Z. J. Rasulov va boshqalar soliqlar va soliqqa tortish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/140
Sana10.09.2022
Hajmi5.01 Kb.
#803695
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   140
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish Darslik J R Zaynalov, S S Aliyeva, Z
MIRAZIZ A’ZAMNING HAYOTI VA IJODI, engil, engil, Diplom ish Klaviaturalar bilan ishlash, independent work (1), Bonus, 10 ta Dastur, a, ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari, labartoriya-3, Сканировать10002, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, 2-oraliq (1), 4-kurs-Рус.С.Х. Ишчи
1.6. Soliq elementlari 
Soliq elementlari haqida gap borganda ko‘pincha adabiyotlarda soliqqa 
tortish tizimi haqida so‘z yuritiladi. Soliq tizimi qonun doirasida 
undiriladigan soliqlarning nazariy jihatdan tuzilish shakllari yig‘indisini 


51 
anglatadi. U soliq tizimidan amaliy qo‘llanish usullari bilan farq qiladi. 
Chunki ularni undirish usullari davlatning qonunchilik hujjatlari orqali 
belgilanadigan tamoyillari yigʻindisining ijtimoiy mohiyatini aks ettiradi 
va u davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi hamda bozor iqtisodiy 
munosabatlarining taraqqiyot bosqichlari bilan aniqlanadi. 
Shu o‘rinda soliqqa tortish tizimi haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, 
soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo‘lib, aslida 
soliq tizimiga kiradi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni 
qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa, ushbu munosabatlarni soliqlarni 
undirish bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Shu 
jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan 
qonun yo‘li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan soliqlarni 
tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuasidan iborat. 
Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchan o‘zgarmas bo‘lib ko‘rinsada, 
uning shakl-shamoyili va yo‘nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. 
Chunki, soliqqa tortish tizimi o‘z ichiga tarkiban soliq elementlari, 
soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu elementlarning 
qay darajada talqin etilishi esa, bevosita davlat siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq stavkasining qaysi turlari 
ko‘proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining qay darajada belgilanishi
soliqlarni undirishni qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan 
ijro hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog‘liq. Binobarin, shu ma’noda 
xuddi soliqlarni vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda 
o‘ziga xos tarzda amal qilishi va tashkil etilishi mumkin. 
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, davlat 
qonunchiligi bilan belgilangan va uning maxsus idoralari tomonidan 
undiriladigan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari 
majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. 
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq elementlari 
soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunchalar bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar 
va soliqni undiruvchi o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda 
namoyon bo‘ladi.


52 
Soliq solish tizimi o‘ziga xos funksional elementlarni o‘z tarkibida 
ifoda qilishi bilan ham ajralib turadi. Soliq elementlari: soliq subyekti, 
soliq obyekti, soliq predmeti, soliq manbai, soliqqa tortish birligi, soliq 
stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to‘lash muddatlari, soliq 
yuki, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari va shu kabi 
tushunchalarni qamrab oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga 
qisqacha izoh beramiz. 
Soliq subyekti – soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va 
jismoniy shaxslar yoki boshqacha qilib aytganda soliq subyekti – bu 
soliqqa oid munosabatlarni tashkil etuvchi tomonlarning o‘zaro majmuasi 
bo‘lib, unda bir tomondan soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) 
boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati 
organlari – Davlat soliq qo‘mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va shahar 
davlat soliq inspeksiyalari qatnashadi. O‘z faoliyatida barcha yuridik va 
jismoniy shaxslar soliq subyekti sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki, bu 
yerda soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar 
mavjudki, ular soliq subyekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok eta 
olmaydi. Ammo, barcha soliq xizmati organlari soliq subyekti sifatida 
maydonga chiqadi. 
Ular doimiy real soliq to‘lovchisi bo‘lavermaydi. Soliq yukini bir 
soliqda tortish subyektidan ikkinchi shaxs zimmasiga yuklatish 
mumkinligi soliqning sohibi degan tushunchani keltirib chiqaradi, 
qolaversa bu tushuncha soliqqa tortishning butun yukni o‘z zimmasiga 
olgan, ya’ni amalda soliqni to‘lovchi shaxsni anglatadi. Masalan, aniq 
soliqqa tortiladigan tovarlarning iste’molchilari soliqni to‘lovchilar bo‘lib 
hisoblanadilar. 
Soliq agenti – yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va 
davlat byudjetiga o‘tkazib beruvchi yuridik shaxslar. Bunda yuridik 
shaxslar, ular o‘z faoliyatida bevosita yoki bilvosita ishga yollaganligi 
natijasida to‘lanadigan ish haqidan, dividendlardan, doimiy muassasa 
orqali faoliyat ko‘rsatmaydigan norezident yuridik va jismoniy 
shaxslardan ushlanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini ushlab qoladi va 
byudjetga o‘tkazib beradi, ushlab qolinmagan, kam ushlab qolingan va o‘z 


53 
vaqtida o‘tkazib berilmagan soliq summasi uchun javobgar bo‘lib 
qolaveradi, ya’ni ushbu keltirilgan dalillardan aytishimiz mumkinki, har 
bir yuridik shaxs soliq munosabatlarida soliq subyekti bo‘lishi bilan 
birgalikda soliq agenti sifatida ham ishtirok etadi. Soliq agenti 
adabiyotlarda asosan fiskal agent sifatida e’tirof etiladi.
Soliq obyekti deganda soliq to‘lovchining soliq solinadigan daromadi, 
mol-mulk qiymati, tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar tushuniladi. 
Shuni ham ta’kidlash lozimki, boshqa tushunchalar, ya’ni soliqqa tortish 
predmeti soliq bazasi va shu kabilarning ahamiyati turli bo‘lsa ham, ular 
soliq obyekti tushunchasi bilan oʻzaro bog‘liqdir. Soliq munosabatlari 
doirasida soliq to‘lovlari majburiy xususiyatga ega bo‘lganligi tufayli 
soliq obyektlarini turli ko‘rinishlarda qonunlar asosida yuzaga kelishiga 
sabab bo‘lmoqda. Shuni hisobga olgan holda, soliqqa tortish obyekti 
bevosita soliq to‘lovchilarning majburiyatini yuzaga keltiradigan huquqiy 
omillar (xatti-harakatlar hodisalar holatlar)da kuniga o‘z ifodasini 
topmoqda. 
Amaldagi qonun va nizomlarga ko‘ra jismoniy shaxslarning mulki 
bo‘lgan turar-joylar, kvartiralar, bozorchilik va uzumchilik shirkatlari 
a’zolarining bog‘-hovlisidagi uychalari, garajlar, imoratlar, binolar va 
inshootlar mol-mulk ko‘rinishida soliq obyektini yuzaga keltirib chiqaradi, 
ammo amal qiluvchi qonun binolar, imoratlar va inshootlar deganda nima 
tushunilishini belgilab bermaydi, oxir-oqibat bu soliq to‘lovchi 
subyektlarning huquqlarini cheklanishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki mol-
mulk shakllarini qaysi muddatlarda yuzaga keltirilishidan qat’i nazar 
nazorat 
yagona 
mol-mulk 
ko‘rinishida 
soliq 
obyektini 
yuzaga 
keltirilmoqda va undan soliq belgilangan foizlarda undirilib kelinmoqda. 
Soliqqa tortish predmeti – soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk 
va boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq 
solish obyekti bo‘lib biror-bir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, 
predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat 
va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti yoki soliqqa tortish 
predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda soliqni to‘lash 
majburiyati, ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz 


54 
mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi soliq obyektini 
vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi 
soliq subyektini yoki soliq to‘lovchisini namoyon etadi. 
Soliq solish tizimi tarkibida o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatga 
ega bo‘lgan elementlardan biri bo‘lib soliqlarni tashkil etish manbai bo‘lib 
hisoblanadi. 
Soliq manbai bo‘lib soliq to‘lovchining daromadi hisoblanadi. Ayrim 
hollarda soliq to‘lovchining mol-mulki shunday manbani urshnni egallashi 
mumkinki, agar soliq to‘lovchi pul mablag‘lari ko‘rinishidagi soliq 
manbasiga ayrim sabablarga koʻra ega bo‘lmagan taqdirda. Shuni 
taʼkidlash kerakki, soliq to‘lovchilar tomonidan soliq manbasini mustaqil 
tanlash imkoniyatlari cheklangandir. Ular faqat faoliyat yo‘nalishlarini 
o‘zgartirish orqali soliq manbasini u yoki bu ko‘rinishiga ega bo‘lishi 
mumkin, ya’ni: daromad yoki foydaga. Ayrim hollarda ushbu manbalar 
o‘rnini sarmoya yoki amortizatsiya ajratmalari ham tashkil etishi 
mumkindek tuyuladi, lekin bular manba sifatida ishtirok etganda edi, unda 
doimiy soliqlar to‘lovini ta’minlashda ojizlikka erishgan bo‘lar edik. Soliq 
obyektining o‘lchov birligi (daromadning puldagi birligi, yer solig‘iga 
gektar yoki kvadrat metr, transport solig‘ida ot kuchi va boshqalar bo‘lib 
hisoblanadilar. 
Shuni 
ham 
ta’kidlash kerakki, soliq va soliq 
elementlarining harakati doirasi asosan soliq solish bazasiga bog‘liq 
bo‘ladi. Soliqning hajmi bir tomondan soliq stavkalarining miqdoriga, 
ikkinchi tomondan shu bilan birga soliq stavkasi va qo‘llaniladigan 
obyektning chegarasiga bog‘liqdir. Soliq bazasi soliq stavkasini daromad 
(foyda) chegarasi doirasida qayd etiladigan daromad summasining 
miqdoridir. Soliq bazasining miqdori, ya’ni soliqqa tortilishi lozim 
bo‘lgan daromad (foyda) chegarasi qonunda ko‘rsatilgan chegaralarga 
bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Misol uchun, soliq to‘lovchilariga taqdim 
etiladigan soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirilishi mumkin. 
Soliq bazasi – soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori. 
Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu 
bilan birgalikda soliq stavkasi qo‘llaniladigan obyektning miqdoriga ham 
bog‘liq bo‘ladi. Soliq bazasining miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi 


55 
lozim bo‘lgan soliq obyektidan ruxsat etiladigan chegirmalarga bog‘liq 
ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq bazasini soliq to‘lovchilarning 
mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda 
kamaytirishga ruxsat etiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, soliq bazasi 
soliq obyektidan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Masalan, yuqorida 
qayd etganimizdek, soliq to‘lovchiga soliqdan imtiyozlar ko‘zda tutilgan 
bo‘lsa, bunday sharoitda soliq bazasi soliq obyektidan kichik, soliq obyekti 
qonunchilik bilan kengaytiriladigan bo‘lsa undan katta bo‘lishi mumkin. 
Soliqqa tortish birligi – bu obyektning o‘lchov birligidir. Masalan, 
daromad yoki mol-mulk solig‘ida obyektning o‘lchov birligi bo‘lib uning 
so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer solig‘ida o‘lchov birligi bo‘lib kv.m. yoki 
gektar hisoblanadi. 
Soliq stavkasi – obyektning har bir birligi uchun davlat tomonidan 
belgilab qo‘yilgan me’yordir. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng 
ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Chunki, soliq stavkalarini 
o‘zgartirish orqali davlat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga sezilarli 
ta’sir etadi, ayrim faoliyat, sohaga ustuvorlik berilishi, kapital zarur 
sohalarga yo‘naltirilishi, rag‘batlantirilishi mumkin. 
Soliq stavkalari ikki xil ko‘rinishda: qat’iy stavkalarda va nisbiy (foiz) 
stavkalarda ifodalanadi. Soliq stavkasi qat’iy stavkada belgilangan holda 
soliq obyektga nisbatan qat’iy so‘mda belgilanadi. Masalan, yer 
solig‘ining har bir gektari uchun qat’iy so‘mda soliq miqdori o‘rnatilgan. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlariga, mol-mulklariga esa 
nisbiy stavkada yoki foizda soliq miqdori belgilangan. 
Soliq stavkasi bu soliq solishning foizlardagi yoki so‘mlardagi ulushi 
bo‘lib hisoblanadi. Bunday ulush soliq to‘lovlarini amalda qa’tiy 
so‘mlarda byudjetga undirilib borilishini ifodalaydi yoki soliq stavkasi bu 
soliqqa tortiladigan birlikka nisbatan undiriladigai soliq miqdorini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. 
Soliq stavkalarini doimiy chegaralarini belgilash soliq to‘lov 
to‘liqligini ta’minlashda muhim rol o‘ynashi mumkin. Shu bois soliq 
stavkalarini belgilash huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi soliq stavkalarini soliq obyektlariga nisbatan uzoq 


56 
muddatga mustahkamlab qo‘yishi chora-tadbirlarni ishlab chiqarishda 
muhim rol o‘ynab kelmoqda. Agarda undiriladigan soliqlarning miqdori 
byudjet tanqischiligini oshirishga sabab bo‘lsa, unda soliq stavkalarining 
miqdori qonunchilik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari bilan qayta koʻrib chiqilishi mumkin. 
Ammo har qanday sharoitda soliq stavkasini pasaytirilishi iqtisodiyotni 
rivojlantirishi aholining pul to‘lov qobiliyatini oshirishga asos solishi 
muqarrardir. 
Soliq imtiyozlari – soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil 
yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va 
boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin.
Investitsion soliq krediti – bu soliqning to‘lov muddatini shunday 
o‘zgartirishki, bunda tashkilotning muayyan asoslari mavjud bo‘lgan 
taqdirda, ma’lum bir muddat va me’yorlarda o‘zlarining soliq bo‘yicha 
to‘lovlarini keyinchalik bosqichma-bosqich kredit va hisoblangan foiz 
summalarini to‘lab berish sharti bilan kamaytirishdir. 
Investitsion soliq krediti byudjetga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan daromad 
qismidan tegishli soliq turi bo‘yicha to‘lov summasini, har bir hisobot 
davrida hisoblangan soliq bo‘yicha to‘lov summasining 50 foizi 
miqdoridan oshmagan holda kamaytirish hisobiga taqdim etiladi. Bunda 
soliq davri mobaynida jamg‘arilgan kredit summasi tashkilotning ushbu 
soliq davrida to‘lanadigan soliq summasining 50 foizidan oshmasligi 
kerak. Investitsion soliq kreditining foiz stavkasi Rossiya federatsiyasi 
Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining ½ foiz 
stavkasidan kam bo‘lmagan va ¾ foiz stavkasidan ko‘p bo‘lmagan 
miqdorda belgilanadi.
20
Soliq bazasini hisoblash usullari. Soliq bazasini hisoblashning ikki xil 
usuli mavjud bo‘lib, ular kassa usuli va hisobga olish usullaridir. Kassa 
usulida soliq to‘lovchida soliqlarni to‘lash majburiyatlari daromad 
olganidan keyin vujudga kelsa, hisobga olish usulida esa daromad olingan 
yoki sotishdan tushum qachon kelib tushushidan qat’i nazar tovarlarni 
20
Griffiths A.L. Global markets gyrate on fears of Europe's spreading financial crisis / 
A.L.Griffiths, K.Nerenberg, D. Wals. 2010. URL: http://www.wsws.org  


57 
jo‘natilishi o‘z navbatida soliqlarni to‘lash majburiyatlarini vujudga 
keltiradi. 
Soliqqa tortish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshirilib, ular 
quyidagilarga: soliqqa tortishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan 
soliqqa tortish usullariga ajratiladi. Ularning keng bayoni keyingi 
savollarda ochib beriladi. 
Soliqlarni to‘lash muddatlari va tartiblari. Soliq qonunchiligida har bir 
soliq turining byudjetga to‘lash muddatlari belgilangan. Soliqni to‘lash 
muddatlari deganda soliq to‘lovchilarning davlat byudjeti oldida soliq 
majburiyatlarining bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to‘lash muddatlari 
o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: avans (bo‘nak) to‘lovlari va 
haqiqiy daromad olinganidan keyingi to‘lovlar.
Soliqni to‘lash tartibida esa, soliqni yo‘naltirilganligi (byudjetga yoki 
byudjetdan tashqari fondlarga), soliqni to‘lash vositasi (milliy valyuta, 
so‘mda yoki boshqa mamlakatlar milliy valyutasida. O‘zbekiston 
Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valyuta, 
so‘mda to‘lanishi mumkin) hamda soliqni to‘lash shakllari (naqd pul yoki 
naqd pulsiz) ifodalanadi. 
Soliq yuki – soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘ida to‘lagan 
soliqlari yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilarning to‘laydigan 
barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to‘lovlarining yig‘indisi ifodalanadi. 
Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri 
kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri 
soliqlarda soliq og‘irligi aynan soliqni byudjetga hisoblab o‘tkazuvchi 
soliq to‘lovchilar zimmasiga tushsa, egri soliqlarda soliq yuki soliqni 
to‘lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar 
zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar 
bo‘yicha soliq yukini bir yilda byudjetga to‘langan barcha majburiy 
to‘lovlar yig‘indisi orqali aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi o‘z 
navbatida mamlakatning iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya darajasiga, 
davlatning 
vakolatli 
funksiyalarni 
qo‘llashiga, 
qolaversa 
bozor 
munosabatlarining rivojlanishini va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita 
bog‘liq bo‘ladi.


58 
Soliq yukini ifodalashning bir qancha ko‘rinishlari mavjud: 
makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi soliq yuki va mikrodarajadagi 
soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda butun mamlakat 
miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan vaqt oralig‘ida 
davlat byudjetiga kelib tushgan soliqlar yig‘indisini ana shu vaqt oralig‘ida 
yaratilgan YaIM yoki MD ga nisbati olinadi. Mezodarajada alohida 
olingan soha, tarmoq yoki sektorga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalansa, 
mikrodarajada esa, aniq bir olingan subyektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki 
ifodalanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling