Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana15.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
#20104
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

Geriatrik  vositalar  –  qari,  keksa,  yoshi  ulug‗  organizmning  a‘zo  va 
to‗qimalari  faoliyatiga  ta‘sir  ko‗rsatib,  uning  moslashuv  imkoniyatlarini 
kuchaytiradigan  moddalar.  
Geriatriya  –  keksalarda  uchraydigan  kasalliklar  hakidagi  ta‘limot  bo‗lib, 
barvaqt qarishning  oldini  olishga  doir masalalarini  ham o‗rganadi. 
Gerontologiya – odam organizmining qarish jarayonini  o‗rganadigan fan. 
Glitserin  –  uch  atomli  spirt,  og‘ir  moysimon  suyuqlik;  suvda  yaxshi  eriydi, 
yoq‘lar  tarkibiga  kiradi;  g.  terini  yumshatish  va  ba‘zan  dorilarni  eritish  uchun 
qo‘llaniladi. 
Globulalar  —  shakli yumalok suppozitoriylar, asosan ayollar jinsiy organiga 
davo kilish  uchun ishlatiladigan  yumshoq dori shakli.   
Granula  –  og‘iz  orqali qabul qilishga  mo‘ljallangan  bir  hil  dumaloq, 
silindrsimon  yoki  noto‘g‘ri  shakldagi  donachalar  donachalar  (kattaligi  0,2  mm) 
bo‘lib,  ofitsinal  qattiq  dori  shakllari  guruhiga  kiradi.  Veterinariyada  ishlatiladigan 
granulalar  o‘lchami 0,2-3 mm bo‘ladi. Ular korxonalarda tayyorlanadi. 
Damlama  va  qaynatmalar  –  o‗simlik  xom  ashyosidan  ajratib  olingan yoki 
ekstraktlarni  suvdagi eritmasidan  tashkil  topgan suyuq dori turi. 
Dekorativ  kosmetologiya  -  izlanishli  kosmetologiya  asosan  chiroyni 
bo‗rttirib  ko‗rsatishga  va  tashqi  ko‗rinishdagi  kamchiliklarni  berkitishga  qaratilgan. 
Buning  uchun  quyidagi  usullardan  foydalaniladi:  dekorativ  kosmetika,  sartaroshlik 
san‘ati, manikyur,  pedikyur, rasm-udumni  yaratish.  
Depilyatoriy  –  soch  va  tuklarni  vaqtincha  tushirish  uchun  ishlatiladigan 
kimyoviy  moddalar;  ko‘proq  zamburug‘lar  bilan  zararlangan  tirnoqlarni  eritishda 
va kosmetikada qo‘llaniladi. 
Deratizatsion  vositalar  –  kemiruvchilarni  yo‘qotish  uchun  q‘o‘llaniladigan 
vositalar. 
Derma  –  teri  –  xususiy  teri  qavati;  teri  gistologik  tuzilishi  nuqtai  nazaridan 
uch  qismga  bo‘linadi;  1)  epiderma–teri  usti  muguz  qavati;  2)  derma  –  xususiy  teri 
qavati va 3) gipoderma – teri osti yog‘ qavati. 
Dozator - aniq dozalarga bo‗lib beruvchi asbob. 
Draje  –  ichish  uchun  mo‘ljallangan  qand  ustiga  (massasi  0,025  g)  dori  va 
yordamchi  moddalarni  obakilash  yoli  bilan  olinadigan  va  dozalarga  bo‘lingan 
qattiq  dori  turi.  Drajelar  to‘g‘ri  sfera  shaklda  bo‘ladi,  qoplangan  qoiq  massasi 
drajening  umumiy  massasini  20%  tashkil  etedi.  Draje  olishda  qand,  kraxmal, 
patoka,  asosli  magniy  karbonat,  bug‘doy  uni,  kakao,  etiltselluloza,  bo‘yovchi  va 
boshqa  yordamchi  moddalar  ishlatiladi.  Drajelar tarkibi bo‘yicha odiy va murakkab 
tarkibli  bo‘lishi  kerak.  Drajelar  tarkibida  10  ta  va  undan  ko‘p  dori  moddalar 
berilishi  mumkin,  ular  bir-biridan  yordamchi moddalar bilan  ajralib  turadi. 
Dustlar  (Dusta,   -ae,   -ae)  –  changga  o‘xshash  poroshok  holdagi  dori turi 
bo‘lib,  tarkibida  dori  va  to‘ldiruvchi  moddalar  saqlaydigan  -  oson 

 
168 
adsorbtsiyalanadigan  moddalar  (talk,   oq  gil,  bentonit  va  b.).  Dustlar  tarkibida 
antiparazitar,  insektitsid  vositalar  va repellentlar  beriladi. 
Efir moylari (Olea aetherea) – bu xushboy moddalar aralashmasi bo‗lib, ular 
turli  sinflarga  mansub  organik  birikmalardan  tashkil  topgan  bo‗ladi,  ko‗p  hollarda 
terpenoidlar,  ayrim  hollarda  aromatik  va alifatik  birikmalar. 
Ekstrakt  (-lar)  –  o‗simlik  (ayrim  hollarda  hayvon)  xom  ashyosidan  suv, 
spirt  va  boshqa  ajratuvchilar  yordamida  ajratib  olinadigan  konsentrlangan 
ajratmalar.  Suyuq,  quyuq  va  quruq  ekstraktlar  hamda  ekstrakt-konsentratlarni 
farqlashadi:  suyuk  e.  —  oson  qo‗zg‗aluvchan,  spirt-suvli  ajratmalar.  Ular  1:1 
nisbatda  tayyorlanadi;  kuyuk  e.  — kuyuk asalsimon chuziluvchan modda, tarkibida 
25%  gacha  namlik  bo‗ladi;  kuruk e. — sochiluvchan talkonsimon massa bulib, 5% 
gacha  namlik  tutadi;  e.-  konsentratlar — damlama va qaynatmalar tayyorlash uchun 
ishlatiladi,  suyuq  ekstrakt-konsetratlar  (1:2  nisbatda)  va  quruq  ekstrakt-
konsentratlar  (1:1  nisbatda) 20-40% etil  spirti yordamida ajratib  olinadi. 
Ekstragent  –  ekstragent,  ajratma  oluvchi  sifatida  tozalaangan  suv,  turli 
konsentratsiyadagi  etil  spirt, tibbiyot efiri,  xloroform va  b. ishlatiladi. 
Eliksir  –  bu  tarkibida  biofaol  dori  moddalar,  qand  yoki  qand  o‘rnini 
bosuvchi  ingredientlarni  saqlaydigan,  shirinlashtirilgan  va  xushbo‘ylashtirilgan 
suvli-spirtli  tiniq  shirin  mazali  suyuq  dori  turi.  Eliksirlar  tarkibida  qand  yoki 
sorbitning  mo‘tadil  konsentratsiyasi  -  40%,  shuningdek  erituvchi  va  konservant 
sifatida  eliksirlar  tarkibiga  20-30%  etil  spirti  qo‘shiladi,  undan  yuqori 
konsentratsiyadagi  etil  spirti qand va sorbitni erishiga  salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. 
Empirizm  —  bilimni  faqat  sezgi  tajribasi  bilan  egallash  mumkin  deb  davo 
qiladigan  mexanik  ta‘limot. 
Emulgator  —  ikki  xil  suyuqlikni  bir-biri  bilan  qo‗shib,  emulsiya  hosil qilish 
uchun ishlatiladigan  modda. Emulgatorga sovun, jelatina  kabi moddalar kiradi.  
Emulsiya  —  farmatsiyada  bir-birida  juda  kam  yoki  tarkibida  mutlaqo 
erimaydigan  suyuqliklarni  maxsus  ishlash  yo‗li  bilan  olingan  dori  turi.  Har  qanday 
emulsiya  dispers  muhit  (odatda  suv)  va  dispers  faza  (odatda  yog‗,  balzam)dan 
iborat  bo‗ladi.  Tibbiyotda  ishlatiladigan  emulsiyalar  suv  bilan  yog‗  aralashmasidan 
tayyorlanadi  va tashqi ko‗rinishi  sutni eslatadi. Masalan,  suv va ba‘zi suyuk dorilar. 
Emulsiya hosil kilish - emulsiyaga aylantirish. 
Epidermis  –  ko‗p  qatlamli  yassi  epiteliydan  tashkil  topgan  terining  yuqori 
qavati. 
 Epilyasiya  –  soch  va  tuklarni  sun‘iy  yulib olish, rentgen nurlari bilan ishlov 
berish, mum yoki epilin  malhamini  qo‗llash yordamida yo‗qotish. 
Eritmalar  –  syuq,  qattiq  va  gaz  holdagi  bir  yoki  bir  nechta  dori  moddani 
erituvchida  eritib  tayyorlangan  suyuq  dori  turi.  Ichish,  sirtga  va  parenteral 
qo‘llanadigan  eritmalarni  farqlash mumkin. 

 
169 
Erituvchi  —  biror  moddani  o‘zida  eritadigan  suyuqlik.  Erituvchilarga  suv, 
spirt,  efir,  xloroform,  o‘simlik  moylari,  toluol,  ksilol,  benzol  va  b.  misol  bo‘la 
oladi.  
Hab  dorilar,  pilyulalar  —  dozalarga  bo‘lingan,  ichishga  mo‘ljallangan, 
dumaloq  shaklli  qattiq  dori  turi,  og‘irligi  0,1-0,5  g  gacha  bo‘ladi.  Hab  dorilar 
yordamchi  va  dori  moddalar  aralashmasidan  cho‘ziluvchan  zuvala  holiga 
keltirilgan  massadan tayyorlanadi. 
Himoya  surtmasi  -  sin.  profilaktik  surtma  –  ish  jarayonida  qo‗l  va  yuz 
terisiga  ziyon-zahmat  etkazadigan  moddalar  yoki  ommaviy  qirg‘in  qurollari 
ta‘siridan  saqlanish  yoxud  ular  ta‘sirini  kamaytirish  maqsadida  teriga  surtishga 
mo‗ljallangan  surtmalar. 
Husnbuzar  (sin.  ugri)  —  seboreya  va  teri  yog‘i  kimyoviy  tarkibining 
buzilishi  natijasida  kelib  chikadigan  soch  follikullarining  va  yog‗  ishlab 
chiqaruvchi  bezlarining  yallig‗lanishidan  terida yiringli  pufakchalar hosil bo‗lishi. 
Ingalyasiya  –  maxsus  apparat  –  ingalyator  yordamida  purkalgan  dori 
moddalarni  hidlash yo‗li bilan  davolash usuli. 
Insektitsid  qalamchalar — hasharotga qarshi qo‘llaniladi; qon to‘htatuvchi 
qalamchalar  —  qon  to‘htatuvchi  vosita  sifatida  qo‘llaniladi;  to‘tiyo  qalamchalari 
tarkibida  mis  sulfat  va  jelatin  saqlaydi.  Traxomada  kuydirish  uchun  ishlatiladi; 
qalamcha  dorilar,  oddiy  yoki  murakkab  dorilardan  silindr  shaklida  tayyorlangan 
dori  qalamcha;  kumush  nitrat  qalamchasi  —  yaralar  (sugal)ni  kuydirish  uchun 
ishlatiladi;  mentolli  qalamcha  —  migrenda  teriga  surtiladigan  mentol  saqlovchi 
qalamcha.  
Izotonik eritmalar — osmotik bosimi qon bosimining osmotik bosimi bilan 
teng  bo‘lgan  eritmalar  (mas.  natriy  xloridning  0,9%  li,  glyukozaning  5%  li  suvli 
eritmalari). 
Instillyasiya  —  suyuq  dori  vositalarini  tomchilab  yuborish;  mas.  siydik 
chiqarish  kanali  yoki  qovuqqa  biror  modda  eritmasini  instilyator  yordamida 
tomizish. 
Karamellar  (ledensы)  –  og‗izda  so‗riladigan,  og‗iz  bo‗shlig‗i  tomoq  va 
oshqozon-ichak  tizimi  kasalliklarini  davolash  uchun  mo‗ljallangan,  tarkibida  dori 
modda  (asosan  antiseptik,  mikrob  va  zamburug‗larga  qarshi  ta‘sirga  ega  dori 
moddalar)  va  ko‗p  miqdorda  invertlangan  qand  saqlovchi  yoki  saqlamaydigan, 
(qand  o‗rnini  bosuchi  moddalar  bilan  tayyorlangan),  xushbo‗ylashtiruvchi 
essensiyalar  va  efir  moylari  qo‗shilgan  dozalarga  bo‗lingan  qattiq  qandolat  dori 
turiga  aytiladi.   
Keratolitik  vositalar  –  epidermisning  gipertdori
 
gipertrofiyaga  uchragan
 
muguz qatlamini  yumshatish va ko‗chini chaqiradigan  dori moddalar.  
Klizma  –  xukna  –  davolash  yoki  diagnostik  maqsadlarda  durvaza  (ortki 
chiqaruv  teshigi)dan  to‗g‘ri  ichakka  suyuqlik  (dori  modda,  aralashma  va  b.) 
yuborish muolajasi. 

 
170 
Koldkrem  –  (sovuq  qaymoq)  –  asosan  muzlatuvchi  xususiyatiga  ega 
kosmetik  surtma.  Krem  tarkibidagi  suv  bug‗lanib,  terida  tinchlantiruvchi, 
muzlatuvchi  ta‘sirini  ko‗rsatadi.  
Korrigent  modda  –  dori  preparatning  organoleptik  xarakteristikalari  (ta‘mi 
yoki hidi)ni  yaxshilovchi  modda. 
Kosmetika  (kosmetike)  -  grek  so‗zidan  olingan  bo‗lib,  pardozlash,  bezash, 
chiroy  berish  san‘ati  va  pardozlash  uchun  ishlatiladigan  vositalar  va  usullar  degan 
ma‘noni beradi. 
Kosmetologiya  (kosmetike+logia)  –  tibbiyot  fanining  bir  bo‗limi  bo‗lib, 
pardozlash  san‘ati  yoki  inson  chiroyni  turli-tuman  usullar  va  vositalar  yordamida 
saqlash haqidagi  ilm-fan  deganidir.      
Kosmetsevtika  - "Kosmetika" va "Farmatsevtika" so‗zlardan hosila bo‗lgan 
so‗z.  Turli  kasalliklarni  oldini  olish  maqsadida  kosmetik  vositalarga  sekin-asta 
davolovchi-profilaktika 
hossalari 
berila 
boshlandi 
va 
XX 
asr 
ohirida 
"Kosmetsevtika" yo‗nalishi  paydo bo‗ldi. 
Kosmetik vositalar — kosmetologiyada ishlatiladigan  dori moddalar. 
Kosmetik  gellar  (lotin.  gelare  –  yaxlash,  qotish) - bu to‗rsimon strukturaga 
ega  kolloid  sistema  bo‗lib,  qattiq  va  suyuq  yoki  ikkita  suyuqlikdan  ya‘ni 
qovushqoq (yopishqoq) fazalardan hosil bo‗lgan jelesimon kosmetik vosita.  
Kraxmal  (ohor)-  polisaxarid  bo‘lib,  u  hidsiz,  mazasiz,  mayin  oq  kukun, 
barmoq  orasiga  olib  ishqalansa  g‘ichirlaydi.  Sovuq  suv,  spirt  va  b.  organik 
erituvchilarda  erimaydi,  issiq  suvda  donachalari  shishib  yoriladi  va  quyuq, 
yopishqoq  suyuqlik  —  kleyster,  (kraxmal  elimi)  hosil  bo‘ladi.  Tibbiyotda 
kartoshka,  bug‘doy,  makkajo‘xori,  guruch  kraxmali  qaynatma  holida  me‘da  va 
ichak  kasalliklarida,  kleysteri  shimdirilgan  bint  jarrohlikda  suyakning  singan  erini 
yoki  chiqqan  bo‘g‘inlarni  qimirlamaydigan  qilib  bog‘lash  uchun,  kukun  holida 
chaqaloklarga  sepish  uchun,  kukun  dori  va  teriga  surtiladigan  surtmalar  hamda 
ba‘zi dori shakllari  tayyorlash uchun ishlatiladi.   
Krem  (fr.  krem – qaymoq asosida tayyorlanadigan desert taom) - yumshoq, 
mayin  konsistensiyaga  ega  kosmetik  maqsadda  qo‘llaniladigan  surtma.  Ko‗p 
hollarda  kosmetik  kremlar  emulsion  asosda  tayyorlanadi,  shuningdek  ularni 
tayorlashda  lanolin,  spermatset,  mum, glitserin, bodom,  kokos va boshqa o‘simlik 
hamda  turli  xushbuy  efir  moylari  ishlatiladi.  Kremlar  mayin  bo‗lib,  ular  qo‗l,  bosh 
va yuz terisini  parvarishi  uchun keng qo‗llaniladigan  kosmetik vosita.  
Koldkrem (sovuq qaymoq) – asosan muzlatuvchi xususiyatiga ega kosmetik 
surtma.  Krem  tarkibidagi  suv  bug‗lanib,  terida  tinchlantiruvchi,  muzlatuvchi 
ta‘sirini  ko‗rsatadi. 
Konservalar  (Conservae)  –  yangi  terib  olingan  o‗simlik  maydalanib,  unga 
2-5  barobar  qand  qo‗shilib  aralashtirilib  tayorlanadigan  qandolat  dori  turi.  Bunda 
qand konservant vazifasini  bajarardi. 

 
171 
Konfektlar  –  (Confectiones)  yangi  yig‗ilgan  dorivor  o‗simliklar  ildiz  – 
poyasi,  gullari  yoki  boshqa  qismlarini  qaynoq  qand  qiyomiga  botirib  olinadigan va 
quritilgan  qandolat  dori  shakli.  Masalan,  achchiq  ermon  gullaridan  konfektalar 
yuqorida  keltirilgan  usulda  olinardi.  Tashqi  ko‗rinishi  bo‗yicha  oppoq,  mayda 
tariqdek  achchiq  ermon  konfektalari    yosh  bolalarga  gijja  haydovchi  vosita  sifatida 
ishlatilardi.    
Ksilit  —  shirin  mazali,  suvda  yaxshi  eriydigan  modda,  besh  atomli  spirt; 
qandli  diabet,  semizlikka  duchor  bemorlar  uchun  ovqat  tayyorlashda  qand  o‘rniga 
ishlatiladi. 
Kulchalar  (Trochisici)  konsentrlangan  yarim  tayyor  mahsulot  bo‗lib, 
ulardan  ichish  va  sirtga  qo‗llanadigan  dori  turlari  tayyorlangan.  Kulchalar 
to‗g‗risida  Gippokrat  (miloddan  avvlgi  V-IV  asr),  masalan,  xushbo‗y  aromatik 
kulchalar  quruq  dorivor  moddalar  kukuni,  vino  yoki  sirka  bilan  tayyorlangan 
bo‗lib,  ulrni  ishlatishdan  oldin  ushbu  suyuqlikda  yoki  biron  bir  surtma  bilan 
arlashtirib  tanaga  surtish  kerak  edi.  1802  yilda  nashr  etilgan  Rossiya  III-
Farmokapeyasida    ko‗krak  kulchalari  (―Pryaniki  proskuriyachnыe  grudnыe‖  -
Trochisici  althaeae  compositi)  uchun  maxsus  maqola  bor  edi.  Ushbu  kulchalar 
gulhayri  ildizi,  binafsha  ildizi  kukuni,  qand  kukuni  va  arab  elimidan  tayyorlanar 
edi.  Kulchalar  yumshatuvchi,  surgi,  balg‗am  ko‗chiruvchi,  og‗riq  qoldiruvchi  va 
boshqa  kasalliklarni  davolashda  ishlatilar  edi.  Kulchalar  qand,  shokolad,  arab  elimi 
yoki  jelatina  qo‗shib  tayyorlanari.  Kulchalar  –  bugungi  kunda  pastilkalargan  juda 
yaqin bo‗lgan dori turi. 
Ko‗p  terlash  (gipergidroz)  —  ba‘zi  odamlarning  ko‘p  terlashi,  vegetativ 
nerv tizimi  faoliyatining  buzilishi  tufayli  yuz beradi. 
Laktoza  —  sut  qandi  —  D-galaktoza  va  D-glyukozadan  tuzilgan  disaxarid. 
Ona suti tarkibida  6,5% miqdorida bo‘ladi. 
Lamella  —  yupqa  pilikchalar  ko‘rinishidagi  fiziologik  faol  moddaga  jelatina 
qo‘shib  tayyorlanadigan  qandolat  dori  turi.  Ba‘zi  chet  mamlakatlarda  ko‘z  muguz 
pardasiga ko‘yish rasm bo‘lgan, bizda bunday dori ishlab chikarilmaydi.   
Lanolin  –  qo‘y  junini yuvgan suvdan maxsus usul bilan olinadigan, qo‘ng‘ir 
sariq  rangli,  yumshoq,  o‘ziga  xos hidli yog‘simon modda.  Lanolin suvda erimaydi, 
spirtda qisman, efir, xloroform, atseton va benzolda yaxshi eriydi. Ko‘p miqdordagi 
suv  bilan  aralashsa  ham  moysimon  xossasini  o‘zgartirmaydi.  Tibbiyotda  ikki  xil: 
suvsiz  lanolin  va  suvli  lanolin  ishlatiladi.  Lanolin  surtmalar  tayyorlashda  asos, 
kakao  moyi  bilan  shamchalar  tayyorlashda  biriktiruvchi  sifatida  qo‘llaniladi.  Undan 
parfyumeriyada  keng foydalaniladi. 
Linimentlar  (lot.  linere  –  surtish,  surtib  ishыalash)  –  sirtga  qo‗llash  uchun 
mo‗ljallangan,  turli  konstitensiyaga  ega  oquvchan  quyuq  eritmalar  yoki  suyuq 
surtmalar,  ayrim  hollarda  dirildoq (jelesimon)  massa holidagi  yumshoq dori turi. 
Loson  (fr.  lotion  –  namlash,  yuvish)  - bu teri parvarishi uchun mo‗ljallangan 
suyuq  kosmetik-gigienik  vosita  bo‗lib,  u  turli  xil  faol  moddalarning  (organik 

 
172 
kislotalar,  vitaminlar  va  boshqalar)  suv-spirtli    eritmalari.  Loson  -  teri  parvarishi 
uchun  mo‗ljallangan  suyuq  kosmetik-gigienik  vositasi  bo‗lib,  tarkibida  faol  ta‘sir 
etuvchi  moddalar  (organik  kislotalar,  vitaminlar,  shira,  dorivor  usimliklar 
ajratmalari  va  h.k.)  saklaydigan,  tabiati  bo‗yicha  suv  yoki  suv-spirtli  eritma,  yoki 
oquvchan xususiyatga ega bo‗lgan mikrogeterogen  sistema. 
Lyubrikant  –  sun‘iy  surtish  uchun  mo‗ljallangan  moy,  poroshok  kabi 
moddala. 
Melanin  –  sochlar,  teri  va  ko‗zning  to‗r  pardasining  rangini  belgilaydigan, 
oqsillar  bilan  komleks  hosil  qilgan  qora  va  to‗q  jigarrangli  pigmentlar  nomi. 
Albinoslarda  ushbu pigment hosil bo‗lmaydi. 
Mikstura  —  tarkibi  murakkab,  ichishga  mo‘ljallangan  va  qoshik  bilan 
miqdorlarga  bo‘linadigan  suyuq dori turi. 
Morsyuli  –  qaynoq  quyuq  qand  qiyomiga  maydalangan  dorivor  moddalar 
hamda dolchin, bodom, va boshqa moddalar qo‗shib arlashtirilardi, so‗ng suv bilan 
namlangan  yog‗ochdan  tayyorlangan  qoliplarga  qo‗yib,  shakl  berilgan  va  massa 
qotganidan so‗ng, pichoq bilan kesiladigan  qandolat qattiq dorilar.  
Mum  -  asalarilarning  inini  suvda  qaynatib  (asali  olingandan  so‘ng) 
olinadigan  moysimon  modda.  Tabiiy  holda  mum  sariq  bo‘ladi  (S.  flava).  Uni 
maxsus  usul  bilan  oqartirib  oq  mum  (S.  alba)  olinadi.  Mum  suvda,  spirtda 
erimaydi,  efir  va  benzolda  chala,  xloroform,  skipidar va moylarda tula eriydi. Mum 
ikki  qismdan  —  serin  (issiq  spirtda  eriydi,  sovutsa  cho‘kadi)  va  miritsindan  (issik 
spirtda  ham  erimaydi)  iborat.  Mum  surtmalar  va  malhamlar  tayyorlashda 
ishlatiladi. 
Namlama  (primochka)  —  turli  dori  eritmalarini  salfetkaga  shimdirib, 
kasallangan  joyga  qo‘yish;  namlama  teridagi  o‘tkir  yallig‘lanish  jarayonini 
kamaytirish  uchun  ishlatiladi.  Bunda  qon  tomirlari  torayib  zardob  chiqishi 
to‘htaydi, teri oqaradi, qichishish yo‘qoladi. 
Nastoykalar (lot. «tinctio» - bo‗yash) – o‗simlik xom ashyosidan spirt yoki 
suv-spirt  yordamida  biologik  faol  moddalarni  qizdirmasdan  va  ekstragentni 
ketkazmasdan 
olinadigan 
yoki 
ekstraktlarni 
tegishli 
erituvchilarda 
eritib 
taryorlanadigan  rangli  tiniq  ajratmalarga  aytiladi.  Har  bir  xom  ashyodan  nastoyka 
olish  uchun  ishlatiladigan  ekstragent  konsentratsiyasi  Farmakopeya  maqolasida 
belgilanadi. 
Niqoblar  (fr.  masque)  –  qo‗zlar  uchun  teshigi  bor,  yuzni  berkitishga 
mo‗ljallangan  qoplama.  Kosmetik  niqoblar  – teri parvarishida tozalash, yumshatish, 
oziqlantirish,  mustahkamlash,  oqartirish  maqsadida  ishlatiladigan    samarali 
kosmetik vositalar  majmuisidir.   
Oksidlovchilar  —  oksidlash  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  moddalar,  jumladan 
vodorod  peroksid,  kaliy  permanganat,  nitrat,  nitrit  kislotalar,  Bertole  tuzi,  kaliy 
bixromat va b. 

 
173 
Organizmning  suvsizlanishi  -  organizmga  kam  suyuqlik  tushishi  yoki 
suyuqlik  ko‘p yo‘qotilishi tufayli  uning  keskin  suvsizlanishi. 
Pasta —tarkibida 25% dan ko‘p talqonsimon dori moddalar saqlagan quyuq 
surtma  dori.  Pastalar  konsistensiyasi  buyicha  xamirga  yakin  turadigan  sirtga 
ishlatiladi  surtma dorilar.  
Pastilkalar  (lot.  pastillae) – plastik holdagi dori va gel hosil qiluvchi (jelatin, 
arab  elimi va qand va b.) yordamchi moddalar aralashmasiga shakl berish yoli bilan 
olinadigan  va  og‘iz  bo‘shlig‘ida  so‘rish  yoki  ichish  uchun  mo‘ljallangan  qandolat 
qattiq dori turi
Pediatriya  –  bolalar  organizmining  o‗ziga  hosligi,  bolalarda  kasalliklarni 
kelib  chiqish  sabablari  va  mexanizmini  o‗rganadigan  va  ularni  davolash  usullarini 
ishlab chiqadigan  tibbiyot fan sohasi.  
Pessariy  —  yassi  yumaloq  uhli  shakldagi  suppozitoriysi;  p.Leleyna  — 
Leleyn  pessariysi — bachadon rakini radiy nuri bilan davolaganda qovuq va to‘g‘ri 
ichakni  nur  ta‘siridan  saqlash  uchun  qo‘llaniladigan  p.;  bachadon  pessariysi  — 
(halqasi)  —  ko‘pincha  kauchukdan  yasalgan  va  "8"  raqamiga  o‘xshagan  halqa, 
yallig‘lanish  natijasida  yoki  tos  suyagi  muskullari  bo‘shashib  ketganda  bachadon 
qiyshayib  qolsa,  uni  to‘g‘rilab  ushlab  turish  uchun  bachadon  bo‘yniga  kiyg‘izib 
qo‘yiladi;  Meyer  pessariysi  —  ko‘pincha  rezina,  kauchuk,  sellyuloid, 
plastmassalardan  yasaladigan  uzuk  shaklidagi  halqa;  Shats  pessariysi  —  bachadon 
va  qin  devorlari  pastga  tushib  ketganda,  uni  ko‘tarib  turish  uchun  ishlatiladigan 
likopchasimon  p. 
Pertussin  —  tarkibida  tog‘jambil  suyuq  ekstrakti  saqlaydigan  kompleks 
preparat.  Bronxit  va  b.  yuqori  nafas  yo‘llari  kasalliklarida  yo‘talni  yumshatish  va 
balg‘am ko‘chirish uchun ishlatiladi. 
Plastir,  malham  —  sirtga  ishlatiladigan  yumshoq  dori  turi.  Turli  teri 
kasalliklarini  davolashda,  jarrohlik  bog‘ichlarini  mahkamlashda  ishlatiladi.  Uning 
tarkibida  tabobatda  ishlatishga  ruhsat  etilgan  tabiiy  yoki  sun‘iy  kauchuklar, 
polimerlar,  yogsimon  moddalar,  moylar,  antioksidantlar,  metall  oksidlari  va  tuzlari, 
dori  moddalar  bo‘lishi  mumkin.  Malhamlar  silindr  yoki  konus  shakldagi  qattiq 
surtma  dori  konsistensiyasidagi  massa  holida,  matoga  surkalgan  yoki  suyuq 
bo‘lishi mumkin. 
Poroshoklar  (elaki  dorilar,  kukun,  tolqon)  –  ichish  yoki  sirtga  ishlatish 
uchun  mo‘ljallangan,  bir  yoki  bir  nechta  maydalangan,  sochiluvchan  xossaga  ega 
dorivor  kukunlardan  tashkil  topgan  qattiq  dori turi; p. kimyoviy moddalar, o‘simlik 
qismlarini  maydalab  tayyorlanadi.  Yirik  poroshoklar  ichiladi,  juda  mayda 
poroshoklar  burun,  ko‘z,  hiqildoq  shilliq  pardalariga  sepiladi.  In‘eksiya  uchun 
ishlatiladigan 
poroshoklar. 
In‘eksiya 
uchun 
ishlatiladigan  eritma  yoki 
suspenziyalarni  tayyorlash uchun ishlatiladigan  qattiq dori vositalari. 
Priparkalar, bug‘lash, issiq suv, bug‘ bilan ta‘sir ko‗rsatish - badanning 
ayrim  joylariga  issiq suv, bug‘ bilan ta‘sir ko‘rsatish. 

 
174 
Rektiolalar  (rektal  pipetkalari  yoki  mikroklizmalarda  deb  ham  yuritiladi)  – 
hajmli    3-5  ml,  plastmassadan  yasalgan    elastik    idishchalarga  jihozlangan  va  bir 
marta  ishlatish  uchun  mo‗ljallangan  dori  vositalar.  Rektiolalarni  afzallik  tomonlari: 
uzoq  muddat  saqlash  imkoniyatini,  shamchalarga  ko‗ra  tezrok  ta‘sir  ko‗rsatishi, 
ishlatilishi  nisbatan  gigienikligi,  dozasi  aniq  bo‗lishi,  ishlatilishi  qulay.  Rektiolalar 
tarkibida  xloralgidrat,  gormonlar,  barbituratlar  va  har  xil  surgi  dorilarni  kiritish 
mumkin. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling