Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kosmetologiyaning tasniflanishi va zamonaviy yo‗nalishlari.
- Profilaktikali kosmetologiya
- Dekorativ - izlanishli kosmetologiya
- Donachali qatlam (Stratum granulosum)
- Yaltiroq qatlam (Stratum lucidum)
- G‗uddachali qatlam (stratum papillare)
- To‗rli qatlam (stratum reticulare)
Kosmetika (kosmetike) - grek so‗zidan olingan bo‗lib, pardozlash, bezash, chiroy berish san‘ati va pardozlash uchun ishlatiladigan vositalar va usullar degan ma‘noni beradi 77 Tosh asrida o‗ylab topilgan bo‗yanishlar va tajribalar uchun balki o‗sha davr xonimlariga biz minnatdorchilik bildirishimiz kerakdir?! Chunki go‗zallikka intilishning o‗zi dunyoni saqlab qoladi. Go‗zallikka intilish qadimdan qolgan va keng qamrovli tarixga egadir. Qadimda o‗z tashqi qiyofasini o‗zgartirish uchun foydalanilgan vositalar, usullar va bo‗yoqlar bizni hayron qoldirishi, qo‗rqitishi yoki kuldirishi mumkin yoki aksincha ko‗p narsaga o‗rgatishi mumkin. Qadimgi Misrda erkak kishi bo‗yanish bilan o‗zidan dushmanlarni cho‗chitish va ijobiy ruhiyat bahshida etishga intilsa, ayollar esa faqat go‗zal bo‗lishga intilganlar. Eramizdan 4500 yil avval Misrda kosmetik vositalar ixtiro qilingan bo‗lib, ulardan foydalanish usullari yaratilgan edi. Bu vositalarni tayyorlash sirlarini faqat ma‘lum odamlar bilgan. Ammo butun xalk shu bo‗yoqlardan foydalangan. Usha davrda o‗ziga to‗q odamlar qimmatbaho usullardan foydalanishgan. Ular uchun alohida kosmetika vositalari tayyorlangan. Masalan, ishqor sharbati bilan yonoqlarni qizartirishda foydalanishgan. Bu terini qitiqlab, qizarish keltirib chikargan. SHu usul bilan anchagacha yonoqlarni qizarib turishiga erishishgan. Eramizdan avvalgi 1500 yilda yozilgan kosmetik vositalar haqidagi yozma hujjatlarni Misr tobutlaridan biridan topilgan. Ushbu gigant-retsept papirusga yozilgan bo‗lib, uning uzunligi 20 metr bo‗lgan. Germaniyalik egiptolog Georg Ebers ushbu gigant-retseptni 1875 yilda qo‗lga kiritishga muvaffaq bo‗lgan va uni chop ettirgan. Keyingichalik bu ro‗yxatni «Ebers papirusi» deb yurita boshlandi. Ro‗yxatda qator kosmetik retseptlar keltirilgan bo‗lib, unda yuzdagi ajinlarni silliqlash, sochni bo‗yash va o‗stirish, so‗gallarni ketgazish bo‗yicha qator tarkiblar keltirilgan. Ayrim retseptlar hozirgi kungacha etib kelgan bo‗lib, o‗z qimmatini yo‗qotmagan. Rimlik olim Platon (e.a.254-184 yillar) "Kosmetikasiz ayol bu tuzsiz oshdir" deb yozgani haqidagi ma‘lumotlar hozirgi kungacha etib kelgan. Kosmetik vositalarni tayyorlashni asosan ibodatxona noiblari amalga oshirganlar va misrlik 78 faraonlarning yuz va badan terilariga surtganlar. Misrliklar uchun tashqi ko‗rinish ustida qayg‗urish va parvarishlash birinchi o‗rinda turgan. Hattoki, noiblar sarkardalarni jismonan va ruhan chiniqtirish uchun ularni 3-4 kunga alohida qilib ajralib olib, har xil muolajalar o‗tkazganlar. Ular cheksiz miqdordagi kosmetik vositalarni ixtiro qilganlarki, to hozirgi kungacha ulardan foydalanib kelmokdalar. Shu kungacha etib kelgan kosmetik vositalarning ayrimlari quyidagilar: - qosh bo‗yash uchun qalam; - pomada; - tirnoq uchun lak; - soch uchun bo‗yoq; - xushbo‗y suv va boshqalar. Misrlik go‗zallarning rusmi bo‗yicha ko‗z shaklini uzaytirib, kattalashtirib ko‗rsatish maqsadida qovoq ustidan chakkaga qadar qora chiziq tortish bo‗lgan. Hozirgi kunda ham ayollarda bunday bo‗yanish rasm bo‗lib qolgan. Misrliklar buning uchun zaharli yashil qalamdan (malaxitni maydalab tayyorlaganlar) foydalanganlar. Keyinchalik fil suyagini kuydirib, qora bo‗yoq qilib ishlatganlar. Qadimda ayrim hollarda kosmetikadan profilaktika sifatida foydalanilgan. Masalan, ko‗zni bo‗yashni erkaklar ham qo‗llashgan. Bu bilan qovoq shamollashining oldini olganlar. Hozirgi kunda eng qadimgi atir tarkibi saqlanib qolgan. Bunga binoan uning tarkibida xushbo‗y mirra, air, mojjevelnik, kiparis, koriandr, yalpiz va asal mavjud. O‗sha davrda yuz terisini oqartiruvchi vositalar juda ham keng tarqalgan bo‗lib, undan keng foydalanishgan. Ma‘lumki, go‗zallik ma‘budasi hisoblangan Kleopatra yuzini oqartirishi uchun timsohning maydalangan suyagidan va beliladan tayyorlangan surtmadan foydalangan. Kosmetika yozmalarini yig‗masini qirolicha Kleopatra birinchi bo‗lib bir tizimga solgan va ma‘lumotnoma tuzgan. Bunda keltirilgan retseptlar bo‗yicha kosmetik vositalarni ancha vaqtgacha tayyorlab 79 yurishgan. Qazilmalar chog‗ida esa qirolichaga tegishli bo‗lgan kosmetika xonasi topilgan. Qazilmalar ichida kosmetika vositalarini saqlash uchun turli xil idishlar, kremlarni tayyorlashda ishlatilgan hovoncha va uning dastasi topilgan. O‗sha davrda tobutdagi murda yoniga ettitadan kam bo‗lmagan moylar va 2 xil surtish uchun eritmalarni ko‗yib ko‗milgan. Tobut ichidan topilgan ushbu topilmalarga qarab qadimgi misrliklar anis, kedr, koriandr, tmin, uzum, sarimsoq, piyozlardan foydalanishganligini ko‗rish mumkin. Qadimgi Gretsiyada ham kosmetika yaxshi rivojlangan bo‗lib, pardoz berish bilan alohida odamlar shug‗ullanishgan va yangi kasb - kosmet paydo bo‗lgan. Ushbu kasb egalari go‗zallik va yoshlikni uzoqroq salab qolishga intilayotganlarga yordam berganlar. Ular kremlar, surtish uchun suyuqliklar, suvli muolajalar ishlatganlar. Parfyumerlar nomli mutaxassislar esa maxsus retseptlar yordamida vositalar tayyorlashgan. Ushbu vositalarni tayyorlashda Aristotel shogirdi Teofrast ham qatnashgan. Tibbiyotda nomi mashhur bo‗lgan olim Gippokrat ham o‗z davrida kosmetika bilan jiddiy shug‗ullangan va to‗rt jildli asar yozgan. U o‗z asarida qator muhim maslahatlar bergan va qator tarkiblarni yozib qoldirgan. Masalan, kosmetik vositalarning tarkibi, texnologiyasi, ayollarni badanini yoshartiruvchi suyuqliklar, hidni yo‗qotuvchi vositalar (burun, og‗iz, oyoq), yuzdagi dog‗larni yo‗qotuvchi vositalar va b. Qadimgi Misr va Gretsiyada kosmetika juda yaxshi rivojlangan bo‗lishiga qaramay, greklar pardozi misrliklarnikidan ajralib turgan. Grek ayollari yuz terisini oqartirish uchun belila va karmindan, ko‗z kipriklarini qora kuya bilan bo‗yab, sun‘iy kipriklarni tuxum oqi bilan yopishtirganlar. Gretsiya va Misrdan so‗ng kosmetikaning uchinchi vatani bu qadimgi sharq hisoblanadi. Sharq ayollarining kosmetik vositalari majmuasiga etti xil vosita albatta kirgan: xna, basma, tirnoq uchun bo‗yoq, belila, yonoq uchun bo‗yoq, 80 surma, xushbo‗y aralashma. Ayniqsa, hind ayollari ushbu bo‗yoqlardan keng foydalanishgan. Sharkda hozirgi kungacha bu bo‗yoqlardan foydalaniladi. Atir haqida gapiriladigan bo‗lsa, qadimgi Rim, Gretsiya ham bu haqda bilmagan. Atirni arab alximiklari topganlar. Bular birinchi bo‗lib efir moylarini suv bug‗i yordamida haydab, ajratib olishni ixtiro qilganlar. Shunday qilib, kosmetika qadimdan rivojlanib, hozirgi kungacha etib kelgan va uni fan sifatida kosmetologiya deb o‗rganishga barcha asoslar mavjud. Kosmetologiyaning tasniflanishi va zamonaviy yo‗nalishlari. Kosmetologiya fan sifatida rivojlanib, hozirgi kunda yangi zamonaviy yo‗nalishlari shakllanmoqda. Ushbu yo‗nalishlarning rivojlanishida uning ko‗p fanlar va turli san‘at turlari bilan murakkab bog‗langanligi asosiy omillardan bo‗lib hisoblanadi. Kosmetologiya katta ikkita yo‗nalishga tasniflanadi: 1. Estetik kosmetologiya 2. Tibbiy kosmetologiya Estetik kosmetologiya Estetik kosmetologiya ikki xil yo‗nalishni o‗z ichiga oladi: - Profilaktikali kosmetologiya yo‗nalishini; - Dekorativ - izlanishli kosmetologiya yo‗nalishini. Profilaktikali kosmetologiya Profilaktikali kosmetologiya insonning tanasini sog‗lom saqlab turish muammolari bilan, xususan, teri, soch, tirnoq va boshqalarning parvarishi bilan shug‗ullanadi va quyidagi muammolarning echimini izlaydi: Kosmetologiya (kosmetike+logia) – tibbiyot fanining bir bo‗limi bo‗lib, pardozlash san‘ati yoki inson chiroyni turli-tuman usullar va vositalar yordamida saqlash haqidagi ilm-fan deganidir 81 - organizmni har xil usullar yordamida sog‗lomlashtirish, faol hayot tarzi targ‗iboti, - ratsional ovqatlanish, uyqu va bedorlikni to‗g‗ri rejalashtirish, asab tizimini mustahkamlash. - muntazam ravishda soch, tirnoq, badan terisi va yuz terisini parvarishlash uchun munosib vositalarni tanlash, teri butunligini saqlab qolgan holda muskulni tarang qiluvchi asboblardan foydalanish (ionffezli galvanika, vakuumli uqalovchi asboblar, darsenval, elektrli epilyasiya asboblari va boshqalar). Profilaktikali kosmetologiya asosan yoshlikni saklashga, ruhiyatni ko‗tarishga qaratilgan. Shu bilan birga organizmning kasallanishiga, tashqi ko‗rinishning salbiy o‗zgarishiga, qarishiga qarshi kurashishiga qaratilgan. Dekorativ - izlanishli kosmetologiya Dekorativ - izlanishli kosmetologiya asosan chiroyni bo‗rttirib ko‗rsatishga va tashqi ko‗rinishdagi kamchiliklarni berkitishga qaratilgan. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: - dekorativ kosmetika; - sartaroshlik san‘ati; - manikyur; - pedikyur; - rasm-udumni yaratish; Tibbiy kosmetologiya Tibbiy kosmetologiya quyidagi bo‗limlarni o‗z ichiga oladi: - tashxisli kosmetologiya; - dermatokosmetologiya; - dermatojarrohlik; - plastik jarrohlik; - teri butunligini buzib ishlatiladigan murakkab asbobli texnologiyalar. 82 Tashxisli kosmetologiya profilaktikali va tibbiy kosmetologiyani oralig‗ida turadi. Uning maqsadi - tanadagi sezilarli salbiy o‗zgarishni ilg‗ab olish va boshlanayotgan kasallikni o‗z vaqtida aniqlashdan iboratdir. Dermatokosmetologiya teri kasalliklarini va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni tibbiy darajada davolaydi. Bundan tashqari sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan yangi kosmetik vositalarni bezararligini tekshiradi; Dermatojarroxlik - teridagi tug‗ma yoki boshqa kamchiliklarni jarrohlik yo‗li bilan davolaydi. Bugungi kunda ushbu yo‗nalish tez sur‘atlar bilan rivojlanmokda. Hozirgi vaktga kelib quyidagi muolajalardan foydalanib davolash yaxshi yo‗lga qo‗yilgan: - lazer usulida terini silliqlash; - jarrohlik dermotologiyasi; - fenol, uchxlorsirka kislota va glikol kislotalar yordamida chuqur piling o‗tkazish; - teridagi o‗smalarni olib tashlash; - yuzada joylashgan kengaygan tomirlarni elimlash usuli bilan toraytirish; - yuzni bejirimlash; - terini oltin to‗r yordamida armirlash; - tabiiy va sun‘iy sochlarni ko‗chirib o‗tkazish. Plastik jarrohlik yuz va badanni yoshartiruvchi jarrohlik o‗tkazish bilan shug‗ullanadi. Kosmetsevtika - "Kosmetika" va "Farmatsevtika" so‗zlardan hosila bo‗lgan so‗z. Turli kasalliklarni oldini olish maqsadida kosmetik vositalarga sekin-asta davolovchi-profilaktika hossalari berila boshlandi va XX asr ohirida "Kosmetsevtika" yo‗nalishi paydo bo‗ldi 83 Terining tuzilishi va funksiyalari. Teri [cutis] - insonning yashash muhitida uning gomeostazini saqlab turuvchi eng muhim organ hisoblanadi. Sensor va himoya mexanizmlari orqali teri insonning tashqi dunyo bilan muloqatini amalga oshiradi, shuningdek ichki a‘zolari, endokrin va asab tizimlari faoliyatining sifatini aks ettiradi. YUz terisi teri qoplamlarining eng harakatlanuvchi qismi hisoblanib, odamning individualligini (o‗ziga xosligini), uning hissiy (emotsional) faolligini, ongi va boshqa shaxsiy xususiyatlarini aks ettiradi. Teri massasi tana massasining taxminan 17% ini tashkil etadi va bu odam tanasining eng yirik a‘zosi ekanligini ko‗rsatadi. Odam tanasi a‘zolarida hech biri fiziologik va patologik jarayonlar kengligi bo‗yicha teridan ustun kelolmaydi. Teri uchta asosiy qismlardan tashkil topgan: epidermis (sirtki qatlam), derma (asosiy o‗rta qatlam) va gipoderma (teriosti yog‗ qatlami) (3-rasm). Teri yuzasi 7– 10 mkm qalinlikdagi teri ajratmalari mahsulotlaridan tashkil topgan emulsion parda bilan qoplangan. 3-rasm. Terining umumiy tuzilishi: 1-epidermis; 2-derma; 3-gipoderma. Epidermis (Epidermis) terining eng yuqori ko‗pqatlamli yassi qotib qolgan pardasi bo‗lib, u doimo yangilanib turadi. Epidermis gematoksilin-eozin bilan bo‗yalganida 4 (kaft va tovon terisida - 5) qatlamdan tashkil topganligi ko‗rinadi: shoxli, yaltiroq, donachali, tikansifat, bazal qatlamlardir (4-rasm). Katta yoshdagi odam epidermisining umumiy maydoni 1,5-2 m 2 ni massasi esa 0,5 kg ga yaqin miqdorni tashkil qiladi. Epidermisning qalinligi tananing turli joylarida bir xil emas. Epidermisning qalinligi 0,15 mmga yaqin. Eng baquvvat 84 epidermis kaftlarda va oyoq tagida (0,5-1,5 mm), tananing yon tomonlari yuzasida u yupqaroq va qovoqlarda (bu erda teri osti qavat bo‗lmaydi) juda yupqa bo‗ladi. Epidermisning tashqi yuzasi o‗ziga xos relefni tashkil etuvchi ko‗plab burmalar, ajinlar, egatchalar va valiklarga ega. Epidermis relefi yupqa qatlam (area cutanea) tuzilishiga bog‗liq, ushbu qatlam uchburchak, romb yoki to‗rtburchak shakldagi o‗ziga xos betakror rasm hosil qiladi. Bu rasm hattoki bir tuxumli egizaklarda ham o‗ta individual (o‗ziga xos) bo‗lib, butun umr davomida saqlanadi va daktiloskopiya asosida yotadi. 4-rasm. Epidermisni tuzilishi. Epidermis qatlamlaridan eng pastkisi – bazal qatlamda (Stratum basale) asta-sekin, yuza tomon harakatlanishiga ko‗ra qotib qoluvchi yangi hujayralar paydo bo‗lishining doimiy jarayoni boradi. Bazal qatlamda bir qavatda 1-2 katta bazofil yadroli prizmatik hujayralar joylashgan, ular bo‗linishi natijasida yangi hujayralar paydo bo‗ladi. Teri sirtiga ko‗tarilishida hujayralar yadrolarini yo‗qotadilar va oqsil bilan to‗lishi natijasida qalinlashib boradilar va muguz qatlamida nobut bo‗ladilar. 20-25 yoshli inson terisining hujayralari 21-28 kunda teri sirtiga chiqadi, bu davr hujayrani yashash davri deb yuritiladi. Inson 85 organizmini qarishida ushbu davr 30-40 kungacha uzayadi va epidermisning qarishi kuzatiladi. Bazal qatlami hujayralari sitoplazmasida, yadroning ustida teri pigmenti – melanin granulalari joylashgan. Terining rangi uning miqdoriga bog‗liq. Ultrabinafsha nurlantirish melanin paydo bo‗lishini kuchaytiradi (quyoshda qorayish, sepkillar, pigment dog‗lari). Bazal qatlamda, shuningdek faol ravishda oqsillar (keratin), polisaxaridlar va lipidlar sintezi jarayoni bo‗lib o‗tadi. Bazal qatlami boshqa qatlamlar bilan yarimdesmos bilan tutashadi, epidermisning boshqa qatlamlardagi hujayralari desmosomalar – elektron mikroskop orqali ko‗rinadigan hujayralararo ko‗priklar yordamida bir-biriga tutashadi. Bazal qatlam ustida joylashgan tikansimon qatlam (Stratum spinosum) 4-12 qator katta yadroli va tikansimon sitoplazmatik o‗simtalari bor poligonal hujayralardan tashkil topgan. Bu qatlamda terining muhim immunologik himoya vazifasini bajaruvchi pankreatik (Langergans) hujayralari mavjud. Langergans hujayralari ko‗chib yurishi mumkin, fagotsitlarning (makrofaglar) qator xossalariga ega bo‗lib, terining immunologik reaksiyalari vaqtida o‗ziga xos «front chizig‗i» bo‗lib xizmat qiladi. Donachali qatlam (Stratum granulosum) 2-3 qator kichkina bazofil yadroli romb shakldagi hujayralardan iborat. Bu qatlam hujayralarda gistidin bilan boyitilgan oqsil (filaggrin) va keratolin oqsilidan iborat «keratognalinli» granulalar mavjudligi tufayli shunday nomlangan. Granulalar ultrabinafsha (UB) nurlarni adsorbsiyalaydi. Yaltiroq qatlam (Stratum lucidum) asosan kaftlar va tovon terisida bo‗lib, hujayralari yadrosiz yassi shaklda. Bu qatlam o‗z nomini o‗ziga xos oqsil moddasida yorug‗likning kuchli sinishidan olgan. Muguz (shox) qatlami (Stratum corneum) – epidermisning eng sirtki qatlami bo‗lib, bir nechta qavat yassi, yadrosiz muguzli hujayralardan tashkil 86 topgan. U 50% gacha keratinni (epidermisning asosiy oqsili) o‗z ichiga oladi. Butun epidermis to‗qimalarini mustahkam birlashtirib turadigan desmosomalar muguz qatlamida diskli desmosomalarga aylanadilar. Bu qatlam mustahkam hujayralararo birikmalarga ega emas va oson sho‗ralaydi. Yoshlarda shoxli qatlam hujayralarining yo‗qolishi bir yilda taxminan 115 gm 2 ni, tirnoq va sochlar bilan birga esa 150 gm 2 ni tashkil etadi. Hujayralar yo‗qolishi ularning kundalik yangi paydo bo‗lishi bilan tenglashadi va bu o‗rtacha 0,5–1,0 gm 2 ni (bosh terisi va peshona uchun 2,1 va 1,7 gm 2 ni) tashkil etadi. Yuz terisi va bo‗yin terisi muguzli epidermis bilan kam qoplangan va unda hujayralarini qayta tiklanishi sekin kechadi. Muguz qatlami bevosita tashqi muhit bilan tutashadi va muvaffaqiyatli ravishda ko‗plab uning ta‘sirlariga qarshilik ko‗rsatadi, terining ostki qatlamlarini noqulay (mexanik, jismoniy va kimyoviy) omillardan asragan holda, himoya funksiyasini bajaradi, suv va elektrolitlar uchun epidermisning o‗tkazmasligini ta‘minlaydi. Muguz qatlamiga kosmetolgiyada alohida e‘tibor beriladi. Chunki sepkillarni, dog‗larni ketkazishda muguz qatlamini po‗st tashlashi bilan davolaydilar. Epidermis va derma chegarasida to‗siq vazifasiga ega bo‗lgan va u orqali qon aylanishiga ega bo‗lmagan epidermis hamda derma o‗rtasidagi almashinuv jarayonlari yuz beruvchi bazal membranasi (membrane basalis) joylashgan. Bazal membrana epidermis va derma o‗rtasida muhim tabiiy filtr vazifani bajaradi, ya‘ni yirik molekulalarni dermaga o‗tkazmaydi, shuningdek ushbu qatlam dermadagi turli moddalarning sintez jarayonlarini kechishini tezlashtiradi yoki susaytiradi. Ayrim kosmetik vositalarning ta‘siri aynan tarkibida boregulyatorlar moddalarini saqlab, dermo-epidermal ta‘sir mexanizmini faollashtirishga qaratilgan. Bazal membrana qatlamida ko‗payadigan hujayralar joylashgan, ular doimo terini yangilanib borishini ta‘minlaydilar. Ushbu hujayralar orasida yirik 87 melanotsit va Langenrgans hujayralari mavjud. Melanotsitlar melanin pigmenti donachalarini sintez qiladi. Aynan, shu modda terining rangini belgilaydi: tilla rangdan, to‗q jigarrangacha. Epidermisda qon tomirlari mavjud emas, shuning uchun hujayralarning oziqlanishi bazal membrana orqali o‗tadigan limfa yordamida va shaxsan derma diffuziyasi yo‗li bilan amalga oshiriladi. Derma (Derma) terining asosiy hajmini egallaydi (5-rasm). Dermaning qalinligi 1–2 mmga yaqin. Unda asab tolalari qon va limfa tomirlari, ter va yog‗ bezlar, soch follikulalari, turli xildagi hujayralar (limfotsitlar, makrofaglar, neytrofillar, fibroblastlar va boshqalar) va turli tolalar (kollagen, qayishqoq, retikulin) va hujayralararo moddalar mavjud. Derma terining to‗qimalarni birlashtiruvchi qismi bo‗lib, ikki g‗uddachali va to‗rli qatlamlardan iborat. 5-rasm. Dermaning tuzilishi: 1 - epidermis; 2 – derma. G‗uddachali qatlam (stratum papillare) o‗z nomini epiteliylarga birikib ketgan ko‗plab g‗uddachalardan olgan bo‗lib, u teri yuzasida o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lgan suratlarni belgilaydi. G‗uddachali qatlam yupqa kollagen, qayishqoq (elastik) va retikulin tolalardan iborat. To‗rli qatlam (stratum reticulare) teriga taranglik, pishiqlik va cho‗ziluvchanlik baxsh etuvchi baquvvat kollagen tutamlar va qayishqoq (elastik) tolalar to‗ridan iborat. Dermadagi turli o‗zgarishlar butun terining elastikligi va tarangligini yo‗qolishiga va ajin tushishiga sabab bo‗ladi. Derma to‗qimalari 88 ma‘lum yo‗nalishda joylashgan bo‗lib, teriga krem, loson surtishda yoki massaj qilishda terining eng kam cho‗ziladigan (tortiladigan) yo‗nalishda bajarish lozim (6-rasm. Massaj chiziqlari). Hujayralararo modda derma hujayralari atrofini va to‗qimalar orasini to‗ldirib turadi. Ushbu modda kollagen makromolekulalari, retikulin, elastin, strukturali glikoproteinlardan tashkil topgan bo‗lib, terining mexanik funksiyasini bajaradi va modda almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, suvni to‗playdi va yo‗qotadi. Hujayralararo moddaning eng muhim va asosiy qismini tashkil etadigan glikozaminoglikanlarni (GAG - qandning makromolekulyar mahsulotlari) o‗z ichiga olgan. Terining eng muhim glikozaminoglikani - gialuron kislotasidir. GAGning (gialuron kislotasi) o‗ziga xos xossalaridan biri suvning bog‗lanishi va zich gel paydo bo‗lishida namoyon bo‗ladi. Gel epidermis orqali o‗tishi mumkin bo‗lgan kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar tarqalishiga to‗sqinlik qiladi. Gialuron kislotasi polimerlanadi, bu holatda quyuq hujayralararo modda yanada zichroq bo‗lib qoladi. Yirik molekulalarni polimerlanishdan chiqarishni gialuronidaza fermenti amalga oshiradi, bu, masalan, terining yallig‗lanishi yoki kuyishida kuzatiladi. Gialuronidaza yordamida polimerlanishdan chiqarish holati biologik faol moddalarning so‗rilish jarayonlarini faollashtirish uchun qo‗llaniladi. Biroq, shuni esda tutish joizki, gialuronidazani qo‗llash havfsiz emas, zero hujayralararo bog‗lanishning zaiflashuvi natijasida teriga bakteriyalar kirishi mumkin. Fibroblastlar – biriktiruvchi to‗qimalarning asosiy yirik (20 mkm yaqin) hujayralaridir, ular yulduz yoki cho‗ziq-oval shaklida bo‗ladi. Fibroblastlarda lipid donachalari, multivezikulyar tanachalar va mineralli tuzilmalar uchraydi. Fibroblastlarning asosiy organellalari – mitoxondriyalar, granulyar endoplazmatik 89 to‗r va plastinkasimon Goldji kompleksi. Fibroblastlar to‗qimada kollagen tolalarni va glikozaminoglikanlarni sitez qiladi. Elastik tolalari – dermaning tolali moddasi bo‗lib, strukturali glikoproteidlardan hosil bo‗lgan. Ular terining elastikligini va tabiiy tonusini ta‘minlaydilar. Kollagen tolalari ham dermaning tolali moddasi bo‗lib, tola makromolekulalarini uchta bir-biriga buralgan ipsimon tola hosil qiladi. Kollagen tolalari terining tarangligini belgilaydi. Morfologik tuzilishi bo‗yicha juda murakkab a‘zo bo‗lgan holda, teri ko‗p turdagi funksiyalarni bajaradi: 1. Sezuvchan va to‗siqli-himoya qiluvchi (o‗rab turgan muhit bilan aloqa; mexanik, fizik, kimyoviy shikastlardan, patogen mikroorgnizmlarni joriy qilishdan himoya). 2. Termoregulyasiya (termotseptorlar, ter bezlari, qon tomirlari to‗rining mavjudligi). 3. Ajratuvchi (suv, modda almashinuv mahsulotlari). 4. Almashinuvchi (darmondorilar (vitaminlar) almashinuvchida turli gormonlar, zaharlar, kanserogenlarning ishtiroki). 5. Teri – teri deposi. 6. Teri nafas olishda ishtirok etadi. 7. Teri immunologik jarayonlarda ishtirok etadi. Teri epitelizatsiya jarayonlari yordamida yuzaga kelgan shikastlarni bartaraf qilish xususiyatiga ega. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling