Yun tutilish Quyoshning osmon gumbazidagi koʻrinma yillik harakat yoʻli


Download 185.35 Kb.
bet1/2
Sana07.03.2023
Hajmi185.35 Kb.
#1248133
  1   2
Bog'liq
ekliptika

EKLIPTIKA (yun. — tutilish) — Quyoshning osmon gumbazidagi koʻrinma yillik harakat yoʻli. Bu harakat katta aylana boʻylab sodir boʻlib, osmon gumbazining sutkali harakatiga qaramaqarshi yoʻnalgan va tezligi sutkasiga 59ʻ8» ga teng. Quyoshning yillik koʻrinma harakati Yerning Quyosh atrofidagi haqiqiy harakati natijasida kelib chiqadi. Yerning orbita tekisligi Ekliptika tekisligidan iborat. Ekliptika tekisligining ekvator tekisligiga oʻrtacha ogʻmaligi ye=23°27ʻ08»,26. E. va ekvator bir-biri bilan ikki nuqtada — bahorgi teng kunlik va kuzgi teng kunlik nuqtalarida kesishadi. Ekliptika zodiaqdagi 12 ta yulduz turkumidan oʻtadi. Ekliptika tekisligi osmon koordinatalari sistemasida asosiy tekisliklardan biri hisoblanadi.


1-rasm. Ekpiltika
Quyosh ko‘rinma yo‘li, ya’ni ekliptikaning to‘rtta asosiy nuqtasi bo‘lib, bulardan ikkitasi uning osmon ekvatori bilan kesishgan nuqtasini, qolgan ikkitasi esa, osmon ekvatoridan eng katta og‘ishga ega bo‘lgan nuqtalarini xarakterlaydi. Ekvator bilan kesishgan nuqtalaridan biri (Quyosh janubiy yarim shardan shimoliy yarim sharga kesib o‘tganda hosil bo‘lgani) - bahorgi teng kunlik nuqtasi (.) deyilib, Quyosh unda 21 mart kuni bo‘ladi; ikkinchisi esa, kuzgi teng kunlik nuqtasi (.) deyilib, Quyosh unda 23 sentyabr kuni bo‘ladi. Ekliptikaning osmonning shimoliy yarim sharda eng katta og‘ishga (+23026’’) ega bo‘lgan nuqtasi - yozgi Quyosh turishi nuqtasi deyilib, bu nuqtada Quyosh 22 iyunda, janubiy yarim sharda eng katta og‘ishga (-23026’’) ega bo‘lgan nuqtasi esa, qishki Quyosh turishi nuqtasi deyilib, unda Quyosh 22 dekabrda bo‘ladi.
Ekliptikani Quyoshning bir yil davomida osmon sferasida chizib o'tadigan katta aylana deb ta'riflash mumkin. Shunga asosan koordinatalar sistemasi kiritilgan. Bu sistema sayyoralar va Quyosh sistemasidagi boshqa jismlar uchun qo'llaniladi. Yer ekvatori tekisligining yo'nalishi doimiy bo'lib, u Yerning yillik xarakatiga bog'liq emas. Bahorda Yer janubiy yarimsferadan shimoliy yarimsferaga harakatlanishi kuzatiladi.
Yulduzlarga nisbatan Quyoshning g‘arbdan sharqqa tomon siljishi qadim zamondan ma’lum. Bu siljish har sutkada sal kam 10 bo‘lib, bir yilda Quyosh osmon sferasining zodiak yulduz turkumlari oralab bir marta to‘la aylanib chiqadi.
Bir necha oylar (yoki yil) davomida ma’lum bir joydan turib muntazam ravishda tush paytida Quyoshning zenitdan uzoqligini o‘lchash, uning osmon ekvatoridan og‘ishi -23026 dan, +23026’’ ga qadar o‘zgarishini aniqlash mumkin. Bundan ekliptika tekisligining osmon ekvatoriga og‘maligi 23026’’ ga tengligi ma’lum bo‘ladi.
Oy — Yerning yagona tabiiy yoʻldoshi. Yerdan oʻrtacha 384 400 km masofada joylashgan. Orbitasining ekliptika tekisligiga qiyaligi burchagi 5° 8' 43" ni tashkil etadi. Massasi 7,35×1022 kg (1/81,3 Yer massasi). Oʻrtacha radiusi 1738 km, sirtidagi erkin tushish tezlanishi 1,62 m/s2. Astronomik belgisi . Oy orbitasi ekliptika tekisligiga oʻrtacha 5°8’43" burchak ostida yotib, 4°58’ dan 5°20’ gacha oʻzgarib turadi. Oy Yer atrofida gʻarbdan sharqqa harakatlanib, biror yulduzga nisbatan toʻla aylanish davri uning siderik (yoki yulduz) davri deb ataladi. Bu davr 27,32 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng. Oy orbitasining ekliptika tekisligi bilan kesishish nuqtalari uning chiqish va tushish tugunlari deyiladi. Oy tugunlari ekliptika boʻylab Oyning harakatiga qarama-qarshi yoʻnalishda (yaʼni gʻarbga tomon) siljib boradi va 18 yil-u 7 oy (6793 sutka)da ekliptikani toʻla bir marta aylanib chiqadi. Oyning biror tugundan chiqib, yana shu tugunga qaytib kelishi orasida oʻtgan vaqt ajdar oyi deyilib, u oʻrtacha 27,21222 sutkaga tengdir. Quyosh va Oy tutilishlarining davriyligi shu oy bilan bogʻliq.

Download 185.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling