Yuruvchi gazetalar


Download 17.32 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi17.32 Kb.
#241621
Bog'liq
Zakovat savollari


1. Rus yozuvchilaridan biri o’z asarida ULARGA “ yuruvchi gazetalar” deb ta’rif bergan. Diqqat savol: Kimlarga?

2. U Geyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo’q, Rimpapasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti?

3. Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo butun dunyodagi ularningyurgan “yo’lini” hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib o’tgan masofadan ortib ketadi.Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bo’lgan bu “mashinaning” nomi nima?

4. Siz shunday ovqat tayyorlangki, u ovqatga keragicha tuz soling. Pishgach men yana tuz qo’shib tanovul qilay. Diqqat savol: Gap nima haqida ketmoqda?

5. Jahonda ikki “aka-uka” bor. Lekin ular bir-birini ko’rmagan. Ulardan biri 4 yil, ikkinchisi 6 yil yashagan. Diqqat savol: Bu “ aka-uka”larni toping.

6. O’qish, kitoblar, qonun, o’rganish, xushxabar. Ushbu so’zlarning umumiyligi nimada?

7. “ Haqiqiy yigit arslonday irillay olishi kerak” degan shior ostida har yili Janubiy Afrikaning Nelotreyt shahrida musobaqa o’tkaziladi. Musobaqada arslonday irillay olgan yigitar saralanadi. Musobaqa g’oliblari bilan sovrindorlari umga eng mos deb hisoblanilar ekan. Nimaga?

8. Antuan de Sent Ekzyuperi unga shunday ta’rif bergan “ Sening na ta’ming, na ranging, na hiding bor. Seni ta’riflash mumkin emas, sendan sening nima ekanligingni bilmagan holda lazzatlanishadi. Seni hayot uchun zarur deb bo’lmaydi-sen hayotning o’zisan. Sen biz o’z tuyg’ularimiz bilan bizni to’ldirasan. Sen dunyodagi eng ko’p boyliksan…”. U nimaga ta’rif bergan?

9. Alisher Navoiy xazratlari “Maxbub-ul-qulub” da yozganlar:

Kimlar bilan bo’lsang shulardeksan,

Ular yomon bo’lsa, sen ham yomonsan.

Yaxshi bo’lsa, sen ham yaxshisan

Yaxshi bo’l, yomon bo’l zinhor … bo’laman dema.

Savol nima bo’laman dema?

10. Dastlab soat ixtiro qilingan paytlari soniya millari bo’lmaga. XVII asr oxiriga kelib Jon Floer soniya millarini soatga kiritdi. Savol Jon Floerning kasbi nima edi?

11. keying vaqtlarda Angliyalik o’smir bolalar orasida ko’z shifokoriga murojaat qiluvchilar ko’payib ketgan. Nima qilsayu, ko’zoynak taqsa, ko’zoynak ko’rinishi dumaloq va girdi qora bo’lishi xohlamoqda. Ko’zoynak ustaari bu xildagi ko’zoynaklarni ko’plab sotishayotganidan xursand. Aytingchi, ular bu ko’zoynaklarni qanday nom bilan atashmoqda?

12. ko’pgina filmlardagi qishki manzaralar yozda suratga olinadi. Sun’iy qor tashkil qilinsa, aktyorlar qishki kiyimlar kiysa bas. Ammo ayrim hollarda qishda yozgi sahnalar olishga to’g’ri kelib qoladi. Qishda og’izdan bug’ chiqish holati ro’y berib qolmasligi uchun aktyorlarga bir narsa berishadi. Savol nima berishadi?

Javoblar:

1. G’iybatchilar

2. Familiya

3. soat

4. Qaynatilgan tuxum.

5. I va II jahon urushlari.

6. bular muqaddas kitoblarning nomlari: Qur’on, Bibliya, Tavrot, Tamut va Injil.

7. Kuyovlikka

8. suvga


9. Har ikkalasi bo’laman dema

10. Vrach bo’lgan



11. Garri Potter

12 Og’iz bo’shlig’i muzlatilsa, qishda og’izdan bug’ chiqmaydi. Aktyorlarga muz yedirishadi
Download 17.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling