Yurak qon tomir kasalliklariga qarshi vositalar


Download 96.5 Kb.
Sana13.06.2020
Hajmi96.5 Kb.

Yurak qon tomir kasalliklariga qarshi vositalar

To’q qizil do’lana :

Markaziy asab tizimi qo’zg’alanuvchanligini pasaytiradi , yurak muskulllarini mustaxkamlaydi , toj qon aylanishini kuchaytiradi aritmiya va taxikardiyani bartaraf etadi, qon bosimimni tushiradi.

Do’lana dorisi uy sharoitida turli usullar bilan tayyorlanadi.

a) yarim kilogramm pishgan do’lan yog’och to’qmoq bilan eziladi 100 ml suv qo’shilib 40 darajagacha qizdiriladi va sharbati siqib oliniadi. Kuniga3 maxal ovqatlanishdan avval bir osh qoshiqdan ichiladi . Ayniqsa , keksa yoshda qo’llash ko’rsatiladi .

b) Bir osh qoshiq quruq mevani bir stakan qaynoq suvda damlab , iliq joyda (termizda damlash xam mumkin) 2 soat qo’yib qo’yiladi . suzib olingach kuniga 3-4 mxal ovqatlanishdan avval 1-2 osh qoshiqdan qbul qilinadi.

c) 10 gramm quruq meva 10 kun mobaynida 100 gramm aroq yoki 40 darajali spirtda saqlanib , so’ngra suzib olinadi. Nastoyka kuniga 3 maxal ovqatlanishdan avval 30 tomchidan suvga qushib ichiladi .

g) do’lana gulidan 5 qism , qush toron (chumchuq tili , qizil tasma ) o’tidan 3 qism , dala qirq bo’g’imi o’tidan 2 qism miqdorda olinadi.


Shifobaxsh kalen do’lana

Uning damlamasi yurak ritmi buzilganda qo’llaniladi . 2 choy qoshiq kalendo’lana guli 2 stakan qaynoq suvga damlanib, 1 soat qo’yib qo’yiladi va suzib olinadi . Kuniga 4 maxal yarim stakandan ichiladi


Bo’yimardon o’ti

Damlamasi va sutuq ekstrakti ishtaxa ochish , meda kasalliklari (meda yarasi , gastrit va boshqalar)ni davolash xamda turli qon oqishlarini to’xtatish uchun ishlatiladi.

Bo’ymodaronning ikki qism miqdorini qulmoq miqdorini (xmel obiknovenniy) qubba mevasidan ikki qism, limon o’ti bargidan uch qism miqdorda qo’shib, bir osh qoshiq yig’mani bir stakan qaynoq suvga damlab yarim soat turgandan so’ng suzib olinda va kun bo’yi chorak stakandan ichib turilsa, yurak nevrozini tinchlantiradi.

Shuningdek b’yimardon o’tidan 5 qism , sriqchoy o’tidan 4 qism tog’ arnikasi gulidan 1 qism miqdordagi yig’masining bir osh qoshig’ini bir stakan sovuq suvga solib, 3 soat qo’yib qo’yilgach , 5 daqiqa qaynatilsa va 15 daqiqa turganidan so’ng suzilib , kun bo’yi xo’plab ichib yurilsa yuqoridai singari foyda bo’ladi.


Moychechak

50 gramm moychechak (romashka) olib bir stakan suvga damlaysiz , qaynatib, olovdan olasiz , soviganidan keyin suzasiz va unga do’lanani (ilojo bo’lsa gulini) spirtli nastoykasidan 30 tomchi qo’shasiz , xammasidan yaxshilab aralashtirib kuniga 2 maxal ichasiz .



Skleroz va uning muolajasi

Sarimsoqli yog’
Bir bosh o’rtacha sarimsoq tozalanib , ichiladi va bo’tqa xolatida keltiriladi. Uni shisha bankaga solib , ustidan bir stakan tozalanmagan kungaboqar yog’i quyiladi . Sovutgichning pastki bo’lmasiga quyiladi. Ertasi kuni bitta limon olib, eziladi mevaning bandi atrofidan kesilib , choy qoshiq bilan limon sharbati siqib olinib osh qoshiqqa to’kiladi. Unga bir choy qoshiq sarimsoqli yog’ qo’shiladi, aralashtirilib kuniga 3 maxal ovqatlanishdan yarim sot oldin qabul qilinadi . Bu kurs bir oydan 3 oydacha davom ettiriladi , so’ngra bir oy tanaffus qilib , kurs takrorlanadi . Bu muloja bosh miya tomirlari tortilishini , yurak tortilishini , nafas olishning qiynalishlarini bartaraf etadi. Bu muolaja tomirlarni kengaytirishga yordam beruvchi ajoyib vositadir.
Sarimsoq
Shishaning 1\3 qismi kesilgan sarimsoq bilan to’ldiriladi . Uning ustiga aroq yoki 50-60 darajali spirt quyiladi . Qorong’i joyda 14 kun saqlanadi va xar kuni chayqatib turiladi . Kuniga uch maxal ovqatlanishdan oldin bir choy qoshiq sovuq suvga 5 tomchidan solib ichiladi . Bu dori qon aylanish tizimini xar turli qatlamlardan tozalaydi ., qon bosimini pasaytiradi, bosh miyadagi tomirlar tortishishiga ijoyib tasir ko’rsatadi.
Asal, piyoz
Mayda qirg’ichdan o’tkazilgan piyoz siqib olinadi. Bir stakan piyoz sharbati bir stakan asal bilan aralashtirib , yaxshilab qorishtiriladi . Agar asal shakar bog’lab qolgan bo’lsa issiq suvda bir oz qizdirib yuboriladi . Xosil bo’lgan shifo dorisi kuniga 3 maxal ovqatlanishdan bir soat avval yoki ovqatdan 2-3 soat keyin bir osh qoshiqda iste’mol qilinadi. Aterosklerozga , miya sklenoziga katta foyda qiladi.
Surgi vositalari

1) Tog’ it jumrugining po’stidan – 4 miqdor , qora ziraning maydalangan urug’idan- q miqdor , moychechakning gulidan – 2 miqdor olinib , uning bir osh qoshig’i ustiga 200 ml qaynoq suv quyiladi, boshqa idishda qaynayotganda suvda 10 daqiqa quyib pishiriladi,tun bir yula ichiladi. Tog’ it jumrugi darmonsizlik tufayli qabziyatlarda , yo’g’on ichakning spastik yallig’lanishida, xomilaadorliklardagi qabziyatlardabavosil dardiga yo’liqqanlar uchun ajoyib sinalan vositadir.

2) Zubturum yog’i bargizub ning maydalangan urug’ining 10 gramm yarim stakan qaynoq suvga damlanadi. Bir oz quyib quyilgach , suzib olinadi va ushbu miqdorning xammasi ichiladi

3)Soxta shovul ning ildizidan 2 osh qoshiq og’zi berk idishga solib 0,5 litr qaynoq suv quyiladi va yarim soat boshqa idishda qaynayotgan suvda pishiriladi . Tunda bir stakanidaan ichiladi. Undan kamining tasiri bo’lmaydi.


Asab kasalliklariga qo’llaniladigan vositalar

Oddiy bo’ymadaronning 1 osh qoshiq quritilganini 1 stakan qaynoq suvga solib , o’ralgan xolda 1 soat qo’yib quyiladi . So’ng suzib olinadi . Kuniga 3-4 maxal ovqtlanishdan avval 1 osh qoshiqdan ichiladi . Bu dorivor nevralgiyaga, revmatizmga yaxshi tasir ko’rsatadi.


Meda ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan vositalar

1)Qariqiz ildizi , achchiq shuvoq ning yer ustki qismi , andizining ildizpoyasi va ildizi , moychechak guli , tarnoqgul guli, dalachoyining yer ustki qismi , qirqbo’g’im va itanakning xam yer yer ustki qismi , marmarak bargi bir qismidan olinib , ikki osh qoshiq xisobida 1,5 stakan qaynoq suv quyiladi va 30 daqiqa damlab quyiladi. So’ng dokaga suziladi.

2)Sirlangan idishga moychechak guli , achchiq shuvoq va bo’yimadronning yer ustki qismi , yalpiz bargi , mrmarak bargining teng miqdordagi yig;masidan ikki osh qoshiq solib ustiga bir stakan qaynoq suv dolinadi va 30 daqiqa damlab quyiladi. Damlama dokada suzilib , kunig 3 maxal 1\3 stakandan ichiladi

3)Teng miqdorda yalpiz bargi , achchiq shuvoq bilan dalachoynig yer ustki qismi , qorazira mevasi yig’malaridan termosga uch qoshiq solinadi ustiga yarim litr qaynab turgan suv quyilib, og’zini yopgan xolda kechasi bilan damlab quyiladi . Ertalab suzib olngach kuniiga 3 maxal chorak istakandan ichib turiladi.


Meda shirasidagi kislotalilik ko’payganda kechadigan surunkali gastritni davolashda quyidagi

damlamalrning foydasi ko’p :
1) Sirlangan idishga moychechak gulidan 2 qism dalachoyining yer ustki qismidan 2 qism va gulxayri ildizidan 1 qism miqdordagi yig’madan 1 osh qoshiq solib , ustidan 1 stakan qaynab turgan suv quyiladi va qopqog’oni yopib , boshqa idishda qaynab turgan suvga 30 daqiqa quyib turiladi. So’ngra 10 daqiqa sovutilib dokadan suziladi. Ushbu damlamadan kuniga 3-4 maxal yarim stakandan ichiladi.

2) Sirlangan idishga moychechak guli , tirnoqgul guli , zubturum bargi, bo’ymadron va ittikanakning yer ustki qismlaridan teng miqdordagi yig’masidan 10 gramm solinib , ustiga 1 stkan qaynab turgan suv quyiladi va boshqa idishda qynab turgan suvga 15 daqiqa quyiiladi. So’ngra 45 daqiqa davomida sovitilgach , suzib olinadi. Ushbu damlama 200 ml ga yetguncha ustiga qaynagan suv quyiladi . Damalamdan kuniga 3-5 maxal yarim stakandan ichiladi .


Meda va ichak spazmi (tortilishi)ga qarshi qo’llanadigan vositalar borasida valeriana ildizi va ildizpoyasi , qizilmiya ildizi, qorazira mevasi, marjon daraxt va jo’ka guli , yalpiz bargidan iborat yig’malardan umumiy qoida asosida tayyorlanadigan damlamasining axamiyati katta . Bu damlama kuniga 3-4 mxal ovqatdan 20 daqiqa oldin 1|3 stakandan ichiladi

2)Oddiy arpabodyon va dorixona ukropi qorazira mevalaridan 1 qismdan , achchiq yalpiz bargidan2 qismdan iborat yig’malaridan 2 choy qoshiq olib ustiga bir stakan qaynab turgan suv solinadi va 30 daqiqa sovitilib dokaga suzib olinadi . tayyo damlamadan kun bo’yi xo’plab ichib turiladi.


Ovqat yaxshi xazm bo’lishi uchun sirlangan idishga farangula po’stlogi’dan va gazanda bargidan 3 qism , yalpiz bargidan 2 qism valeriana ildizpoyasi va ildizi xamda igir ildizpoyasidan 1 qismdan iborat sirlangan idishda 1 osh qoshiq solib , ustiga bir yrim stakan (300ml) qaynab turgan suv quyilgach 4 soat dmlab quyilgan damlamani kuniga 3 maxal ovqatdan yarim stakandan ichib turilda foydasi katta bo’ladi.
Oshqozon – ichak trakti kasalliklari (gastrit , yo’g’on va ingichka ichak shamollashi , ich ketishi) , jigar , o’t pufagi kasalliklarida quyidagi giyoxlardan tayyorlangan damlamalarni ichib turishni maslaxat beramiz.

1) O’rmon qulupnoyi damlamasini tayyorlash uchun bir osh qoshiq bargiga 2 stakan qaynagan suv quyib 6-8 soat soat quyib quyiladi. Keyin dokada suzib olinadi. Kkuniga 3 maxal yarim stakandan ichiladi.

2)dorivor tirnoqgul gulidan damlama va nastoyka tayyorlash uchun 2 choy qoshiq tirnoqgul guli ustiga 2 stakan qaynab turgan suv quyiladiva 1 soat quyib quyiladi. Keyin suzib olinadi. Damlama 1 kunda 4 maxal yarim stakandan ichiladi . Tirnoqgul nastoykasi dorixonalarda sotiladi.Uni kuniga 2-3 maxal 30 tomchidan boshlab 1 choy qoshiqqacha ichiladi.

Oshqozon ichak kasalliklari bartaraf etishda quyidagi yig’ma damlamalardan foydalaniladi.

1) Gzanda bargi va teshik dalachoy ’tidan ikki qism , ko’p tomirli bupleurum o’ti va nayzasimon kakalin bargidan bir qismdan iborat yig’maning maydalangan aralashmasidan 3 osh qoshiqtermosga solib ustidan 0,75 l qaynab turgan suv quyiladi. Kuniga 3 maxal ovqatlanishdan 20 daqiqa avval bir stakandan ichiladi. Bu davolanish uzoq davom ettiriladi . Xar 8 xafta davolanishdan keyin 10 kun tanaffus qilinadi.

2)Gazanda bargi , zubturum bargidan 2 qism , teshik dalachoy o’tidan 3 qism va bo’znoch yoki makkajo’xori tumshug’idan bir qismdan iborat yig’maning maydalanganidan 3 osh qoshiq termosga solinib ustidan 0,75 l qaynab turgan suv quyiladi va 3 soat quyib quyiladi. Shundan so’ng suzib olinadi. Bu damlama kuniga 3 maxal ovqatlanishdan 25 daqiqa oldin 1 stakandan ichiladi . Bu davolanish xam avvalgi usulda takidalangan rejimda uzoq davom ettiriladi.

3)Gazanda o’ti zubturum barglari teshik dala choy o’ti dorixoa moychechagi guining teng miqdordagi yig’masidan sirli idishga 4 osh qoshiq aralashmasi ustidan 1 ll qaynab turgan suv quyib damlanadi va 2 soat iliq joyga quyib quyiladi . Suzib olinib 10 kun davomida kuniga 1 stakandan 1,5 litrgacha ichiladi . Bu o’tkir gastritga foyda qiladi.


Oshqozon yarasi giyohlar davosi

1) sirli idishga zubturum va va yalpiz barglari ermon dalachoylarining ustki qismi moychechak guli igir ildiz poyasi qoqi o’t va araliya ildizpoyalarining teng miqdordagi yg’masidan 10 g solib ustiga 1 stakan qaynab turgan suv quyiladi va qopqog’ini yopib boshqa idishga qaynab turgan suvga 15 daqiqa quyib turiladi. So’ng 45 daqiqa daqiqa sovitilib dokaga suziladi. Oldingi miqdor (200ml)ga etkazish uchun damlamaga qaynatilgan suv qushiladi. Damlamadan kuniga 3 maxal ovqatdan oldin (20-30 daqiqa) yarim stakandan ichiladi.

2)Qoncho’pning yer ustki qismidan bir qism , gulxayri, qizilmiya, dorivor simfitum ildizlaridan 3 qismdan olingan yig’madan damlama tayyorlash usuli va uning foydasi aynan yuqoridagi kabidir.

3) Qizilmiya ildizidan ikki qism , gulxayri ildizidan ikki qism va qoncho’pining yer ustki qismidan 1 qim miqdorida olingan yig’madan yuqorida ta’kidalangan umumiy qoidagi binoan damlama tayyorlanadi. Damalamadan kuniga 2-3 maxal stakandan ichiladi.

4) Qizilmiya ildizi , gulxayri ildizi , moychechak guli dorixona ukropi mevasi , o’rmalovchi bug’doyiq ildizpoyasidan teng miqdorda olinib umumiy qoida asosida tayyorlangan damlamadan kuniga 2 maxal – ertalab va kechqurun yarim stakandan ichib turilsa , yuqoridagi dardga davo topiladi.

5)Dalachoyining yer ustki qismidan 5 qism , zig’ir urug’idan 9 qism , yalpiz bargidan 2 qism , jag’-jag’ning yer ustki qismi va dastarbosh gulidan 1 qism , arelonquyruqning yer ustki qismidan 4 qism moychechak gulidan 2 qism , ruganing yer ustki qismidan 3 qism , qizilmiya ildizidan 2 qism , qushtorinning yer ustki qismidan 3 qism va qorazira mevasidan 2 qism olingan yig’madan damlama tayyorlash uchun termosga 6 osh qoshiq solinadi va ustiga yarim litr qaynab turgan suv quyiladi. So’ng og’zini yopib , kechasi bilan damlab quyiladi. Etalab dokada suziladi. Damlamadan kuniga chorak stakandan – oshqozon o’n ikki barmoq ichakda yara bo’lgan xollarda iching.
Surunkali ich ketganda

1) Chernika mevasidan2 qism , g’ozpanja ildizpoyasidan 1 qism buznoch gulidan 1 qism marmarak bargidan 3 qism qoraxira mevasidan 1 qism miqdorida olingan yig’madan sirlangan idishga 10 g solib ustiga bir stakandan (200ml) qaynab turgan suv quyiladi va og’zini yopib boshqa idishda qaynab turgan suvga 10 daqiqa quyib quyiladi . So’ngra 45 daqiqa sovitilib dokaga suziladi. Damlamaga avvalgi xajmi 200 ml ga yetguncha qaynagan suv quyiladi. Ertalab va kechqurun bir stakandan ichiladi.

2)G’ozpanja ildizpoyasidan 2 qism , qushtorining yer ustki qismidan 2 qism, jag’-jag’ining yer ustki qismidan 3 qism yalpiz bargi moychechak gulidan 1 qism miqdorida olingan yig’madan birinchi usuldagi singari tartibda damlama tayyorlanib kuniga 3-4 maxal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi

3) Agar yiringli ich ketish ro’y berayotgan bo’lda , junrut mevasidan , chernika bargi va mevasi , moychehcak guli va qoraziralar teng miqdorda olinib , undan oldingi usul kabi qaynatma tayyorlanadi, Qaynatma ertalab ovqatlanishdan oldin yarim stakandan ichiladi.
Bavosilga qarshi vositalar

1)Sirlangan idishga moychechak gulidan 4 qism qoqigul idizdan 3 qism saponariya ildizidan 3 qism miqdoridagi yig’masidagi 2 osh qoshiq solib , ustiga yarim litr qaynagan suv quyiladi va 6 soat damlab quyiladi. So’ngra 5 daqiqa qaynatiladi va sovutib dokada suziladi . Bir stakan qaynatma bilan kuniga 1 maxal xukna qilib turiladi.

2) Bavosil kasalligida yo’g’on ichakka damlamadan vanna qiling yoki unga damlama shimdirilgan doka quying. Bu damlama quyidagi usulda tayyorlanadi : Og’zi yopiladigan sirlangan idishga 5 qismdan eman po’stlog’i va qirq bo’g’mning yer ustki qismi va 2 qism valeriananing ildizpoyasi va oldizidan iborat yi’g’madan 3 qoshiq solib ustiga bir litr qaynab turgan suv quyiladi va 6 soat damlab quyiladi. So’ngra dokada suziladi . shu damlamadan foydalaniladi.

3)Shaftoli bargli toronning quritilganidan ikki choy qoshiq sirlangan idishga solib ustiga yarim litr suv solinadi va 15 daqiqa sust olovda qaynatiladi. So’ngra o’rab 2 soat quyib quyiladi .Dokada suzib olingach kuniga 3-4 marta ovqatlanishdan 30 daqiqa avval yarim stakandan ichiladi . Bu damlama siydik xaydovchi , yengil surgi , og’riq qoldiruvchi qon oqishini to’xtatuvchi vosita.

4) Bu usul terlatuvchi siydik xaydovchi va qon oqishini to’xtatuvchi vosita bo’libgina qolmay , bavosilning ilk bosqichida va qon ketishida unga qarshi samarali ta’sir ko’rsatadi.

Buning uchun bo’ymadronning yer ustki qismi va gulidan 15 gramining ustiga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi . O’rab 1 soat qo’yib quyiladi . So’ngra suzib olib , kuniga 3-4 maxal ovqatlanishdan oldin 1 osh qoshiqdan ichib turiladi.Bo’ymodoronning yangi sharbatini asal bilan teng miqdorda qo’shib kuniga 3 maxal 1 choy qoshiqdan iste’mol qilib turiladi . Bu uzoq davolanganda qo’shimcha tadbirdir. Bo’ymadoronning aroq yoki spirtdagi nastoykasini kuniga 3 maxal 30 tomchidan ichib turish xam yaxshi foyda qiladi.

5)Orqa teshikka asalni shakar-qiyomda qaynatib qotirilganida qilingan shamni quyish xam foyda beradi

7) 1 litr sovuq suv tog’araga solinadi va unga 1 daqiqadan 5 daqiqagacha o’giriladi .

Bu tadbir bir kunda 2 maxal 2 maxal ertalab va kechqurun qilinadi . AGAR TOG’ORADAGI SUVGA MARGANSOVKA DONACHALARINI ASHLASANGIZ , SUV NIMPUSHTIRANG BO’LSA ., yanada foydaliroq bo’ladi. Shuningdek sovuq suvga lattani xo’llab bavosil shishlariga quying, latta isib qolsa almashtiring . Bavosil bo’lganlarning suvni qo’llashlari ularning dardlarini yengillashtiradi.

8) Agar bavosil shishlariga 3 tadan 10 tagacha tibbiy zuluklar (dorixonalardan olinadi) qo’ysa , bemor tezda yensil tortadi.

9)Teshik dalachoy o’tining quritilganidan bir osh qoshiq sirlangan idishga solib , ustiga bir stakan qaynab turgan suvdan quyiladi va uni 15 daqiqa sust olovda qaynatiladi. So’ngra suzib olinadi . Qaynatmani bir kunda 3 maxal 2 stakandan ichiladi. Gazanda o’tdantayyorlangan qaynatma xam shu usulda , shu miqdordaa bo’ladi . Uni faqat kuniga 3-4 maxal osh qoshiqda ichiladi.

10) Sigir quyruqning gulidan choynakka damlab , choy kabi ichiladi . Bu tadbir natijasida 2-3 kun ichida qon oqishi to’taydi . Bu tadbir natijasida 2-3 kun ichida qon oqishi to’xtaydi, bir necha kundan keyin esa kasallik mutloqo yo’qolib ketadi.
Qon bosimi ko’tarilganda (gipertoniya)

1)Arslonquyruqdan 3 qism , gnafaluimdan 2 qism , botqoq ledumidan xam 2 qism , kurtak choydan 1 qismdan iborat yig’madan sirlangan idishga 1 osh qoshiq to’latib solib , 300 ml qaynab turgan suv quyiladi . Uni 5 daqiqa suzib olingach , kuniga 3 maxal ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin yarim stakandan iliq qilib ichiladi . Bu damlama qon bosimi oshishining 1 va 2-bosqichlariga va yurak yetishmovchiligisz ro’y beradigan gepirtoniyaning alomatlari kuzatilganda qo’llaniladi .

2) Do’lana guli , arslonquyruq o’ti , gnafaluim o’ti , viskum barglarining teng miqdorda maydalangan aralashmasidan 4 osh qoshiq idishga solinib , 1 litr qaynoq suv quyiladi va 8 soat qo’yib quyiladi. Suzib olingan damlama qon bosimini oshganda kuniga 3 maxal ovqatlangandan 1 soat keyin yarim stakandan ichiladi.

3) Do’lananing mevasi va guli , arslonquyruq o’ti , gnafaluim o’ti , sanchiqo’t , namatak mevasining teng miqdordagi aralashmasidan 4 qoshiq idishga solib , 1 litr qaynoq suv qo’yib damlanadi va 8 soat qo’yiladi . suzib olingan damlama qon bosimi oshganda kuniga 3-4 maxal yarim stakandan ichiladi.
Qon bosimi normadan pasayganda (gipotaniya)

1) Tikonli oq karrak gul savati va bargining quritilganidan 20 g olinib sirli idiishga solinadi va ustidan 1 stakan suv quyiladi. Past olovda 10 daqiqa qaynatilib o’rab 30 daqiqa qo’yib quyiladi.So’ng dokada suzib olinadi.Kuch quvvat tonusini ko’tarish , qon bosimini oshirish uchun ushbu damlamadan bir kunda 3-4 maxal 1 osh qoshiqdan ichiladi.

2)Pushti rodiolo (oltin ildiz) nastoykasi . Buni xam bir kunda 2 maxal nonushta va tushlikdan yarim soat ilgari 20 – 40 tomchidan , 10-20 kun davomida ichiladi .

3)jen-shen nastoykasini xam bir kunda 2 maxal nonushta va tushlikdan oldi 5 tomchidan 20 tomchigacha 2-3 xafta mobaynida ichiladi.

4)Buznoch guli va itgunafshaning yer ustki qismidan 2 qism , meniantes (uch barg) bargidan 4 qism , dalachoyning yer ustki qismidan 5 qism , marmarak bargidan 3 qism , andiz ildizpoyasi va ildizi , qoqio’t ildizi , dastabosh guli , ermonning yer ustki qismi va sachratqi guli 1 qismdan iborat yig’malaradan termosga 3 osh qoshiq solinadi va ustiga yarim litr qaynab turgan suv quyiladi . Ertalab dokadan suzilib olinadi. Damalamadan qon bosimi normadan pasayganda uni ko’tarish uchun kuniga 3 maxal yarim stakandan ichiladi.


Qandli diabet

1)Sirlangan idishga makkajo’xori popugidan 2 qism yalpiz bargidan 1 qism loviya po’chog’idan 5 qism olingan yig’madan 3 osh qoshiq solib ustiga 2 stakan suv quyladi va 5-7 daqiqaqaynatiladi. So’ngra 10 daqiqa sovitilib , dokada suziladi . Kuniga 2 maxal yarim stakandan iste’mol qilinadi .

2)Yalpiz bargidan 3 qism qoqio’tdan 1 qism miqdoridagi yig’madan umumiy qoidadagidek damlama tayyorlanadi. Qand kasalligida oshqozon osti bezi funksiasini yaxshilash uchun qaynatmadan kuniga 2-4 maxal chorak stakandan ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

3)Termosga do’lana mevasi va gazanda bargidan 3 xissa , yalpiz bargidan 1 xissa arslonquyruqni yer ustki qismidan 5 xissa sarsabil ildiz poyasidan va sudralib o’suvchi tog’ jambilning yer ustki qismidan 4 xissadan , namatak mevasidan 3 xissadan olingan yig’madan 2-3 qoshiq solib ustiga 0,5 litr qaynab turgan suv quyiladi . Termos og’zini yopib kechasi bilan damlab qo’yiladi va ertalab dokada suziladi. Damlamadan kuniga 3 maxal iliq xolida ovqatlanishdan 20-30 daqiqa oldin chorak stakandan ichiladi.
Kamqonlik (Anemiya)

1)Dalachoy 3 osh qoshiq , gazandaning guli va maymunjon yaprog’idan 2 osh qoshiqdan olib maydalanadi., yaxshilab aralashtirilib , ustidan qaynoq suv quyiladi. O’rab 3 soat quyib quyiladi, so’ng suzib olinadi . Bir kunda 3 maxal 1 stakandan issiq xolda ichiladi.

2)Bir osh qoshiq namatak mevasining maydalangani ustiga 1 litr suv quyilib 10 daqiqa qaynatiladi. Kechqurun o’rab quyiladi . Kechayu-kunduz istagan vaqtingizda xoxlagan narsangiz bilan birga ichishingiz mumkin . Bu vosita qon tomirlarini yaxshi tozalaydi ., moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Damlama vitaminlarga boy bo’lib kamqonlikda , singada , buyrak va siydik pufagi kasalliklarida , jigar og’riganda organizmlar xolatini ko’taruvchi vosita

3)Kamqonlikda quyidagi yig’malardan foydalanish yaxshi samara beradi

Gazanda bargi bo’ymadoron gullari , qoqio’t ildizidan teng miqdorda olingan bir qoshiq aralashmaga 1,5 stakandan qaynoq suv quyilib damlanadi va 3 soat qo’yib quyiladi. So’ngra suzib olinadi. 1 sutkada 3-4 maxal ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin ichiladi. Davolanish muddati 8 xafta

Sariq (gepatit) kasalligini bartaraf etish

1)Vaeriananing ildiz poyasi va ildizi , do’lana gulidan 2 miqdorda , zirk po’stlog’i va yalpiz bargidan 3 miqdordan olingan yig’madan umumiy qoidaga binoan damlama tayyorlanadi . Sriq kasalligi boshlangan davrda damlamadan kuniga 1 maxal naxorga yarim stakandan ichib turiladi.

2)Zirk mevasi qayin bargi dalachoyining yer ustki qismidan 1 miqdordan olingan yig’malardan umumiy qoidaga binoan damama tyyorlanadi. Damlamadan kuniga 2-3 maxal yarim stakandan ichiladi

3)Qayin bargi , zig’ir urug’i va bo’ymadronning yer ustki qismidan 3 miqdordan , tirnoqgul guli , gazandan va yalpiz bargidan xamda moychechak gulidan 2 miqdordan , bo’znoch gulidan 5 miqdordan olingan yig’madan 2-3 qoshiq solinib , ertalabga qadar damlanib quyiladi . Ertalab suzib olingach , kuniga 2-3 maxal yarim stakandan ichib turiladi

4)Qayin bargi xig’ir uugi , bo’ymadoronning yer ustki qismidan 3 miqdordan , tirnoqgul guli , gazanda bargi , yalpiz bargi , moychechak gulidan 2 miqdordan , buznoch gulidan 5 miqdordan , namatak mevasidan 4 miqdordan , zubturum bargidan 1 miqdordan olingan yig’madan xam umumiy qoidaga binoan damlama tayyorlanadi . Bunda og’zi yopiladigan sirli idishga yig’madan 2-3 osh qoshiq solinadi, ustiga yarim litr qaynab turgan suv quyiladi va boshqa idishda qaynab turgan suvga 15 daqiqa quyib turiladi . So’ngra 30 daqiqa sovutilgach dokada suziladi. Sariq kasalligida va jigar og’rig’ida damlamadan kuniga 3-4 maxal iliq xolda ovqatdan 20-30 daqiqa oldin bir stakan ichiladi.

5)Marmarakning 25 gramm va achchiq ermondan 23 gramidan olinib bir choy qoshiq yig’maga 1 stakan qaynoq suv quyiladi . Bir soat o’rog’liq xolda qo’yib qo’ygach suzib olinadi. Kuniga 3 maxal 3-4 osh qoshiqdan qabul qilinadi. Xar kuni ovqat bilan 5 dona qalampir iste’mol qilinadi

6) Buznoch gulidan 40 g , uchbargli meniantes bargidan 30 g yalpiz bargidan 20 g , kashnich urug’idan 20 g dan iborat yig’madan 2 osh qoshig’iga 2 stakan suv xisobida samlam tayyorlanadi. Yig’mali suv 10 daqiqa mobaynida qaynatilgach , bir soat qo’yiladi . So’ngra dokada suzib olinadi. Bu damlama sariq kasalida va o’t yo’li shamollashiga qarshi foyda qiladi . Xar kuni ovqatlanishdan 15-20 daqiqa oldin 2-3 marta yarim stakandan ichiladi.


Jigar o’t pufakdagi va o’t yo’llar kasalliklari

  1. Buznoch guli, bo’yimadronning yer ustki qimi , achchiq ermonning xam yer ustki , achchiq ermonning xam yer ustki qismi , dorixona ukropi mevasi va yalpiz bargidan teng miqdorda olinib umumiy qoidaga binoan damlama tayyorlanadi . Sariq va xolestit (o’t pufagining yallig’lanishi) kasalliklarida damlamalardan kuniga 4 maxal ovqatlanishdan 15 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi

  2. Yalpiz bargi, achchiq ermonning yer ustki qismi va valeriananing ildiz poyasi 2 qism , dalachoyining yer ustki qismidan 2 qism xamda qulmoq g’uddasidan 1 qismdan olininb umumiy qoidaga binoan damlangan damlama xolesistit , xolangit (o’t pufagining yiringli yallig’lanishi) kasalliklarida kuniga 2-3 maxladan ovqatlanishdan yarim soat oldin chorak stakandan istw’mol qilib turilsa foyda qiladi .

  3. Dalachoyining yer ustki qismi dastarbosh guli bo’yimadronning yer ustki qismi moychechak guli , qariqiz ildizi namatak mevasi marmarak bargi andiz ildiz poyasi va ildizi qush toronning va itakanakning yer ustki qismidan teng miqdorda olingan yog’masaidan umumiy qoidaga binoan damlama tayyorlanadi . Surunkali gepatit (jigar yallig’lanishi) va jigar sirrozi kasalliklarida damlamadan kuniga 3 maxal ovqatlanishdan yarim soat oldin yarim stakan ichiladi.

  4. Igir ildizi poyasi , makkajuxori popugi zig;ir urug’i va moychechak gulidan 2 qismdan buznoch gulidan 7 qismdan , genistaning yer ustki qismidan 4 qimdan tirnoqgul gulidan 5 qismdan , yalpiz bargi va achchiq ermonning yer ustki qismidan 1 qismdan xamda sachratqi gulidan 3 qismdan olingan yig’madan temosga 6 osh qoshiq solinadi va ustiga qaynab turgan suv quyiladi . Og’zini yopib , kechasi bilan damlab quyiladi. Ertalab dokada suzib olinadi . Damlamadan kuniga 3 maxal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi

  5. Buznoch gulidan 6 qism budra va tillaboshning yer ustki qismidan 4 qismdan dalachoyning yer ustki qismidan , gazanda bargidan 3 qismdan dorixona ukropi mevasidan bir qismdan olinib bunda avvalgi usulda aytilgandek , tayyorlangan damlama xam jigar kasalliklarida foyda qiladi.

  6. Qush toron o’tidan 3 qismdan moychechak gulidan 1 qismdan jumrut po’stidan 2 qismdan dalachoy va buznochdan 4 qismdan olingan yig’madan 4 osh qoshiq sirli idishga kechqurun solib ustiga 1 litr sovuq suvq quyiladi ertalab plitaga quyiladi 5-10 daqiqa qayntilib sovutib quyiladi . So’ngra dokada suziladi . ertalab och qoringa bir stakan ichiladi , qolganini esa 4 marta ichishga bo’liadi . Ovqatlangandan bir soat keyin ichib turiladi. Bu qaynatma jigar va o’t – tosh kasalliklarida iste’mol qilinadi . Bunday paytda ovqatlanish ratsionidan o’tkir , sho’r,dudlangan , qovurilgan va yog’li maxsulotlar olib tashlanadi.

  7. Bir osh qoshiq toronning maydalangan ildizi ustiga xona xaroratida bir stakan suv quyiladi . Bu sirlangan idish boshqa suv qaynab turgan idishga 30 daqiqa quyiladi, so’ngra 15 daqiqa quyib qo’yilgach , dokada suzib olinadi. Bu damlama xolestit va oshqozon – ichak trakti kasalliklarida kuniga 3-4 maxal bir osh qoshiqdan ichib turiladi.



Buyrak , siydik yo’lari kasalliklarga qarshi dorivor o’simliklar

  1. Qirqbo’g’im va dalachoyining yer ustki qismidan 5 miqdorda bo’ymadaronning yer ustki qismidan , chernika mevasi va loviya po’chog’idan 4 miqdorda olingan yig’madan sirlangan idishga bir osh qoshiqdan solinib ustiga 1 stakan suv quyiladi va 6 soat quyib quyiladi . so’ngra 15 daqiqa qaynatiladi va dokada suziladi . Buyraktosh kasalligida kuniga bir maxal 1 stakandan ichiladi.

  2. Tolokniyanka bargi qirqbo’g’mning yer ustki qismi va qizilmiya ildizidan 1 qismdan qorazira mevasidan va archa qubba mevasidan 2 qismdan olingan yig’madan og’zi yaxshi yopiladigan sirlangan idishga bir osh qoshiq solib ustiga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi va 2 soat damlab quyiladi. So’ngra dokada suziladi.ushbu damlama buyrak tosh kasaligida kuniga 1-2 maxal 1 stakandan ichib turiladi.

  3. Sirlangan isishga yalpiz bargi gazanda bargi igir ildizpoyasidan 1 xissadan , qirq bo’g’imning yer ustki qismidan marjondaraxt gulidan , namatak mevasidan , archa qubba mevasidan jo’ka gulidan 3 xissadan olingan yig’madan bir osh qoshiq solinadi ustiga bir stakan suv quyiladi 15-20 daqiqa qaynatiladi va 15 daqiqa damlab quyiladi . So’ngra dokada suzib olinadi. Bu qaynatma xam buyrak –tosh kasalligida kuniga 2 maxal – ertalab va kechqurun ovqatdan 20-30 daqiqa oldin 1 stakandan ichiladi.

  4. Bu usulad tayyorlangan damlam xam buyrak – tosh kasalligida qarshi qo’llaniladi . Buning uchun sirlangan idishga qashqarbedaning yer ustki qismidan 1 miqdor g’ozpanjaning yer ustki qismidan qayin bargidan va qirq bo’g’imning yer ustki qismidan 2 miqdordan olingan yig’madan 2 osh qoshiq sirlangan idishga solib , ustiga qaynab turgan suvdan bir yarim stakan (300ml) quyiladi va 4-5 soat damlab quyiladi . So’ngra dokada suzib , kuniga 4 maxal bir osh qoshiqdan ichiladi.

  5. Zirk ildizi ko’kbo’tako’z guli , yalpiz bargi , jag’-jag’ning yer ustki qismi , ruganing yer ustki qismi xushbo’y shivit mevasi va chernika bargidan 5 qismdan qariqiz ildizi va qushtorining yer ustki qimidan 4 qismdan ortosifon bargidan 3 qism yig’malardan termosga 5-6 qoshiq solinadi , ustiga 1 kitr qaynab turgan suv quyiladi va og’zini yopib ertalabgacha damlab quyiladi . Ertalab dokada szuib olinib , xar kuni 3-4 maxal yarim stakandan iste’mol qilinadi.

  6. Siydik yo’li va qovuq shamollaganida quyidagi yig’malardan bakteristit va siydik xaydovchi dori sifatida tayyorlanadi... tolokniyanka va qayin barglari , makkaduxori popugi qizilmiya ildizidan teng miqdorda olingan yig’madan umumiy qoidaga binoan qaynatma tayyorlanadi. Qaynatmadan kuniga 3 maxal ovqatdan oldin 1\3 stakandan ichiladi.

  7. Tirnoqgul guli va bo’yimodaronning yer ustki qismidan 4 miqdorda gazanda bargidan 3 qismdan olinib , avvalgi usuldagidek tayyorlangan damlama buyrak va siydik yullari surunkali shamollashishga qarshi kuniga 3-4 maxal chorak stakandan ichib turiladi.


O’t pufagi yo’lidagi toshlarni erituvchi va o’t xaydovchi vositalar


  1. Sirlangan idishga buznoch guli , frangula po’stlog’i , qoqio’t ildizi , achchiq shuvoq (ermon)ning yer ustki qismi yalpiz bargidan teng miqdorda olingan yig’masidan ikki osh qoshiq solinadi , ustiga bir stakan suv olib , 10 daqiqa qaynatiladi va 15 daqiqa sovutiladi. So’ngra dokada suzib o’t pufagi yo’lida tosh bo’lgan xollarda o’t xaydovchi vosita sifatda qaynatmadan kuniga 2 maxal ertalab va kechqurun 1 stakandan ichiladi.

  2. Xuddu yuqoridagi xolatda bo’lgan bemorlarga moychechak gulidan yalpiz bargidan va bo’yimadoronning yer ustki qismidan teng miqdorda olingan yig’masidan umumiy qoidaga binoan damlama tayyorlanadi . Damalamadan kuniga 2-3 maxal yarim stakandan ichiladi.

  3. Bu usul xam o’t pufagi yo’lida tosh bo’lgan xollarda moychechak guli, yalpiz bargi , limon o’tining yer ustki quismidaan teng miqdorda olingan yig’madan umumiy qoida asosida tayyorlanadigan vositadir.

  4. Zirk ildizi , dalachoyning yer ustki qismi , dastarbosh gulidan 3 qismdan , gazanda bargi va o’rmalovchi bug’doyiq ildizpoyasidan 5 qismdan , buznoch gulidan 7 qism , zig’ir urug’i , jag’-jag’ning yer ustki qismidan , frangula p’ostlog’idan 2 qismdan, yalpiz bargi 1 qism va sachratqi ildizi , chernika bargidan 4 qismdan olingan yig’madan termosga 6 qoshiq solinadi, ustiga 1 litr qaynab turgan suv quyiladi va og’zini yopib kechasi bilan damlab quyiladi. Ertalab dokada suziladi. Damlamadan kunia 3 maxal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

  5. Makkajuxori tumshuqchasidan qilingan damlama xolesistit , xalangit , gepatit kasalliklarida o’t xaydovchi vosita qo’laniladi. Buning uchun bir osh qoshq tumshuqcha ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi 1 soat damlab quyiladi va suzib olinadi. Xar 3 soatda 1 osh qoshiqdan ichib turiladi.

  6. Qoqi o’tining 2 choy qoshiq maydalangan ildizi ustiga bir stakan sovuq suv quyib , 8 soat quyb quyiladi. Ildiz damlamasini bir kunda 4 marta ovqatlanishdan oldin chorak stakandan ichib turiladi.

  7. Bir osh qoshiq zubturum ustiga 1 stakan qaynoq suv quyib damlanadi 10 daqiqa quyib quygach suzib olinadi . Xolestit ichiladigan bu damlama 1 soat davomida xo’plab ichiladi.

  8. Namatak mevasining talqonlanganidan qoqio’t ildizidan , makkajo’xori tumshuqchasidan , qirq bo’g’im shoxchasidan 3 qismdan buznoch gulidan 4 qismdan oq atir gulidan o’rmon qulupnoyi mevasidan dorixona moychechak gulidan 2 qismdan , archa qubbasi mevasidan , gnafulium o’tidan 1 qismdan iborat yig’madan 1 osh qoshiq maydalangan aralashmasini yarim litr qaynoq suvga damlaysiz. Yarim soat damlog’liq turgach suzib olasiz . Kuniga 3 maxal ovqatdan 10-15 daqiqa oldin jigar va o’t qopi xastaliklariga qarshi 150 ml dan ichiladi damlama tami achchiqroq .

  9. Jigar va o’t yo’lidagi toshlarini tushirishda yana quyidagi vositalarni qo’llash mumkin;

Qayinning baxor paytidagi 1 tiyinlik kattaligida bo’lgan barglarini yig’asiz va quritasiz . 2 osh qoshiq barg ustiga 1 stakan qaynoq suv quyasiz. Uni past olovda yarmi qolguncha qaynatasiz. Sovugandan keyin dokada suzib olasiz . Kuniga 3 maxal ovqatlanishdan 1 soat oldin 1 diserrt qoshig’ida ichib turasiz . Davollash muddati 3 oy mayda toshlarga qo’llashda yaxshi samara beradi. Davolanish chog’ida og’riqlar , dard ushlab qolishi, sanchiqlar , ko’ngil aynishlar paydo bo’ladi. Chidashga tog’ri keladi . Xamma toshlar tushib ketadi.

  1. Agar buyrak va o’t yo’lida toshlar bezovta qilsa , turpni qirg’ichdan o’tkazib , sokini chiqarib olasiz va teng miqdordagi asal bilan yaxshilab aralashtirib olasiz . Kuniga 1\3-1=2 stakandan 1 stakangacha ichiladi. 1 stakan ichishga asta sekin yetkaziladi . Bu tadbir o’t yo’llarida va buyrak tosh paydo bulishini oldini oladi. Shuningdek aterosklerozning , jigar kasalliklarining va sariq suv kasalining avj olishiga yul quymaydi.



Teri kasalliklari muolajasi


  1. Gazanda bargi , tog’rayxon , ittikanak , uch rangli binafsha , qirq bo’g’im va qizilmiyalarning yig’masidan 2 qismdan valeriananing ildiz poyasi va ildizidan 3 qism miqdorda olingan yig’madan avvalgi usulda damlama tayyorlanib , kuniga 3 maxal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi. Bu damlama gush (ekzema) va neyrodermiya kasalliklarini davolashda yaxshi samara beradi.

  2. Yana shunday usulda dalachoy va marmarakning yer ustki qismidan 4 miqdorda tirnoqgul guli tog’rayxonning yer ustki qismi va moychechak gulidan 2 qismdan zubturum va gazanda bargidan 3 qismdan olingan yig’madan tayyorlangan damlamadan pes kasalligini davolash maqsadida kuniga 3 maxal ovqatlanishdan oldin yarm stakan ichiladi.

  3. Sirli idishga ittakanak , dalachoylarining yer ustki qismidan 3 qismdan , marjondaraxtguli , andiz ildizpoyasi va ildizi , igir ildizpoyasidan , makkajuxori popugi , brusniki bargi , qirqbo’g’mning yer ustki qismidan 2 qism va qoncho’pning yer ustki qismidan 1 qismdan olingan yig’madan 4 osh qoshiq solib, ustiga 1 litr qaynab turgan suv quyiladi va idishning og’zini yopib, duxovkada 2 soat damlanadi . Damlama dokada szuiladi va psoriaz kasalligini davolash uchun kunga 3 maxal ovqatlanishdan oldin yarim stakandan ichiladi.

  4. Zubturum barg kashnich mevasidan 3 qismdan dalachoy ittikanak (qariqiz)ning yer ustki qismidan 4 qismdan gnafaliumning yer ustki qismdan 2 qism miqdordagi yig’madan sirli idishga 4 osh qoshiq solib , ustiga 1 litr qaynab turgan suv solinadi va idishning og’zini yopib , duxovkada 2 soat damlanadi. Damlama dokada suzib olinadi. Bu damlama tromboflebit natijasida vujudga kelgan trofik yaralarni davolash uchun kuniga 3 maxal ovqatlanganidan keyin 1\3 stakandan ichiladi.

  5. Tirnoqgul guli, zubturum bargi , marmarakning yer ustki qismi va andizining ildizpoyasi xamda ildizidan 3 qismdan , moychechak gulidan 1 qism dalachoyining yer ustki qismidan 4 qism , qirqbo’g’mning yer ustki qismidan 2 qism yig’masidan sirlangan idishga , ustiga xona xaroratida 200 g suv quyiladi va idishning qopqoog’ini yopib , boshqa idishda qaynab turgan suvda 15 daqiqa tutib turiladi. So’ngra xonada 45 daqiqa sovitilib , dokada suzib olinadi . Ushbu damlama teridagi yiringli yaralarni davolashda kuniga 3 maxal ovqatdan oldin stakandan ichiladi.

  6. Qizilmiya ildizidan 2 qism , qariqiz ildizidan va qoqio’t ildizidan 3 qism , qoraqizining yer ustki qismi xamda ro’yan ildizidan 6 qismdan iborat yig’madan og’zi yopiladigan sirlangan idishga 2 osh qoshiq solib , ustiga 1 stakan qaynab turgan suv quyiladi va idishning og’zini yopib boshqa idishda qaynab turgan suvga 15 daqiqa quyib quyiladi va shu vaqt ichida tez-tez aralashtirib turiladi . o’ngra olib xonada 45 daqiqa sovutiladi . damlama dokada suzib olingach , diatez shirincha kasalligiga qrshi xar kuni ertalab va kechqurun 1-2 stakandan ichib turiladi .

  7. Ardizning ildizpoyasi va ildizidan 3 qism qirqbo’g’imning yer ustki qismi va jo’ka gulidan 1 qismdan olingan yig’madan umumiy qoidaga binoan damlama tayyorlanadi . Damlama yuz terisidagi xusunbuzar (yog’li terida)ni yuvish va dokani namlab toshmaga quyish uchun ishlatiladi.


Nafas organlari kasalliklari

  1. eman po’stlog’idan 5 qism , tog’ rayxonining yer ustki qismidan 4 qism , gulxayri ildizidan bir qism olingan yig’madan ; jo’ka gulidan 2 qism , moychechak gulidan 3 qism olingan yig’madan ; dorixona ukropi mevasidan 1 qism , ildiz bargi, moychechak guli, marmarak bargidan 3 qismdan olingan yig’madan ; igir ildizpoyasidan 1 qism , gulxayri ildizi va moychechak gulidan 2 qismdan , zig’ir urug’idan 3 qism miqdorda olingan yig’madan umumiy qoidaga binoan damlamalar tayyorlanadi , bu damlamalar bilan og’iz shilliq pardasi va tomoq chayiladi.

  2. Sirlangan idishga oqqaldirmoq bargidan 4 qism , zubturum bargi va qizilmiya ildizidan 3 qismdan olib tayyorlangan yig’madan bir osh qoshiq solib, ustiga bir stakan suv quyiladi 2 soatcha quyib quyiladi. So’ngra 5 daqiqa qaynatib15 daqiqa sovutiladi. Va dokaga suziladi. Bronxit kasaligida balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida damlamdan kuniga 3 maxal 1\3 stakandan ichiladi.

  3. Qarag’ay kurtagidan 4 qism , zubturum va oqqaldirmoq bargidan 3 qimdan iborat yig’madan umumiy qoidaga binoan damlama tayyorlab , undan bronxit va ko’kyutal kasalliklarida kuniga 3 maxal chorak stakandan ichiladi.

  4. Temosga 2 qismdan gulxayri va qizilmiya ildizi , qarag’ay kurtagi , 1 qismdan marmarak bargi , arpabodyon mevasi yig’masidan 3 osh qoshiq solinadi va ustiga yarim litr qaynab turgan suv quyiladi, og’zini yopib kechasi bilan damlab quyiladi. Ertalab dokada suziladi . damlamadan kuniga 3 maxal chorak stakandan ichiladi . bu xam bronxit va ko’kyutal kasalliklarida foyda qiladi.

  5. Bodom bezlari , og’iz bo’shlig’ining shilliq qavatlari , milklar shamollaganda marmarakning bargini maydalab 4 choy qoshig’ini 2 stakan qaynoq suvga damlanadi 30 daqiqa quyib quyilgach suzib olinib og’iz chayqaladi.

  6. Marmarakning 3 miqdori moychechak gulining 3 miqdori va mexrigiyoxning 4 miqdoricha yig’masidan bir choy qoshig’ini bir stakan qaynoq suvga damlanib 30 daqiqa quyib quyiladi va suzib olinadi. Kuniga 5-6 marta laringitda tomoq chayiladi.

Gijjalarga qarshi vositalar



  1. ostritsa mayda gijja odamning yo’g’on va ingichka ichagidan parazitlik qiladigan dumaloq chuvalchanglarning bir turi bo’lib unga qarshi kurashishda sarimsoqdan xukna (klizma) qilish yaxshi tasir etadi. Buning uchun sarimsoqning 5-8 dona bo’lakchasini bir stakan xona xaroratidagi suvga ezib suzib olinadi.

  2. Oddiy qovoqning urug’idan tasmasimon gijjadan qutilishda foydalaniladi. Buning uchun qovoqning 300 gr xom urug’ini yoki quritilganini qobig’idan chiqariladi. Bunda urug’ning sirtidan yupqa ko’k qobig’i albatta qoldiriladi, so’ngra o’g’ir dastasi bilan yanchiladi va bu vaqtda urug’ oz-ozdan qushib turiladi, so’ngra 50-60 gr suvni sekin asta 10-15 tomchidan qushib boriladi. Xosil bo’lgan massaga tam berish uchun 10-15 gr asal , muarbbo yoki qand qushiladi va xammasini 1 soat davomida bemorga och qoringa choy qoshiqda beriladi 3 soat o’tgandan keyin bemorga (yoshi katta bo’lsa 10-30 gr , bolalarga xar yoshiga 1 gr dan qushib boriladi) yarim stakan iliq suvga magnit sulfat aralashtirilib beriladi. Yarim soatdan keyin esa xukna qushiladi. Bolalarga 10-12 yosh bo’lsa – 150 gr , 5-7 yoshdagi bolalarga 100 gr , 3-4 yoshlarga 75 gr , 2-3 yoshdagilarga 30-50 gr urug’ beriladi,


Ayollar ginikologik kasalliklari muolajasi

  1. moychechak gulidan 3 xissa , tol po’stlog’i va qayin kutagidan 2 xissadan iborat yig’madan sirlangan idishga 30 gr aralshma solinadi va ustiga 500 gr suv quyiladi . Idishning og’zini yopib , boshqa idishda qaynab turgan suvga 30 daqiqa ushlab turiladi. So’ngra 10 daqiqa sovitilib quyiladi. Shundan sung suzib olinadi . ushbu qaynatmadan kuniga 3 maxaldan 15 ml dan 2 choy qoshiq olma sirkasi qushib iliq xolda ichiladi. Bu qaynatma bachadon eroziyasi kasaligida qo’llaniladi.

  2. Bo’ymadoron , arslonquyruq va qirq bo’g’mlarning yer ustki qismidan , tinoqgul , moychechak , buznoch gulidan , farangula po’stlog’i , tolokniyanka bargidan teng miqdorda olingan yig’madan qopqoqli sirlangan idishga 30 gr solib , ustiga 300 gr suv solinadi va boshqa suv qaynab turgan idishda 15 daqiqa ushlab turiladi . so’ngra xonaning o’zida 45 daqiqa sovitib sokada suziladi. Bu qaynatma fibromioma (bachadonda uchraydigan xavfsiz usma) kasalligiga kuniga 2 maxal ertalab va kechqurun issiq xolda yarim stakandan ichiladi.

  3. Dalachoy va bo’ymodoroning yer ustki qismidan , archa qubba mevasi va qizilmiya ildizidan teng miqdorda olingan yig’masidan sirlangan idishga 2 osh qoshiq solib , ustiga 2 stakan qaynab turgan suv quyiladi va boshqa idishda qaynab turgan suv ustiga 20-30 daqiqa quyiladi. So’ngra dokada suzilib xayz sikli buzilganda damlamdan issiq xolda yarim stakandan ichiladi.

  4. Achchiq shuvoqning yer ustki qismidan 2 xissa archa qubba mevasidan 1 xissa , g’oz panjaning yer ustki qismidan 3 xissa olib umumiy qoidaga binoan damlama tayyorlanadi. Xayz to’xtab qolgan xollarda uni keltirish uchun damlamadan issiq xolda kuniga 2 maxal yarim stakandan iching.

  5. Bo’ymadoronning 20 gr maramarak bargidan 20 gr rozmarin olmasining bargidan 20 gr eman po’stlog’idan 40 gr olib aralashma ustiga 3 litr suv quyiladi va 30 daqiqa qaynatilladi. So’ngra dokada suzib olinadi . ayollar jinsiy azosidan ajraladigan oqchil ko’payganda xar kuni 2 martadan qin chayib turiladi.



Radikulit

  1. Javdar unidan xamirturishsiz xamir qoriladi . xamir achigach 4 buklangan mato yoki dokacha belga yoyib ustiga 1-2 santimetr qalinlikda xamir bosiladi. Bu tadbir xar kuni kechqurun qilinadi. 10 marta shu tadbir amalga oshirilsa radikulit o’tib ketadi . xamirga 30 tomchi skipidar qushsa xam buladi.

  2. Qariqiznin yangi bargini sovuq suvga solib bo’ktrib , chayqab olinadi va teskar tomonini og’riyotgan joyga quyilib , bog’lab quyiladi. Bu og’riqni qoldiruvchi yaxshi vositadir . Yozda qariqizning barglarini bandi bilan yulib olib quritiladi. Qishda iliq suvda ilitgach aytib o’tilganidek qo’llash mumkin.

  3. Xantalni gorchishnik ko’rinishida tasirlovch va chalg’ituvchi vosita sifatida shamollash kasalliklarida plevritda revmatizmda radikulitda nevritda qullash mumkin .

  4. Gorchishnik o’rniga orchishnikli vanndan foydalanish mumkin . buning uchun 250-400 gr xantal kukuniga suyuq bo’tqa kelguncha iliq suv quyib aralashtirilaveradi . va gorchishnik achchiq xidi chiqquncha maydalanaveradi . shundan keyin bo’tqani vannaga (180-200 litr) suvga quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Vanna 35-36 darajadagi xaroratda 5-6 daqiqa qabul qilinadi, vannadan keyin iliq dushda 1-2 daqiqa yuvinib issiq o’ranib yotiladi. Bu tadbir radikulitdan boshqa bronxitda , pnevmoniyada xam qo’llaniladi .



Revmatizm va poliartrit

  1. Archagul (supurgigul) ning quritilganidan 2 qoshiq sirlangan idishga solib 10-15 daqiqa pat olovda qaynatiladi o’rog’lik xolda ertalabgacha quyib quyiladi. Ertasiga ertalab suzib olingach , xoxlagan paytda choy yoki suv o’rniga ichib yuriish mumkin . Davolanish muddati 3 oy , 2-3 xafta tanaffus qilib , kursni yana qaytarish mumkin. Archagul damlamasi revmatizmda , podagrada , yo’talda , ateresklozda , nerv buzilishlarida , uyqusizlikda , bosh aylanishida , bosh miya tomirlari kasalliklarida buyrak qovuq kasaliklarida foydalaniladi.

  2. Qariqiz bargi og’riqni qoldiradi. Shuning uchun qariqizning yangi bargini sovuq suvda chayib , teskari tomoni bilan og’riyotgan joyga quyiladi. Og’riq pasaygach , yechib tashlanadi . Yozda qariqiz bargini uzun bandi bilan yulib , dalqin joyda quritiladi. Qishda keraklicha bargni suvda buktirib olgach , og’riyotgan joyga quyiladi . Ta’sir qilishi avvalgidek bulaveradi.

  3. Turp soki xam revmatizmga qarshi qo’llaniladigan vosita xisoblanadi. Buning uchun 1,5 stakan turp sokini 1 stakan asal , yarim stakan aroq , bir osh qoshiq osh tuzi bilan aralashtirilib, undan og’riyotgan joylarni artishda foydalanish yaxsh foyda berasi. Agar oshqozon va 12 barmoq ichakda yara bulsa , oshqozon ichak trakti shamollagan bo’lsa , og’ir jigar kasalliklarida turpdan tayyorlangan preparatlarni ichish salbiy ta’sir kursatadi.

  4. Zirkning quritib maydalangan ildizidan 1 choy oshqoshiq olib 2stakan qaynoq suvga solinadi va o’rab 4 soat quyib quyiladi so’ngra dokada suziladi . kuniga 3 maxal yarim stakanda ichiladi . xuddi shu tarzda sovuq suvga damlanganini xam kuniga 3 maxal 30 tomchidan ichiladi . Bu tadbir revmatizmga yaxshi muolajadir. Bundan faqat xomilador ayollar foydalanmasliklari lozim

  5. Andizning ildizidan va ildizpoyasidan 10 g va qariqiz ildizidan 20 ni 1 stakan suvda past olovda 20 daqiqa qaynatiladi. So’ngra o’roqlik xolatda 4 soat quyib quyilgach , dokaga suzib olinadi. Revmatizmga yo’liqqanlar kuniga 3-4 maxal oovqatdan oldin bir osh qoshiqdan ichishlari foyda beradi. Andizning yangi ildizi bilan revmatizmga og’riyotgan joyni bog’lash xam maslaxat beriladi.

  6. Tog’rayxon o’tidan vanna qilish , quruq va nam kompresslar qilib turilsa , revmatizmga xamda boshqa yondosh kasalliklarda yaxshi foyda keltiradi.

  7. Qoqio’t ildizi va o;tidan 1 choy qoshiq olib 1 stakan qaynoq suv quyiladi. O’rog’lik xolatda 1 soat quyib qo’yilgach,suzib olinadi. Revmatizm va podagrada qarshi kuniga 4 maxal ovqatlanishdan yarim soat ilgari chorak stakandan ichib turiladi.

  8. Bir osh qoshiq gazandaning qurutilgan bargi ustiga qaynoq suv quyiladi. O’rab bir soat quyib quyiladi. Kuniga 3-4 mxal ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 1 osh qoshiqdan ichiladi . Bu muolada o’tkir bo’g’im revmatizmida , muskullar revmatizmida, podagrada qarshi qo’llaniladi.

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling