Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i


Download 463.66 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi463.66 Kb.
#152010
Bog'liq
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i

Reja :

  • 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
  • 2. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob’ektiva soliq bazasi
  • 3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari
  • 4. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi quyidagicha aniqlanadi:

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati

  • 1995 yil yanvar oyidan boshlab soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan olinadigan soliq joriy etildi. 2009 yil 1 yanvardan kuchga kirgan Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, u davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.

Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob’ektiva soliq bazasi

  • Foyda solig‘i to‘lovchilari - Soliq kodeksiga ko‘ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lovchilari bo‘lib, moliya yilida soliqqa tortiladigan foydaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
  • Yuridik shaxslar foyda solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim iqtisodiyot tarmoq korxonalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin (misol uchun, energetika, neftegaz-xolding kabi tarmoq korxonalarida).
  • Soliqqa tortish maqsadida foydaga soliq to‘lovchilarni rezidentlar va norezidentlarga ajratiladi.

Yuridik shaxslar foyda solig‘i to‘lovchilari bo‘lishi uchun qo‘yidagi shartlarga javob berishi kerak:

  • ruxsat etilgan faoliyatdan foyda olishi (qonunchilik bilan ta’qiqlangan faoliyatdan tashqari);
  • o‘zining mol-mulkiga ega bo‘lishi;
  • mustaqil tugallangan buxgalteriya balansiga ega bo‘lishi;
  • bankda hisob raqamiga ega bo‘lishi;
  • identifikatsion raqamga ega bo‘lishi.
  • mahalliyhokimiyatorganlaridanro‘yxatdano‘tganbo‘lishi.

Soliq ob’ekti -yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining ob’ekti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining va norezidentlarining foydasi hamda resident va norezidentlarning chegirmalar qilinmagan holda to‘lov manbaidan soliq solinadigan daromadlar hisoblanadi.

  • Soliq ob’ekti -yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining ob’ekti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining va norezidentlarining foydasi hamda resident va norezidentlarning chegirmalar qilinmagan holda to‘lov manbaidan soliq solinadigan daromadlar hisoblanadi.
  • Soliq solinadigan baza -jami daromad bilan chegirib tashlanadigan xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hamda soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi

Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagilar yuridik shaxs daromadi sifatida qaralmaydi:

  • ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar;
  • sotilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa shaxslardan dastlabki haq (bo‘nak) tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
  • budjetdan berilgan subsidiyalar;
  • agar mablag‘larni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa shaxsga o‘tkazish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo‘lsa, tekin olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;
  • olingan grantlar va insonparvarlik yordami;
  • sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tariqasida olingan mablag‘lar;
  • investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk;
  • boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan daromadlar

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari

  • O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
  • Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi quyidagi mazmundagi 159-1-modda bilan to‘ldirildi:
  • «159-1-modda. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari
  • Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga 5%li stavka bo‘yicha soliq solinadi.

  • O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga 5%li stavka bo‘yicha soliq solinadi.
  • Moliya vazirligi taqdim etgan Davlat byudjyeti loyihasida 2019 yilgi daromadlar 102,6 trillion so‘m (2018 yilga nisbatan 37,8 foiz o‘sish) yoki YaIMga nisbatan 24,2 foiz miqdorida bo‘lishi rejalashtirilgan.

Byudjyet loyihasiga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i 40 786,3 mlrd so‘m (39,7%), aksiz solig‘i 12 681, 3 mlrd so‘m (12,4%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 11 367,4 mlrd so‘m (11,1%) bo‘lishi kutilmoqda. Davlat byudjyeti daromadlarining yarmidan ortig‘i (54,1 foizi) yoki 55,5 trln. so‘m. aylanma soliqlar hisobiga hosil bo‘ladi.

  • Byudjyet loyihasiga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i 40 786,3 mlrd so‘m (39,7%), aksiz solig‘i 12 681, 3 mlrd so‘m (12,4%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 11 367,4 mlrd so‘m (11,1%) bo‘lishi kutilmoqda. Davlat byudjyeti daromadlarining yarmidan ortig‘i (54,1 foizi) yoki 55,5 trln. so‘m. aylanma soliqlar hisobiga hosil bo‘ladi.
  • Loyihada aylanma soliqlarning asosiy tushumlari QQS hisobiga (74 foizi) ta'minlanishi, yillik aylanmasi (tushumi) 1 mlrd. so‘mga yetgan korxonalar umumiy belgilanadigan soliqlar to‘lashga o‘tkazilishi munosabati bilan, soliq to‘lovchilar sonini oshirish hisobiga QQSni oshirish rejalashtirilmoqda. Aktsiz solig‘i tushumining oshishi alkogolli va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalari indeksatsiyasi bilan bog‘liq. Abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov esa 335,8 mlrd so‘mni tashkil etishi prognoz qilindi.
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlardan 20,7 trln. so‘m. miqdorida daromad tushishi rejalashtirilgan, bu Davlat byudjyetining umumiy daromadlarida 20,1 foizni tashkil etadi. Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i prognozi 14,6 trln. so‘mni yoki Davlat byudjyeti umumiy daromadlarining 14,2 foizini tashkil etadi.

Bundan tashqari, loyihada Davlat byudjyetidagi umumiy tushumlarning 37,5 foizi yirik soliq to‘lovchilarning hissasiga to‘g‘ri kelishi prognozlangan. Unga ko‘ra, davlatga sotilgan Ucell umumiy tushumlarning 0,7% qismini qoplashi kutilgandi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi quyidagicha aniqlanadi:

Fs = ( J d - Ch - I- Sbk) x Ss

bu yerda:

Fs – foyda solig‘i summasi;

Jd – jami daromad;

Chchegirmalar;

I– imtiyozlar;

Sbk – soliqqa tortiladigan bazaning kamayishi;

Ss– foyda solig‘i stavkasi.


Download 463.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling