Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana15.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
#20104
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‗LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
 
Z.A.Nazarova,  Yo.S.Karieva, G.M.Tureeva,   
N.S.Fayzullaeva,  Sh.F.Iskandarova 
 
 
 
Bilim sohasi: 500000 - Sog‘liqni  Saqlash  va ijtimoiy ta'minot 
Ta'lim sohasi: 510000 - Sog‘liqni Saqlash 
 
 
 
MAXSUS DORI TURLARI 
TEXNOLOGIYASI  
fanidan 
Yoshiga qarab beriladigan va maxsus 
dorilar texnologiyasi‖  
(II- qism) 
O‘QUV QULLANMASI 
 
 
5510500 – Farmatsiya (turlari bo‘yicha) 
5111000 - Kasb ta'limi   
ta'lim yo‘nalishlari  uchun 
 
 
 
Toshkent – 2017 

 

Ushbu  o‗quv  qo‗llanma  dorixona  muassasalarida  bolalar  hamda  yangi 
tug‗ilgan  chaqaloqlarga  mo‗ljallangan,  shuningdek  kosmetologiya  va  veterinariya 
amaliyotida  qo‗llaniladigan  dori  vositalar  texnologiyasini  o‗zlashtirishga,  sifatini 
baholashga  va  zamonaviy  nomenklaturalari  bilan  tanishishga  imkon  beradi.  Bunda 
ushbu  dori  vositalarni  tayyorlashda  qo‗llaniladigan  dori  va  yordamchi  moddalarni 
tanlash  asoslari, texnologik  jarayonlarni  amalga  oshirish tartiblari  yoritilgan. 
O‗quv  qo‗llanma  Farmatsevtika  instituti  5510500  –  Farmatsiya  (turlari 
bo‘yicha)  va  5111000  -  Kasb  ta'limi    ta'lim  yo‘nalishlarining    5  kurs  talabalari 
hamda farmatsevtika  amaliyoti  xodimlari  uchun qo‗llanma sifatida  tavsiya etiladi. 
 
 
Tuzuvchilar: 
 
     
Nazarova Z.A.
       Toshfarmi,  Dori turlari  texnologiyasi  kafedrasi   
                                       professori, farm.f.d., professor 
 
     Karieva Yo.S.          Toshfarmi,  Dori turlari texnologiyasi  kafedrasi   
                                       mudiri, farm.f.d., dotsent  
 
     Tureeva G.M.           Toshfarmi,  Dori turlari texnologiyasi  kafedrasi   
                                       dotsenti, farm.f.n., dotsent 
 
     Fayzullaeva  N.S.      Toshfarmi,  Dori turlari texnologiyasi  kafedrasi   
                                       dotsenti, farm.f.n., dotsent 
       
     
Iskandarova
 
Sh.F. 
Toshfarmi,  Dori turlari  texnologiyasi  kafedrasi   
                                       dotsenti, farm.f.d., dotsent  
 
Taqrizchilar: 
 
     Do‘smatov  A.F.        O‘zR SSV Farmakopеya Qo‘mitasi raisi,  farm.f.d 
 
     Xaydarov V.R.           Dori vositalarining sanoat texnologiyasi  kafedrasi mudiiri,   
                                      farm.f.n., dotsent  
 
 
     O‘quv qo‗llanma Toshkent farmatsevtika  institutining  Ilmiy  Kengashida   
     muhokama  etilgan  va tasdiqlangan  (2016 yil  15  sentyabr, 2- sonli majlis   
     bayoni) 
                             

 

                                              MUNDARIJA: 
 
 
 
Kirish…….............................................................................… 

Mavzu  1: 
Bolalarga  mo‘ljallangan  suyuq va qattiq dori turlari 
texnologiyasi…………………………………………………. 

Mavzu  2: 
Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan  dori turlari 
texnologiyasi…………………………………………………. 
47 
Mavzu  3: 
Kosmetik vositalar  texnologiyasi…………………………….. 
75 
Mavzu  4: 
Veterinariya  amaliyotida  qo‗llaniladigan  dori turlari 
texnologiyasi………………………………………………….. 
126 
 
Glossariy……………………………………………………….   166 
 
Ilovalar…....……………………………………………………  178 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

KIRISH 
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  2016  yilni  «Sog‗lom  ona 
va  sog‘lom  bola  yili»  deb  e‘lon  qilishi  munosabati  bilan  ushbu  yil  uchun  qabul 
qilingan  Davlat  dasturini  e‘lon  qilishda  davlat  va  jamiyatning  barcha  kuch  va 
imkoniyatlarini  ulkan  maqsad  sari  safarbar  etdilar:  ―Mamlakatimizda  jismoniy 
sog‗lom,  ma‘naviy  etuk,  har  tomonlama  uyg‗un  va  barkamol  rivojlangan,  mustaqil 
fikrlaydigan,  intellektual  salohiyatga,  chuqur  bilim  va  zamonaviy  dunyoqarashga 
ega,  Vatanimizning  taqdiri  va  kelajagi  uchun  mas‘uliyatni  o‗z  zimmasiga  olishga 
qodir  bo‗lgan  yosh  avlodni  tarbiyalab  voyaga  etkazish  vazifasini  izchil  davom 
ettirish  uchun  aniq  maqsadga  qaratilgan  keng  ko‗lamdagi  kompleks  chora-
tadbirlarni  amalga  oshirish  kerak‖.  Bugungi  kunda  ushbu maqsadni amalga oshirish 
bo‗yicha  Respublikamizda  juda  ko‗p  ijobiy  ishlar  amalga  oshirildi,  shuningdek  bu 
borada  hali  bajariladigan  ishlar  ko‗p.  Sog‗lom  avlodni  voyaga  etkazishda  albatta 
ona  va  bolaning  salomatligini  kafolatlaydigan  sog‗liqni  saqlash  tizimining  bir  qismi 
bo‗lmish  farmatsevtika  sohasida  ham  kompleks  chora-tadbirlar  bugun  amalga 
oshirilmoqda.  Bunda  bolalar  hamda  yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlarga  mo‗ljallangan 
dori  preparatlari  texnologiyasini  yaratishga  va  ishlab  chiqarishga  qodir 
mutaxassislarni  tayyorlash  sohamizning  muhim  ahamiyatga  ega  vazifalardan 
hisoblanadi.  
Uslubiy  qo‘llanma  «Pediatriya  amaliyotida  ishlatiladigan  suyuq  va  qattiq 
dorilarni  tayorlash  asoslari»,  «Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlarga  mo‗ljallangan  dorilar 
texnologiyasi»,  «Kosmetik  vositalar  texnologiyasi»,  «Veterinariya  amaliyotida 
qo‗llaniladigan  dori  turlari  texnologiyasi»  mavzusidagi  laboratoriya  mashg‘ulotlari 
zamonaviy  talablarga  binoan  o‘tkazish,  bugungi  kunda  dorixonada  ko‘p 
uchraydigan  retseptlar  misolida  bolalar  va  yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlar  uchun 
mo‘ljallangan  dori  turlarni  tayyorlash,  ushbu  dori  vositalarga  korrigentlar  q‘oshish 

 

bo‘yicha  amaliy  ko‘nikmalarni  hosil  qilish,  sifatiga  baho  berish,  jihozlash  va 
saqlash kabi ma'lumotlarni  o‘zlashtirishga  yordam beradi.  
Yoshiga  qarab  beriladigan  dori  turlarga  bolalar  va  keksalar  uchun 
mo‗ljallangan  dori preparatlarni  kiritish  mumkin. 
Yoshiga  qarab  beriladigan  dori  turlari  muammosi  zamonaviy  biofarmatsevtik 
nazariyasining  asosini  tashkil  etuvchi  qator  omillarga  bog‗liq  bo‗lib,  jumladan, 
inson  yoshini  inobatga  oladigan  fiziologik  omillar  ham  dori  vositaning  terapevtik 
samaradorlikni  belgilovchi  muhim  ko‗rsatkichlardan hisoblanadi. 
Ko‗p  sonli  tajribalar  isbotlashicha,  bola  organizmi  o‗ziga  xos  anatomik, 
fiziologik 
va 
psixosamatik 
xususiyatlarga 
ega.  Bolalar  organizmi  (dori 
vositalarning  metabolizmiga  javob  beruvchi)  ko‗pgina  ferment  ishlab  chiqaruvchi 
tizimlarning  hali  rivojlanmaganligi,  bola  psixikasi  o‗zgaruvchanligi,  masalan, 
og‗riq  va  achchiq  ta‘mni  o‗ta  sezuvchanligi  bilan  tavsiflanadi.  Bu  esa 
go‗daklarning  dori  preparatlarni  qabul  qilishida  o‗zgacha  noxush  reaksiyani 
namoyon  etishiga  sabab  bo‗ladi.  Bu  hol  yosh  bolalar  uchun  mo‗ljallangan  maxsus 
dori  vositalarni  yaratilishiga  asos  bo‗ladi.  Bunda  dori  vositaning  tarkibi  va 
texnologiyasini 
ish‗lab 
chiqishda  faqatgina  dozasini  kamaytirish  bilan 
cheklanmasdan,  balki  yoshiga  qarab  qabul  qilinishi  qulay  va  turli  yoshdagi 
bemorlar organizmining  xususiyatlarini  hisobga olish  kerak. 
Bu 
masalalarni 
hal 
etishda 
bir 
qator 
fiziologik,  texnololgik  va 
biofarmatsevtik  masalalarni  hisobga  olish  lozim.  Chunki  ko‗p  yillar  mobaynida 
ushbu  masalaga  noto‗g‗ri  yondoshilib  kelingan  va  yoshiga  qarab  beroiladigan  dori 
vositalar  faqatgina  dozasi  bilan  farqlangan.  Biofarmatsiya  fan  yutuqlariga 
asoslanib,  so‗ngi  o‗n  yil  mobaynida  yoshiga  qarab  beriladigan  dori  preparatlarga 
alohida  ahamiyat  berilmoqda  va  shu  sababli  xali  ushbu  preparatalar nomenklaturasi 
nisbatan katta emas.   

 

Bolalar  uchun  mo‗ljallangan  dori  vositalar  yoshiga  hos  dozada,  ta‘mi 
niqoblangan  va  yuqori  samaraga  ega  hamda  qollash  uchun  qulay  jihozda  bo‗lishi 
kerak. 
Ushbu  o‗quv  qo‗llanmaning  yoshiga  qarab  beriladigan  dori  turlari 
texnologiyasi  ikkita  bo‗limdan tashkil  topgan:  
1. Bolalarga  mo‗ljallangan  suyuq va qattiq dori turlari  texnologiyasi. 
2.  Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlarga  mo‗ljallangan  dori  turlari  texnololgiyasi. 
Bolalarga  mo‗ljallangan  yumshoq dori turlari  texnologiyasi. 
O‗quv  qo‗llanmada  taklif  etilgan  dori  vositalarning  tarkiblari  dorixona 
amaliyotida  keng  uchraydigan  bolalar  uchun  mo‗ljallangan  retseptlar  asosida 
tuzilgan  va  keltirilgan  texnologiyalar  zamonaviy  me‘yoriy  xujjatlar  talabiga  to‗la 
mos  keladi.  O‗quv  qo‗llanmada  korrigentlarni  qollash  asoslari  va  ularni  sifatini 
baholash bo‗yicha ma‘lumotlar  keltirilgan. 
Maxsus  dori    turlari  texnologiyasida  kosmetik  va  veterinar  dori  vositalarning 
texnologiyasi  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Kosmetik  preparatlar  dorixonada 
tayyorlanadigan  dori  vositalar  assortimenti  ichida  mustahkam  joy  egallaganlar  va 
bugungi  kunda  ularga  zeb  beruvchi  mahsulot  emas,  balki  turli  kosmetik 
nuqsonlarni  bartaraf  etuvchi  gigienik-profilaktik  vositalar  sifatida  qaralmoqda.  Shu 
sababli  farmatsevtlar  kosmetik  va  veterinar  dori  vositalar  texnologiyasi  bo‗yicha 
maksimal  ravishda  ma‘lumotlarni  olishga  intilishadi.  Bunda  ular  kosmetik 
vositalarni  imkon  qadar  sifatli  va  bezarar  bo‗lishini  ta‘minlaydilar.  Bugungi  kunda 
samarador,  teri  va  organizm  uchun  mutlaqo  bezarar  fitokosmetik  vositalarga  talab 
katta. 
Uslubiy  qo‘llanmada  kosmetik  vositalar  texnologiyasi  va  veterinariya 
amaliyotida  qo‗llaniladigan  dori  turlari  texnologiyasiga  oid  so‘ngi  ilmiy  yangiliklar 
bilan  bir  qatorda  hozirgi  kunda  ta'lim  jarayonida  keng  qo‘llaniladigan  interaktiv 
metodlar  va  innovatsion  texnologiyalarni  o‘quv  jarayonida  qollashni  ko‘zda  tutadi. 

 

Zamonaviy  pеdagogik  tеxnologiyalar  o‘quvchi-talabalarni  faqat  tayyor  bilimlarni 
egallashga  emas,  balki  bilimlarni  o‘zlari  qidirib  topishlari  va  tеgishli  xulosalarni 
ham  o‘zlari  kеltirib  chiqarishga  o‘rgatadi.  Qo‘llanma  ilg‘or  pеdagogik 
tеxnologiyalar  printsipida  tuzilgan:  mavzuni  o‘rganishdan  maqsad,  mavzuning 
ahamiyati,  talabalar  vazifasi,  uslubiy  ta'minot  va  mashg‘ulotni  jihozlanishi, 
vaziyatli  maslalar  («Mummoli  vaziyat»  pеdagogik  tеxnologiya  mеtodidan 
foydalangan  holda  muhokama  qilish  tavsiya  etiladi),  mustaqil  tayyorlanish  uchun 
savollar  va  bajariladigan  topshiriqlar  («Aqliy  hujum»  pеdagogik  tеxnologiya 
mеtodidan  foydalangan  holda  o‘tkazish  tavsiya  etiladi),  uslubiy  ko‘rsatmalar, 
talabalarni  o‘zlashtirishini  tеkshirishda  tеst  savollari  va  talabalarni  umumiy  fikr 
doirasini  kеngaytirish,  mustaqil  ravishda  adabiyotlardan  foydalanishiga  qaratilgan  
«Tarmoqlar» mеtodlari asosida topshiriqlar bеrilgan.   
Uslubiy  qo‘llanmadani  tuzishda  zamonaviy  horijiy  adabiyotlarda  keltirilgan 
ma‘lumotlardan  keng  foydalanildi.  Jimladan,  «Pediatriya  amaliyotida  ishlatiladigan 
suyuq  va  qattiq  dorilarni  tayorlash  asoslari»  va  «Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlarga 
mo‗ljallangan  dorilar  texnologiyasi»  mavzusidagi  laboratoriya  mashg‘ulotlarida  
Dr.  Jaime  Cortina  ―Pediatria  para  todos  (Spanish  Edition)‖,  Loyd  V.  Allen, 
Jr.,Nicholas  G.  Popovich,  Howard  C.  Ansel.Ansel‘s  ―Pharmaceutical  Dosage 
Forms  and  Drug  Delivery  Systems‖  va  Michael  E.  Aulton,  Kevin  M.G.  Taylor 
―The  Design  and  Manufacture  of    Medicines‖,  «Kosmetik  vositalar  texnologiyasi» 
mavzusidagi  laboratoriya  mashg‘ulotlarida 
Baki  Gabriella  and  Kenneth  S. 
Alexander  ―
Introduction  to  Cosmetic  Formulation  and  Technology‖  va  Andre´  O. 
Barel,  Marc  Paye,  Howard  I.  Maibach  ―Handbook  of  cosmetic  science  and 
technology‖,    «Veterinariya  amaliyotida  qo‗llaniladigan  dori  turlari  texnologiyasi» 
mavzusidagi  laboratoriya  mashg‘ulotlarida  Steven  B.  Kayne,    Michael  H.  Jepson 
―Veterinary  Pharmacy‖ adabiyotlardan  foydalanildi. 
 
 

 

MAVZU:  «
BOLALARGA  MO‘LJALLANGAN  SUYUQ VA 
QATTIQ  DORI  TURLARI  TEXNOLOGIYASI
» 
 
 
I.
 
Mavzuni o‘rganishdan maqsad 
Pеdiatriya  amaliyotida  ishlatiladigan  suyuq  va  qattiq  dori  turlari 
tеxnologiyasini,  bolalarga  mo‘ljallangan  dorilarni  ta'mini  yaxshilash  asoslarini 
o‘zlashtirish.  Tayyorlangan  dori  turlarni  sifati,  jihozlanishi  va  saqlash  muddati  va 
sharoitiga  ahamiyat  bеrish. 
II.
 
Mavzuni ahamiyati 
Pеdiatriya  amaliyotida  ishlatiladigan  zamonaviy  suyuq  va  qattiq  dorilarni 
tayyorlash, 
sifatini 
baholash 
asoslarini 
o‘zlashtirish.  Bolalar  amaliyotida 
qo‘llaniladigan  yordamchi moddalarni  qollash asoslarini  o‗rganish. 
III. Talabalar vazifasi 
-  Pеdiatriya  amaliyotida  qo‘llaniladigan  suyuq  va  qattiq  dorilarni  ta'rifi  va 
tasnifini    kеltiradi.  Bolalar  uchun  mo‘ljallangan  dori  prеparatlarda  ta' sir  etuvchi 
moddaning dozasini hisoblaydi.  
-  Bolalar  uchun  mo‘ljallangan  dorilar  tеxnologiyasi  va  qo‘llaniladigan 
yordamchi  moddalarni  tanlashni  o‘ziga  xosligini  ta'riflaydi.  Korrigеntlar  turi  va 
tasnifini  ta'riflaydi.  Korrigеntlarni  miqdori  va  dori  tarkibiga  kiritilish  tartibini 
izohlaydi. 
-  Abu  Ali  ibn  Sino  «Tib  qonunlari»  asarida  ta'riflagan  suyuq  va  qattiq 
dorilar,  ularni  nohush  ta'mini  niqoblash  uchun  qo‘llaniladigan  yordamchi  moddalar 
haqida ma'lumot  bеradi. 
-  Pеdiatriya  amaliyotida  qo‘llaniladigan  suyuq  va  qattiq  dorilarni  sifatini 
baholash va jihozlashni  o‘ziga xos tomornlarini  ta'riflaydi.   
Talabalar  vazifasini  bajarish  uchun  mavzuga  taalluqli  adabiyotlar,  ma'ruzalar 
matni,  jadvallar,  slaydlar va kollеktsiyalardan  foydalanadi. 

 

IV. Mashg‘ulotni jihozlanishi 
 VR-1; VR-5; VR-20; VR-100 qo‘l torozi va toshlar (DTST 7328-61); VKT-
1000  torozi  (DTST  7328-61);  turli  kattalikdagi  hovonchalar  dastasi  bilan; 
tozalangan  suv  uchun  byurеtka;  pipеtkalar,  shisha  voronka;  o‘lchov  silindirlari; 
diamеtri  10-15  sm  li  chinni  kosacha; paxta; doka; filtr qog‘ozi; pеrgamеnt qog‘ozi; 
mumlangan  qog‘oz  kapsulalari;  qo‘ng‘ir  rangli  (OS,  OS-1  navli)  va  rangsiz  (MTO 
navli)  hajmi  50  va  100  ml  li  shisha  idishlar,  ular  uchun  polietilеn  probkalar  va 
burama plastmassa qopqoqlar; ‖Ichish uchun‖, „Sirtki‖, „Kukun dori‖ dеgan asosiy 
va  „Bolalar  uchun‖,  „Salqin  joyda  saqlansin‖,  „Yorug‘lik  tushmaydigan  joyda 
saqlansin‖,  „Qollashdan  oldin  chayqatilsin‖  kabi  qo‘shimcha  yorliqlar  va  kraxmal 
shilimshig‘i. 
 
V. Uslubiy ko‘rsatmalar 
 
 
 
 
Pеdiatriya  amaliyotida  qo‘llaniladigan  suyuq  va  qattiq  dori  turlari  XI-DF 
talablari  va  O‘zR  SSV  ni  buyruqlari  bilan  tasdiqlangan  qo‘llanmalar:  „Dorixona 
muassasalarida  suyuq  dori  turlarini  tayyorlash  bo‘yicha  qo‘llanma‖  (29.12.2002  y. 
582-sonli  buyruq);  „Dorixona  muassasalarida  tayyorlanadigan  dori  turlarining 
sifatini  baholash  bo‘yicha  qo‘llanma‖  (29.12.2002  y.  583-sonli buyruq); „Dorixona 
sharoitida 
tayyorlangan 
dori 
vositalarini 
sifatini 
yaxshilash 
borasida‖ 
yo‘riqnomasining  2-ilovasi  (21.04.2000  y.  195-sonli  buyruq);  „Dorixona 
muassasalarida  stеril  va  asеptik  dorilar tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma‖ (28.04.2003 
y.  198-sonli  buyruq);  „Dorixona  muassalari  tomonidan  tayyorlanadigan  va  idishga 
jihozlanadigan  dori  vositalarni  tashqi  bеzagiga  doir  qoidalar‖  (15.04.2002  y.  177-
Pediatriya  –  bolalar  organizmining  o‗ziga  hosligi,  bolalarda 
kasalliklarni  kelib  chiqish  sabablari  va  mexanizmini  o‗rganadigan 
va ularni  davolash usullarini  ishlab  chiqadigan  tibbiyot  fan sohasi 
 
 

 
10 
sonli  buyruq)  asosida  va  dori  moddani  fizik-kimyoviy  holatini  hisobga  olib 
tayyorlanadi. 
Dori  vositaning  bola  organizmiga  ta‘sir  etish  reaksiyasi  turlicha  bo‗lib,  u 
ko‗p  omillarga  bog‗liqdir  va  oldindan  qanday  ta‘sir  ko‗rsatishni  bilish  qiyin. 
Bolalarning  har  bir  hayot  davri  o‗ziga  hos  xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi  va  ular 
asab,  endokrin,  mushak,  yurak  qon-tomir  va  boshqa  tizimlarni  rivojlanishiga 
bog‗liq.  Shu  sababli  standart  bola  bo‗lmaganidek,  organizmga  ham  dori  vosita 
standart  ta‘sir  ko‗rsatmaydi.  Masalan,  morfin  yangi  tug‗ilgan  chaqaloqning  nafas 
tizimi  faoliyatini  osongina  to‗htatib,  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatishi  mumkin,  narkoz  uchun 
beriladigan  natriy  oksibutirat  esa  bunday  ta‘sir  ko‗rsatmaydi.  Noradrenalin  aniq 
ravishda  yangi  tug‗ilgan  chaqaloqning  arterial  qon  bosimni  ko‗taradi,  efedrin  esa 
bunday ta‘sirni sezilarli  ravishda namoyon etmaydi. 
Bolalar  ulag‗ayishi  bilan  ayrim  preparatlarga  (aminazin,  adrenalin) 
chidamlilik  pasaysa,  boshqalarga  (morfin,  rezerpin)  esa  ortib  boradi,  uchinchi 
turdagi  dori vositalarga  (fenamin,  atropin) esa to‗lqinsimon o‗zgarishi kuzatiladi. 
Bolalarni  rivojlanishiga  qarab  dori  vositalarning  terapevtik  dozalari  ham  bir 
tarzda  o‗zgarmasligi  aniqlangan.  Shu  sababli  kattalar  dozasidan  kelib  chiqqan 
holda  bolalar  uchun  mo‗ljallangan  dozani  hisoblash  notug‗ri  deb  hisoblash 
mumkin.  Shuning  uchun,  bolalar  dozasini  hisoblamasdan,  klinik  sinovlarga 
asoslangan  holda  beligalish  to‗g‗ri  bo‗ladi.  Ushbu  usulda  aniqlangan  dozalar 
Davlat 
Farmakopeyasi 
tomonidan 
xuquqiylashtirilib, 
retseptlar 
ma‘lumotnomalarida  va dori preparatlar annotatsiyalarida  e‘lon qilinadi. 
Bolalar  uchun  mo‗ljallangan  dori  preparatlar  dozasini  turlicha  ifodalashadi:  1 
kg  tana  massasiga,  tana  sathi  birligiga  yoki  yoshiga qarab. Bular ichida dozani tana 
sathi  hisobidan  belgilash  eng  maqsadga  muvoffiq  bo‗lib,  bola  yoshiga  qarab 
belgilangan  doza  esa  taxminan  deb  topilgan.  Ayrim  xorijiy  davlatlardan  keltirilgan 
dori  preparatlarning  jihozlariga  maxsus  chizg‗ich  qo‗shib  qo‗yilgan  bo‗ladi,  ushbu 

 
11 
chizg‗ich  bolaning  antropometrik  parametrlariga  ko‗ra  dori  preparat  dozasini 
aniqlashga  imkon beradi (1-ilova). 
Bolalar uchun tayyorlanadigan dorilar dozasini tekshirish: 
   Rp:  Streptocidi               3,0  
          Sirupi sacchari           5 ml 
          Aquae purificatae  100 ml 
           M.D.S. Bir dеsеrt qoshiqdan kuniga 3 mahal (7 yoshli bolaga). 
Bolalarga  suyuq  dori  turlari  osh qoshiqda (15 ml), desert (bol) qoshiqda (10 
ml),  choy  qoshiqda  (5  ml)  yoki  maxsus  menzurkalar  va  dozatorlar  yordamida 
o‘lchab beriladi.  
Dori qabul qilish uchun ―Pigeon‖ shprits-dozator  
 «Pigeon»  shprits-dozator  (ishlab  chiqaruvchi  Pigeon 
Corporation, 
Yaponiya) 
Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlik 
davridan  boshlab  bolalarga  dori  berishda  ishlatiladi.  Shprits-
dozator  plastik  materialdan  tayyorlangan  bo‗lib,  yumshok 
tumshuqchaga, 
himiyalovchi-chegaralovchi 
moslamaga 
hamda 
ushlash 
uchun 
qulay 
dumaloq 
halqasimon 
ushlagichlarga  ega. 
 Ushbu  moslama  dori  preparatni  organizmga  kiritish  tezligini  nazorat 
qilishga  imkon  beradi.  Ishlatishdan  oldin  va  keyin  shprits-dozatorni  sovunli  suvda 
yuvish, so‗ng qaynatilgan  suvda chayish tavsiya  etiladi.
  1
 
Misol  sifatida  keltirilgan  retseptda  suyuq  dorining  umumiy  hajmi  105  ml  va 
u  desert  qoshiq  ilan  o‘lchab  beriladi.  Bunda  biz  suyuq  dorini  bemor  necha  marta 
qabul  qilishini  aniqlaymiz:  105  g  :  10  g  =  10,5  marta.  Retseptda  keltirilgan  kuchli 
ta‘sir etuvchi modda – streptosid dozasini tekshirish uchun biz X-DF 633-maqolada 
                                                                 
1
  Dr.  Jaime  Cortina.  Pediatria  para  todos  (Spanish  Edition).- 
Published  by Grijalbo,  2011
.-  P.125-
130.
 
 

 
12 
(647 bet) kattalar uchun bir martalik yuqori doza  – 1,0 g, bir sutkalik yuqori doza – 
7,0  g  ni  tashkil  etishi  aniqlandi.  1-ilova  1-jadvalda  7  yoshli  bolaga  kattalar 
dozasining  1/2  qismi  berilishi  ko‘rsatilgan  (7  yoshli  bolaga  beriladigan  bir  martalik 
yuqori doza – 0,5 g). Retseptda 3,0 g streptosid 10 marta ichilsa, bir marta esa – 0,3 
g. Demak streptosid dozasi oshib ketmagan deb hosoblash mumkin (0,5 g > 0,3 g). 
Bolalar  uchun  mo‘ljallangan  dorilar  dozasini  hisoblash  uchun  dozis-
faktordan  foydalanish  qulay:  kattalar  uchun  berilgan  dozani 1 kg tana massasiga 70 
ga  (o‘rta  hisobdan  katta  insonning  tana  massasi)  bo‘lish  bilan  o‘tkaziladi,  olingan 
natija  bola  tanasining  massasi  va  dozis-faktorga  ko‘paytiriladi  (L.V.Pastushenkov, 
E.E. Lesiovskaya, 1995): 
Bolaning yoshi - dozis-faktor 
1 yoshgacha - 1,8 
1—6 yosh    - 1,6 
6—10 yosh  - 1,4 
10-12 yosh   - 1,2 
13—15 yosh - 1,1 yoki 1,0 
Ushbu  usulda  sintetik  va  osimliklardan  olingan  dori  preparatlarni  dozasini 
hisoblash mumkin. 
Bolalar uchun tayyorlanadigan dorilarga korrigеntlar q‘oshish nazariy 
va  amaliy  asoslari.  Bolalarga  mo‘ljallangan  pеroral  dorilarni  yaratishda  asosiy 
e'tibor dori moddalarni nohush ta'mi, hidi va rangini  niqoblashga qaratilgan.   
 
 
 
Biofarmatsеvtik  nazariyalar  asosida  dorilarni  hidi  va  ta'mini  niqoblash  uchun 
bir nеcha usullar  taklif  qilingan: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling