Yuqori sinflarda VI guruxning p-elementlari mavzusini o’qtish metodikasi


Download 118 Kb.
bet1/2
Sana25.08.2020
Hajmi118 Kb.
#127660
  1   2
Bog'liq
Ergashovaga


Yuqori sinflarda VI guruxning p-elementlari mavzusini o’qtish metodikasi.

 

I.Bob. Kirish.

1.1. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari

1.2. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo fanini davlat ta’lim standartlari asosida o`qitilishi



II.Bob. Asosiy qism.

2.1. Kislorodning tabiatda uchrashi, olinishi va xossalari

2.2. Oltingugurtning tabiatda uchrashi olinishi va xossalari.

2.3. Sulfat kislota olinishi, xossalari.

Xulosa va tavsiyalar.

Foydalanilgan adabiyotlar.


 

Kirish

1.1. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari

Mavzuning dolzarbligi: Umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilariga kimyodan zamon talabi darajasida chuqur va puxta bilim berish uchun o'qituvchining o'zini shu fandan tayyorlash, uni bilim darajasini oshirish juda katta ahamiyatga ega bo'lib, har bir m'avzuni yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o'tish shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

O'zbekistonimizning kelgusi taraqaqqiyotiga o'zining munosib hissasini qo'sha oladigan, har tamonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, hozirgi kunning muhim maqsad va vazifalari esa ta'lim-tarbiya muassasalarida amalga oshadi. Kimyo ta'limining har bir bo'lim mavzusidagi materiallar mazmunini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish, o'quvchida fikrlash tafakkur qirralarini o'stirish, o'qituvchini mustaqil ishlashga tayyorlash ta'lim jarayonining bosh maqsadi bo'lib qoladi.

Davlat ta'lim standartiga asosan fanlarni o'qitishning yoki umumta'limning maqsadi belgilab beriladi. Umumta' limning maqsadi o'quvchilarga davlat ta'lim standard talabiga mos ta'lim va tarbiya berish va ularni rivojlantirish hamda shaxsning ta'lim olishdagi huquqini ta'limga mos ta'minlashdan iborat. Umumta'lim o'quvchilar oladigan bilimlarning zarur hajmiga asos soladi, o'quvchilardagi tashkilotchilik qobiliyati, malakalari va amaliy tajribasini rivojlantirdi.

Mavzuning maqsad va vazifalari: Maktab kimyo kursida VI guruxning p-elementlari mavzusini o`qitish metodikasi mavzusini o'qitishda tarbiyaning turli shakllaridan va tasavvur qilish va bilishni shakllantirish, milliy mafkura g'oyasi shakllangan komil insonni tarbiyalashdir.

Ta'lim muassasalarining dars jarayonida o'quvchi-yoshlarda vatanparvarlik, ma'naviy-axloqiy, estetik, jismoniy, ekologikva mehnat tarbiyasi elementlarini shakllantirish.

Tabiiy fanlarni o'qitishdan maqsad shaxsni umuinsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, aqliy, jismoniy faoliyat imkoniyatlarini ko'paytirish, ularga tabiat va jamiat qonunlarini, ular o'rtasidagi bog'liqlik va ziddiyatlarni, tashqi olamdagi to'xtovsiz evolyutsion jarayonlarni o'rgatish, yig'ilgan bilimlarni avloddan- avlodga ko'chirishdan iborat.



1.2. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo fanini davlat ta’lim standartlari asosida o`qitilishi

Kimyo fani bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni o'quvchiga qiziqarli, sodda, ravon til bilan oddiydan murakkabga tomon bosqichma-bosqich o'rgatib borishda har bir o'qituvchi o'ziga xos usullardan foydalanishi kerak. Qo'llanmalarda umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari talablariga binoan tuzilgan umumiy o'rta ta'lim maktablarining ish rejasi vahar bir darsning asosiy bosqichlari qisacha bay on qilingan. Darsning maqsad va vazifalari asosida mavzular yakuni bo'yicha amaliy mashg'ulotlar, masalalar yechish, test sinovlari, nazorat ishlari orqali o'quvchilar bilimlarini aniqlashga e'tibor qaratildi.

Kimyo ta'limi standartidagi "O'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga quyiladigan minimal talablar" o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi shart bo'lgan ko'rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o'quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlarini ta'minlash va ularning sifatini anilashga imkon beradi. Belgilangan ko'rsatkich talablar kimyo ta'limining asosiy sifatlarini baholashda o'lchov bo'lib xizmat qiladi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyodan davlat ta'lim standartida keltirilgan ko'rsatkich va talablar maktab kimyo ta'limi mazmunini to'liq qamrab oladi va o'zaro bog'lanuvchi uch yo'nalishga bo'linadi: Anorganik kimyoning nazariy tushunchalari Organik kimyoning rivojlanishi va moddalar tuzilish nazariyasi Anorganik va organik kimyoning o'zaro genetik bog'lanishi. O'quvchilarni bilim va ko'nikmalarini oshirishda kimyo darslarida interfaol, muzyorar, aqliy hujum, klaster kabi usullarning ahamiyati juda katta. Biz quyida dars usullaridan bir nechtasini keltirdik:

Aqliy hujum - o'z nomidan ham ma'lumki, o'quvchilar aqliga hujum qilinib, ularga axborot to'planadi. Masalan: Uglevodlar mavzusida har bir o'quvchi sellulozaning sanoatda ishlatilishi haqida yozadi (Sdaqiqa) . Oxirida ikki guruh yozganlarini jamlaydi va yozuv taxtasiga yozadi yoki sardorlar o'qib beradi. Qolganlar esa o'zlarida yo'q ma'lumotlarni yozib oladilar. Bunda bir o'quvchi beshtagacha, ikki kishi 7-8 tagacha, kichik guruh 10-12tagacha , katta guruh 15-20 tagacha, jamoaniki esa 20-30 ta selluozani qanday sohalarda ishlatilishini aytib beradi.

Kimyo fanini ilk bor umumta'lim maktablarining yettinchi sinfidan boshlab o'rgatish amalga oshiriladi. Umumta'im maktablarida kimyoning "Noorganik kimyo’ "Organik kimyo’ kabi fanlardan bilimlar o'quvchilarga yetkaziladi.

Noorganik kimyo 7 - 8 - sinflarda, organik kimo esa 9 - sinflarda haftasida ikki soatdan o'tiladi. Har bir predmetning yillik yuklamasi jami 68 soatni tashkil etadi.

Ushbu ta'lim standartining "Ta'lim mazmuni negizini belgilovchi ko'rsatkichlar " kimyo ta'limi mazmunining yuqorida keltirilgan har bir yo'nalish bo'yicha umumiy o'rta talim uchun ko'rsatkich va talablar ifodalanadi.

Kimyo fanida yaratilayotgan yangi - yangi moddalar sanoat, tibbiyot va qishloq xo'jaligida qo'llanilsa ham iqtisodiy ham ekologik barqarorlikka erishish mumkin. Buning uchun har bir olim o'zi yaratgan yangi loyihasining qog'ozda olib ketmasligi undan sanoatda kerakligi uchun izlanish kerak.

Malakaviy ishimni bajarishdan maqsadim, o'quvchilarga " Yuqori sinflarda VI guruxning p-elementlari mavzusini o’qtish metodikasi”ni yangi pedagogik, axborot inavatsion texnologiyalar asosida dars o'tish metodlarini qo'llashdan iborat.

Barcha fanlarda bo'lgani kabi "Kimyo’ fanida ham nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan uyg'unlashtirish natijada chuqur bilim egallashga erishish bosh vazifa. Shu o'rinda men bajarayotgan malakaviy bitiruv ishi ham nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishdan iborat. Kimyoviy jarayon, hodisa va kattaliklarni o`quvchilarga nazariy jihatdan tushuntirish va uni laboratoriya sharoitida bajarish orqali amaliyotga tadbiqini ko'rsatish mumkin. Yangi davlat talim standartlarining asosini ham nazariya va amaliyotning uyg'unlashuvi tashkil etadi.

Sifatli kadrlar tayyorlash deganda, davlat talim standartlariga tayangan holda mavjud talim jarayoni oq'itish uslubiyotida oqituvchi va o'quvchi o'rtasida yuzaga kelgan paternolistik prinsiplarni bartaraf etish va hamkorlik, yani o'quvchi yoshlarni mustaqil va erkin fikrlashga, o'z kuchiga ishonib bilimlarni chuqur o'zlashtirishga qaratilgan pedagogika prensiplariga o'tish nazarda tutilgan.

Kimyo fanini o`qitishda ko'rgazmalilikka e’tibor qaratish zarur. Darsni elektron, video va boshqa noananaviy tarzda o'tish orqali o`quvchilarda fanga nisbatan mehr uyg'otish mumkin. Buning natijasida talim sifati ortadi, bu esa "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning bosh maqsadidir. Umumiy o'rta talim maktablarida kimyo talimi pedagogik jarayonning ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, talimning umumiy maqsadlariga muvofiq o'quvchi shahsini tarbiyalashda hizmat qiladi.

Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida talim - tarbiya tizimini hozirgi taraqqiyot va kelgusidagi talablar darajasida ko'tarilishiga uni takomillashtirishga jiddiy etibor berish zarurligi va talim tarbiyaning uzluksizligini taminlashdan kelib chiqib, barcha fanlar jumladan kimyo fani oldiga ham aniq vazifalar qo'yilgan. Umumiy o'rta talim maktablarining talimi konsepsiyasidan kelib chiqqan holda uning standartlarini ishlab chiqish taqozo qilinadi. Kimyo talimi standard kimyo fanining majburiy mazmunini belgilab beradi. Umumiy o'ta talim maktablarining talim standartlari kimyo talimi tizimidagi barcha komponentlarni, talimning mazmunini, maqsadini, uzluksizligini, tashkiliy shakllarini, usullarini vositalari va boshqalarni qayta ko'rib chiqish mezoni hisoblanadi. Kimyo talimi konsepsiyasiga muvofiq kimyo talimining yo'nalishi va maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o'quvchilarning siyosiy - g'oyaviy, estetik, ekalogik tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo'lgan ijobiy munosabat qadimda yashab ijod etgan buyuk mutaffakkirlarkeyingi yillardagi olimlarimizning kimyo sohasidagi erishgan yutuqlarga oid o'quv materiallari bilan tanishtirib borish orqali vatanga bo'lgan muhabbatni, etiqodni kuchaytirish va kasbga yo naltirish ko'zda tutiladi. Kimyo talimi standarti kimyo fanini o'qitishda o'quvchilarga beriladigan talim va tarbiyaning mazmuni negizini belgilovchi ko`rsatkichlar, shuningdek o'quvchilarning tayyorgarlik darajasidagi meyorini belgilovchi mezon bo’lib hisoblanadi. Kimyo talimi standarti kimyo talimida o'quvchilaming davlat va jamiyat oldidagi vazifalari burchi va javobgarligini qay darajada his qilishlari mezoni ham hisoblanadi. Umumiy o`rta talim maktablarining kimyo talim standarti kimyo fanidan o'quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o'quvchilar egallaydigan bilimi hosil qiladigan amaliy ko'nikmalar va malakalar hajmini ko'rsatuvchi meyor bo'lib, umumiy o'rta talim maktablaridagi kimyo talimi negizini belgilovchi ko'rsatkichlar, o'quvchi laming kimyo talimida tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan talablar majmuasidan iborat bo'lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi.

Malumki, anorganik kimyo fani umumiy o'rta talim maktablarida asosiy fanlar qatorida o'tiladi . Malakaviy bitiruv ishimda ko'rib chiqishim kerak bo'lgan mavzu yani " VI guruxning p-elementlari mavzusini o’qtish metodikasi" umumiy kimyo faninig anorganik kimyo bo'limida ko'rib chiqiladi. Shu nuqtai nazardan yuqorida ko'rib chiqilgan talablar doirasida o'rganilishi shart.

II.Bob. Asosiy qism.

2.1. Kislorodning tabiatda uchrashi, olinishi va xossalari

VI gruppa ikki gruppadan iborat: asosiy gruppacha kislorod, oltingugurt, selen, tellur, poloniy, qushimcha gruppacha xrom, molibden, volfram. Asosiy gruppachaning uzi yana ikkiga bulinadi: tipik elementlar (kislorod va oltingugurt), selen gruppachasi (selen, tellur, poloniy).

Kislorod, oltingugurt, selen va tellur tabiatda uchraydi, lekin poloniy faqat uran qatori elementlarining radioaktiv yemirilish maxsulotlari sifatida tarkalgan bo'lib, uni yadro reaksiyalari yerdami bilan sun'iy ravishda xosil qilish mumkin.

Kislorod O, oltingugurt S, selen S ye, tellur Te, poloniy Ro atomlarining sirtki qavatida oltitadan (s2p4) elektron bor. Shunga muvofiq, bu elementlarning oksidlanish darajasi +6, +4 va -2 bula oladi. Kislorodning oksidlanish darajasi -2 ga teng.

Oltingugurt, selen, tellur elementlarining gidridlari H2S, H2Se, H2Te kaytaruvchi moddalar bo'lib, ularning bunday xossalari H2S dan H2Te ga utgan sayin kuchayib boradi. H2S--H2Se--H2Te qatorida chapdan ungga utgan sayin bu moddalarning kislotali xossalari kuchayib boradi, chunki ionlarning radiuslari S2- dan Te2- ga utganda kattalashadi. Bu elementlarning +6 valentligiga muvofiq keladigan gidroksidlari H2SO4, H2SeO4, H2TeO4 tarkibiga ega. Bundan kuramizki, selendan tellurga utilgan sayin markaziy ionning koordinasion soni 4 dan 6 ga kadar uzgaradi. Buning sababi shundaki, ionlarning radiusi S6+ -Se6+ -Te6+ qatorida chapdan ungga utgan sayin kattalashib boradi. H2SO4 va H2SeO4 kuchli kislotadir. H2SeO4 sulfat kislotaga qaraganda bir oz kuchsiz kislota xisoblanadi; tellurat kislota H2TeO4 - bularga qaraganda yanada kuchsiz, chunki Te6+ ionning radiusi S6+ va Se6+ ionlarining radiuslaridan bir muncha katta. S, Se, Te ning olti valentli xolatlariga muvofiq keladigan oksidlari, kislotalari, kuchli oksidlovchilar qatoriga kiradi.

Ularning oksidlash xususiyati sulfat kislotadan tellurat kislotaga utgan sayin kuchayib boradi.

Bu elementlarning +4 valentli xolatlariga muvofiq keladigan gidroksidlarining umumiy formo'lasi H2EO3 bo'lib, ular o'rtacha kuchdagi kislotalardir. (H2SO3, H2SeO3, H2TeO3), sulfit kislotadan H2SO3 tellurit kislota H2TeO3 ga utgan sayin bu moddalarning kislotali xossalari kuchsizlanib boradi, xatto tellurit kislota amfoterlik xossasini xam namoyon qiladi; uning kaytaruvchilik xossasi xam kuchsiz ifodalangan, H2SO3 kuchli kaytaruvchi bo'lgani xolda H2TeO3 oksidlovchidir.

Kislorod O, tartib nomeri Z=8, atom og'irligi 16, atom tuzilishi K2S22P4.

Kislorod tabiatda erkin va birikma xolida uchraydi. Xavoda xajm jixatidan 20.9% og'irlik jixatidan 23.2% kislorod bor. Yer kobigida kislorodning

umumiy miqdori (dengiz suvida va xavodagisi bilan) kariyb 50% ga yetadi. Kislorod Yer kobigida eng kup tarkalgan element xisoblanadi. U uch stabil izotopdan tashqil topgan



816O(99.769%), 817O(0.037%) va 818O(0.204%).

Uning juda qisqa vaqt yashaydigan izotoplari 814O, 815O,  sun'iy ravishda xosil qilingan.

Kislorod sanoatda xavodan yoki suvni elektroliz qilib olinadi. Laboratoriyada kislorod bertole tuzi yoki KMnO4 ni kizdirish yuli bilan olinadi:

2KCLO3 ---> 2KCL + 3O2

2KMnO4 ---> K2MnO4 + MnO2 + O2

Kislorod pulat ballonlarda 150 atm bosim ostida saklanadi. U rangsiz, xidsiz, mazasiz gazdir, suvda kam eriydi: 100 xajm suv 3.1 xajm O2 erita oladi (1atm 20°Sda).

Kislorod metallmaslar qatoriga kiradi; uning nisbiy elektrmanfiyligi 3 ga teng bo'lib, bu jixatdan ftordan keyin ikkinchi urinda turadi. U deyarli xamma elementlar bilan birikmalar xosil qiladi va bu jixatdan ftorga o'xshaydi. O atomining tuzilishi 1S22S22P4 demak, ikkita tok elektronlar xisobiga uning kovalentligi ikkiga teng. (p2-bog') bo'ladi. Bundan tashqari kislorod atomi yana ikkita elektron juftlarini donori bula oladi. Demak, uning yuqori valentligi 4 ga teng (bunda sp3 gibridlanish ruy beradi). Kislorodning kovalentligi yana uchga xam teng bula olishi mumkin. (sp2-bog' va p3-bog'). Lekin kupchilik birikmalarda kislorodning valentligi ikkiga teng.



Kislorod qattiq xolatda (va suyuq xolatda) magnitga tortiladi, demak, u paramagnit moddadir. Molekulyar orbitallar nazariyasiga muvofiq kislorod molekulasida uning ikkita atomi o'zaro shu tarzda bog'langanki, O2 molekulasida ikkita tok elektron bo'ladi:

 

 Kislorod molekulasi O2 nixoyatda barkaror, uning dissosilanish energiyasi 117.67 kkal/mol.ga teng. 3000° da ajralish darajasi 6% ga yetadi. Kislorod molekulasi kutbsiz molekula.

Kislorod - 183°S da qaynaydi, -218.9°S da muzlaydi, suvda oz eriydi.

Kislorod odatdagi xaroratda passiv modda, lekin kislorod kizdirilganda va katalizator ishtirokida deyarli xamma elementlar bilan birika oladi. Oltingugurt, fosfor, natriy va xatto temir sim xam kislorodda xavodagiga qaraganda ancha ravshan yonadi:

2Cu + O2 = 2CuO

Ca + O2 = 2CaO

S + O2 = SO2

2SO2 + O2 = 2SO3

C + O2 = CO2

3Fe + 2O2 = Fe3O4

CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O

N2 + O2 = 2NO

4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O

4P + 5O2 = 2P2O5

Kislorodning allotropik shakl uzgarishi ozondir O3. Ozon grekcha "xidli" suzidan olingan. Ozon tabiatda momakaldirok paytlarida, chakmok chakkanida, 10-30 km balandliklarda ultrabinafsha nur ta'sir etganida kisloroddan xosil bo'ladi:

3O2 ----> 2O3

Umuman, ozon atomar kislorod xosil bo'ladigan prosesslarda (peroksidlar parchalanganda, suv radiolizga uchraganda va boshqa xollarda) xosil bo'ladi.

Atmosferada ozon xosil bo'lishida kuyoshdan kelayotgan xayot uchun zararli ultragunafsha nurlar ushlanib koladi, xosil bo'lgan ozon infraqizil nurlarni yutib, yer kobigini sovib ketishidan saklaydi. Binobarin, atmosferada ozon qavatining bo'lishi yerdagi xayot uchun katta foyda keltiradi.

Laboratoriyada va texnikada ozon olish uchun ozonatorlardan foydalaniladi. Laboratoriyada ishlatilayotgan ozonator orqali utgan kislorodning 12-15%i ozonga aylanadi. Ozon va kislorod aralashmasi suyuq xavo bilan sovitilayotgan idish orqali utkazilganda ozon kondensatlanib, kisloroddan ajraladi, ozonni suyuq xavo solingan idish bilan sovutilib turadigan priyomnikka yuborib, uni batamom toza xolda olish mumkin.

Ozon odatdagi xaroratda xavorang tusli gaz; uning muzlash va qaynash xaroratlari kislorodnikidan yuqori; ozon -112° da qaynaydi va -192.5° da muzlaydi. Ozon suvda yaxshi eriydi (100l suvda 0°Sda 45l ga yaqin ozon eriydi). Ozon molekulasi O3 bekaror; shuning uchun ozon molekulyar kislorodga qaraganda ancha kuchli oksidlovchidir. Ozon shillik pardalarga ta'sir etadi; u kulansa xidli modda.

Ozon ta'sirida (Au va Pt dan tashqari) barcha metallar oksidlanadi; ammiak nitrat va nitrit kislotalar aralashmasiga aylanadi, spirt yonib ketadi, rezina yemiriladi; ozonni kumushga va kaliy yodid eritmasiga ta'sirini kuyidagi tenglamalar bilan kursatish mumkin:

2Ag + O3 = Ag2O + O2

2KJ + O3+ H2O = KOH + J2 +O2

Rezinaning ozon ta'sirida yemirilishi ozonidlar nomli murakkab moddalarning xosil bo'lishidan kelib chiqadi, chunki tarkibida qush bog' bo'lgan organiq moddaga ozon ta'sir etganida ozon molekulasi usha modda molekulasining qush bog'li joyiga kelib birikadi:



 



Ozon diamagnit modda, uning dipol momenti 0.53 debayga teng.
Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling