Z. J. Rasulov va boshqalar soliqlar va soliqqa tortish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/140
Sana10.09.2022
Hajmi5.01 Kb.
#803695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish Darslik J R Zaynalov, S S Aliyeva, Z
MIRAZIZ A’ZAMNING HAYOTI VA IJODI, engil, engil, Diplom ish Klaviaturalar bilan ishlash, independent work (1), Bonus, 10 ta Dastur, a, ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari, labartoriya-3, Сканировать10002, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, 2-oraliq (1), 4-kurs-Рус.С.Х. Ишчи
 
KBK
ISBN
 
 
 
 
 
 
 
 
UO‘K
 
 
© Zaynalov J.R., Aliyeva S.S., Axrorov Z.O., Rasulov Z.J. va boshqalar 



Kirish 
 
Hozirgi sharoitda mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash, soliq 
tizimidagi iqtisodiy islohotlarni yanada takomillashtirish va uni amalga 
oshirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish, kichik 
biznes subyektlarini rivojlantirish va uning iqtisodiyotda tutgan o‘rnini 
yanada mustahkamlash ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim 
masalalariga aylanib bormoqda.
Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan rivojlangan 
davlatlarda soliq siyosatini byudjet daromadlari istiqbolini belgilash 
bo‘yicha to‘plangan keng va boy tajribalarni chuqur o‘rganish hamda 
ularni milliy iqtisodiyotga tatbiq etish yo‘llari ishlab chiqilmoqda. 
Shu jumladan, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ham 
davlatning soliq siyosatini aniqlash va belgilashda ularning istiqboliga 
asoslangan bashoratlarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 
Lekin, respublikamiz uchun hali qirralari to‘la ochilmagan mazkur 
sohaning barcha yutuq va afzalliklarini o‘rganishga bo‘lgan munosabat 
hamda e’tiborning bugungi ahvolini qoniqarli deb bo‘lmasligi, bu sohada 
chuqur va samarali tadqiqotlar olib borish, uning ko‘lamini oshirib borish 
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa, eng avvalo, soliq siyosatining 
istiqbolini belgilashning mazmuni, vazifalari, xususiyatlari, usullari
samaradorligi kabi o‘ziga xos jihatlarini anglashni talab qiladi. 
Soliqlar va soliq munosabatlari to‘g‘risidagi aniq amaliy 
muammolarni o‘rganish davomida ko‘p marotaba uning nazariy 
masalalariga duch kelinadi. Shu munosabat bilan, soliqlar va soliq 
munosabatlari to‘g‘risidagi fundamental muammolarini ishlab chiqish, 
moliyaviy siyosat vazifalarini hal etishning ilmiy asoslanishi jiddiy amaliy 
ahamiyat kasb etadi. 
Afsuski, ko‘pincha amaliyot xodimlari o‘rtasida amaliy vazifalarni 
hal etishda nazariyaning muhim emasligi to‘g‘risidagi fikrlarni eshitib 
qolamiz. Fikrimizcha, iqtisodiy hodisalarning mohiyati va funksiyalari 
to‘g‘risidagi bunday fikrlar o‘z asosiga ko‘ra ishonchli emas. Chunki 
nazariya faqat o‘zi uchungina mavjud bo‘lmaydi. U keng ma’noda, 



amaliyotni “ro‘yobga chiqaruvchisidir”, biroq bu amaliyotni ilmiy 
umumlashtirishda nazariyaning rolini aslo kamaytirmasligi lozim, u 
iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashning eng muhim sharti va omili 
hisoblanadi. Demakki, har qanday iqtisodiy ko‘rsatkichning amaliy 
ta’sirchanligini ta’minlash imkonsizdir. 
Shu bilan bir vaqtda, soliqlarning umumiy nazariyasi masalalari 
(soliq toifasi tushunchasi, uning obyektiv zarurligi, takror ishlab 
chiqarishdagi roli, soliqlarning funksiyalari va boshqalar) tahlili haqida 
fundamental tadqiqotlar mavjud emas. Bular quyidagi holatlar bilan 
bog‘liqdir: birinchidan, bozor munosabatlariga o‘tgunga qadar, soliqlar 
roli tahlili, ularning hozirgi roli bilan taqqoslaganda, pastroq ahamiyatga 
ega bo‘lganligi, ikkinchidan, soliqlarning funksiyalari to‘g‘risidagi turlicha 
talqinlarning mavjudligidir. Bularning barchasi shundan guvohlik beradiki, 
umuman iqtisodiy toifa sifatidagi soliqlarning mohiyati emas, balki 
byudjet daromadlarini shakllantirish maqsadida kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarish tizimida ularning alohida xususiyatlari va vazifalarigina 
o‘rganilmoqda.
Ma’lumki, har qanday iqtisodiy toifaning mohiyati iqtisodiy 
munosabatlar 
tarkibini, 
toifaning 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlarini, 
munosabatlarning asosini va uning ijtimoiy-iqtisodiy tavsifini aniqlashi 
zarur. 
Soliq tizimi va unga amal qilish mexanizmining umumiy asoslari 
ishlab chiqilganiga qaramasdan bu sohada ham hal qilinishi bo‘yicha qator 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Soliq tushunchasi paydo bo‘lganidan boshlab, uni joriy qilish va 
soliq munosabatlarini rivojlantirish bilan muntazam shug‘ullanib kelingan. 
Soliqlar bo‘yicha klassik va hozirgi zamon iqtisodchi olimlar asarlarida 
batafsil yoritilgan. Bundan tashqari respublikamiz iqtisodchi olimlari ilmiy 
asarlarida soliq va soliq munosabatlari to‘g‘risida fikr yuritganlar. Mazkur 
darslikni yaratish jarayonida iqtisodchi olimlarning soliqlar bo‘yicha olib 
borgan ilmiy ishlaridan keng foydalanildi. Shu bilan birgalikda 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, Prezident Farmonlari, Vazirlar 
Mahkamasining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 



Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar va 
Internet tarmog‘i ma’lumotlaridan hamda hisobot materiallaridan keng 
foydalanildi. 
Darslik Zaynalov J.R. (Kirish, I bob 1.2, 1.3, V bob, VII bob 7.7-7.9, 
IX bob, XI bob), Aliyeva S.S. (I bob 1.1, 1.6, II bob, VIII bob 8.6-8.9, XII 
bob), Axrorov Z.O. (I bob 1.4, 1.5, III bob, VI bob, X bob, XIII bob), 
Rasulov Z.J. (I bob 1.7, IV bob), Xusanov B.Sh. (VIII bob 8.1-8.5) va 
Latipova Sh.M.lar (VII bob 7.1-7.6) tomonidan yozildi.




Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling