Yurak avtomatiyasi. Stannius tajribasi Darsning maqsadi


Download 66.58 Kb.
Sana16.04.2022
Hajmi66.58 Kb.
#640788
Bog'liq
6. Yurak avtomasiyasi


YURAK AVTOMATIYASI. STANNIUS TAJRiBASi

Darsning maqsadi: Yurak muskullarining mustaqil ishlash qobiliyatini va ahamiyatini o‘rganish. Stannius. lajribasini bajarish.
Dars uchun kerakli hayvonlar va jihozlar: baqalar, po‘kak taxtachalar, ignalar, qaychi, pinset, paxta, Ringer mitmasi, ip.
Avtomatiya xususiyati. Yurak muskullari avtomatiya, va’ni mustaqil ravishda ishlash qobiliyatiga ega. Yurak muskullari unga markazdan impuls kelmaganda ham, bcvosita o‘zida hosil bo‘layotgan impulslar ta’sirida mustaqil ravishda ishlay oladi.
Baqa yuragini tanasidan ajratib olib, ringer eritmasiga solib qo‘yilsa, bu yurak bir necha soat, hatto bir necha kun davomida ishlab turishi mumkin. Barcha issiq qonli hayvonlar, hatto odamlarning yuragi ham, tegishli sharoit varatilsa, tanadan tashqarida bir necha soat davomida bir imiromda ishlay oladi.
Yurak avtomatiyasini tushuntiruvchi ikkita nazariya bor.

  1. laming biri miogen nazariya yurakning avtomatiya xususiyati, o‘tkazuvchi sistemasining muskul elementlariga lmg‘liq deb hisoblasa, ikkinchisi neyrogen nazariya (i ikazuvchi sistemaning nerv elementlariga bog‘liq, deb lusoblaydi.

(Hkazuvchi sistemaning nerv va muskul elementlari ■ > /mo juda chirmashib, tutashib ketgan, ularning fao-


77





liyatini bir-biridan ajratib qarash mumkin emas. Shuning uchun ham yurakning avtomatiya xususiyati o‘tkazuvchi sistemaning nerv va muskul elementlarining har ikkalasi ishtirokida amalga oshiriladi, deb qarash maqsadga mu- vofiqdir.
Nerv elementlari muskul elementlariga nisbatan qo‘z- g‘aluvchanroqdir. Shu sababli qo‘zg‘alish dastlab o‘tka- zuvchi sistemaning nerv elementlarida paydo bo‘ladi va muskul elementlarida kechayotgan moddalar almashi- nuvining jadalligiga, demak, qo‘zg‘aluvchanligiga ta’sir qiladi. Natijada muskul elementlarida ham yurakning qisqarishini ta’minlovchi impulslar kelib chiqishi uchun sharoit vujudga keladi. Demak, organizmda yurakning ish ritmi markaziy nerv sistemasidan keladigan nerv impulslari bilan birgalikda yurakning devorida joylashgan tugunlardan chiqayotgan impulslarga ham bog‘liq.
O‘tkazuvchi sistemaning turli qismlari turli darajada avtomatiya xususiyatiga ega. Kiss-Flek tuguni avto- matiyaning yuzaga chiqishida yetakchi tuzilma hisoblanadi. Kiss-Flek tugunidan yurakning uchiga tomon avtomatiya so‘nib boradi. Buni Stannius tajribasida kuzatishimiz mumkin.
1-ish. Stannius tajribasi.
Baqaning ko‘krak qafasini ochib, ishlab turgan yurakni kuzatganimizdan keyin vena havzasi bilan yurak bo‘lmalari o‘rtasiga ip solib, shu ip ohista tortib, qattiq bog'lab qo‘yilsa (Stanniusning birinchi bogdami), Remakka tugunidan chiqayotgan impulslar shu tariqa yurak bo'lmalari va qorinchasiga o‘tmasligi ta’minlansa, bu vaqtda bodmalar va qorincha bir oz ishdan to‘xtab qoladi (41-rasm). Re­makka tuguni qo‘zg‘alayotganligi sababli vena havzasi esa, aksincha, to‘xtamasdan, awalgidek, balki undan ham tezroq ishlab turaveradi. •
Bog‘ solinganidan 30—40 soniya o‘tgandan keyin, yurak bo'lmalari va qorincha yana qisqara boshlaydi. Ammo cndi bo'lmalarva qorincha avvalgiga qaraganda past ritmda


78 ~












41-rasm. Stannius bog‘lamlarini qo‘yish tartibi. /—birinchi
bog‘lam; 2—bir va ikkinchi bog‘lam; 3—bir, ikki va uchinchi
1 ig'lam. Qora chiziqlar bilan yurak bo‘ 1 imlari belgilangan bo'lib, bog'lamlar qo‘yilgandan keyingi qisqarishni anglatadi.


79





qisqara boshlaydi. Ularning qisqarishi vena havzasining qisqarishiga mos kelmaydi, itoat qilmaslik, mustaqillik hodisasi kuzatiladi, ya’ni vena havzasi bilan yurak qismlari faoliyatlari o‘rtasidagi izchillik buziladi.
Birinchi bog1 tufayli vaqtincha to‘xtab qolgan bodmalar va qorincha o'rtasidan ular qisqarishga boshlamasdanoq yana bog'lasak ular shu zahotiek qisqarib ishlay boshlaydi (Stanniusning ikkinchi bog‘lami). Bu paytda qo‘zg‘alish bo‘lmalarning qorinchaga yaqin joyda joylashgan bo'lib, Bidder tugunining ta’sirlanishi oqibatida kelib chiqadi. Agarda bog'lam tugunning ustidan tushadigan va hosil bo'ladigan impulslar bo'lmalar va qorinchaga baravariga boraoladigan bo‘lsa. bu paytda bo'lmalar ham, qorincha ham bir vaqtda, baravariga qisqaradi. Agar bog‘lam tugunning pastidan tushsa, bo'lmalar, yuqorisidan tushsa qorincha qisqaradi, ayni vaqtda bo'lmalarva qorinchaning qisqarish tezligi vena havzasinikidan ancha sekin bo'ladi va bu atrioventrikulyar tugun avtomatiyasi sinus tugunining avtomatiyasidan past ekanini ko'rsatadi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR


  1. Yurak avtomatiyasi deganda nimani tushunasiz va u qanday yuzaga keladi?

  2. Yurakning o'tkazuvchi sistemasini tushuntiring?

  3. Stannius tajribasi qanday o'tkaziladi?

  4. Avtomatiya xususiyatini tushuntiruvchi nazariyalarni ayting.

  5. Yurak avtomatiyasini boshqaruvchi tugunni ayting.


Download 66.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling