Yurak, qon aylanish organlarining yosh xususiyatlari. Savriyeva nigina


Download 1.03 Mb.
Sana31.05.2020
Hajmi1.03 Mb.
#112357
Bog'liq
Slayd8

YURAK, QON AYLANISH ORGANLARINING YOSH XUSUSIYATLARI.

SAVRIYEVA NIGINA

REJA:

QON AYLANISH SISTEMASI

Organizmning ichki muhitini qon, limfa va to`qima suyuqligi tashkil etadi. Bo`lar tomirlarni va to`qimalar orasidagi bo`shliklarni to`ldirib turadi.

Qon, to`qima suyo`q va limfa tarkibi va fizik ximiyaviy xossalarini uncha o`zgartirmasdan doimo bir xilda saqlaydi. Bu doimiylik, ya`ni qon, to`qima suyuqligi va limfaning tarkibi qismini muvozanatda bo`lishi, hayot faoliyati normal kechib turishi uchun zarurdir.

Bolalarda qonning absalyut miqdori, bolaning o`sishi va rivojlanishi jarayonida oshib borsa, nisbiy miqdori (1kg. Og`irlikka to`g`ri keladigan miqdorda) kamayib boradi.

Bolalarning tana vazniga nisbatan qon miqdori chaqaloqlarda 17.7%, 1 yoshli  bolada   10.9% ni  6-10  yashar  bolada  6.97% ni,   11-16  yoshli  bolalarda  esa 6.81% ni tashkil etadi. O`g`il bolalardagiga qaraganda qon qiz bolalarda birmuncha ko`proq bo`ladi.

Qon suyuq biriktiruvchi to`qima bo`lib, qizil rangli, yopishqoq xira bo`ladi, reaktsiyasi kuchsiz ishqoriy va ta`mi sho`rroq bo`ladi.

Qonning solishtirma og`irligi asosan qizil qon tanachalarining soniga va ulardagi gemoglabin miqdoriga borliq bo`ladi. Qonning solishtirma og`irligi o`rtacha erkaqlarda 1.050-1.060 g. ga, ayollarda 1.053 ga teng bo`ladi. Qonning solishtirma og`irligi o`zgaruvchan bo`lib, u muhit temperaturasiga, suvining iste`mol qilinishiga ham bog`liqdir.

Qon doimo, qon tomirlarda  harakatlanib, organizm tirikligini, hayotiyligini saqlashda bir muncha muhim vazifalarni bajaradi.

Qonning organizmdagi ahamiyati va qon hosil bo`lishi xususiyatlarini birligi bo`lib, 1578-1657 yillarda yashab ijod etgan italyan olimi vrachi Vil’yam Gorvey hisoblanadi. U birinchi bo`lib, murdalarda tekshiruv o`tkazib, qon tomirlarni o`rganib, yopiq tizimda qon aylanish qonuniyati haqida yangilik yaratdi.

Qonning organizmdagi ahamiyati va qon hosil bo`lishi xususiyatlarini birligi bo`lib, 1578-1657 yillarda yashab ijod etgan italyan olimi vrachi Vil’yam Gorvey hisoblanadi. U birinchi bo`lib, murdalarda tekshiruv o`tkazib, qon tomirlarni o`rganib, yopiq tizimda qon aylanish qonuniyati haqida yangilik yaratdi.

·        Qon-ichak   vorsinkalarida   so`rilgan   oziq  moddalarni organizm to`qima va hujayralariga etkazib beradi.

·        Hujayra va to`qimalarda modda almashinish jarayonida hosil bo`lgan keraksiz   qoldiq   mahsulotlarni   organizmdan   chiqaruv organlariga  yetkazib beradi.

·        Qon o`pkada kislorodga tuyinib, so`ngra hujayralarga tarqatadi.

QON

Qon, organizmda boshqa fanga ma`lum bo`lmagan va izlanishda ma`lum bo`layotgan ko`pgina boshqa vazifalarni bajaradi. Organizmdagi qonning hammasi ham qon tomirlarida  harakatlanavermasdan qonning 40-45% organizm tinch holatda qon tomirlarda, qolgan qismi esa qon depolarida (taloq, jigar, teri osti tuqimasida) saqlanadi. Depolangan qon zaruriyat bo`lganda; qon yo`qotganda, burilganda, tana temperaturasi ko`tarilganda va jismoniy yo`qlama berilganda qon tomirlarga chiqadi. Qonning 1/4-1/3 qismi yo`qotilganda hayot uchun xavfli hisoblanadi. Qonning taxminan 55-60% qon plazmasi 40-45% qon shaqlli elementlarini tashkil etadi. 8-10% turli oqsillar, mineral tuzlar, uglevodlar, gormonlar tashkil etadi.Qonning xususiyatlari odamning yoshiga o`zgarib boradi. Bolaning bir yoshidagi qonning xususiyatlari katta odamnikidan farq qiladi. Bunga sabab, modda almashinuvining tezligi, qon yaratuvchi organlarning yaratuvchanlik moxiyati  va tuzilishi bilan bog`liq.Bola qancha yosh bo`lsa, tana og`irligiga nisbatan shuncha ko`p qon to`g`ri keladi. Umumiy tana og`irligiga nisbatan yangi tug`ilagan bolalarda qon 15% ni, katta odamlarda 7% tashkil etadi. O`rtacha katta yoshni  (70 kg.)  organizmda 5-6 litr qon bo`ladi.

Bolalarda qonning yopishqoqligi yuqori bo`ladi. M-n; Yangi tug`ilgan bolalarda 10-11 bo`lsa, 2 yoshli bolalarda 6 ga, katta yoshli odamlarda 4 ga to`shib qoladi.Qonning ko`pchilik qismi bolalarda eritrotsitlar tashkil qilib, uning plazma qismi 50% dan ham kam bo`ladi.

Qon shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va hokazolar (limfotsitlar, neytrofillar, eozenofillar) kiradi.

Qon shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va hokazolar (limfotsitlar, neytrofillar, eozenofillar) kiradi.

Eritrotsitlar-qizil qon tanachalari yoki qonning yadrosiz hujayralari, shakl jihatdan ikki tomoni botiq uy noki shaqlida bo`ladi. Inson organizmida 25 trillion eritrotsit bo`ladi. Har sutkada o`lgan eritrotsitlar o`rniga suyak iligidan 300 milliard yangi eritrotsit hosil bo`ladi,

Agarda biz 1 minutda 10 tadan tezlikda sanaganimizda bizga 400000 yil kerak bo`lar ekan. Eritrotsitlarning diametri 7 mikronga teng. Shunga qaramasdan, agar yerga terish imkoni bo`lganda, 3800 m2. yerni egallagan bo`lar edi. Eritrotsitlarni hayoti 30-120 kungacha davom etadi. Eritrotsitlarni shunchalik ko`p bo`lganligi uchun, butun organizm to`qima va hujayralarini kislorod bilan ta`minlab, organizm hayotiyligini saqlaydi.

1mm3 qonda ularning o`rta soni 4,5-5,5 mln eritrotsit bo`ladi, eritrotsitlarning asosiy vazifasi, ular nafas organlaridan (o`pkadan) organizm to`qimalariga kislorod tashish va organizmda tuz va suv muvozanatini o`shlash vazifasini bajaradi.

Eritrotsitlarning tsitoplazmasida gemoglabin degan rangli modda bor. Gemoglabin ikki qismdan iborat: oqsilli qismi-globin va temirli qismi gemdan iborat, Gemoglabinga qizil rang beruvchi temir moddasi hisoblanadi.

7-9 yashar bolalarda 80-81% gacha, 10-11 yashar bolalarda 85%, katta odamlar qonida 100% gacha, ya`ni 100 ml. qonda 17,3 gr. gemoglabin bo`ladi. Gemoglabin 70 % gacha yoki 100 ml. qonda 14 gr. tushganda organizm kasal bo`ladi.

Gemoglabin o`pkada havo tarkibidagi kislorod bilan birikib, oksigemoglabin hosil qiladi va to`qimalarga borib esa gemoglabinga va kislorodga ajraladi. Gemoglabin to`qima hujayralarga kislorodni berib, to`qima hujayralardan karbonat angidrid gazini biriktirib olib o`pkada ajratadi. Shuning natijasida ichki nafas olish sodir bo`ladi.

Eritrotsitlarning soni yoki gemoglabin miqdorini kamayishi kam qonlik hisoblanadi. Bu esa bolalarning yoshlik vaqtida noto`g`ri ovqatlanishi, ovqatni sifat tarkibiga e`tiborsizlik, ochiq xavodan yaxshi foydalanmaslik oqibatida, darmonsizlik, tez charchab qolishlik va bosh aylanish kasalligiga olib keladi.

Bolalarda bunday kamchilikka uchraganda temir moddasiga boy, vitaminlik va yo`qori qolloriyalik ovqatlarni iste`mol qilish kerak (jigar, hayvon qonidan tayyorlangan ovqatlar, olma, sabzi, qulupnay, va boshqalar)

Eritrotsitlarning cho`kish reaksiyasi

Eritrotsitlarning cho`kish reaksiyasi (SOE). Agar, qonning ivishdan saqlab, shishadan yasalgan kapilyarga, bir necha soat qoldirsak, qon tarkibidagi eritrotsitlarni kapilyar trupka tubiga cho`kib qolganini ko`ramiz.

Eritrotsitlarni cho`kish tezligi turli yoshdagi kishilarda, ayollarda, bolalarda turlicha bo`ladi. Bundan tashqari turli xil kasalliklar tufayli ham o`zgarishi mumkin.

M-n: 3-9 mm. erkaqlarda, ayollarda 7-12 mm. soatiga cho`kadi. Organizm holatining o`zgarishlarida eritrotsitlar cho`kish reaktsiyasini o`zgarishi ko`zatiladi.

Eritrotsitlarning ma`lum tezlikda cho`kishidan foydalanib, tibbiyotda kasalliklarni belgilashda foydalaniladi. Buni tibbiyotda SOE deyiladi. Aniqlaydigan asboboni Panchenko apparati deyiladi.

Organizm qattiq shamollaganda, tuberkulyoz kasalligida, homilador ayollarda, yallig`lanish kasalligi boshlanganda va boshqa o`zgarishlarda eritrotsitlar cho`kish reaktsiyasi tezligi ortadi.

Qon ivishi 

  • Qon ivishi katta biologik ahamiyatga ega bo`lib, organizm jaroxatlanganda qon yo`qotishdan saqlaydi. Organizm jarohatlanganda qon chiqqan trombotsitlar yoriladi va ulardan chiqqan maxsus modda serotanik qon tomirlarini torayishini ta`minlaydi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling