Yozef Gaydn (1732-1809) XVIII asrdan Yevropa tarixida yangi davr Ma’rifatparvarlik davri boshlandi. Agar Renessansning vatani Italiya bо‘lsa, Yevropada klassik davrning vatani Fransiya bо‘ldi


Download 1.54 Mb.
bet1/5
Sana10.09.2022
Hajmi1.54 Mb.
#803930
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yozef Gaydn
Dolzarb mavzuga tezis, shveysar faoliyatini tashkil etish ishchi dastur, Mavzu-5, Fillips egri chizig’i, 3412118569-1, aziza kurs ishi, Sonli usullar va algoritmlar, 2.7. Bir jinsli chiziqli tеnglаmаlаr sistеmаsi, Madinabonu kurs ishi, TKLT 3 amaliy, Qo‘shma gaplar bo‘yicha savоllar, Оралиқ назорат ТЕСТ, Zoya, ееее, umum hisobot

Yozef Gaydn (1732-1809) XVIII asrdan Yevropa tarixida yangi davr – Ma’rifatparvarlik davri boshlandi. Agar Renessansning vatani Italiya bо‘lsa, Yevropada klassik davrning vatani Fransiya bо‘ldi. Fransiyada musiqa madaniyatining gullashi XVII asr о‘rtalaridan, markazlashgan davlat о‘rnatilib, diniy urushlar tugashidan keyin boshlandi. Fransuz absolyutizmining g‘alaba qozonishi ilm-fan va san’atning kо‘tarilishiga olib keldi. XVIII asrda yangi yevropacha mentalitet qat’iy qaror topdi. Barcha pog‘onadagi feodallar sinfi о‘rniga rivojlanib kelayotgan burjuaziya sinfi kirib keldi, ana shu sinf musiqaning asosiy buyutmachisiga aylandi. Jamiyat tabiat kuchlaridan yuqori kо‘tarilishga intildi, shu davrda tabiiy fanlar rivojlandi, kо‘plab fundamental ixtirolar amalga oshdi. Insonlarning nafaqat xudo oldida, balki qonun oldida ham tengligi e’tirof etildi. Tiklanish davridagi inson erkinligi ideali barcha uchun umumiy bо‘lib qoldi. Klassitsizm davrning bosh uslubi sifatida kо‘p yillar davom etdi. Bu uslub о‘z estetikasining asosiy holatlarini Tiklanish davridan oldi. 24 О‘sha davrda badiiy ijodning qat’iy qonunlari paydo bо‘ldi. Uning asosiy qoidalari Aristotelning antik “Poetika” asaridan olingan bо‘lib, о‘zgarmas va tabiatning о‘zidan in’om etilgan deb hisoblangan. Ushbu qoidalar ijodkorning hohishlari, ilhomi va his-tuyg‘ulariga qarama-qarshi qо‘yilar edi. Klassitsizm davri estetiklari gо‘zallik aniq, mantiqiy, matematik jihatdan tekshirilgan bо‘lishi kerak deb hisoblaganlar. Ijodkorning asosiy vazifasi esa – fikr mantiqi bilan ishontirishdir. Klassitsizm davri uchun shijoatkor va kuchli qahramonni – baxtga erishish uchun intiluvchi insonni – sahnaga qayta olib chiqish xarakterli bо‘ldi. Bu qahramon ehtiroslar qо‘lida о‘yinchoq bо‘lmay, zamon ruhiga binoan, burchi oldida о‘z shaxsiy baxtidan ham kechishga qodir bо‘lishi lozim edi. Yangi uslubga о‘tish har doimgidek sо‘z bilan bog‘liq bо‘lgan sahna janrlarida amalga oshdi. Antik davr estetik qonunlarining amalda aks etishi birinchi bо‘lib fransuz dramaturglari P.Kornel, J.Rasin ijodida namoyon bо‘ldi. Ularning klassik tragediyalari qadiimgrek asarlari asoslarida yaratildi. Klassik uslubning shakllanishida ikkita asosiy davrni kо‘rsatish mumkin: 1. Barokko davri san’ati chegarasida san’at rivojining yana bir tendensiyasi sifatida mavjud bо‘lgan XVII asr klassitsizmi (Shekspir, Kornel, Rasin, Lyulli ijodi). 2. Vena klassik maktabi kompozitorlari ijodida keng rivoj topgan XVIII asr ma’rifatparvarlik yetuk klassitsizmi. Yetuk klassitsizm Glyukning opera islohotlari, Bax о‘g‘illarining novatorligi, yosh Gaydn ijodi bilan boshlandi. Bularning barchasi esa Motsart ijodida umumlashtirildi, uning ijodi Yevropa musiqa san’atida yangi asrni boshlab berdi. *** Yozef Gaydn haqli ravishda klassik cholg‘u musiqasining asoschisi hisoblanadi, u zamonaviy simfonik orkestrning qaror topishiga yо‘l ochgan ijodkordir. 25 Gaydn ijodida simfoniya, torli kvartet, fortepiano sonatasi janrlari mukammal shakllandi. Kompozitor opera, diniy musiqa, kantata va oratoriyalar ham yaratgan, ammo aynan cholg‘u musiqasi uning nomini asrlarga muhrladi. Yozef Gaydn 1732 yilda Vena yaqinidagi Rorau qishlogida tug‘ildi. Kompozitorning otasi arava ustasi bо‘lib, musiqaga juda ixlosmand bо‘lgan. U turli xalq cholg‘ularida ijro etib, kuylashni yaxshi kо‘rar edi. Otasining musiqa va qо‘shiqqa bо‘lgan muhabbati yosh Yozefga ham berildi. Gaydn bolaligidan musiqani eshitish va eslab qolish qobiliyati, ritmni yaxshi sezishi bilan ajralib turar edi. Jarangdor ovozga ega bо‘lishi esa unga cherkov xorida ishtirok etish imkonini berdi. Gaydn yoshligidan Vena shahri avliyo Stefan kafedral cherkovi qoshidagi kapellaga xorda kuylash uchun joylashadi va musiqa bilan jiddiy shug‘ullana boshlaydi. Uning matonat hamda bilim olishga bо‘lgan kuchli intilishi repetitsiyalar va chiqishlarning mashaqqatli tartiblariga chidash, skripka va klavikordda chalish mahoratini egallash uchun vaqt ajratishga imkon berdi. Yosh Gaydn musiqa yozishga ham harakat qildi, lekin hozircha bu urinishlar ancha samarasiz bо‘ldi. Yozefning ovozi о‘zgarishi bilan uni xordan haydaydilar, shu tarzda Gaydnning musiqiy ta’limi tugaydi. U ozgina bо‘lsa-da pul topish uchun istalgan ishni bajaradi: musiqadan dars beradi, notalarni kо‘chiradi, mehmonxonalarda, hatto chorrahalarda skripka chaladi. Kechqurunlari tom ostidagi hujrada о‘tirib, buyuk kompozitorlar asarlarini о‘rganadi, ba’zan buyurmalar ham olish imkoni paydo bо‘lar edi. Shu davrda Gaydn о‘zining birinchi simfoniyalarini, kvartetlari, “Yangi chо‘loq iblis” nomli musiqiy komediyasini yaratadi. Tez orada taqdir Gaydnni taniqli italyan pedagogi, kompozitor va vokalist Nikkolo Porpora bilan uchrashtiradi. Mashg‘ulotlar uchun mablag‘ topolmagan 26 Gaydn, maestroning konsertmeysteri va shu bilan birga uning xizmatkori vazifasini bajaradi. Ushbu xizmatlar hisobiga Nikkolo Porpora Gaydnga kompozitsiya san’atidan saboq beradi. Gaydn о‘zining kelajagini saroy musiqachisi sifatida kо‘rar edi. 1761 yilda vengr knyazi Miklosh Estergazi (1714-1790) Gaydnni о‘zining kapellasiga rahbarlik qilish uchun ishga taklif etadi. Bundan keyin yosh kompozitorning 30 yillik hayoti Vena yaqinidagi Eyzenshtadt shaharchasida, knyazning yozgi saroyida о‘tadi. Lavozimni egallashdan bir yil oldin Gaydn Venalik sartaroshning qizi Mariya Kellerga uylanadi. Bu turmush baxtsiz bо‘lib, ayoli tez orada о‘zinining asl qiyofasini kо‘rsatadi. U fikr doirasi cheklangan, janjalkash, shu bilan birga isrofgar va juda talabchan bо‘lishi bilan birga, Gaydnning buyuk iqtidorini mutlaqo tushunmas edi. Gaydnning lavozimi rasmiy ravishda “xizmatkor” deb belgilangan, ammo unga hurmat bilan muomila qilganlar. Kompozitorga xizmat qiluvchi oqsoch va xizmatkor bо‘lib, о‘ziga ham yuqori oylik belgilangan edi. Shunga qaramay, har kuni ertalab Gaydn boshqa xizmatkorlar bilan birga knyazning xonasi yonida yig‘ilib, uning buyruqlarini kutar edi. Kapellaga rahbarlik qilishning о‘ziga yarasha afzalliklari ham bor edi. Gaydn о‘zi yaratgan asarlarni repetitsiya davridayoq jonli ijroda tinglashi, yaxshi sadolanmagan joylariga tuzatishlar kiritishi hamda qulay kompozitsiya va cholg‘ulashtirishni eslab qolishi mumkin edi. Kapella bilan ishlash Gaydnga turli musiqiy shakllar bilan tajriba о‘tkazishning qulay imkonini ham bergan. Kompozitor knyaz Estergazi xizmatida о‘tgan 30 yil davomida klassik simfoniya, torli kvartetning tuzilishini yaratdi, zamonaviy simfonik orkestrning asosini shakllantirdi. Xizmat davrida Gaydn kvartet va simfoniyalarining asosiy qismini yaratdi, u ijodiy faoliyati davomida 104 ta simfoniya yozdi. Gaydnning mahorati kо‘p sonli tinglovchilarning olqishiga sazovor bо‘lib, asarlari kо‘plab mamlakatlarda mashhur bо‘ldi. Kompozitorning asarlari birinchi 27 marta uning 31 yoshida nashr qilindi. Hayoti davomida yaratgan asarlari Yevropaning 125 ta matbaalarida nashr qilindi – bu kompozitor ijodining mashhurligi va barcha tomonidan tan olinganidan darak beradi. 1792 yilda qari knyaz vafot etadi, uning vorisi esa kapellani tarqatib yuboradi. Butun Yevropaga mashhur bо‘lgan Gaydnga 400 gulden pensiya ajratiladi va boshqa hech qayerda ishlamaslik sharti bilan ishdan bо‘shatiladi. Nashrga berilgan barcha asarlariga esa Gaydn shunday qо‘l qо‘yishi kerak edi: “Knyaz Estergazilarning kapelmeysteri Y.Gaydnning asari”. Bu shartlar bag‘oyat ma’qul bо‘lib, 60 yoshli kompozitor nihoyat orzu qilgan ozodlikka erishadi. Taniqli impresario Iogann Solomon uni Angliya safariga taklif etadi. Bir joyda ishlashga majbur bо‘lgan Gaydn endi dunyoni kо‘rishni istaydi va rozi bо‘ladi. Bu safar uchun kompozitor alohida 6 ta simfoniya yaratadi. Tinglovchilar kompozitorni ovatsiyalar bilan olqishlaydilar, konsertlar nihoyatda muvaffaqiyat bilan о‘tadi, zallar tо‘lib ketadi. Gaydnga Oksford universiteti doktori degan faxrli unvon beriladi, bu uning musiqasi sо‘zsiz tan olinganidan dalolat beradi. 1792 yil oxirida Gaydn vataniga qaytadi. Yо‘l ustida u Bonn shahrida tо‘xtab о‘tadi va bu yerda yosh Betxoven bilan tanishadi. Gaydn yosh kompozitor yaratgan asarlarga yaxshi baho beradi va shundan sо‘ng Betxoven Venaga borib, buyuk maestroga shogird bо‘lishga ahd qiladi. Ikki yildan sо‘ng Gaydn yana Angliya safariga chiqadi va ushbu safar uchun yana 6 ta simfoniya yaratadi, ular avvalgi olti simfoniya bilan “О‘n ikki London simfoniyalari” turkumini tashkil etadi. Ikkinchi safar chog‘ida ingliz qiroli Georg III Gaydnga Angliyada qolishni taklif etadi, lekin kompozitor rozilik bermaydi. Angliyada Gaydn Gendelning dabdabali oratoriyalari bilan tanishadi, ular kompozitorda о‘chmas taassurot qoldiradi. Venaga qaytgach, Gendel musiqasidan ruhlangan Gaydn “Olamning yaratilishi” va “Yil fasllari” nomli ikkita ulug‘vor oratoriyalarni yaratadi. Bu ikki oratoriya kompozitor ijodining yakuni bо‘ldi. 28 Gaydn hayotining oxirgi yillarini Venada, о‘z uyida о‘tkazdi. U boshqa hech narsa yozmadi, hamma vaqtini dо‘stlari bilan muloqot hamda о‘tgan kunlarni eslash bilan о‘tkazdi. Vena shahri fransuz qо‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilgach, chuqur hurmat belgisi sifatida Napoleon Bonapartning shaxsan о‘zi Gaydnning uyi yonida faxriy qorovul qо‘yishga farmon berdi. Hayoti davomida Gaydn Oksford universiteti doktori, Shvetsiya akademiyasining akademigi, Fransuz akademiyasining a’zosi, Parij konservatoriyasi doktori, Peterburg filarmonik jamiyati a’zosi kabi faxriy unvonlarga sazovor bо‘ldi. Gaydn ijodi dunyo musiqa madaniyati rivojida butun bir davrni tashkil etdi. Uning ijodida simfoniya, torli kvartet va fortepiano sonatasi klassik janrga aylandi. Gaydn yaratgan eng sara simfoniyalari kelgusi avlod kompozitorlari uchun ma’lum tartibda joylashgan va hozirgi davr uchun odatiy bо‘lgan tо‘rt qismli turkumning namunasi bо‘ldi. Simfonik orkestrning tarkibi ham Gaydn asarlarida uzil-kesil aniqlandi. Kompozitor о‘z ijodida xalq kuylaridan keng foydalanishi uning musiqa ohanglariga yengillik va shaffoflik bag‘ishladi. Simfoniya orkestr uchun 4 ta qismi о‘zaro bir-biriga kontrast bо‘lgan, shu bilan birga yaxlit yirik asar hisoblanadi. Simfoniya uzoq davrlar kompozitorlik ijodining rivoji bо‘lib, mashaqqatli mehnat va tinmay izlanish natijasidir. Ushbu qonunlar bitta qism ichida ham, yaxlit asarda ham amal qiladi. Simfoniyaning orkestr uchun yaratilgan boshqa yirik asarlardan farqi uni tashkil etuvchi barcha qismlarning mazmun va badiiy birligidir. Simfoniya birinchi tovushidan oxirigacha musiqiy-dramatik rivojga asoslanadi va bunday rivoj simfonizm deyiladi. 29 Klassik simfoniya 4 qismdan iborat bо‘lib, ijro davomida qismlar orasida kichik tо‘xtalishlar qilinadi. Simfoniyaning barcha qismlari ijro etilgandan sо‘ng qarsak chalish mumkin(avvallari har bir qismdan sо‘ng qarsak chalingan). Birinchi qism musiqasi simfoniyaning xarakterini belgilaydi. U quvnoq, hazilkash, dramatik yoki qahramonona bо‘lishi mumkin, ammo doimo harakatchan bо‘ladi. Simfoniyaning birinchi qismi sonata shaklida yoziladi. Unda uchta asosiy bо‘lak mavjud bо‘lib, birinchi bо‘lak ekspozitsiya deyiladi. Ekspozitsiya bosh va yordamchi deb nomlangan ikki о‘zaro kontrast mavzularni kо‘rsatishga asoslanadi. Sonata shaklining ikkinchi bо‘lagi rivojlov bо‘lib, unda asosiy mavzular yanada rivojlantiriladi, о‘zgartiriladi, tonallik beqaror bо‘ladi, alohida jumla yoki iboraga bо‘linadi, о‘zaro jadal munosabatga kiradi. Rivojlovga yangi musiqay lavha – epizod ham kiritilishi mumkin. Sonata shaklining uchinchi qismi repriza deyiladi. Repriza bо‘limi rivojlanishga yakun yasaydi, unda ekspozitsiyadagi barcha mavzular asosiy tonallikda qaytariladi. Simfoniyaning ikkinchi qismi odatda vazmin, og‘ir tempda bо‘lib, о‘zida lirik va о‘ychan fikrlarni aks ettiradi. Simfonik turkumning uchinchi qismi tinglovchilar diqqatini tashqi dunyo, maishiy turmush, raqs obrazlariga kо‘chiradi. Gaydn va Motsart simfoniyalarida uchinchi qismga kо‘pincha menuet, Betxoven asarlarida esa skerso kiritilgan. Tez tempdagi, harakatchan bunday asar hazil, grotesk, dramatik yoki ertak-fantastik xarakterga ega bо‘ladi. Tо‘rtinchi qism – final butun asarga xotima yasaydi. Final uchun quvnoq harakatli kayfiyat xos bо‘lib, u rondo, sonata yoki variatsiya shaklida yozilishi mumkin. Ba’zan kompozitorlar simfoniyaga xor yoki alohida vokal ovozlar ham kiritadilar. Simfoniyani roman, tragediya, drama, lirik poema yoki qahramonlik epopeyasiga tenglashtirish mumkin. Drama yoki roman adabiyotda qanday о‘rin 30 tutsa, simfoniya ham musiqada shunday о‘rin tutadi. Cholg‘u musiqasining eng yuqori kо‘rinishi sifatida simfoniya insonning turfa his-tuyg‘ulari va eng yuqori maqsadlarni о‘zida aks ettirishi mumkin. Ijodiy merosi: 30 ta opera 2 ta oratoriya 14 ta messa, kantata va motetlar 104 ta simfoniya Fortepiano uchun 52 ta sonata 59 ta divertisment Turli cholg‘ular va orkestr uchun 50 ta konsert 83 ta kvartet 199 ta trio 445 ta xalq qо‘shiqlarini qayta ishlash Vokal ansambllar, xor uchun asarlar “I. Gaydnnnig hayoti va ijodi ” mavzusi bо‘yicha savol va topshiriqlar 1. Gaydn qanday oilada tug‘ilgan? 2. Y.Gaydn 30 yil davomida qayerda xizmat qilgan? 3. Gaydn nafaqaga chiqqandan sо‘ng qayerda gastrol safarlarida bо‘lgan? 4. Gaydnnning ikkita oratoriyasi qanday nomlanadi? 5. Zamonaviy simfoniik orkestrning yaratuvchisi kim? 6. Klassik simfoniya necha qismdan iborat? Adabiyotlar: 1. Galatskaya V. Xorijiy mamlakatlar musiqa adabiyoti. – T.: 2006. 2. Golushenko I. Istoriya muziki narodov mira. – T.: 2008. 3. Mirxaydarova Z. Jahon xalqlari musiqa san’atining rivojlanish jarayoni. – T. 2009. 4. Melkumova E.I. Kratkiy kurs leksiy po istorii muziki. – T.: 2006. 5. Kokarev Y. Istoriya muzikalnogo tvorchestva. – Oryol, 2003. 31 6. Levik B. Chet el musiqasi tarixi. – T.: 1986
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling