Young translators


Download 5.09 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1831902
Bog'liq
to\'garak ingliz


Jizzax shahar 8-IDUM Ingliz tili fani o’qituvchisi Mukumova Sevaraning
Young translators” nomli ingliztili to’garagining 2023-2024 o’quv yilining birinchi choragida qilingan ishlar yuzasidan
Hisoboti.
“Young translators” to’garagi haftaning har dushanba va juma kunlari o’tkaziladi. Ushbu to’garakka 5, 6-sinflar hamda maktabimizning yuqori sinfdagi iqtidorli o’quvchilar qamrab olindi. Ushbu to’garak Sentabr oyida tashkil qilindi va har hafta muntazam o’tib kelinmoqda. To’garakka ingliztilini boshlang’ich darajadan boshlamoqchi bo’lgan va ingliztiliga qiziqishi bor o’quvchilar jalb qilindi.
“Young translators” to’garagidagi o’quvchilar uchun maktab darsligidan tashqari “Cambridge” nashiryotida chop etilgan “Prepare” kitobining A1 darajasi tanlab olindi va o’quvchilar foydalanishlari uchun chiqazib berildi. Ushbu kitob hozirda talab etiladigan ingliztilining barcha ko’nikmalarini (tinglab tushunish, gapirish, o’qish, yozish, garamatika va lug’at) qamrab olgan. Bu esa bolalarning boshidanoq ingliztilini puxta va zamon talablariga mos o’rganishlariga imkon beradi.

O’quvchilar ushbu charakda kitobning 5ta unitini tugatdilar va shu o’tilgan mavzular bo’yicha test topshirdilar. Test natijalariga ko’ra 75% o’quvchilar a’lo va yaxshi natijalarga erishgan bo’lsalar, 25% o’quvchilar qoniqarli holatda test topshirdilar. O’quvchilar bilan test natijalari taxlil qilindi va ota-onalariga ham telegram guruhida habar berildi. Shu bilan birga o’quvchilar yanada ko’proq o’qib bilmlarini mustahkamlash kerakligini tushunib yanada yaxshiroq o’qishga vada berdilar.

Iqtidorli o’quvchilarimizdan “ Young translators” to’garagining sobiq a’zolaridan biri 11 A sinf o’quvchisi Asqarova Soliha asosiy olimpiadaning shahar bosqichida 50 balldan 33,6 ball to’plab faxrli 1-o’rinni egalladi va maktabimiz sha’nini oshishiga o’z hissasini qo’shdi. Hozirda Soliha olimpiadaning viloyat bosqichi uchun tayyorgarlik ko’rmoqda.
To’garak rahbari : Mukumova Sevara
Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling