Yovoyyi hayvonlar
Download 0.52 Mb.
|
YOVOYYI HAYVONLAR PRESENTATSIYA SOLIYEV SHOXRUX
YOVOYYI HAYVONLARHayvonlar haqida hayvonot dunyosi (AshtaNa) — organik olam sistemasidagi yirik boʻlimlardan biri. H.ning bundan 1 — 1,5 mlrd. yil ilgari okean suvida mikroskopik, xlo-rofillsiz amyobasimon xivchinlilar shaklida paydo boʻlganligi taxmin qilinadi. H.ning eng qad. qazilma qoldiqlari yoshi 0,8 mlrd. yildan oshmaydi. Koʻp hujayrali H. — boʻshliq-ichlilar, chuvalchanglar, tuban boʻgʻim-oyoqlilarnpnt dastlabki qoldiqlari soʻnggi kembriy qatlamlaridan boshlab (mil.dan 690—570 mln. yil av.) uchraydi. Kembriy davri boshlarida (mil.dan 570—490 mln. yil av.) tashqi mineral skeletli (chigʻanoqli yoki xitinli) dengiz umurtqasizlarining koʻpchilik guruxlari (trilobitalar, jabraoyoqlilar, mollyuskalar, arxeotsiatlar) rivojlangan. Kembriyning oxirida tashqi skeletga ega boʻlgan umurtqasizlar (toʻgarak ogʻizlilartsht qadimgi ajdodlari) kelib chiqqan. Silurda (mil.dan 445—400 mln. yil av.) H. oʻsimliklar bilan bir vaqtda quruqtik yuzasini egallay boshlaydi. Silurning keyingi davrida, dastlabki chayonlar, devon oxiridan boshlab (mil.dan 400—345 mln. yil av.) dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqa-lilar — suvda hamda quruqlikda yashovchilar rivojlangan. Karbon davrida (mil.dan 345—280 mln. yil av.) quruqlikda umurtqasizlardan hasharotlar, umurtqalilardan tuban tuzilishga ega boʻlgan sudralib yuruv-chilar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar, Mezozoyning trias, yura va boʻr davrlarida (mil.dan 230—66 mln. yil av.) sudralib yuruvchilar hukmronlik qilgan. Trias oʻrtalarida (mil.dan 230—195 mln. yil av.) di-nozavrlar, bu davr oxirida sut emi-zuvchilar kelib chiqqan. Qushlar yura davrining oxiridan (mil.dan 195— 136 mln. yil av.) maʼlum. Boʻr davrining oxiriga kelib (mil.dan 136— 66 mln. yil av.) koʻpchilik dengiz umurtqasizlari, dengiz va quruqlikda yashovchi sudralib yuruvchilar, jumladan. dinozavrlar qirilib ketadi; ular oʻrnini qushlar va sut emizuv-chilar egallaydi. Tabiatda va odam hayotida H. katta ahamiyatga ega. H. — barcha ekosistemalarda oziqlanish zanjirining asosiy tarkibiy qismi. H. oʻsimliklar bilan oziqlanib, oʻzlashtirgan moddalarining yana tuproqqa qaytarilishiga, binobarin oʻsimliklarning oʻsishiga imkon beradi. Oʻsimlik va H. qoldigʻi bilan oziqlanadigan H. Yer yuzini organik qoldiqlardan tozalab, tabiiy sanitarlik vazifasini bajaradi. Yirtqich H. tabiatda zararkunanda H.ning sonini cheklab turishga yordam beradi. H. odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Ulardan bir qancha turlari ovlanadi; uy hayvonlari goʻsht, sut, jun, teri va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari olish maqsadida va transport vositasi sifatida boqiladi. H. orasida qishloq xoʻjaligi, odam va H.ga ziyon keltiradigan parazit turlari ham koʻp. Odam faoliyatining tabiatga taʼsiri tobora kuchayib borishi bir xil turlar sonining keskin qisqarib ketishiga olib keldi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra hozirgi davrda har kuni H.ning bitta turi yoʻqolib bormoqda. H.ni muhofaza qilish va ulardan foydalanish maqsa-dida deyarli barcha mamlakatlarda qonunlar qabul qilingan; maxsus qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 184 hayvon turi kiritilgan. Adabiyot HAYVONLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR — EHTIMOL SIZ BILMAGAN 36 ENG G’AROYIB MA’LUMOT Hayvonlar haqida qiziqarli faktlar — ehtimol siz bilmagan 36 eng g’aroyib ma’lumot Sayyoramizning hayvonot olami sinoatlarga to’la, shu sababli sizlarni hayratlantirishi mumkin bo’lgan hayvonlar haqida bir nechta qiziqarli faktlar bilan tanishtirib o’tamiz. HAYVONLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR 1. Filning tishlari 9 kg`gacha tosh bosishi mumkin. 2. Delfinlar nafaqat ochiq ko’z bilan uxlaydi, balki ularda miyaning yarmigina «uxlaydi». Qolgan qismi atrofdagi voqealardan ogoh bo’lib turadi. 3. Yer sayyorasida oq karkidonlardan atigi 3 nafar qolgan. Hozirda ularning har biri tinimsiz qo’riqlanadi. 4. Jirafalarda ovoz boylamlari mavjud emas, shu sababli ular «gapira» olishmaydi. 5. Timsohlar tilini chiqara olmaydi. 6. Bu eng noodatiy kapalaklardan biri. Uning noodatiyligi shaffof qanotlari mavjudligida. 7. Tuyaqushning ko’zi uning miyasi o’lchamidan kattaroq. 8. Bo’rilar bir yeyishda 20 kg`dan ortiq go’sht iste’mol qilishlari mumkin. 9. Toshbaliq — eng zaxarli baliq hisoblanadi. 10. Burgut 250 km/soat`dan ortiq tezlikda ucha olishga qodir. 11. Yangi tug’ilgan filning bolasi 100 kg`gacha vaznga ega bo’lishi mumkin. 12. Tilining rangi pushti bo’lmagan yagona it zoti — Chau-chau hisoblanadi. 26. Begemotlar bolalari yerga qattiq qulab tushmasligi uchun suv ostida tug’ishadi. 27. Dengiz mushuklari nafaslarini 2 soatgacha ushlab tura olishadi. 28. Ko’k kit tilining vazni o’rtacha filning vazni bilan teng Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling