Yurak va uni o‘ragan yurak xaltasi ko'krak qafasida oldingi ko‘ks oralig'ida o‘rta chiziqdan chaproqda yurakning uchdan ikki qismi, o ‘ngroqda uchdan bir qismi joylashgan


Download 21.53 Kb.
Sana28.04.2020
Hajmi21.53 Kb.

Yurak va uni o‘ragan yurak xaltasi ko'krak qafasida oldingi ko‘ks oralig'ida o‘rta chiziqdan chaproqda yurakning uchdan ikki qismi, o ‘ngroqda uchdan bir qismi joylashgan. Yon va qisman old tomondan yurak plevra bilan qoplangan o‘pka, oldingi ozgina qismi esa to‘sh suyagi va qovurg'a tog‘aylariga tegib turadi. Yurakning yuqori chegarasi o‘ng va chap uchinchi qovurg‘a tog‘aylari yuqori chekkasini birlashtiruvchi chiziqda joylashgan. O‘ng chegarasi o‘ng uchinchi qovurg‘a togayi yuqori chekkasidan boshlanib, to ‘sh suyagi chekkasidan 1-2 sm o‘ngda vertikal yo‘nalib beshinchi qovurg‘a tog‘ayigacha tushadi. Pastki chegarasi o‘ng beshinchi qovurg'a tog‘ayidan yurak uchigacha o‘tgan chiziqda. Yurak uchi esa chap beshinchi qovuig'a oralig‘ida o‘rta o‘mrov chizig‘idan 1—1,5 sm ichkarida yotadi. Chap chegarasi chap uchinchi qovurg‘a tog‘ayining yuqori chekkasidan to ‘sh suyagining chap chekkasi bilan chap o‘rta o‘mrov chizig‘i o ‘rtasidagi sohadan boshlanib, yurak uchigacha boradi.

Yurak (cor) mushakdan tuzilgan qon aylanish tizimining markaziy a ’zosi. U ko‘krak qafasida oldingi ko‘ks oralig‘ining pastki qismida joylashib, konussimon shaklga ega. Yurakning bo‘yIama o‘qi qiyshiq bo'lib, orqadan oldinga, yuqoridan pastga va o‘ngdan chapga yo‘nalgan bo'ladi. Uning toraygan uchi (apex cordis) chapga, pastga va oldinga, keng asosi (basis cordis) yuqoriga va orqaga qaragan. Yurakning oldingi to ‘sh-qovurg‘a yuzasi (facies sternocostalis) qavariq bo‘lib to'sh va qovurg’aning orqa yuzasiga qaragan. Pastki diafragma yuzasi (facies diaphragmatica) diafragmaning pay markaziga tegib turadi. Yurakning yon yuzalari o‘pkaga qaragan bo‘lib, o'ng va chap o ‘pka yuzalari (facies pulmonalis dextra et sinistra) deb ataladi.Yurakning o‘rtacha og‘irligi erkaklarda 300 g, ayollarda 250 g, uzunligi 10-15 sm , ko‘ndalang o‘lchami 9—11 sm, oldingi-orqa o ‘lchami 6-8 sm bo‘!adi. Yurak yuzasida bo‘lmacha va qorinchalar o'rtasida chegara bo‘lib tojsimon arteriya egati (sulcus coronarius) o’tadi. Yuraknng to ‘sh-qovurg‘a yuzasida qorinchalar o‘rtasidagi oldingi egat (sulcus interventricularis anterior), pastki yuzasida


qorinchalar o ‘rtasidagi orqa egat (sulcus interventricularis posterior) yotadi. Bu ikkala egat yurakning uchida o‘yma (incisura apices cordis) hosil qilib qo‘shiladi. Yurak 4 kameradan iborat. Unda o‘ng, chap bo‘lmacha va o‘ng, chap qorincha tafovut qilinadi. Bo‘lmachalar venalardan qonni qabul qilib olsa, qorinchalar qonni haydab chiqaradi. Yurakning o‘ng bo‘lagida vena qoni, chap bo’lagida arteriya qoni oqadi. Bo‘lmachalar qorinchalar bilan o ‘zaro tabaqali klapani bo‘lgan o‘ng va chap bo‘lmacha-qorinchalararo tirqish orqali qo‘shilib turadi.

Oldingi o ‘pka poyasi teshigi (ostium truncus pulmonalis) ustida 3 ta yarim oysimon qopqoq (valva trunci pulmonalis) joylashgan. Unda aylana bo‘ylab joylashgan oldingi, o ‘ng va chap yarim oysimon qopqoqlar (valve semilunaris anterior, dextra et sinistra) tafovut qilinadi. Ularning qavariq yuzasi o ‘ng qorincha bo‘shlig‘iga, botiq yuzasi va erkin chekkasi o'pka poyasi bo'shlig’iga qaragan. Har bir qopqoqning erkin chekkasining o'rtasida qalinlashgan tugunchasi (nodulus valvulae semilunaris) bo‘lib, qopqoqlarning zich yopilishini ta’minlaydi. Yarimoysimon qopqoq bilan o‘pka poyasi o‘rtasida bo‘shliq (sinus trunci pulmonalis) bor. Qorinchalar qisqar ganida yarimoysimon qopqoqlar qon bosimi ta’sirida o‘pka poyasi devoriga yopishadi. Qorinchalar bo‘shashganida esa, orqaga qaytgan qon qopqoq bo‘shlig‘ini to‘latib, ularni yopadi va qon orqaga qaytmaydi.



Bo‘lmacha – qorinchalaro tirqish uch tabaqali qopqoq (valva atrioventricularis dextra seu tricuspidalis) bilan bekilgan. Qopqoq tabaqalari uchburchak shaklidagi pay qatlamcha ko'rinishida bo‘lib, u lam ing asosi teshik aylanasiga birikkan, erkin chekkalari esa qorincha bo‘shlig‘iga qaragan. Tirqishning oldingi yarim aylanasiga qopqoqning oldingi tabaqasi (cuspus
anterior), orqa tashqi yarim aylanasiga orqa tabaqasi (cuspus posterior) va ichki yarim aylanasiga qopqoqning ichki to'siq tabaqasi (cuspus septalis) birikkan. Bo‘lm acha qisqaiganida qon bosimi ta’siri ostida qopqoq tabaqalari qorincha devoriga yopishadi va qonning qorinchaga o‘tishiga qaishilik qilmaydi. Qorincha qisqarganida qopqoq tabaqalarining erkin chekkalari yopiladi, ammo bo‘lmachaga qarab bukilmaydi, chunki qorincha tomonidan ularni
pishiq biriktiruvchi to ‘qimali paysimon ipchalar (chordae tendineae) ushlab turadi.

Atrioventrikular tirqishda ikki tabaqali (m itral) qopqoq (valva atrioventricularis sinistra seu bicuspidalis) joylashgan. U nda uchburchak shaklidagi oldingi va orqa tabaqalari bor. Oldingi tabaqa (cuspus anterior) tirqishning ichki yarimaylanasidan boshlansa, undan kichikroq orqa tabaqa (cuspus posterior) tirqishning tashqi orqa yarim aylanasidan boshlanadi. Chap qorinchaning ichida ko‘p sonli mushak trabekulalari va ikkita: oidingi va orqa so‘ rg‘ ichsimon mushaklar (mm. papillaris anterior et posterior) bor. Ularning paysimon ipchalari qopqoq tabaqalarni erkin chekkasiga birikadi.Aortateshigi (ostium aorticum) sohasida qorinchaning ichki yuzasi silliq bo’ladi. Aortaning boshlanish joyida 3 ta: orqa, o ‘ng va chap yarim oysim on qopqoq (valve semilunaris posterior, dexter et sinister) joylashgan. Qopqoqlar va aorta devori o‘rtasida bo'shliq (sinus aortae) bor. Aorta qopqog‘i o‘pka poyasinikiga nisbatan qalin va tugunlari kattaroq bo‘ladi.
Download 21.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling