxsiy ishi. Biroq kiyinishda madaniyat, xalqimizning qadim qadriyatlariga hurmat bo‘lishi kerak. Bu borada keng jamoatchilik, ayniqsa, oilada ota-onaning nazorati muhimdir.

Bugun aksariyat yoshlarimiz bo‘sh qoldi deguncha darrov qo‘l telefoni bilan mashg‘ul bo‘lishi odatiy holga aylanib qoldi. Qandaydir o‘yin o‘ynaydi, qo‘shiq eshitadi, film tomosha qiladi, ijtimoiy tarmoqlardagi turli-tuman ma’lumotlar bilan tanishadi. Buning nimasi yomon, texnika davri, taraqqiyot dersiz? To‘g‘ri, buning yomon tomoni yo‘q. Tan olishimiz kerak, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ayniqsa, internet taraqqiyot darajamizni bir necha pog‘onaga ko‘tardi, uzog‘imizni yaqin, ishimizni yengil qildi.

Lekin yoshlarimizning uyali telefonga asir bo‘lib qolayotgani, internet va ijtimoiy tarmoqlardan, ulardagi ma’lumotlardan oqilona foydalanishlari borasida jiddiy o‘ylab ko‘rishimiz kerak bo‘lgan jihatlar talaygina.

Yoshlarimizning mobil telefon, internetga bu qadar bog‘lanib qolishlarini aslo oqlab bo‘lmaydi. Bu eng avvalo, ularning salomatligiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Internet tarmoqlarida aldov va g‘arazli maqsadlar yo‘lida tarqatilayotgan turli ma’lumotlarga ayrim yoshlarimiz osongina ishonmoqda. Natijada oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata olmay, kimlarningdir qurboniga aylanayotir.

O‘tmishga, bobo-momolarimizning hayotiga nazar tashlasak, oilada o‘g‘il bola tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Bolaligidan oilaning suyanchi, kattasi, opa-singillarining himoyachisi bo‘lishini, qolaversa, Vatanning tayanchi ekanini uqtirib, shu asosda tarbiya berilgan. To‘g‘ri, ayol oilaning chirog‘i, iqboli. Farzandning sog‘lom, barkamol tug‘ilib voyaga yetishi ko‘p jihatdan unga bog‘liq. Shunday bo‘lsa-da, tarbiyada e’tiborni ikki jinsdagi farzandga ham teng qaratish zarur. Hatto, o‘g‘il bolalarga ko‘proq ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Chunki ayolning ayolday yurishini ta’minlaydigan erkaklar ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak.

Ming afsuski, bugun jamiyatimizda ana shu tamoyil biroz izdan chiqdi. Ba’zi oilalarda otaning o‘rni va roli pasayganday nazarimda.

Shu o‘rinda, ota oilani ta’minlamasa, farzandlar tarbiyasi buziladi, degan aqidani unutib qo‘ymasligimiz lozim. Biror bir ish bilan mashg‘ul bo‘lmay xotini, farzandlari topgan pulga choyxonalarda o‘tirib osh yeydigan va bundan aslo xijolat bo‘lmaydigan erkaklar oramizda, afsuski bor. Ana shunday muhitni ko‘rib o‘sayotgan farzandlar yoki faqat onasi orqali ta’minlanayotgan bola otasining gapini gap o‘rnida qabul qilmaydi. Yoxud ota kuni bilan bekor yursayu ovqat paytida dasturxonda hozir bo‘lsa? Bunday otalar farzandlariga qanday ibrat bo‘la oladi?

Bu kabi holatlar yuzaga kelishining asosiy sababi yurtimizga ommaviy tarzda kirib kelayotgan, mentalitetimizga yot seriallar, videokliplar, internet, qo‘l telefonlaridagi videoyozuvlar, umuman, globallashuv davrining turli “mahsulot“laridir. Ayni kunda mamlakatimizda “ommaviy madaniyat“, u keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan illatlarga qarshi zarur ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Andijonda mahallalar, ta’lim muassasalarida viloyat, tuman, shahar xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda milliy qadriyatlarimizga, ma’naviyatimizga, tarbiya mezonlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga qarshi keng ko‘lamli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning sog‘lig‘i va davomiyligini ta’minlaydigan, milliy qadriyat va urf-odatlarimizni asrab-avaylab kelgusi avlodlarga qoldiradigan, shu bilan birga, kelajak avlod qanday inson bo‘lib kamol topishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi.

Xo‘sh, bugun oilani mustahkamlash, ayniqsa, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida olib borayotgan ishlarimiz qay darajada samara bermoqda? Kelin-kuyovlar oilaviy hayot haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lib turmush qurdimi? Ular ro‘zg‘or aravasini tortib keta olyaptimi? Umuman, mustahkam oilalarni shakllantira olyapmizmi? Ochig‘i, bugun bu kabi savollarning barchasiga ijobiy javob berishga biroz o‘ylanib qolamiz.

Ayrim oilalarda to‘ydan hech qancha o‘tmay, turli muammolar yuzaga kelmoqda. Kuyovning tayinli biror ishi yo‘qligi, oilaga bosh bo‘lish, oilani moddiy ta’minlash layoqatiga ega emasligi, kelinning esa oila tutumlarini yaxshi bilmasligi ularning oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onga yuzaki qarashlari qator muammolar keltirib chiqarmoqda. Shu bois ham viloyatimizda qayd etilayotgan ajrimlarning aksariyatini yosh oilalar tashkil etayotir.

Ajrimlarga sabab bo‘layotgan yana bir jihat bu – mol-dunyoga hirs qo‘yayotganimiz. Qizlarimizga hamma narsani muhayyo qilyapmiz, bekamu ko‘st turmushga uzatyapmiz. Lekin ayrim qizlarimizning uquvsizligi, oilaviy hayotga tayyor emasligi, yangi oilaga, uning muhitiga ko‘nika olmayotgani sabab turli nizolar kelib chiqayotgani ham bor gap. Kasallikni o‘zimiz yaratib, so‘ng unga davo izlashga majbur bo‘lyapmiz.

Yuqoridagi kabi holatlar yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha hali juda ko‘p ishlar qilishimiz kerakligini ko‘rsatadi. Viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida yuqoridagi kabi illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ajrimlarning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Baxtli va sog‘lom oila sari” shiori ostida mehnat jamoalari, mahallalar, ta’lim muassasalarida oilaning muqaddasligi, oilalarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, nikohning ahamiyati xususida sud, FHDYo bo‘limlari mutaxassislari, imom-xatiblar, otinoyilar ishtirokida muloqot va davra suhbatlari muntazam o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.

Haftaning chorshanbasi – “Oilalarni mustahkamlash kuni” deb belgilangan bo‘lib, joylarda “Mening mahallamda har bir oila mustahkam bo‘lishi kerak” g‘oyasi asosida oilaviy munosabatlarda turli kelishmovchiliklari bo‘lgan oilalarni murosaga keltirish, oilada erkaklarning o‘rni va mas’uliyatini oshirish, sog‘lom va barkamol farzandlar tarbiyasi borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, FHDYo bo‘limlari qoshida tashkil etilgan “Yosh kelin-kuyovlar maktabi”, “Yigitlar maktabi”, “Oila dorilfununi“da nikohlanuvchi yoshlar maxsus dastur asosida o‘qitilib, ularning nikoh, oila haqidagi bilim va tushunchalari boyitilmoqda. Bundan tashqari, turmush qurmoqchi bo‘lgan yoshlar bilan alohida-alohida mutaxassis, mahalla oqsoqoli, imom, otinoyi ishtirokida suhbatlar o‘tkazilib, yoshlarning oila qurishga qay darajada tayyorligi o‘rganilmoqda. Shu bilan birga, umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlari hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Qizlarjon“ klublari mashg‘ulotlari orqali xalqimizning qadim an’ana va urf-odatlarini keng targ‘ib etish, qizlarimizning oilaviy hayot, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning faolligini, pazandalik, orastalik, shuningdek, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari xususidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

Yoshlarimizni ona vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida, yuksak ma’naviyatli va salohiyatli qilib tarbiyalash har birimizning ishimiz. Ayniqsa, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan diniy aqidaparastlik, terrorizm g‘oyalarini yoyish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlarini yoshlar ongiga singdirish, ularning turmush tarziga aylantirishga bo‘layotgan urinishlarga, yoshlarimizning ana shu illatlar ta’siriga tushib qolmasliklari, yuqoridagi kabi aldovlarga ko‘r-ko‘rona ergashmasliklari uchun eng avvalo, ularning bilim va tafakkurini boyitish, internet ma’lumotlaridan o‘rinli va oqilona foydalana bilish ko‘nikmasini shakllantirishimiz zarur. Yoshlarimizda yot g‘oyalarga, illatlarga qarshi ma’naviy immunitet, tushuncha shakllanmas, qachonki, ularning o‘zlarida “bu yaxshi, bu yomon” degan fikr paydo bo‘lmas ekan, axborot xurujlari xavfidan, hayotimizga, mafkuramizga kirib kelayotgan illatlardan aslo qutila olmaymiz.

Bu borada ijobiy natijaga erishish uchun nafaqat, pedagoglar, huquq-tartibot idoralari, yoshlar bilan ishlovchi tashkilotlar, balki keng jamoatchilik hamkorlikda ish olib borishi, xususan, tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozim. Ayniqsa, mahallalarda, har bir oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, ota-onaning farzand tarbiyasiga, farzandlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga bo‘lgan e’tibori va mas’uliyatini oshirish lozim. Eng muhimi, farzandlarimizni sog‘lom, komil inson qilib tarbiya qilaylikki, ular o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, milliy qadriyatlarimizga, muqaddas dinimiz an’analariga sodiq bo‘lsin.

Ota ona – eng yaqin va qadrdon insonlar. Biz ularni juda sevib qadrlaymiz, o`z navbatida ular ham bizlarni har doyim qanday vaqt va vaziyatda bo`lishidan qatiy nazar juda sevadilar.

Tug`ilishimizdan ota onamiz bizni himoyalab keladi, salomatligimiz, to`g`ri ovqatlanishimiz va har tomonlama rivojlanishimiz haqida g`amxo`rlik qilishadi va sharoit yaratib berishga harakat qilishadi. Agar bola xafa bo`lsa yoki u zerikib qolsa, kimdir uni xafa qilgan bo`lsa, yoki u yiqilgan va biron joyi lat egan bo`lsa, yordamga birinchi navbatda tasalli beradigan va ovitadigan ota onasi kelishadi.

yillar o`tib boradi. Bola ulg`ayadi, bog`chaga boradi, keyin maktab, keyin kolledj yoki institut, kun sayin ulg`ayib mustaqil bo`lib boradi. Eng muhumi esa, u o`z ota onasidan o`zoqlasha boshlaydi, o`z sirlari va muommalari barchasi bilan bo`lishmaydi, kamdan kam yordam yoki maslaxat so`raydigan bo`lib boshlaydi. Mana shu vaqtlarda bola va ota ona orasida tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Bunday vaziyatlarga tushub qolmasligimiz uchun, o`zimizni qanday tutishimiz lozim?

Ota onaga bo`lgan hurmat – bu munosabatlarning ajralmas qismi bo`lib, bu siz, siz hech qachon o`z munosabatlaringizni saqlay olmaysiz. Ota onangizning har bir fikrini hurmat qiling, hattoki u siz uchun odalatsiz bo`lsa. Albatta siz buni zudlik bilan qiling degani emas. Siz o`z fikringizni aytishingiz mumkin va kerak.

O`z xatolaringizni tan olishingiz. Biz barchamiz o`z xatolarimizdan o`rganamiz. Ammo bazi vaqtlarda buni tan olish juda qiyin. Agar siz ota onangizga allaqachon ulg`ayganingiz va masuliyatli inson bo`lganingizni bildirmoqchi bo`lsangiz, o`z xatolaringizni tan olishdan hech qachon qo`rqmang.

Ochiq va dilkash bo`lish. Ota onangiz bilan iloji bo`lsa ko`proq suhbatlashishga harakat qiling. Ularga o`z do`stlaringiz, qizziqishlaringiz, kelajakdagi rejalaringiz, sevgi, umuman siz o`zingiz uchun nima qizziq deb bilgan narsalaringiz haqida gapirib bering. Siz haqingizda qanchalik to`liq va ko`p ma`lumot bo`lsa, shunchalik sizga bo`lgan ishonchi ham ko`p bo`ladi.

Hushmuommali bo`lish. Mana shuning uchun yoshlikdan bolalarga o`z yaqinlari va hattoki begona odamlar bilan hushmuomali bo`lishga o`rgatishadi va undashadi. Lekin bu o`git va nasihatlar vaqt o`tib bazi bir bolalarda yo`qoladi. Bu esa o`z navbatida ota ona bilan bo`ladigan munosabatga salbiy ta`sir qiladi.

Rollarning almashinishi. Baxsli vaziyatlarda hayolan ota onangizning o`rnida bo`lib ko`ring. Shunda ota onangizning fikri siz uchun tushunarli bo`lar. Bu esa munosabatingiz yaxshilanishi uchun birinchi qadam bo`ladi.

Sabr toqat – bu fazilatni har doyim o`rganish kerak. Sizni xafa qiladigan so`zlarga e`tibor bermaslikka harakat qiling, atrofdagilaringizning xatti harakatlarini izohlamaslikka harakat qiling. Hech kim buni oson demaydi, lekin ota ona uchun o`z ustingizda ozgina ishlasa, buning hech ham yomon joyi yo`q.

O`ylab ko`ring, ko`pchilik hollarda ota onaning shikoyatlari asosli va o`rinli bo`ladi, shunday emasmi? Xech birimiz ideal emasmiz, barchamiz ham hato qilamiz. Ota onamiz esa bunga ko`proq e`tibor berishadi holos. Eng muhumi, hech qachon esingizdan chiqarmang, ota onangiz bilan qanday munosabatda bo`lishingizdan qattiy nazar, siz uchun ulardan yaqin inson yo`q. Ularga yon bering, hech qachon baxslashishga intilmang, yumshoq muomilada bo`ling, nimadir sizni bezovta qilayotgan bo`lsa uni hotirjamlik bilan tushuntirishga harakat qiling va sizning oilangizda tinchlik va osoishtalik qayta tiklanadi.

9-mavzu: Ota-ona ibrati va uning tarbiya jarayonida tutgan o‘rni

Reja:


Oiladagi ma’naviy muhitni shakllantirishda va takomillashtirishda ota-onaning roli.

Milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizda va islom dinida ota-onalar mas’uliyatiga qo‘yilayotgan talablar.

Ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ularning farzand tarbiyasiga ta’siri.

1-masalaning bayoni. Otalik tuyg’usi - inson qalbidagi iymonlilikning namoyon bo‘lishidir. Farzand ko‘rish oson, lekin unga xaqiqiy ota, ma’naviy rahnamo bo‘lish hammaning qo‘lidan kelavermaydi.

Farzandni dunyoga keltirish otalik, erkaklik burchining faqat bir tomonidir. Uning eng asosiy vazifasi esa farzandini yaxshi tarbiyalab, jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashini ta’minlashdir.

Farzandlarga otaning pand-nasihatlari emas, balki qilgan ishlari, yurish - turishlari ham ibratlidir...

Otalik mehri inson qoniga, tomiriga, hujayrasiga singib ketgan ma’naviy qadriyatdir.

Shariat xukmlarida:

- Er o‘z xotinini avaylab, to‘g’rilik va zulm o‘tkazmay tarbiyalashi;

- Er o‘z xotini uchun alohida bir uyni ajratib berishi;

- Xotinini o‘rtacha taom bilan ta’minlashi;

- Farzandlarini kerakli darajada tarbiya qilishi;

- Xotinga mehrini chin ko‘ngildan berishi;

- Xotini, qizlariga xar doimo e’tibor, yordam berishi;

- Uy-ruzg’or ishlarida xotini bilan maslahatlashishi;

- Xotinning qarindoshlariga yaqindan yordam va hurmat ko‘rsatish;

- Xotini qiz tug’sa baraka... .suyunish... .va xokazo.

Otaning yana bir muhim burchi - farzandlarini mehr-muhabbat bilan tarbiyalashidir. Hayotda qiz otaning, ota qizning tayanchidir.

Hadisda «kimki uchta qiz farzandni o‘stirib tarbiyalab, voyaga etkazib, munosib joyga uzatsa, uning mukofoti jannatdir» deyiladi. Otaning uz umr yo‘ldoshiga bo‘lgan adolati, munosabati, mehr-muhabbati, rahm-shafqati ham farzandlariga tarbiyasi uchun katta ahamiyatga ega. Farzandlar adolat nimaligini otaning onaga nisbatan munosabatidan biladilar.

Erkak ko‘p ishlarda o‘z ayoliga ko‘maklashishi, oila uchun bo‘lgan harajatlarda qo‘li ochiq, sahiy bo‘lishi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila boshlig’i bo‘lgan erkak oila extiyojlarini, g’am- tashvishlarini o‘ylashi, uz umr yo‘ldoshiga nisbatan bo‘lgan ishonchi, hurmati farzandlari ma’naviyatida chuqur iz qoldiradi. Bundan bolalar otani ko‘proq hurmat qilishga urinadilar.

Farzandni sevish - uning onasini hurmat qilishdan, uy ishlarida unga yordamlashishdan boshlanmog’i darkor. Bunday mehr-muruvvat farzand tug’ilgandan boshlab emas, balki u ona qornida bo‘lgan davridanoq boshlanishi kerak. Ruhshunoslar - homiladagi bola o‘z extiyojlarini ona tili orqali aytadi. Homilador ayol ba’zi narsalarni iste’mol qilgisi keladi. Bular onaning uzi uchun emas, balki qalbida unib usayotgan farzand uchun kerak.

Farzand dunyoga kelib, kuzini ochgandan keyin, uning tasavvurlari shakllanishida otaning,boshqalarning otaga bulgan munosabati katta axamiyatga egadir.

Oilaning asosi ota-onadir. Ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro muhabbat, ishonch, hamkorlik va hamfikrlik, izzat-ikrom, munosabatlar samimiyligi – oila mustahkamligini ta’minlash uchun zamindir – farzand uchun namuna maktabidir. Tabiatan erkak va ayol jinsiga xos xususiyatlar bo‘lgani kabi, oilada ular bajarishi lozim bo‘lgan mehnat turlari, farzand, oila, qarindosh-urug’, jamiyat oldidagi burch va vazifalari mavjuddir. Er-xotinning oqilligi o‘z burch va vazifalariga mas’uliyat Bilan yondashishi oqibatida boshqariladigan oilada moddiy va ma’naviy barqarorlik, tinchlik, sog’lom ma’naviy muhit hukmron bo‘ladi. XX asr Turkiston jadidchiligining ulkan namoyondasi Abdurauf Fitrat aytganlaridek: «Er-xotin mushkulotdan iborat bo‘lgan hayot safarida birga bo‘lib, jismoniy va ruhiy osoyishtalikka sherik, insoniy vazifalarni bajarishda dastyor, qayg’u va umidsizlik damlarida g’amxo‘r, saodat va baxtiyorlik chog’ida bir-birlariga hamdam bo‘lishlari lozim. Shunday ekan, ular albatta, eng avvalo, bir-birlarini kamoli diqqat va tajriba yuzasidan imtixon qilishlari zarur»1.

Ota-onaning tinch-totuvligi va o‘zaro mehr-muhabbati ularning dunyoqarashi, ma’naviy saviyasi, qiziqishi, e’tiqodi, moddiy tengligi, jamiyatdagi mavqei, husn-latofati, qalblarining moyilligiga bog’liqdir. Ushbu xususiyatlari bir-birlariga monand er-xotin tarbiyalagan farzandlar go‘zallikka ishtiyoqmand, ruhiy tetik, bag’ri butun, hayotga qiziquvchan, tinch-totuv oilaviy hayot kechirishga tayyor bo‘lib o‘sadilar. Aks holda ota-ona va farzandlar o‘rtasida mehr-oqibatsizlik, o‘z hayotidan, jamiyatdan norozilik, oilada notinchlik, hech narsaga qiziqmaslik, beparvolik, loqaydlik, jizzakilik holatlari hukm suradi. Bu esa oilaning inqirozi uchun zamin hisoblanadi. Bunday nosog’lom muhitda dunyoga kelib, tarbiyalangan bolalarda xiyonatga, turli noaxloqiy xatti-harakatlarga (ichish, chekish, o‘g’irlik qilish, jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqalar) ruhiy tanglik holatlariga moyillik kuchli bo‘ladi. Shuning uchun er va xotinning bir-biriga mosligi oila barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy aytganidek: «Er bilan xotin bir-biriga mos tushsa, o‘rtada boylik va saranjomlik bo‘lur. Uy bezagi undan va uylanganning tinchligi undan. Husni bo‘lsa, ko‘ngilga yoqimli bo‘lur, yaxshiligi bo‘lsa jon ozig’idir. Aqlli bo‘lsa, turmush intizomli va ro‘zg’or kerak-yarog’i tartibli va saranjomli bo‘ladi.

… Nosoz juft uy uchun ham achchiq va yashirin qo‘rqinchli kasallikdir. Uyatsiz bo‘lsa, ko‘ngil undan ozorlanadi, yaramas bo‘lsa, ruh undan azob tortadi. Tili yomon bo‘lsa, kuyovning ko‘ngli yaralanadi. Yomon ishlik bo‘lsa, erga yuz qoralik keladi. Mayxo‘r bo‘lsa, uy obodligi yo‘qoladi va buzuqi bo‘lsa, uy ichi rasvogarlikka aylanadi»2.

O‘zbeklarda yoshlar uchun juda yuqori start pozitsiyasi yaratib, hayotga yo‘llanadi. Uylanayotgan yigitga kamida 1-2 xonali uy, turmushga chiqayotgan qizga mebel jihozlari va uy anjomlari taqdim etiladi. Ikki yosh farzandli bo‘lgach, o‘z navbatida, estafetani qabul qilib, keyingi avlodni hayotga tayyorlay boshlaydi. Ushbu milliy qadriyat oilaviy munosabatlarda ham vujudga kelishi mumkin bo‘lgan begonalashuv jarayonini bartaraf etadi, avlodlar vorisligi uchun zamin yaratadi. Ayni paytda bu qadriyat, yoshlardagi boqimandalik, beg’amlik, o‘z hayoti uchun mas’uliyatni faqat kattalarga topshirib qo‘yish kabi illatlarni inkor etadi, o‘z kelajagini o‘z qo‘li bilan yaratishga ishtiyoqni rag’batlantiradi. Ahil oilalarda aksariyat masalalar o‘zaro fikr almashuv, maslahat va kengash orqali hal etiladi. Er-xotin, qaynona-kelin, aka-ukalar orasida sodir bo‘ladigan ba’zi ixtiloflar mahalla va qarindosh-urug’lar vositachiligida bartaraf etiladi.

2-masalaning bayoni. Musulmonchilikda erkak kishi zimmasiga oilani boshqarish uchun katta mas’uliyatlar yuklatilgan va shuning uchun erga tegishli vakolatlar berilgan.

Erkak oilaning boshlig’i ekan, oilada erkak xotini va farzandlari oldida rahbar vazifasini bajaradi. Shundan kelib chiqib Kur’onda so‘z boradi: «Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularning birodarini birodaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir» (Niso surasi 4:34).

Erning xotin oldidagi burchi qoidasi. Ibn Umarning guvohlik berishicha Muhammad Payg’ambarning hayoti haqidagi Hadis kitobda batafsil ifodalangan: «Har biringiz sizning (oilada va jamiyatda) mavqeingiz bevosita majburiyatlarning himoyachisi va muhofaza hisoblanasiz va sizga tobelikda yoki naslingizda bo‘lganlarning harakatlari uchun javob beradi. Erkak o‘z uyida yashovchilar uchun targ’ib o‘rnatuvchi hisoblanadi. O‘z navbatida ayolning ham o‘z eri va bolalariga nisbatan haqi bor. Boshqacha aytganda xar biringiz o‘z urug’ingiz sarboni va o‘z qavmingiz uchun mas’ul hisoblanasiz»1.

Hakiqiy musulmon erkak kishi Muhammal Payg’ambarning fikricha kuyidagi koidalarga rioya kilishi kerak: 1. Xotini bilan hamisha yaxshi muomalada bo‘lishi. 2. Agar ular (xotini) juda bema’ni ish qilishmasa, ularga ozor bermaslik va mabodo noo‘rin ish qilgan taqdirda ularni beozor urish mumkinligi. 3. Har qanday holatda ham ayolga qarshi hech qanday ish qilmaslik. 4. Chunki erkakning xotinida va o‘z navbatida xotinni o‘z erida ham haki borligi. 5. Erga yoqmaydigan kishilarni uyga kiritmaslikni talab kilish. 6. Xotinni eridan o‘ziga nisbatan yaxshi boqishini va yaxshi kiyintirishini talab qilishga xaqli ekanligi.

Bu borada erlarni xotini bilan yaxshi yashashi hakida Qur’oni Karimda shunday deyiladi: «Ular bilan tinch-totuv yashanglar. Agar ularni yomon ko‘rsangizlar ham (sabr kilib inoq holda yashayveringlar). Zero, sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh ko‘p yaxshiliklarni qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin» (Qur’on, Niso surasi ).

Haqiqiy musulmon kishi islom dini qadriyatlariga amal qilmasligi mumkin emas. Hatto uyga kirar ekan, u birinchi bo‘lib xotini va bolalariga salom berishi va ularga yaxshilik tilashi kerak. «...Qachon uylarga kirsangizlar bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni «Assalom alaykum», denglar») (Nur surasi).

Erkak kishi tegishli ravishda o‘z oilasiga g’amxo‘rlik qiladi. Bunday g’amxo‘rlik erkak kishi zimmasiga muayyan majburiyatlarni yuklaydi. Boshqacha aytganda, erkak kishi o‘z oilasi va farzandlari uchun to‘liq javob beradi. Bu bir musulmon kishi his qiladigan javobgarlikdir Abu Hurayra guvohlik berishicha, Hadislardan biri oila uchun erkak kishining javobgarligi darajasini aniq belgilab beradi: «Tangri yo‘lida siz sarflaydigan dinorlardan, ya’ni qul sotib olishga sarflaydigan, qashshoklarga sadaqa sifatida beradigan, zavjangiz va bolalaringiz uchun sarflaydigan dinorlardan (Tangri) sizni taqdirlashda eng qimmatlisi, oilangiz uchun sarflaganingizdir»1.

Oilada ayol kishining roli ham katta ahamiyatga ega, chunki har bir musulmon ayoli alohida fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:

... U eri yo‘qligida nomusi va mol-mulkni saqlaydi: «ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir» (Niso surasi).

U sababsiz taloq so‘ramaydi. Hadislardan birida shunday deyiladi: «(Islomda) ruxsat berilganlardan Alloh eng xushlamaydigani taloqdir» va «sababsiz taloq so‘ragan ayol hatto jannat bo‘yini hidlamaydi».

Ayol eriga biror zarar etkazishdan tiyiladi, doim uydan chiqishga, mehmon chaqirishga va boshqa muhim masalalar bo‘yicha eridan ruxsat so‘raydi.

Bolani chaqaloqlikda ko‘tarish, o‘stirish va unga g’amxo‘rlik qilish ayolning vazifasiga kiradi. Payg’ambar deganki: «o‘z erlariga yaxshi munosabatda bo‘lgan, bolalar tuqqan (agar tug’olsa) va doim o‘z erining ehtiyojlarini bajarishga yordam bergan ahli ayollaringiz jannatga kiradi...»2. Bu nafakat buyuk, balki o‘ta muhim vazifa hamdir.

Shohjahon Jamna daryosi bo‘yiga o‘z umr yo‘ldoshi Arjumandbonu begimga atab qurilgan Tojmahal maqbarasi buyuk insoniy muhabbat, sadoqatga qo‘yilgan haykaldir.

Maqbara (arab, marqad, turbat) - biror mayitning jasadi joylashgan meʼmoriy inshoot yoki tosh tobut (daxma, sagʻana). M. usti qubbali chortoqli bino boʻlib, ramziy gʻoyalarni oʻzida ifodalagan. Chortoq - yer kurrasini ifoda etuvchi barqaror shakl, qubba - osmon gumbazi ramzi, bular birgalikda Koinotni anglatgan.

Shohjahon shu maqbaralarni tiklaganda jon bergan... Ko‘zi yumilmay ochiq qolgan. Erkaklar, ayollar o‘z umr yo‘ldoshiga mehribon, oqibatli, sadoqatli bo‘lgan, sevgini o‘z qalbida beg’ubor saqlashi shikast etkazmay, ma’naviy kamoloti darajasining ko‘rsatkichidir.

O‘zbeklar hamma vaqt farzand ko‘rishni baxt, farzandsizlikni baxtsizlik deb qadrlaganlar. «Bolali uy bozor». Bolalar tashvishi bilan bog’liq bo‘lgan ishlarni ham ota-onalar ichki bir mas’uliyat sifatida quvonch bilan, quvonch aralash tashvish bilan bajaradilar. Bolalarining tashvishi qanchalik ko‘p bo‘lsa ham ota -onalar hech vaqt buni o‘zlari uchun og’ir yuk deb bilmaydilar. Ba’zan ishdan charchab yoki biror narsadan ranjib qolganlarida bolalarning g’alvasi ortiqcha...

Ota-ona uchun ko‘p farzandlari o‘ynab yurgan uy hech vaqt tor bo‘lmaydi. Bolalarsiz huvillab qolgan, bahaybat xonadon tor ko‘rinadi. Bolalar oiladagi ma’naviy muhitnigina emas, balki er bilan xotin o‘rtasidagi munosabatni ham mustahkamlaydi. Farzandli oilalarda er bilan xotinlarning birbiriga bo‘lgan hurmati oshadi...

Bolalarning ko‘pchiligi ulg’aygani sari ota - onaning bir - biriga kerakliligi yanada oshadi. Farzand bo‘lmasa har qanday kuchli muhabbat ham darz keta boshlaydi, farzandsiz turmush bo‘lmaydi. U har qanday oila uchun ham fojeadir.

Ota -ona hamda farzandlar o‘rtasidagi ishonch, xurmatga asoslangan munosabatlar - oila mustahkamlanganligining yana bir zaminidir.

Shariatda oilaviy turmushning ma’naviy, huquqiy asoslari keng yoritib borilgan. Ulardan biri - har bir yigit o‘zi uylanadigan qizni, qiz esa yigitni ko‘rib, bilib olmog’idir.

O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar xotin-qizlarga munosabatda Asosiy Qonunning xalqaro huquqqa mos qoidalariga amal qiladilar. O‘zbeklar ayolga, avvalo, Ona, mehribon opa-singil, ardoqli qiz deb qaraydilar. Oilada ayolning o‘ziga xos mavqei va o‘rni bor. Xalqning boy madaniy merosi, adabiyoti, san’ati va falsafasi milliy g’oyasida aks etadi. Shuningdek ayollarining go‘zallik va nafosati, ularning vafo va sadoqati timsoli sifatida gavdalanadi1.

Onaga bo‘lgan hurmat va sadoqat – eng oliy qadriyatdir. Shuning uchun Vatanga, milliy tilga nisbat berilganda Ona nomi qo‘shiladi. «Xalqimiz orasida Ona so‘zi muqaddasdir, uni tushunmaganlarning aqli pastdir», - degan xikmat mavjud. Milliy istiqlol g’oyasi Onalar uchun, jamiyatdagi barcha ayollar uchun farovon hayot, go‘zal turmush yaratishni maqsad qilib, xotin-qizlarning erkinligi va o‘z qadr-qimmatini anglab etishiga, o‘z salohiyat va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishiga sharoit yaratishni bosh g’oyasi orqali mujassamlashtirgan.

3-masalaning bayoni. Farzandning har bir hohish-istagini bajo keltirish, bir aytganini ikki qilib tutqazish, qimmatbaho kiyimlar, taqinchoqlar olib berish noto‘g’ri ish bo‘lib, o‘z avlodini o‘z qo‘li bilan bebaxt qilish, jahannamga otish demakdir.

Ey mehribon ota-ona! Ehtiyot bo‘l! Shaytonning aldashiga, hiylasiga uchma! Nafsning so‘zlariga quloq solma! Bryligim, qo‘sha-qo‘sha mashinam, dang’illama uy-joyim, mulkim, davlatim bor deb shaytonning befahm sherigi bo‘lmagin! O‘lar ekansan, dunyodan bir chaqa ham olib ketmaysan. O‘zingga kel, esingni yig’! Diningni sev, bola-chaqangni dinni sevadigan qilib tarbiya ber. Avlodni dinsiz etuvchi – otadir, muhitdir, yurtdir. Allohga shukmlar bo‘lsinki, mustaqil O‘zbekistonimizda – ona Vatanimizda diniy bilimlar olish sharoit yaratildi.

Ta’lim va tarbiya dinga, Alloh va Payg’ambarimiz (S.a.v.)ning amrlariga uyg’un bo‘lishi kerak.

Jannat rayhonlari bo‘lmish farzandlarimizning faqat dunyoga havasi, moddiy ehtiyojlarinigina o‘ylab, ma’naviyatini unutmaylik.

Bir dono ota o‘z farzandiga shunday nasihat beribdi:

Ikki eahonda sadoqatli bo‘layin desang quyidagi pandu-nasihatlarga amal qil! – Ey farzand, vijdonli bo‘l! Haq Subhonahu va taolo rahmatidan noumid bo‘lma, qanchalik dono bo‘lsang ham o‘zingni shunchalik nodon deb tasavvur qil. Shunday qilsang yanada donoroq bo‘lasan. Ilmu donishing qanchalik ko‘p bo‘lsa ham yana ilm tahsil qilaver va bu ilmni o‘z joyida ishlat! Aytgan so‘zingni takrorlayvermaki, uni eshitish vaqtni bekorga o‘tkazishdir. Omi odamga omiyona, olimga olimlarcha tushintir, so‘zni har bir odamning fahmu-farosatiga muvofiq gapir. Gapiruvchining so‘zidan kimligini bilishni o‘rgan. Chunonchi, hazrati Ali – Alloh uning yuzini mukarram qilsin – aytadilar: “Kishiningziynati taylasoni (choponi)da emas, balki lisoni (tili)dadir”, - deydi.

Odamlardan biror narsa eshitsang, unga amal qilayotgan vaqtda ehtiyot bo‘lginki, xalq ichida da’vo va g’avg’o yuz bermasin. Har bir ishda o‘rtacha yur. Qanchalik mukammal bo‘lsang ham, o‘zingni kamroq his qil. Gavhar bilan emas, hunar bilan faxrlan. Ota fazilati bilan emas, o‘z fazilating bilan keril! Chunonchi hazrati Ali – Alloh undan rozi bo‘lsin – aytadi: “Insonning sharafi asli va nasli bilan emas, balki fazli va adabi bilandir”.

Ey farzand! YoLg’ondek tuyuladigan rostni gapirishdan ehtiyot bo‘l!

Sendan biror narsa haqida so‘rasalar, qanchalik mukammal mag’rurlanma. Dunyoda ranju-kulfat tortmayin desang, senga ishonib aytilgan sini oshkor qilma!

Ma’lumki, shu Sharqda, oila tushunchasi, oila qurish va uning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta’minlash insonning o‘z millati, avlod-ajdodlari, jamiyat oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g’risida emas, balki oilasining qarindosh urug’lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g’risida g’amho‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”1.

Har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaviy munosabatlar alohida olingan har bir holatda o‘ziga xos tomonlarga ega bo‘ladi. Chunki, bu munosabatlar o‘ziga xos ma’naviy qiyofaga ega bo‘lgan kishilarning o‘zaro ta’sirining natijasidir. Shunga ko‘ra, oilaning bolaga ta’siri spetsifik, o‘ziga xos bo‘lgani uchun, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishi ham o‘ziga xos va takrorlanmasdir.

Ikkinchidan, bola o‘z ota-onalarining xatti-harakatlari, butun hayotiy faoliyatlarini kuzatib yuradi. Shu tufayli narsa va hodisalarga ta’sir qilishga qodir bo‘lgan faoliyatning sub’ekti sifatida o‘z-o‘zini anglay boshlaydi.

Uchinchidan , oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg’ular jamuljam bo‘ladi. Ana shu boisdan bola hissiyotini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar oilada o‘zaro hurmat va ishonch bilan birga, yaxshi kayfiyat asosidagi sog’lom muhit qaror topgan bo‘lsa, bu bola ruhiyatiga, uning hissiyotiga ijobiy ta’sir etishi tabiiydir.

To‘rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg’ulari ham tarbiyalanadi. Chunki bola yoshligidanoq hayotda g’am-tashvishlar bilan quvonch-sevinchlar birga yurishligini anglab borishi kerak. Ota-onalar bolalarida jamiyatda va oilada kerakli ekanliklarini ilk bor his qilishni uyg’ota olsalar, insondagi bebaho xislat bo‘lgan mehnat qilish quvonchidan bolani bahramand qilgan bo‘ladilar.

Beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili hisoblanadi. Chunki, bola hayoti asosan uy sharoitida o‘tadi. Oila a’zolari o‘rtasida muomala madaniyati oilaviy tarbiyada muhim o‘rin o‘ynaydi.

Ota-onalar ma’naviy jihatdan qanchalik boy bo‘lsa, ular o‘z farzandlariga nisbatan shu qadar jiddiy va mas’uliyatli munosabatda bo‘ladilar. O‘zlaridagi mavjud ma’naviy-axloqiy fazilatlarni farzandlari timsolida ko‘rishni har qanday ota-ona orzu qiladi.

Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-onalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi; axloqiy tarbiyalash jarayonida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy o‘zbek an’analaridan foydalaniladi; ota-onalar pedagogika va psixologiyaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda va oilaviy tarbiya masalalari bo‘yicha Sharq mutafakkirlarining boy madaniy merosidan foydalangani holda o‘zining pedagogik ma’lumotini doimo oshirib boradi.

«Farzandlarimizning ongi shakllanadigan maktab yoshigacha bo‘lgan davrda ota-bobolarimizdan qolgan urf-odatlar, go‘zal qadriyatlar va zamonaviy tarbiya usullariga amal kilgan holda tarbiyalash, ularni ko‘z o‘ngida ochilayotgan dunyo mo‘’jizalari bilan tanishtirib borish, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasining 8-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida, - barcha ota-onalar va tarbiyachilarimizning asosiy vazifasi bo‘lmog’i kerak»1.

Oila va oilaviy tarbiya bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Chunki, jamiyat uchun aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, ruhan boy avlodni tarbiyalashdan manfaatdor. Bunday avlod, eng avvalo, ma’naviy-axloqiy jihatdan sog’lom va mustahkam oilada shakllanadi. Chunonchi oilani rivojlantirish va mustahkamlash uchun qilinadigan g’amxo‘rlik kelajak avlod taqdiri bilan bog’liqdir. Har qanday jamiyatda ham buyuk davlatning barpo etilishi yoshlar qanday bo‘lishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga bog’liq. Taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» deb yozgan edi2.



Milliy mafkuraning negizida yosh avlodni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash g’oyasi yotadi. Mustaqillik ruhida tarbiyalash yoshlarni milliy g’urur, milliy iftixor, Milliy ong va o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishni
Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling