Yovvoyi holda o`suvchi dorivor o`simliklarni muhofaza qilish va madaniy holda yetishtirishni yo`lga qo`yish


Download 14.23 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi14.23 Kb.
#252004
Bog'liq
maqola


Yovvoyi holda o`suvchi dorivor o`simliklarni muhofaza qilish va madaniy holda yetishtirishni yo`lga qo`yish.

Yoqubova S. Farg‘ona davlat universiteti

Respublikada so`nggi yillarda dorivor o`simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o`simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mahalliy floraga mansub 4.3 mingdan ortiq o`simliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro`yhatga olingan, shundan 70 ta turini farmatsevtika sanoatida faol qo`llanib kelinmoqda.

Dorivor o`simliklarni yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunga doir prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning: “Yovvoyi holda o`suvchi dorivor o`simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora tadbirlari to`g`risida” PQ-4670 10.04.2020 dagi qarori bizga e`tiborimizni yovvoyi holda o`suvchi dorivor o`simliklarning hayotiy jarayonlarini chuqur o`rganib ularni madaniylashtirishga qaratishimiz uchun keng imkoniyatlarni yaratadi.

Mamlakatimiz hududida koplab dorivor,efir moyli, alkaloid, glikozid, vitaminli, oshlovchi moddali, saponinli, bolli va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turuvchi xillari uchraydi. Bulardan tashqari, cheklangan maydonlarda talaygina endem va relekt turlar mavjud.

Floramiz qimmatli shifobaxsh hisoblangan omonqora, bozulbang, bo`yimodaron, choy o`ti, kiyik o`ti, ayiq o`ti, gazanda, shirinmiya,isiriq, sug`ur o`ti, parpi, ermon, suvqalampir, na`matak, qizilcha, ko`ka, ittikon, o`lmaso`t kabi muhim manbalarga ega. Bu o`simliklardan ayrim madaniylashtirilgan hamda ular maxsus davlat ho`jaliklarida ko`plab maydonlaga ekiladi. Ulardan ko`plari tabiiy holda tarqalgan, jumladan bizning jumxuriyatimizda quyidagi o`simliklar tabiatdan yig`iladi: na`matak, zirk, itqumrut mevalari, shirinmiya ildizi, tog`rayhon, limon o`t, kiyik o`t, ermon, yerchoy, dorivor gulhayri, dalachoy, gazanda, suvqalampir(3 turi) , oqsanak, bo`yimodaron va h.k.

Yuqorida keltirilgan o`simliklarga qo`shimcha qilgan holda dorivor valeriana, dorivor mavrak, qalampir yalpiz, yerchoy, dorivor gulhayri, ikki uyli gazanda kabilarni ko`rib chiqamiz:

Dorivor gulxayri (Althaea officialis L.) ko`p yillik o`tchil o`simlik bo`lib, poyasi tik o`sadi, balandligi 1-1.5 metr. Gulxayridoshlar oilasiga mansub, poyasi shoxlanmaydi. Poyaning yuqori qismidagi barglari butun,tuxumsimon, o`rta yoki pastki qismidagilari esa 3 yoki 5 bo`lakli. Gullari pushti yoki oq rangli, barg qo`ltig`ida to`p-to`p bo`lib joylashgan. Mevasi yassi,yumaloq, serurug` quruq meva. Respublikaning qariyb barcha hududlarida tarqalgan, tog`oldi va tog`li hududlarda, yo`llar bo`ylarida, sernam tuproqlarda o`sadi, ayrim joylarda assotsiatsiya yoki formatsiyalar hosil qiladi.Iyun-iyul oylarida gullaydi.Dorivor manba sifatida ildizlari, ildizpoyalari, gohida gullari va barglari ishlatiladi.

Kimyoviy tarkibi. Gulhayri ildizida 30-35% shilimshiq modda, 37% kraxmal, 10,2% qand moddasi, asparaginat kislotasi va boshqa moddalar bor.

Ta`siri va ishlatilishi. Xalq tabobatida bronxial astma, sil, yo`tal, ko`krak og`rig`i hastaliklarida ishlatiladi.Gulxayrining bir necha turlari bo`lib, ularning barchasi yaxshi nectar manbai-ulardan asal olinadi. Gullari yirik va o`rta hisobdahar bir gul 5,01 mg nectar ajratadi, nektarning konsentratsiyasi 50%, nectar tarkibida saxaroza, fruktoza va maltozalar bor. Shunday qilib gulxayrilar muhim dorivor va asal-shirali o`simliklardan sanaladi.

Yerchoy(orthurus kokanicus(Rgl.Et Schmalh.) Juz.). ko`p yillik o`tchil o`simlik bo`lib, ra`noguldoshlar oilasidan. Bo`yi 30-40 sm ga yetadi, poyasi tik o`suvchi, tukli. Ildizoldi topbarglari uch bo`lakli. Gullari sariq, mevasi murakkab pista. Tog`li va tog`oldi hududlarda, tog` yonbag`irlarida, buta va daraxtlar orasida o`sadi. Dorivor manba sifatida o`simlikning barcha yer ustki qismlari ishlatiladi.

Kimyoviy tarkibi. Yerchoy tarkibida organic kislotalar, qand moddalari, C vitamini, oshlovchi moddalar, efir moylari, organic kislotalar uchraydi.

Ta`siri va ishlatilishi. Xalq tabobatida yerchoy ildizlaridan tayyorlangan qaynatmalar ko`krak og`rig`ida, stomatit, anginani davolashda ishlatiladi.

Dorivor valeriana(asorun-Valeriana officinalis L) maunasorundoshlar oilasiga mansub ko`p yillik o`t, yarim buta, buta va lionlar turkumi. Dorivor valeriananing ildizi va ildizpoyasidan tibbiyotda foydalaniladi. Undan nerv sistemasiga ta`sir qiluvchi, yurak urishini tartibga soluvchi valerian tomchisi olinadi. Valeriana tarkibida efir moylar, valerian, sirka va chumoli kislotalar mavjud. Bu ekinning tuproq-iqlim sharoitiga talabi tipik bo`z tuproqlar, tekislik yer maydonlariga mos, shartli sug`oriladigan(mezofit) o`simlik. Ekish tavsiya etilgan hududlar:

Namangan viloyatining Pop va Chust tumanlarida, Farg`ona viloyatining Rishton tumanida.

Dorivor Valeriana (V.officinalis L.)- o`t-o`simlik, poyasi tik, boyi 2 m gacha, barglari va ildizmevasining kata-kichikligi bilan farq qiladigan bir necha kenja turlar hosil qiladi,dorivor o`simliklar sifatida ekiladi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ayrim xo`jaliklarda chunonchi Namangan viloyati Pop tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomli ixtisoslashgan davlat o`rmon xo`jaligida va Toshkent viloyati Y.Oxunboboyev nomli ixtisoslashgan davlat o`rmon xo`jaligida hamda Parkent tumanidagi ayrim shaxsiy xo`jaliklarda dorivor valeriana ekib o`stirish borasida ma`lum ijobiy ishlar amalga oshirildi va Respublikamizning tog`li hududlarida mazkur dorivor o`simlikning yetishtirish mumkinligi isbotlandi.

Dorivor mavrak(Salvia officinalis L)- Mavrak o`simligi O`zbekiston Respublikasida tarqalgan tuproq va uning iqlimini hisobga olgan holda sug`oriladigan yerlarda o`stirish, ulardan ko`proq va sifatli xom-ashyo yetishtirish zarur bo`ladi. Mavrak o`simligini sug`oriladigan unumdorligi yuqori, o`rtacha mexanik tarkibli tuproqlarda o`stirish yaxshi natija beradi. Ko`p yillik ilmiy kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, yovvoyi holda o`sadigan dorivor o`simliklarga nisbatan ekib o`stiriladiganlarining tarkibida biologik faol moddalar to`liq saqlanishi aniqlangan. Mavrak o`simligi issiqsevar, yorug`likni yaxshi ko`radigan, qurg`oqchilikka chidamli ekin hisoblanib, u ekilgan yerlardan 4-5 yil davomida foydalanib yuqori hosil olish mumkin.



Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan foydalanib, Respublikamiz hududlarida dorivor holda o`suvchi o`simliklarni yetishtirishni yo`lga qoyish borasida turli tuman ishlar amalga oshirilmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, yuqorida keltirilgan dorivor o`simliklar florasini saqlab qolish, ularni avaylash, ular bilan extiyotkorona munosabatda bo`lish, bu kabi o`simliklar bioxilma-xilligini muxofaza qilishda ko`zda tutilgan maqsadlardan biridir. Shu va bir qator o`simliklar bioxilma-xilligi hozirgi kunda inson omili tomonidan koplab zararli va ayanchli hollarga kelib qolmoqda. Yaylovlarda, tog` va tog`oldi hududlarida tarqalgan yovvoyi holda o`suvchi dorivor,asal-shiraga boy, alkaloidli, efir moyli bir qator o`simliklarning ko`plab turlariga insonlar tomonidan, turli chorva mollari tomonidan zarar yetkazilmoqda. Albatta biz buning oldini olmog`imiz lozim. Tabiatni asrab avaylab,undan oqilona foydalanib kelajak avlodga ham qoldirmog`imiz bugungi kundagi ulkan vazifalardan biridir.
Download 14.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling