Yunoniston, Qadimgi Yunoniston


Download 150.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.08.2020
Hajmi150.78 Kb.
#125471
Bog'liq
Qadimgi Yunoniston - Vikipediya


Qadimgi

Yunoniston

YUNONISTON, Qadimgi Yunoniston —

Bolqon ya.o.ning jan., Egey dengizidagi

orollar, 

Frakiya


 sohillari, Kichik Osiyoning

gʻarbidagi dengiz sohilida joylashgan

qadimiy yunon davlatlari hududining

umumiy nomi.

Tarixi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra,

Yu. hududida odamlar paleolit davridan

yashab kelmoqda. Xalkidika ya.o.dan


neandertal odamining bosh suyagi

chiqqan. Neolit davrida Yu. aholisi

dehqonchilik, chorvachilik bilan

shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan.

Yu.ning jez davri madaniyati shartli

ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey

madaniyati deb atalgan. Miloddan

avvalgi 3-ming yilliqda Yu. etnik tarkibi

rangbarang(pelasglar, leleglar va

boshqalar) boʻlgan; ularni protoyunon

qabilalari — axeylar, ioniyaliklar siqib

chiqarib oʻz tarkiblariga singdirib

yuborganlar. Miloddan avvalgi taxminan

20—17-asrlarda Krit o.da axeylarning ilk

davlatlari (Knos, Fest, AgiaTriada,

Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo

etilgan. Miloddan avvalgi taxminan 1260


yil Mikena, Tirinf, va boshqalar davlatlar

Troyani bosib olib, uni vayron etishgan

(qarang Troya urushi). Doriy

qabilalarining kirib kelishi (miloddan

avvalgi taxminan 1200 yil) oqibatida

davlatlar parchalanib, urugʻchilik

munosabatlari jonlangan. Miloddan

avvalgi 9-asrga kelib Shim. Yu.da —

eoliylar, Oʻrta Yu. va Peloponnesda —

doriylar, Attika va orollarda — ioniyaliklar

istiqomat qilgan: 8—6-asrlarda yunonlar

Oʻrta dengiz, Marmar va Qora dengiz

sohillarini kolonizatsiya qilganlar. Bu

davrda Yu.da polislar (shahar davlatlar)

shakllangan. Dehqonlar va

hunarmandlarning urugʻ zodagonlari

bilan kurashi natijasiga qarab polisdagi


davlat hokimiyati yo demokratik

(Afinada) yoxud oligarxik (Sparta, Krit

o.da) tarzda boʻlgan. Iqtisodiy jihatdan

taraqqiy etgan polislarda (Korinf, Afina va

boshqalar) qulchilik keng tarqalgan;

Sparta, Argos va boshqalarda urugʻchilik

tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan.

Miloddan avvalgi 6-asrda polislar Sparta

boshchiligida Peloponnes ittifoqiga va

Fiva rahbarligi ostida Beotiya ittifoqiga

birlashganlar. 5— 4-asrlar polislarning

eng ravnaq topgan davri sanaladi. U

yunonfors urushlarida (500—449)

yunonlarning gʻalabasi natijasida

Afinaning yuksalishi va Delos ittifoqining

(Afina boshchiligida) barpo etilishi bilan

bogʻliq boʻlgan.


Perikl hukmronligi davri (443— 429) Afina

kuchqudratining eng kuchaygan, siyosiy

tuzumning eng demokratlashgan va

madaniyatning ravnaq topgan davri

hisoblanadi. Afina Yu.ning asosiy

iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi,

u dengizda hukmronlikni oʻz qoʻliga

olgan. Afina bilan Sparta oʻrtasida Yu.da

gegemon boʻlish, savdo yoʻllariga egalik

qilish uchun kurash Peloponnes urushi

(431—404)ga olib kelgan, u Afinaning

magʻlubiyati bilan tugagan. Spartaning

yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi

miloddan avvalgi 395—387 yillardagi

Korinf urushini keltirib chiqargan. 4-asrda

Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra

jangida (miloddan avvalgi 371 yil)


fivaliklar Sparta qoʻshinini tormor

keltirishgan. 4-asr oʻrtasida Yu.ning

shim.da Makedoniya yuksalgan. Uning

podshohi Filip II Xeroneya jangida (338)

yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan

gʻalaba qozonib Yu.ni tobe etgan.

Aleksandr (Iskandar) saltanati

parchalangach, ellinizm davrida (3—2-

asrlar) Yu.da hukmron boʻlish uchun

kurashayotgan harbiylashgan tipdagi

davlatlar va ittifoqlar koʻp boʻlgan

(Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya

ittifoqi). Miloddan avvalgi 197 yil

Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari

Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach,

Rim Yu.dagi oligarxiyani quvvatlab,

mamlakatning ichki ishlariga aralasha


boshlaydi. Miloddan avvalgi 148 yil

Makedoniya, Illiriya va Epir Rim

provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan

(Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor

etilgandan soʻng) Yu.Rimga tobe boʻlgan

(miloddan avvalgi 27 yildan uning

hududida Rimning Axaya provinsiyasi

barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina

erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy 4-

asrdan Yu.Vizantiyaning asosiy tarkibiy

qismini tashkil etgan.

Falsafasi. Antik falsafa falsafa tarixida

muhim oʻrin tutadi. U avvalo, falsafa

tushunchasining fanga kirib kelishiga

sababchi boʻldi, hozirgi kungacha boʻlgan

barcha falsafaga hal qiluvchi taʼsir



koʻrsatdi. Yuz yil davom etgan

tayyorgarlik davridan soʻng yunon

falsafasining mumtoz davri boshlandi.

Uning gullab yashnashi miloddan avvalgi

7—6-asrlarga toʻgʻri keldi, taʼsiri esa ming

yil mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va

islom mamlakatlarida yunon

falsafasining hukmron taʼsiri keyingi ming

yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik,

Renessans va gumanizm davrlarida,

Yevropada yunon falsafasining uygʻonishi

yuz berdi, bu esa Renessans davri

platonizmi va aristotelizmidan boshlab

Yevropa falsafiy tafakkurining butun

taraqqiyotigacha boʻlgan davrdagi ijodiy

yangilanishlarga olib kedsi.



Yunon falsafasi miloddan avvalgi 6—5-

asrlarda butun Yu.dagi yunon polislari

falsafasining davomchisi boʻlgan

mumtoz yunon ellinistik falsafasi

(miloddan avvalgi 4-asr) va ellinistikRim

falsafasiga, yaʼni miloddan avvalgi 3-

asrdan milodiy 6-asrgacha davom etgan

Rim imperiyasiga tarqagan ellinistik

falsafaga boʻlinadi. Ellinistik falsafa

Sokratgacha boʻlgan falsafa (miloddan

avvalgi 6—5-asrlar) va mumtoz (klassik)

falsafaga (Sokrat, Platon, Aristotelʼ —

miloddan avvalgi 4-asr) ajraladi.

Sokratgacha falsafa, oʻz navbatida,

kosmologik (gilozoistik) falsafaga

(miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va



antropologik falsafaga (miloddan avvalgi

5—4-asrlar) boʻlinadi.

Yunon falsafasi ilkkosmologik—

Sokratgacha falsafa davri, ruhoniylar

bilan birga siyosiy yoʻnalishdagi

mutafakkirlar va yetti donishmand

tomonidan tayyorlangan olimlar davri

bilan boshlanadi. Ulardan biri miletlik

Fales boʻlib, Aristotel uni birinchi faylasuf

deb hisoblagan; u birinchi kosmolog ,

torroq maʼnoda ioniya naturfalsafasi

maktabining vakili, bu maktabga

Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid,

Diogen va boshqalar ham mansub edi.

Undan soʻng Eleya maktabi vujudga kelib

borliq falsafasi bilan shugʻullandi



(miloddan avvalgi 580—430), bu

maktabga Ksenofan, Parmenid, Eleyalik

Zenon, Meliss mansub edilar; ayni vaqtda

bu maktab bilan birga Pifagor maktabi

ham mavjud edi. Bu maktab vakillari

uygʻunlik, oʻlchov, son masalalari boʻyicha

tadqiqot olib bordilar. Bu maktabga

Fillolay (miloddan avvalgi 5-asr oxiri)

krotonlik Alkmeon (taxminan miloddan

avvalgi 520), musiqa nazariyotchisi,

faylasuf va matematik Arxit Tarentskiy

(taxminan miloddan avvalgi 400—365) va

uning tarafdori haykaltarosh Katta

Poliklet (miloddan avvalgi 5-asr oxiri),

Heraklit, keyin Empedokl va Anaksagor

mansub edi. Hamma narsani qamrab

oluvchi qomusiy tafakkur egasi Demokrit,


uning mashhur oʻtmishdoshi Levkipp

hamda Demokrit maktabi vakillari

Sokratgacha kosmologiyaning oxirida

turadilar. Shu bilan birga soʻnggi davrda

antropologik sofistikada rivojlanish yuz

berdi (taxminan miloddan avvalgi 475—

375), uning vakillari, asosan, Protagor,

Gorgiy, Gippiy, Prodik boʻlgan. Yunon

falsafasining eng mashhur 3 vakili —

Sokrat, Platon, Aristotel tufayli Afina

taxminan 1000 yil yunon falsafasining

markazi boʻldi.

Tarixda birinchi marta Sokrat tomonidan

insonni falsafiy anglash masalasi

qoʻyildi. Platon falsafani tugallangan

dunyoqarash — siyosiy va mantiqiyetnik



sistema sifatida yaratdi; Aristotel esa

falsafaga haqiqiy mavjudlikni

tadqiqiynazariy oʻrganuvchi fan sifatida

qaradi. Bu 3 mashhur yunon

mutafakkirining har biri oʻsha vaqtdan

buyon oʻzicha alohida va turli shakllarda

2 ming yildan buyon jahon falsafasining

rivojlanishiga taʼsir koʻrsatib keladi.

Yunon falsafasining ellinistikrim davri bir-

biri bilan parallel ravishda mavjud boʻlgan

muhim falsafiy maktablarning paydo

boʻlishi bilan boshlanadi (miloddan

avvalgi 4-asr); faqat neoplatonizm

keyinroq — 500 yildan soʻng vujudga

keldi. Sokrat taʼsirida butun bir maktablar

guruhi tashkil topadi: sokratchilar (asosiy

vakili Ksenofont), megar maktabi (unga


Evbulid va imkoniyat tushunchasining

birinchi nazariyotchisi Diodor Kronos

(miloddan avvalgi 307 yilv.e.) mansub

boʻlgan), siniklar (Antisfen, Diogen),

birmuncha keyinroq jamiyatni diniy qayta

oʻzgartiruvchi pruzalik Dion Xrizost;

pirovardida kirena maktabi (Aristipp va

Evgemer). Bu maktablar unchalik uzoq

yashamadi. Platon tarafdorlari Platon

akademiyasi nomi ostidagi falsafiy

maktabga birlashdilar (qad. Akademiya

— miloddan avvalgi 348—270, oʻrta

Akademiya — miloddan avvalgi 315—215,

yangi Akademiya — miloddan avvalgi 160

— milodiy 529; oʻrta Akademiyaning

vakillari — Arkesilay va Karnead; yangi

Akademiyaning vakillari — Sitseron va


Mark Terensiy Varron (miloddan avvalgi

116 — miloddan avvalgi 28);

Akademiyadan keyin ("yangi"sidan farq

qilgan holda) platonizm vujudga keldi.

Unga boshqa faylasuflar bilan birga

Plutarx (taxminan 45—120) va Frasill

(Platon sharhlovchisi) kirgan.

Aristotel tarafdorlarining katta qismi aniq

fanlar bilan shugullangan, peripatetik deb

nom olgan mashhur olimlar boʻlgan;

qadimiy peripatetiklar bilan birga

mashhur botanik Teofrast, musiqa

nazariyotchisi Aristoksen (taxminan

miloddan avvalgi 350), tarixchi va

siyosatchi messinalik Dikearx; keyingi

peripatetiklar orasida fizik Straton,



geograf va astronom samoslik Aristarx

(Stratonning shogirdi, taxminan miloddan

avvalgi 250) va Klavdiy Ptolemey

(taxminan milodiy 150), vrach Galen,

Aristotelning sharhlovchisi Rodoslik

Andronik (taxminan miloddan avvalgi 70)

boʻlgan.

Epikur asos solgan maktab keng yoyildi,

bu maktabga boshqalar bilan birga

Lukretsiy ham mansub edi. Skeptik

maktabning vakillari (unga Akademiya

vakillaridan koʻplari kirgan edi) Pirron va

keyinchalik vrach Sekst Empirik edi.

Stoya maktabi juda muhim falsafiydiniy

harakatga aylandi, neoplatonizm va

xristianlikning paydo boʻlishiga qadar



mavjud boʻldi. Kitionlik Zenon asos

solgan bu maktabni qadimiy Stoyada

Xrizip adabiy jihatdan pishitdi; oʻrta

Stoyada boshqalar bilan birga Panetsiy

Rodoslik va Posidoniy bor edi; bu

maktabga tarixchi Polibiy ham yaqin

turgan. Keyingi Stoya davrida, asosan, 3

Rim faylasufi — Seneka, Epiktet va Mark

Avreliy asosiy rol oʻynadi.

Neoplatonizmda, uning asoschisi Plotin

fikricha, Rim, Afina, Aleksandriya, Siros,

xristian falsafiy maktablari bir-biridan

farq qiladi. Plotin bilan birga Porfiriy,

Prokl, ayolfaylasuf Gipatiya, Yamvlix,

imperator Yulian Apostat (332—363),

ensiklopedist Marsian Kapella (5-asrning



1-yarmi), Boetsiy mashhur neoplatonchi

boʻlishgan. [[El[[

linizm

 davrida gʻarb va



sharq dini hamda falsafasini oʻzida

birlashtirgan gnostika rivojlandi. Bobil

gnostikasidan moniylik va uning yorugʻlik

hamda zulmat olami haqidagi taʼlimoti

paydo boʻldi. Milodning birinchi yuz yilligi

falsafasi uchun Filonning Bibliyani

majoziy, platonchastoikcha talqini jiddiy

taʼsir koʻrsatdi. U Aleksandriya maktabiga

asos soldi, uning anʼanalarini

aleksandriyalik Kliment va Origen davom

ettirdi, bu esa gʻarb falsafasiga koʻproq

taʼsir koʻrsatgan xristian falsafasining

boshlangʻich holati edi. Yunon

falsafasining turli xil koʻrinishlari islom



falsafasida mavjud, uning taʼsirini hind

falsafasida ham payqash mumkin.

Adabiyoti. Yu.da yozma badiiy ijodning ilk

namunalari taxminan 2700—2800 yillar

muqaddam paydo boʻla boshlagan. Bu

adabiyot miloddan avvalgi 3-asrda Rim

madaniyatining barpo etilishida, tarkib

topishida ham muhim ahamiyat kasb

etgan. "Iliada" hamda "Odiseya"

dostonlari yunon yozma adabiyotining

bizga qadar yetib kelgan eng qadimiy

namunalaridir. Bu kabi yuksak badiiy

asarlar uzoq muddatli adabiy harakatning

davomi, uning yetuk mahsuli sifatida

maydonga kelgan. "Odisseya" dostonida

Demodok kabi ajoyib baxshilar —



rapsodlar botirlik haqida dostonlar aytib,

davra ahllarini rom qilgan. Platon,

Herodot kabi allomalar va shu

zamonning baʼzi yozuvchilari Homerdan

ilgari Orfey degan shoir yashab

oʻtganligini xabar qiladilar. Biroq bu

shoirning goʻzal navolari haqida

afsonaviy rivoyatlardan boshqa tarix

sahifalarida bironta ham misra saqlanib

qolmagan.

Yunon xalqi oʻrtasida keng tarqalgan

rivoyatlarda Orfeydan tashqari yana bir

qancha shoirlar: Muze, Evmolp, Tamir,

Olen va boshqalar tilga olinadi.

Barcha xalqlarning tarixida boʻlgani kabi

yunon adabiyoti ham xalq ogʻzaki ijodi



zaminida vujudga kelgan. Tarix

sahifalarida yunon folkloridan juda kam

namunalar saqlanib kelgan boʻlsada,

shularga asosan ibtidoiy qabilachilik

davrlarida yunon xalqining anʼanasi boy

va rangbarang ogʻzaki adabiyoti —

ertaklari, maqollari, matallari,

topishmoqlari, qoʻshiqlari boʻlganligini

aniqlash mumkin. Ibtidoiy jamiyatdagi

mavjud ogʻzaki adabiyot shu jamiyat

kishilarining tabiat haqidagi

tushunchalarini ifoda etgan.

Yunon mifologiyasi uzoq tarixga ega. Shu

uzoq muddat davomida ijtimoiy ongning

oʻsishi bilan miflar ham oʻzgargan, yangi

maʼnomazmun kasb etgan. Yunon kishisi



ibtidoiy qabilachilik davrida tevarak

atrofdagi tabiiy hodisalarning hammasini

jonli his qilib, ularga sigʻinishgan, ulardan

madad tilashgan, yovuz kuchlarni moyil

qilish uchun qurbonliklar qilingan. Tabiat

hodisalari qarshisida ibtidoiy insonning

butun hayoti qoʻrquv va tahlikada oʻtgan.

Keyinchalik qabilachilik tuzumining

yemirilishi va harbiy aristokrat

tabaqalarning kuchayishi natijasida quyi

tabaqa vakillarining ahvoli yanada

ogʻirlashgan, boylarning zulmi

kuchaygan. Bu holat insonlarning diniy

eʼtiqodlariga ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan.

qadimiy inson tasavvurida falak

hukmronlari — odam qiyofasidagi Olimp

maʼbudalari paydo boʻlgan. Zevs —


momaqaldiroq hamda bulutlar hukmdori,

maʼbudlar maʼbudi; Poseydon — dengiz

hukmroni; Aid oxirat xoqoni, Zevsning

rafiqasi Gera — osmon maʼbudasi,

maʼbudalar malikasi va h.k.

Maʼbudlarni odam qiyofasida tasavvur

etish, oʻz navbatida, mifologiyani haqiqiy

hayotga yaqinlashtirgan va uning

obrazlariga chinakam hayotiylik

bagʻishlagan. "Iliada" dostonida

muallifning butun diqqati asarning bosh

qahramoni Axillning gʻazabiga qaratilgan

boʻlib, qolgan voqealar faqat 50 kun

ichiga sigʻdirilgan. Tinglovchi va kitobxon

toʻla taassurotga ega boʻlishi uchun asar

davomida muallif yoʻlyoʻlakay



chekinishlar yasab, turlituman hodisalar

bilan asosiy voqeani toʻldirib borgan.

Xuddi shu uygʻunlik, muxtasarlik

"Odisseya" dostonida ham bor. Jafokash

Odisseyning oʻz vataniga qaytishi, har

safar mobaynida uning boshidan

kechgan mushkulotlar, uchragan ajoyibot,

gʻaroyibotlar — asarning asosiy

mavzusidir.

Qahramonlarning qiyofasini ular, ning

tabiati, xattiharakatini koʻrsatish bobida

— realistik tavsifi nihoyatda sezilarli.

Dostonlarda hayotning turli pogʻonalarida

turuvchi ilohiy kuchlar, odam bolalari:

Olimp togʻining maʼbud va maʼbudalari,

devlar, parizodlar afsonaviy maxluqlar,



podshohlar, pahlavonlar, oddiy jangchilar,

malikalar, kanizaklar, qul va choʻrilar,

goʻdaklar va h.k. koʻz oʻngida

gavdalanadi. Yunon xalqi asrlar

davomida botirlik haqidagi oʻz tuygʻu va

orzularini ana shunday qahramon nomi

bilan bogʻlab kelgan.

Yunon xalqining botirlik, gʻayrat va jasorat

tushunchalarini yozuvchi Axill obrazida

talqin etgan boʻlsa, shu xalqning hayot

bobida orttirgan donishmandligi, aql va

zakovatini Odissey obrazi orqali

koʻrsatgan. Boshqa qahramonlardan

tashqari (har ikkala) dostonda ikkinchi

darajali shaxslar bor: Agamemnon —

takabbur, Menelay — botir, Diomed —



sergʻayrat, Nestor — nuroniy, Baris —

xudbin, olifta, Gektor — oriyatli va h.k.

Yevropa xalqlari oʻz taraqqiyotlari

davomida katta ishtiyoq bilan necha bora

yunonlar hamda rimliklar yaratgan sanʼat

va adabiyotga murojaat etib, ular asosida

qalblarini bezovta qilgan tuygʻu va

gʻoyalarni hal etishga uringanlar.

Uygʻonish davrining buyuk allomalari

qoʻlida antik (qadim) dunyoning ilmu fani,

sanʼat va adabiyoti, falsafiy taʼlimotlari

eng kuchli qurol boʻlib xizmat qilgan.

"Uygʻonish" soʻzining dastlabki maʼnosi

ham qadimgi madaniyatni qayta tiklash,

yangidan oyoqqa turgʻizish demakdir.


17-asr Yevropa klassitsizm adabiy oqimi

ham 100—150 yil davomida antik dunyo

badiiy ijodiga taqlid shiori ostida

rivojlandi, bu davr mobaynida qariyb

butun Yevropa sahnasi, asosan, Yunon va

Rim tragediyalari mavzulari bilan yashadi.

Elin madaniyati Oʻrta Osiyo

madaniyatining ravnaq topishiga

samarali taʼsir etgan. Salavkiylar va

YunonBaqtriya podsholigi hukmdorlari

davrida Oʻrta Osiyo, Eron va boshqalar

oʻlkalar aholisining faol ishtirokida

sharqiy ellinizm madaniyati vujudga keldi,

u yunon madaniyatini ham boyitdi (yana

q. [[El[[

linizm


).

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Yunon

meʼmorlari va tasviriy sanʼat

namoyandalari koʻp asrlar osha turli

xalqlar uchun goʻzallik, uygʻunlik, yuksak

did namunasini oʻtagan sanʼat

yodgorliklarini yaratgan. Asarlar asosan

sodda afsonaviy mavzularga asoslangan

boʻlsada, borliq va inson muvozanatini

his etib, tabiiy muhit, inson tanasining

tabiiy goʻzalligi va uygʻunligini anglab aks

ettirdi. Bu nisbatlar meʼmorlikda ham

aniq ifodasini topgan. Yunon badiiy

yodgorliklari Bolqon ya.o. dagina emas,

shuningdek, Kichik Osiyo, Janubiy

Apennin ya.o., Oʻrta dengiz orollari

hamda Shim. Qora dengiz sohillarida

ham saqlangan.


YU. sanʼati Miken madaniyati negizida

paydo boʻlgan; mikenlar bilan miloddan

avvalgi 2—1-ming yillik sanʼatining oʻzaro

bogʻliqligi kulollik va meʼmorlik boʻyama

naqshlarida koʻzga aniq tashlanadi.

Yunon sanʼati taraqqiyoti (miloddan

avvalgi 11—1-asrlar) tarixan gomer,

arxaika, klasika, ellin kabi bir necha

davrlarga ajratiladi.

Homer davri (miloddan avvalgi 11—8-

asrlar) da boʻyama naqshli kulollik

taraqqiy etgan, geometrik uslub miloddan

avvalgi 7-asrgacha hukm surgan, eng

taraqqiy etgan davri (8-asr)da %abr

yodgorliklari vazifasini oʻtagan roʻzgʻorga

moʻljallangan dipilon koʻza va idishlar



bezagi, naqsh va inson shaklining aniq

ritmi, chiziqlar ifodaliligi bilan ajralib

turadi. Geometrik uslubda terrakota

haykallar va idishlarga haykaltaroshlik

bezaklari (qopqoq, shakldor dastalar)

ham yaratildi. Meʼmorlik haqida

maʼlumotlar deyarli yoʻq, baʼzi bino

qoldiqlari, ibodatxonalarning terrakota

modeli va adabiy yozma manbalarda

ayrim maʼlumotlar uchraydi.

Arxaika (miloddan avvalgi 7—6-asrlar)

davrida polislar shakllandi, shaharlar

yuzaga keldi, shaharsozlikning asosiy

belgilari muqaddas joy (akropol) va

jamoat savdo markazlari (agora) boʻlib,

ular atrofida turar joy mavzelari



joylashtirilgan, shaharlar bunyod etilgan.

Yetakchi oʻrinni ibodatxonalar (haykallari

boʻlgan "xudolar uyi") egallagan.

Ibodatxonalar bilan bir qatorda turli

vazifalarni bajaruvchi jamoat binolari

(teatr, stadion, palestr va boshqalar)

bunyod etilgan. Inshootlar toshdan

qurishga oʻtilgach, order turlari shakllandi

(qarang 

Meʼmorlik orderlari

),

ibodatxonalar boʻrtma tasvirlar, haykallar



bilan bezatildi; dahshatli maxluqlar bilan

olishayotgan xudolar va qahramonlar

(Gerakl, Tesey, Persey va boshqalar)ning

qatʼiy tasvirlari yaratildi; ularning

hajmdorligi ibodatxonalardagi meʼmoriy

shakllar bilan uygʻun. Ioniy uslubidagi



ibodatxonalarning haykaltaroshlik frizlari

dinamikasi va murakkab kompozitsiyasi

bilan ajralib turadi. Dastlabki oʻzaro

bogʻlanmagan kam shaklli frizlardan

oʻzaro uygʻun va koʻp shaklli yaxlit

kompozitsiyalarga oʻtish kuzatiladi, ilk

frontonlardagi relyeflar (Kerkira o.dagi

Artemida ibodatxonasi) dumaloq

haykallar bilan almashadi.

Haykaltaroshlikda kichik bronza haykallar

("Fivalik Apolon", miloddan avvalgi 7-asr

1-yarmi)dan yalangʻoch oʻsmir (kuros)lar

va uzun koʻylakli qiz (kora)lar shaklini

yasashga oʻtildi. Harakatsiz shakllar

oʻrniga harakatlarni shartli ifodalash

yuzaga keldi ("Delosli Nike", miloddan



avvalgi 6-asr oʻrtalari). Haykaltaroshlar

inson mimikasini ifoda vositasi sifatida

kam qoʻllasalarda, ayni vaqtda boy hajm,

kiyimlar burmalarining goh qatʼiy, goh

nafis talqini bilan ifodali obraz qurilishiga

erishdilar. Arxaika haykallarida ayrim

mahalliy farklar kuzatiladi: ioniy

uslubidagi kora va kuroslar lirik va

hayotbaxsh obrazlari, shakllarning

mayinligi bilan qatʼiy qiyofali va keskin

shaklli doriy uslubidagi haykallardan

ajralib turadi. Bu davrda yunon koʻzalari

(amfora va boshqalar) tugal shakllandi,

buyumlarga butun yuzasi qoplab gilama

usulida mujassamotlar yaratildi, shartli

qatʼiy chiziqlar va geometrik uslubdagi

naqshlar oʻrnini syujetli sahnalarning tez-


tez qoʻllanishi egaladi. Korinf, keyinroq

Afina (7—6-asrlar)da qora shaklli uslub

qaror topdi (Klitiy, Eksekiy, Amasis va

boshqalar), qora shakli uslubdan qizil

shakli uslubda koʻzalar yasashga oʻtish

yuzaga keldi (Andokid va boshqalar).

Klasika (miloddan avvalgi 5-asr — 4-asr

3-choragi)da shaharlar rivojlandi,

muntazam tarhli shahar tipi shaklandi

(Milet, Pirey), shaharlarni toʻgʻri burchakli

koʻchalar toʻri bilan qismlarga boʻlish,

turar joylarni majmua tarzida qurish kabi

asosiy qoidalar yuzaga keldi. Polislarning

oʻziga xos ramzi boʻlgan

ibodatxonalarning tipik xususiyatlari

individuallik bilan qoʻshilib ketgan, bir



tipdagi qurilishlarda yagona order

tuzilishidagi nisbat va koʻlamlarnigina

oʻzgartirib takrorlanishi bilan har bir

shahar — davlat bosh inshootlarida

oʻziga xos meʼmoriy qiyofalar yaratishga

erishildi. Shu jihatdan umumiy tarhli va

order elementlari boʻlgan Afina Afayi

(taxminan miloddan avvalgi 500—480,

Egin o.da), Gera II ("Poseydon

ibodatxonasi", miloddan avvalgi 5-asr 2-

choragi, Poseydoniyada), Zevs (miloddan

avvalgi 468—456, Olimpiyada)

ibodatxonalari oʻziga xos sifatlari bilan

bir-biridan farqlidir.

Miloddan avvalgi 6—5-asrlar chegarasida

tasviriy sanʼatda keskin oʻzgarishlar roʻy



berdi, haykaltarosh va rassomlar inson

qiyofasi va uning harakatini mukammal

ifoda etdilar, fronton, frizlarda koʻp shaklli

lavhalarni dadil bajardilar. Klasika

boshida yuzaga kelgan "qatʼiy uslub"

hususiyatlari koʻzalarga ishlangan

tasvirlarda aniq ifodasini topdi (Epiktet,

Yevtimid, Yefroniy). Qizil shakllar

uslubida ijod qilgan Brig afsonaviy

mavzular bilan bir qatorda maishiy

lavhalar (bazm, maktabdagi

mashgʻulotlar, stadiondagi atletlar)ni

ham yaratdi. "Qatʼiy uslub" miloddan

avvalgi 5-asr 1-yarmidagi

haykaltaroshlikda ham koʻzga tashlanadi;

Egin o.dagi Afina Afayi ibodatxonasi

frontoni, Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi


fronton va metoplari kabi sanʼat

durdonalari yaratildi. Klassikaning ilk

davrida qahramonlar obrazlari bilan bir

qatorda koʻtarinki ruhdagi real obrazlar

ham yuzaga keldi (Miron va boshqalar).

Inson tanasini mukammal ishlanishi

yunon sanʼatiga umrboqiy gʻoyalar

(goʻzallikning xunuklik ustidan

gʻalabasi)ni ifodalash imkonini berdi.

Miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalarida

klassika sanʼati ("yuksak klassika" deb

nomlangan) gullab yashnadi. Perikl

davrida Afina Elladaning siyosiy va badiiy

markaziga aylandi. Vayron boʻlgan

Akropolda Fidiy boshchiligida mohir

meʼmorlar va haykaltaroshlar ishladi:

tasviriy ansambllar hosil qilindi, yangi


ibodatxonalar bunyod etildi, haykallar

oʻrnatildi, goʻzallik va uygʻunlik tarannum

etildi (maʼbudlarning yuksak mavqei,

tantanalarda viqor bilan yurishlari,

kentavrlar bilan olishuvlari va boshqalar).

Ozod ellin fuqarolik ruhi, gʻoyaviy, axloqiy

va jismoniy mukammalligi Fidiy

asarlarida, Parfenon bezaklarida, Poliklet

haykallari, Polignot koʻzalari, freskalar,

terrakota haykallari, relyef va tangalarda

yorqin ifodalangan.

Miloddan avvalgi 4-asr boshlarida yunon

polislari demokratiyasi inqirozi bilan

ayrim shaxslar xohishi polislar xohishini

siqib chiqardi. Diniy inshootlar qurish

oʻrnini insonning kundalik hayoti bilan



uzviy bogʻliq boʻlgan inshootlar (palestr,

teatr va boshqalar) qurish egalladi

(jumladan, Epi davrdagi teatr, miloddan

avvalgi 350—330 va boshqalar).

Vazifasiga mos aniq kompozitsiyali

yunon teatrlari jahon meʼmorligidagi

tomosha inshootlarining keyingi

taraqiyotiga asos boʻldi. Memorial

ansambllarda inson shaxsini

abadiylashtirish anʼanalari yuzaga keldi

(mas, Galikarnasl&t maqbara, taxminan

miloddan avvalgi 353). Tasviriy sanʼatda

inson xarakteriga qiziqishning ortishi

haykaltaroshlik portretlarini rivojlanishini

taʼminladi. Afsonaviy kompozitsiyalarda

kurash dramatizmi, insonning ruhiy



qudrati va jismoniy shijoatini tasvirlagan

Skopas ijodida voqelikdagi qarama-

qarshiliklar oʻtkir ifodasini topdi, bu

jihatdan Praksitel haykallari, Lisipp

asarlari diqqatga sazovor.

Ellin davri (miloddan avvalgi 4-asr oxiri —

1-asr) yunon madaniyati mintaqalarining

kengayishi uning Aleksandr davlati va

uning vorislari davlati tarkibiga kirgan

xalqlar madaniyati bilan oʻzaro qoʻshilishi

bilan belgilanadi (qarang [[El[[

linizm


).

Afina badiiy hayot markazi mavqeini

yoʻqotdi. Kichik Osiyoning yirik shaharlari

yangi qarash (nuqtai nazar)larni

yaratuvchiga aylandi, qurilish beqiyos

darajada oʻsdi, koʻplab muntazam tarhli



yangi shaharlar yuzaga keldi (Istanbul va

boshqalar), yirik inshootlar qurildi

(Istanbuldagi Faros mayogʻi), mahobatli

meʼmoriy ansambllar bunyod etildi

(Pergamdagi Akropol) oddiy uydan bosh

saroygacha boʻlgan turar joy tipi

shakllandi, anʼanaviy ichki hovli tarhli

uylar ustunlar bilan oʻralgan peristilga

aylantirildi. Elin haykallaridagi qiyofalar

qoʻrquv, davrni fojiaviy anglash bilan

yoʻgʻrilgan. Ellin davri sanʼatiga

mintaqaviy maktablar, yoʻnalishlarning

hamda badiiy obrazli masalalarning

rangbarangligi xos: haykal portretlar

rivojlandi, klassikaning inson — fuqaro

uygʻunligi oʻrniga buyuklarni ulugʻlash

qaror topdi. Ijtimoiy kelib chiqishi har xil


boʻlgan odamlarga, ularning yoshidaga

xarakterli xususiyatlarga qiziqish ortdi.

Yunoniston Rim tomonidan zabt etilishi

bilan ellinlar sanʼati gʻoliblar

madaniyatining rivojlanishi bilan

qoʻshilib, uni oʻzining koʻp asrlik

anʼanalari bilan boyitdi, shuningdek,

oʻzining mustaqilligini ham yoʻqotib

bordi.

Teatri — yunon dramasi va teatri Dionis



sharafiga oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi

bayramlaridan boshlangan. Uning

asosida tabiatning qishki oʻlik mavsumi

va bahorgi uygʻonish davri bilan bogʻliq

qadimiy yer egalarining oʻyinlari yotadi.

Miloddan avvalgi 4—1-asrlargachaYunon



teatri. 1. Getera niqobi. 2. Tropik

kahramonniqobi. 3. Andromedaning teatr

libosidagi tasviri (vazadagi rasm). 4.

Tragik aktyor (fil suyagidan ishlangan

haykalcha).dramatik chiqishlarda xor

asosiy rol oʻynagan. 6-asrning 2-yarmida

alohida ijrochi — aktyor (dramaturgning

oʻzi) paydo boʻldi. Esxil sahnaga 2

aktyorni olib kirdi. Sofokl esa sahna

dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan

keng foydalandi, fojialarda 3 aktyor

paydo boʻldi. Aktyorlar, asosan, niqob

kiyib oʻynaganlar. Teatr yunonlar hayotida

alohida oʻrin egalladi. Ayniqsa, quldorlik

davri gullagan paytda teatr ahamiyati

yanada ortdi. Teatr, asosan, 3 qism:

orxestr, tomoshabinlar uchun joy va


chodirdan iborat boʻldi. Bulardan eng

qadimiysi orxestryumaloq maydon boʻlib,

unda aktyor va xor ijrochilari tomosha

koʻrsatganlar. Dastlab barcha

tomoshabin orxestr atrofida oʻtirganlar,

keyinchalik omma uchun alohida joylar

ajratilgan. Teatr binolaridan qadimiysi

Afinadagi Dionis teatri binosi

hisoblanadi. Keyingi eng katta Afina teatri

miloddan avvalgi 4-asrning 2-yarmida

qurildi. Teatrda tragediya va

komediyadan tashqari mifologik syujetga

ega satirik spektakllar ham qoʻyilgan.

Dastlab ayollar rolini erkaklar niqob kiyib

ijro etgan, Esxil, Sofokl, Yevripid,

Aristofan kabi buyuk dramaturglarning

ijodida Yu. quldorlik demokratiyasining


ravnaqi va ziddiyatlari aks etdi. Mifologik

syujetli pantomimik raqslar keng tarqaldi.

Ularda ayol aktyorlar ham qatnashdi.

[[El[[


linizm

 davrida (miloddan avvalgi 3—

1-asrlar) teatr Sharqda yunon

madaniyatini targʻib qilishda asosiy

vositalardan biriga aylandi. Teatrlar

nafaqat yirik savdo markazlarida, balki

kichik shaharlarda ham qurila boshladi.

Dionis sharafiga oʻtkaziladigan

bayramlarda tragediya va komediyalar

namoyish etildi. Qishloq komediyasi

yoʻqola bordi. Yangi komediyalar

(Menandr, Filemon va boshqalar) oʻzaro

hayotiy munosabatlarni, inson ichki

kechinmalarini aks ettirdi. Miloddan

avvalgi 5-asrda Yu.da mimlarmaishiy va


hajviy harakterdagi kichik sahnalar

yuzaga keldi. [[El[[

linizm

 davrida ilk bor



professional aktyorlar ijod qildi. Aktyorlar

uyushmasi paydo boʻldi. Bu davrda

aktyorlar katta hurmatga, yuridik

huquqga ega boʻlganlar. Tomosha

koʻrsatish uchun aktyorlar hatto urush

paytlarida ham xohlagan yerlariga borish,

oʻzlari va narsalariga daxlsizlik huquqi

berilgan. Aktyorlarning oʻzlari esa har

qanday harbiy xizmatdan ozod etilganlar

(miloddan avvalgi 3-asr boshlarida bu

haqda maxsus qonun qabul qilingan). Yu.

teatri jahon teatrining rivojlanishida

muhim rol oʻynadi.


Musiqasi. Yu. musiqasini badiy (mas,

"Iliada" "Odiseya") va ilmiy (Platon,

Aristotel, Pifagor, Aristoksen) meros

hamda tasviriy sanʼat yodgorliklari orqali

tasavvur qilish mumkin. Yu.da musiqa

sanʼati ijtimoiy hayotda muhim oʻrin olib,

uni oʻrganish yoshlar tarbiyasi tizimiga

kiritilgan, qoʻshiqchilik va sozandalik

boʻyicha turli musobaqalar oʻtkazilgan.

Turli xalq qoʻshiqlari — georgik

(dehqonchilik bilan bogʻliq), epitalama

(nikoh toʻylarida aytiladigan), trenos

(yigʻi), embateriy (harbiy) kabi janrlar,

Apolon (pean), Dionis (difiramb, fallik^)

va boshqalar xudolarga bagʻishlangan

aytimlar keng oʻrin olgan. Shoirxonanda

(aed, rapsod — Homer va boshqalar)lar


oʻzi yaratgan epik qoʻshiqlar va

dostonlarni cholgʻu (torlitirnama

forminks va boshqalar)larni chalib ijro

etgan. Musiqaning odamlarga sehrli

taʼsiri, mashhur xonanda va sozandalar

(Olimp, Marsiy, Orfey va boshqalar)

faoliyatiga doir bir necha rivoyat va

afsonalar bizgacha yetib kelgan.

Olimp avlos chalish yoʻllarini hamda

garmoniya (enarmonika) qonunlarini,

lesboslik Terpandr kifarani kashf

qilganlar. Olimpning shogirdi kritlik Talet

xor qoʻshiqchiligini kiritgan. Musiqa,

ayniqsa, xor qoʻshiqchiligi katta ijtimoiy

ahamiyatga ega boʻlib, vatanparvarlik

ramzi darajasiga koʻtarilgan. Harbiy



(marshsimon) kuylari bilan birga lirika

yoʻnalishidagi janrlar (mas, Sapfoning

ishqiy qoʻshiqlari, Pindarning gimn va

odshtari, elegiya) rivoj topgan.

YU. tragediya va komediyasida musiqa

muhim dramaturgik vazifalarni bajargan.

Uning ijodkorlari (Esxil, Frinix, Sofokl,

Yevripid va boshqalar) kuylarni ham

yaratib, dramatik asarlarga xor va raqslar,

yakka xonandalik shakllarini kiritgan.

"Antigona" (Sofokl) tragediyasidagi xor

Afinaning milliy madhiyasiga aylangan.

[[El[[

linizm


 davrida katta cholgʻu

ansambllar, organ kabi musiqa cholgʻu

asboblari paydo boʻlgan.


YU. musiqa madaniyatiga Kichik Osiyo

hamda Yaqin Sharq xalqlari musiqa

anʼanalari taʼsir etgan. Oʻz navbatida, Yu.

musiqasi hamda musiqa nazariyasi

Sharq musiqa ilmi (Yunus alKotib, Ibn

Surayj, Ishoq alMavsiliy, Forobiy, alKindiy,

AbulFaraj, Isfahoniy va boshqalar)da rivoj

topgan. 9-asrda Bagʻdodda Aristotel,

Aristoksen, Nikomax, Ptolemey va

boshqalarning koʻpgina musiqa risolalari

arab tiliga tarjima qilingan. Forobiy

Aristotel tizimini, al-Kindiy yangi

platoniklar gʻoyalarini rivojlantirgan.

Yunoniston musiqa nazariyasida qaror

topgan tushunchalar (musiqa, melodiya,

ritm, gamma, monodiya, garmoniya,



  Last edited 2 years ago by EdgarsBot  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


diatonika va boshqalar) hozirgi

musiqashunoslikda ham joriy etilmoqda.

Qadimgi yunon falsafasi

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Qadimgi_Yunoniston&oldid=2



002302

" dan olindi 



Download 150.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling