Yun poietike poetik sanʼat badiiy asarlarda ifoda vositalari tizimi haqidagi fan, eng qad ada-biyotshunoslikfani. Kengmaʼnoda P. ada-biyot nazariyasi tushunchasiga toʻgʻri keladi. Adabiyot nazariyasi sifatida P


Download 17.55 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi17.55 Kb.
#194772
Bog'liq
26 dekabr 2


Javoblar

1. Poetika (yun. poietike — poetik sanʼat) — badiiy asarlarda ifoda vositalari tizimi haqidagi fan, eng qad. ada-biyotshunoslikfani. Kengmaʼnoda P. ada-biyot nazariyasi tushunchasiga toʻgʻri keladi. Adabiyot nazariyasi sifatida P. adabiy tur va janrlar xususiyatini, oqim va yoʻnalishlar, uslub va metodlarni oʻrga-nadi hamda badiiylik darajasi oʻrtasidagi ichki bogʻlanish va oʻzaro munosabat qonuniyatlarini tadqiq etadi.

P. 3 tarkibiy qismdan iborat: umumiy P., tavsifiy (xususiy) P., tarixiy P. Umumiy P. har qanday asarning badiiy vositalari va qurilish qonuniyatlarini janrga, adabiy tur va jinslarga karab muallif niyatining mujassamlanish usullarini tadqiq etadi. Tavsifi y P. ayrim olingan bir muallif asarlarining yoki davrlar va yoʻnalishlarning oʻziga xos xususiyatlarini aniklaydi. Tarixi y P. badiiy vositalar taraqqiyotini (obrazli ifodalar, shakllar, qofiyalar) va kategoriyalarni (badiiy qilib berilgan zamon, makon, ritm) oʻrganadi.

"P". termini dastlab Aristotelnit "Poetika" asarida qoʻllangan. Bu asar badiiy asar va uning tiliga oid nazariy masalalarni yoritishda dastlabki asarlardan hisoblanadi. Asarda yunon adabiyotidagi ilk realizm nazariyasi haqida maʼlumot berilgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy ham ushbu asar taʼsirida "Shoirlar sanʼati qonunlari haqida risola"sini yozgan. Realistik adabiyotning klassitsizm bos-qichi haqidagi nazariy masalalar fransuz olimi va shoiri N. Bualonnng "Poetik sanʼat" asari (1674)da yoritildi. Bualo bu asarida klassitsizm poetikasi asoslarini yaratdi, bu oqim uchun xos boʻlgan xususiyatlarni ochib berdi va ularni badiiy ijod krnuniyatlari sifatida talqin qildi. Klassitsizm nazariyasining dogmatik gʻoyalariga qarshi kurashda fransuz yozuvchisi va faylasu-fi D. Didroning "Dramatik poeziya haqida" (1758), G. Lessingning "Gamburg dramaturgiyasi" (2 j.li, 1767—69) asarlari vujudga keldi. Bu asarlarda ijodda erkinlik, hayotiy haqiqat masalalari, hayotni dinamik tarzda tasvirlash talablari nazariy asoslandi.



Musulmon Sharqi adabiyotida P. 3 qismdan: 1) ilmi aruz, 2) ilmi qofiya, 3) ilmi badiʼdan iborat max-sus fan sifatida shakllangan va bu fanning mazkur yoʻnalishlari boʻyicha koʻplab ilmiy asarlar yaratilgan (Shayx Ahmad Taroziyning "Funun ul-balogʻa", Atoulloh Husayniyning "Ba-doiʼ ussanoyiʼ" va boshqalar).

Ritorika (yun. rhetorike — notiklik) — notiklik sanʼati; keng maʼnoda umuman badiiy nasr haqidagi fan. Mil. av. 5—4-asrlarda Yunonistonda yuzaga kelib, mil. av. 3—2-asrlarda tizimli fan shaklini olgan. Mil. av. 1-asrda Rimda tarqalgan. 5 qismdan iborat boʻlgan: materialni topish, joylashtirish, soʻz bilan ifodalash (3 uslub: yuqori, oʻrta, pastki hamda uslub koʻtarinkiligining 3 vositasi: soʻz tanlash, soʻzlarni biriktirish va uslubiy figuralar xaqidagi taʼlimot), yodlash, talaffuz. Qad. davrda (Sitseron, Kvintilian ijodida) ishlab chiqilgan, oʻrta asrlarda va yangi davrda (Rossiyada Lomonosov ijodida) rivojlantirilib, 19-asrda adabiyot nazariyasiga qoʻshilib ketgan. Keyinchalik "R." termini dabdabali, quruq safsatani anglatgan (qarang Voizlik sanʼati)
Download 17.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling