Yurtimizda va Yevropa davlatlarida energiya potensiallar farqi


Download 22.83 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi22.83 Kb.
#1563821
Bog'liq
Yurtimizda va Yevropa davlatlarida energiya potensiallar farqi


Yurtimizda va Yevropa davlatlarida energiya potensiallar farqi
O‘zbekistonda sovuq kunlar boshlanishi bilanoq, elektr energiyasi va gaz ta’minotida uzilishlar kuzatilishi an’anaga aylangan. Biroq bu yil yanada o‘zgacha holat yuzaga keldi, ya’ni viloyatlardan tashqari, poytaxt Toshkentda ham gaz va svet tez-tez o‘cha boshladi. Joriy yildagi birinchi qalin qorning o‘zidayoq mamlakatning energota’minotida inqiroz yuzaga keldi.
Energetika vazirligi mazkur vaziyatni — aholi soni shiddat bilan oshib borayotgani va ishlab chiqarish keskin tushib ketgani bilan izohlamoqda. Buning ortidan aholi orasida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklar tinmayapti, faoliyati cheklangan gaz «zapravka»lar haqida gapirmasa ham bo‘laveradi. Ahvol shundayki, hatto ko‘chalarda chiroqlarning ayrimlari ham o`chirila boshladi.
Mazkur muammolarni hal etish maqsadida 7 dekabr kuni prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Energetika, Iqtisodiy taraqqiyot va Investitsiyalar vazirliklarida shtablar tashkil etildi. Ishdagi kamchiliklar uchun «Milliy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi, «Hududiy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, Qashqadaryo HETK filiali direktori va «Toshshaharnur» DUK rahbariga hayfsan berildi
Eslatma: suhbatdoshlarning bildirgan fikrlari bo‘yicha vaziyat o‘sha davlatning boshqa hududida umuman aks ko‘rinishda bo‘lishi ehtimoldan holi emas
Qirg‘iziston
O‘shlik jurnalist Shohrux Soipovning ta’kidlashicha, hozirgi kunda Qirg‘izistonda ham elektr energiyasida uzilishlar kuzatilyapti. Ammo gaz bilan bog‘liq muammo yo‘q.
«Mamlakatda elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo sovuq tushganda: qish oylarida boshlanadi. Asosan, chekka hududlarda elektr simlarning uzilishi, ta’mirlash ishlari natijasida chiroqlar o‘chish holatlari kuzatiladi. Bugungi kunda viloyat va tuman markazlarida ham grafik bo‘yicha kuniga ikki, uch soatdan svet o‘chmoqda. Ba’zi joylarda bu 4−5 soatgacha cho‘zilyapti», — dedi Shohrux Soipov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mutasaddilar buni elektr enegriyani tejash bilan izohlamoqda. «OAVda, ayniqsa, televideniye orqali aholini elektrni tejab ishlatishga chaqirmoqda. Shu bilan birga hukumat qishda ham svet ta’minotida muammo bo‘lmasligini aytmoqda. Buni vaqt ko‘rsatadi», — dedi u.

Niderlandiya


Feruza Shosaidova olti yildirki, Niderlandiyaning kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi Rotterdam shahrida oilasi bilan istiqomat qiladi. U Rotterdamda hali biror marta elektr ham, gaz ham o‘chganini eshitmagani yoki o‘zi guvohi bo‘lmaganini ta’kidladi.
«Aholi qishin-yozin uzluksiz ta’minlanadi. Havo me’yoridan ortiq sovib ketishi bu borada muammo tug‘dirmaydi, mutasaddilar oldindan tayyorgarlik ko‘radi. Bu mamlakatda bahor oylari boshida kuchli shamol bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi odatga aylangan. Shunday bo‘lsa-da, gaz va elektr energiyasida uzilish holatlari kuzatilmaydi», — dedi u.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya va Yevropa munosabatlari keskinlashishi oqibatida gaz narxi 2−3 barobarga qimmatlagan

Xitoy


2014 yildan beri Pekin shahrida pedagoglik qilayotgan Dilsora Mirzahmedovaning ta’kidlashicha, xitoyliklar sovuqqa chidamli xalq hisoblanadi.
«Bir necha marta chiroq o‘chish holati kuzatilgan. Unda ham juda oz daqiqaga o‘chib, muammo hal etilgach, darrov yongan. Pekinda elektr energiyasini o‘chirishdan oldin nima sababdan va qancha vaqtgacha yonmasligi haqida liftlarga aniq yozib qo‘yishadi, aytilgan vaqtda albatta, yonadi. Agar ta’minotchilar ogohlantirmasa, aholi norozilik bildiradi. Lekin elektr energiyasining muntazam ravishda o‘chish odati yo‘q. Havo me’yoridan ortib, sovigan paytlarda umumiy istish tizimidagi harorat ko‘tariladi», — dedi u.
Vatandoshning hikoya qilishicha, Pekinda issiqlik ta’minoti (otopleniya)lar 15 noyabrda yoqilib, 15 mart sanasida uzib qo‘yiladi.
«Pekindan tashqaridagi qishloqlarga chiqsangiz, hovli uylarda quyosh panellari o‘rnatilganiga ko‘zingiz tushadi. O‘zbekistonda ham quyosh panellaridan foydalanishni tezroq ommalashtirish kerak. Bu aholiga ancha yengilliklar beradi», — dedi Dilsora Mirzahmedova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoyda ko‘p qavatli uylarda gazdan foydalanish mumkin emas. Aholining deyarli barchasi elektr uskunalardan foydalanadi.

39.21-guruh talabasi


Sharifjonov Jasurbek

Manba
Gazeta.uz sayti.
Download 22.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling