Yuridik xizmat faning ahamiyati va maqsadi


Download 206.95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.01.2023
Hajmi206.95 Kb.
#1090510
Bog'liq
O’zbekiston Respub,,,likasida yuridik xizmatlar faoliyatining asosiy yo’nalishlari



Reja
1 Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo’nalishlari va
funkisiyalari .
2 Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo’nalishlarini
bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasida yuridik
xizmatlar faoliyatining asosiy yo’nalishlari


Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlar
faoliyatining asosiy yo’nalishlari etib belgilansin:
Davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo’llash faoliyatida
qonun ustuvorligi va qununiylikni ta’minlashni tashkil etish;
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul
qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining
qonunchilikka muvofiqligini ustidan nazoratni olib borish;
Davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi faoliyatida ishtiroki
etish qonunchilikni takomillashtirish yuzasida takliflarini tayyorlash
masalalarida ularning tarkibiy tuzumlari ishini muvofiqlashtirish;


Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy
madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish , ularga qabul
qilinayotgan normativ–huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati,shu
jumladan zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnalogiyalari
orqali yetkazishda ishtirok etish;
Shartnomaviy – huquqiy va talabnoma – davo ishlarini yuritish ,
davlat organlari va tashkilotlarining mulkiy va boshqa manfaatlarni
Ishonchli himoya qilinishini ta’minlash .
Davlat organlari va tashkilotlarida , shu jumladan ularning hududiy
tuzilmalarida ,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadigan eng kam me’yor va mezonlariga asosan,majburiy
tartibda yuridik xizmatlar tashkil etiladi .Bunda yuridik xizmatining mavjud
shtat birliklarini qisqartirishga yo’l qoyilmaydi.


Yuridik xizmat faoliyatinig asosiy
yonalishlarini bajarish uchun quydagi
funkisiyalarni amalga oshiradi:

davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo’llash
faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni
tashkil etish sohasida:
Davlat organi va tashkilotida ,shuningdek tegishli tuzilmalarda
qonun buzilishlarini ,ularning sabablari va shart-sharoitlarni
bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi,
ushbu chora –tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga
oshirishga ta’sir etadigan davlat organlari va tashkilotlarning
qarorlari yuzasidan xulosa beradi;



Davlat organi va tashkilotlari rahbariyatiga taqdim
qilinadigan buyruqlar ,farmoyishlar ,shartnomalar va
yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarni ularning
qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan
o’tkazadi hamda ular bo’yicha e’tiroz va takliflar
bo’lmasa viza qoyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat
tomonidan davlat organi va tashkilotlarining boshqa
tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan)keyin viza qoyiladi.

Mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda
davlat organi va tashkilotining buyruqlari,farmoyishlari
,shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarni ishlab
chiqish ,ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish,
shuningdek ularni o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash
to’g’risida takliflar tayyorlaydi;



Davlat organi va tashkilotida ,shuningdek tegishli
tuzilmalarida huquqni qo’llash amaliyotini o’rganadi, tahlil
qiladi va umumlashtiradi ,uni takomillashtirish bo’yicha
takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi ;

Davlat organi va tashkilotining boshqa tuzilmalari bilan
birgalikda davlat organi ,tegishli tuzilmalar va ularning
mansabdor shaxslar faoliyatida qonuniylikning buzilishi
ko’rsatilgan arizalar ,takliflar va shikoyatlarini ko’rib chiqishda
ishtirok etadi;

Davlat organi va tashkilotida boshqaruv tizimini
takomillashtirish ,davlat organi tizimiga kiradigan tuzilmalar
va ularning mansabdor shaxslarning huquq va
majburiyatlarini belgilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishda
ishtirok etadi; 



Davlat organi va tashkilotida mehnat haqidagi
qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda ,shu jumladan
mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy
hujjatlarni (mehnat shartnomasi ,jamoa shartnomasi , jamoa
bitimi va boshqalarni )ishlab chiqishda ishtirok etadi ,ushbu
hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi
va huquqiy xulosa beradi

Davlat organ va tashkiloti rahbariyatiga davlat organ va
tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni
ta’minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;

Davlat organi va tashkiloti xodimlarining kasaba
uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarni
amalga oshirishda yuridik yordam ko’rsatadi ;



Davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan
(qabul qilinayotgan)normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar
loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni
olib borish ,shuningdek davlat organi va tashkilotining qonun
ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish ,qonunchilikni
takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida
uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish sohasida:

Davlat organi va tashkilotlarining norma ijodkorligi
faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarni ishlab chiqadi yoki
ularning ishlab chiqilishida ,amalga oshirilish va bajarishini
nazorat qilishda ishtirok etadi ;

Davlat organi va tashkilot vakolatiga kiradigan masalalar
bo’yicha normativ –huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab
chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi ;



Davlat organi va tashkilotining idoraviy normativ –huquiy
hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ularni ishlab chiqishda
hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy
ekspertizadan o’tkazish va davlat ro’yxatiga olish uchun
yuborishda ishtirok etadi ;

Ekspertizadan o’tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilagan
normativ –huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa
tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o’tkazadi
,ularning qonunchilikka ,qonunchilik texnikasi qoidalariga
,havola qiluvchi normalar qo’llanilishining asosliligi va
maqsadga muvofiqligi ,shuningdek ularda korrupsiyaga
sabab bo’ladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan
huquqiy xulosalar tayyorlaydi ;



Normativ –huquqiy hujjatlar loyihalari bo’yicha e’tiroz va
takliflar bo’lmasa, ularga viza qo’yadi. Bunda loyihalarga
yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotning
boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlarga) keyin viza
qo’yiladi;

Tizimli ravishda davlat organi va tashkilotining tegishli soha
faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning
ularda korrupsiyaga sabab bo’ladigan omillarni aniqlashga
qaratilgan tahlilni o’tkazadi;

Davlat organi va tashkiloti faoliyati sohasida davlat
boshqaruvini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab
chiqishda ishtirok etadi ; 

Download 206.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling