Z. J. Rasulov va boshqalar soliqlar va soliqqa tortish


 Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/140
Sana10.09.2022
Hajmi5.01 Kb.
#803695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish Darslik J R Zaynalov, S S Aliyeva, Z
MIRAZIZ A’ZAMNING HAYOTI VA IJODI, engil, engil, Diplom ish Klaviaturalar bilan ishlash, independent work (1), Bonus, 10 ta Dastur, a, ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari, labartoriya-3, Сканировать10002, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, 2-oraliq (1), 4-kurs-Рус.С.Х. Ишчи
1.2. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari 
Soliqlarning yuzaga kelinishini qadimiy manbalardan ham kuzatish 
mumkin. Ammo soliqlardan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga 
solishda davlat ulardan qurol sifatida foydalanganligini faqat yuzaga 
kelgan soliq turlari orqali bilish mumkin. 


10 
Agarda ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarga bir nazar tashlasak, unda davlat 
soliqlaridan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda muntazam 
foydalanganligidan xulosa chiqarib olishimiz mumkin bo‘ladi. Hatto 
davlatchilikning shakllanishida ham soliqlar yetakchilik qilishgan. Chunki 
davlatning paydo bo‘lishi mukammal barqarorlashmagan ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarga tayangan. Shuning uchun ham davlatning paydo 
bo‘lishining dastlabki bosqichida moliyaviy va iqtisodiy ishlarni 
jonlantirishda 
davlat 
hukmdorlari 
har 
xil 
soliq 
to‘lovlaridan 
foydalanishgan va o‘z oldilarida turgan muammolarni yechishga harakat 
qilishgan. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘rta asrning barcha 
moliya fani namoyandalari davlatning o‘z vazifalarini bajarishda 
soliqlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish muhim, deb fikr bildirishgan. 
Bunday fikr hatto hozirgi taraqqiyot bosqichimizda ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni tartibga solishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, soliqlarni mohiyatini ochishda, 
ulardan davlat oldida turgan vazifalarni bajarishda o‘ziga xos 
tushunchalarda nomayon bo‘ladigan “qurol” yoki “vosita”
1
so‘zlariga 
tayanilishi soliq munosabatlarini cheklanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Ammo “qurol” va “vosita” so‘zlari soliq munosabatlari doirasida 
davlatning rolini ifodalantirish bilan cheklanadi va soliqlarni aniq ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarni harakatga keltirishdagi mohiyati va ahamiyatini 
ifodalab bera olmaydi. Buning sababi soliqlarni soliq oluvchi va soliq 
to‘lovchilar o‘rtasidagi obyektiv pul munosabatlarini emas, balki yangi 
qiymatni yuzaga keltirishda namayon bo‘ladigan pul munosabatlarida o‘z 
aksini topadi. Shuning uchun ham ularni majburiy to‘lovlar sifatida yuzaga 
kelishida daromad, foyda, mol-mulk, qiymat taqsimoti muhim manba va 
soliq obyektlari rol o‘ynaydilar. Bu borada shuni ham izohlab o‘tish 
kerakki, soliqlarni majburiyligi ham ularning mohiyatini emas, balki 
ularga xos bo‘lgan demokratik xususiyatni aks etiradi, xolos. Buni 
soliqlarga xos majburiylik xususiyatlari huquqiy me’yorlarga asoslanadi. 
Bunday huquqiy me’yorlar davlatlarning parlamentlari tomonidan 
o‘rganiladi va jamiyat manfaatlariga molik darajada yetkazilishi orqali 
1
Гатаулин Ш.К. Солиқлар ва солиққа тортиш. Т.: Ўзб.Р.ДСҚ, 1996. 4 б. 


11 
qabul qilinishi mumkin. 
Shunday qilib soliqlar o‘z mohiyatidan kelib chiqib yangi qiymatni 
yuzaga keltirishi bilan bog‘liq pul munosabatlarini ifodalaydi. 
Demak, soliqlar mohiyatida yangi qiymatni yuzaga keltirishi bilan 
bog‘liq pul munosabatlari yotadi. Shuningdek, ular moliyaning tarkibiy 
qismi bo‘lib, uzoq muddatlarni mo‘ljallangan huquqiy me’yorlar bilan 
mustahkamlangan. Lekin qonunlar bilan mustahkamlangan soliqlar turli 
omillar ta’sirida ko‘zda tutilgan natijalarni qo‘lga kiritishiga xizmat 
qilmasligi ham mumkin. Shu bois ham soliqlar samarali natijalarni qo‘lga 
kiritilishini ta’minlashi va uzoq muddatlarga xizmat qilishi uchun soliq 
munosabatlarini to‘liq ifodalaydigan, ilmiy asoslangan soliq siyosatiga va 
Respublikamiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 
Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlariga bevosita asoslanishi 
shart. 
Soliqlar yangi qiymatni yuzaga keltirishi bilan bog‘liq pul 
munosabatlarini ifoda etganligini e’tiborga olgan holda ularning 
mohiyatini to‘liq yoritilishi soliq munosabatlarini ifodalovchi bir 
tomondan davlat va ikkinchi tomondan ularni to‘lovchilari, ya’ni huquqiy 
va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi yuzaga keladigan majburiy to‘lovlar, 
shuningdek, soliqlar funksiyalari bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham 
soliqlar mohiyatini soliq to‘lovlari bilan bog‘liq munosabatlar va soliq 
funksiyalari orqali ifodalab borish zarur. 
Soliqlar obyektiv taqsimlash munosabatlari orqali kengaytirilgan ishlab 
chiqarishning hamma bosqichlarida ishtirok etadi va ishlab chiqarish 
munosabatlarida o‘z aksini topadi. Soliqlarning jamiyat iqtisodiy bazasini 
ifodalashi tufayli ishlab chiqarishni qiziqtirishda, tovar ishlab chiqarish 
orqali 
iste’molni tartibga solishda va markazlashtirilgan pul 
jamg‘armalarini yuzaga keltirishda, ijtimoiy himoya va boshqa ijtimoiy 
zaruriy maqsadlar yo‘lida ulardan keng foydalanib kelinmoqda. 
Yuqoridagidan kelib chiqqan holda shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, 
amaliy jihatdan soliqlarning qonuniy harakatlari orqali ularning mohiyatini 
ifodalash mumkin: 
 birinchidan, soliq to‘lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga 


12 
to‘lar ekan, buning evaziga tovar yoki xizmat olmaydi. Soliq miqdori bilan 
u iste’mol qilgan ijtimoiy ne’mat o‘rtasida bog‘liqlik yuzaga kelmaydi. 
Shu xususiyatga ko‘ra soliq to‘lovchi ko‘rsatgan foydasini yoki manfaatini 
to‘lagan soliqlar bilan solishtirsa, unda bunday holat daromadlarni 
yemirilishiga, soliq to‘lashdan bosh tortishga sabab bo‘lishi mumkin. 
Davlat o‘z fuqarolaridan yig‘ib olgan soliqlarni samarali va oshkora tarzda 
ishlatsa, hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning iqtisodiy-ijtimoiy 
va boshqa dasturlarini o‘z mablag‘lari hisobidan oqilona va ixtiyoriy 
ravishda ta’minlashga rozi bo‘lgan taqdirdagina davlat miqyosida yuksak 
soliq axloq tamoyillari yuzaga keltirilishi uchun zamin yaratiladi; 
 ikkinchidan, soliqlar to‘la o‘z vaqtida to‘lash uchun javobgarligi 
soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan ekan, u ixtiyoriy emas, balki 
majburiy xususiyatga ega bo‘lishi muqarrarligi; 
 uchinchidan, davlat foydasiga amalda yuzaga keltirilgan 
daromadning avvaldan qonun doirasida belgilab qo‘yilgan qismini undirib 
olinishi bilan. 
Soliqlar iqtisodiy faollikni tartibga solish orqali takror ishlab chiqarish 
jaryoniga ta’sir ko‘rsatadi. Davlat foydaga solinadigan soliqlardan 
foydalanib, sarmoyani jamg‘arish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi, masalan: 
jadallashtirilgan amortizatsiya ajratmalari orqali. 
Jadallashtirilgan amortizatsiya usuli iqtisodiyotining korporativ 
sektorida kapital qo‘yilmalarni ko‘paytirishning muhim omili hisoblanadi, 
chunki uni qo‘llash orqali fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirish, 
iqtisodiyotda 
tarkibiy 
o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, rivojlantirish 
imkoniyatlari yaratilishi mumkin. 
Soliqlar orqali to‘lovchilar va byudjet o‘rtasida daromadlar 
taqsimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini, albatta e’tiborga 
olish zarur. Soliq to‘lovchilar daromadini davlat oʻz xohishicha ololmaydi, 
soliqlarni byudjetga olishning ma’lum chegarasi mavjud. Shu bilan birga, 
soliq to‘lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi 
faoliyati hisobiga olinib, soliq belgilanadi. 
Shuning 
uchun 
ham, 
Davlat 
soliqlardan 
makroiqtisodiyotni 
rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat 


13 
maqsadlari uchun yetarli moliyaviy resurslar to‘plashda keng foydalanishi 
lozim. 
Shu o‘rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni 
keltirib o‘tish o‘rinlidir. “Soliqlar, - deb yozadi D.Rikardo, - hokimiyat 
ixtiyoriga kelib tushadigan yer resursi va mamlakat mehnatining bir 
qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat 
daromadi hisobidan to‘lanadi”.
2
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, 
D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z navbatida A.Smit tomonidan 
yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlanishiga o‘zining 
hissasini qo‘shgan. 
Soliqlar bo‘yicha yana bir ta’rif S.G. Pepelyaev tomonidan berilgan: 
“Soliq – ommaviy hokimiyat subyektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash 
maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning 
majburiylik, yakka tarzda xolisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi 
bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega 
bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir”.
3
Hozirgi paytda iqtisodiy adabiyotlarda soliqlarning iqtisodiy mohiyatini 
o‘rganishga bag‘ishlangan qator ilmiy ishlar chop etilgan. Masalan, 
“Siyosiy iqtisod” izohli lug‘atida soliqlar “… korxona, tashkilot va aholini, 
mamlakat 
moliyaviy 
resurslarini 
tashkil 
etishdagi 
ishtirokini 
xarakterlovchi majburiy to‘lovlar tizimi”, deb izohlanadi. 
Professor D.G. Chernikning fikricha “Soliqlar – davlat tomonidan 
xo‘jalik subyektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan 
stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi”.
4
Professor B.G. Boldirev boshchiligida yozilgan “Kapitalizm moliyasi” 
o‘quv qo‘llanmasida soliqlarga quyidagicha ta’rif berilgan: “Soliqlar – 
davlat tomonidan undirib olinadigan, jismoniy va huquqiy shaxslarning 
majburiy to‘lovlari”
5
haqiqatan ham yuqorida keltirilgan ta’riflar eng 
sodda va keng omma uchun qulay va tushunarli bo‘lishi mumkin. Lekin bu 
2
Рикардо Д. Начало политической экономики и налогового обложения. Сочинения. Т. 1. М.: 
Госполитиздат, С.380. 
3
С.Г. Пепеляев и др. Основы налогового права. М.: Финансы и статистика, 2000. 
4
Черник Д.Г. Налоги в рыночной экономике. М.: Финансы, 1992. №3. С.19.
5
Болдырев Б.Г. Финансы капитализма. М.: Финансы, 1987. С.21. 


14 
ta’riflar o‘zida soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini to‘laligicha aks 
ettira olmaydi. Bundan tashqari, ushbu to‘lovlar nima maqsadda undirib 
olinishi hamda qachon undirib olinishi to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar bera 
olmaydi. 
Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va 
iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif 
soliqlarning mohiyatini to‘laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning 
tashkiliy-huquqiy tomonlarini o‘zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari 
iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar obyekti bo‘lib nima 
hisoblanadi, degan savollarga javob bera olmaydi. 
Soliqlarni ta’riflashda iqtisodiy adabiyotda umumiylik va xususiylik 
mavjud. Umuman, soliqlar davlatning mavjud bo‘lishi uchun zaruriyat 
bo‘lib, davlat va mahalliy hokimiyat tuzilmalarini moliyaviy jihatdan 
ta’minlash, davlat o‘z zimmasiga olgan vazifalarni bajarishi uchun 
o‘rnatilgan stavkalarda majburiy tarzda undiriladigan hamda uni 
to‘lovchilarga yakka tartibdagi ekvivalent huquqini bermaydigan to‘lovlar 
hisoblanadi
6

Shuni ta’kidlash kerakki, prof. O. Olimjonovning fikriga ko‘ra, soliqlar 
quyidagicha ta’riflansa, soliqlarning mohiyati kengroq yoritiladi va 
maqsadga muvofiq bo‘ladi: “Soliqlar – davlat va jamiyatning pul 
mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan 
belgilab qo‘yilgan hajmda va o‘rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy 
shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan 
to‘lovlardir”.
7
Bozor iqtisodiy munosabatlariga o‘tish va zamonaviy tuzilmalarning 
yuzaga kelishi va rivojlanishi soliq tizimini qayta ko‘rilishini taqozo etadi. 
O‘zbekiston Respublikasini mustaqil deb e’lon qilinishi huquqiy 
jihatdan ta’minlangan munosabatlarni, shu jumladan soliq munosabatlarini 
qayta ko‘rish zaruriyatini keltirib chiqardi. Avvalo 1992-yil 14-yanvarda 
qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning soliqlari 
6
Тошматов Ш.А. Корхоналарни ривожлантиришда солиқлар роли: Монография. Т.: Фан ва 
технология, 2008. 79 б. 
7
Олимжонов О. Бозор иқтисодиётига ўтиш даврида солиқ сиёсати //Ҳаёт ва иқтисод. 1992. 


15 
to‘g‘risida”gi qonun 1997-yil 24-aprelida O‘zbekiston Respublikasining 
“Soliq kodeksi”ni qabul qilinishini, o‘tish davrigacha amal qilingan 
aksariyat soliqlarni bekor qilinishi hamda yangi soliq xillarini amalyotga 
joriy etilishiga imkoniyat tug‘dirib berdi. 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga javob beradigan soliqlarni amal 
qilishi, 
iqtisodiy-ijtimoiy 
taraqqiyotni 
ta’minlanishiga 
va 
uni 
rivojlantirilishiga sabab bo‘ldi. O‘tish davrining nobarqarorlik jarayonlari
yuzaga kelganda, ularni bir tomondan davlat oqilona soliqlardan 
foydalangan holda tartibga solishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi 
tomondan davlat soliqlar orqali o‘z oldida turgan vazifalarini va 
funksiyalarini 
bajarishda 
yetarli 
darajada 
markazlashtirilgan 
pul 
mablag‘larini tashkil etishga zamin yaratib beradi. Demak soliqlarning 
obyektiv zarurligi nafaqat zamonaviy munosabatlarni, iqtisodiy-ijtimoiy 
tuzilmalarni 
yuzaga 
kelishi, 
balkim 
ana 
shunday 
tuzilma 
va 
munosabatlarni tartibga keltirish, davlatni boshqarish bilan bog‘liq 
davlatning funksiya va vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlanishning 
zarurligidan kelib chiqadi. 
Shunday qilib soliqlarning obyektiv zarurligi quyidagilar bilan bog‘liq 
bo‘ldi: 
 Bozor iqtisodiy munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlarni qabul 
qilish bilan; 
 Turli mulk shaklidagi xo‘jalik subyektlarini va erkin narxlarni amal 
qilishi aholi bilan xo‘jalik subyektlari o‘rtasida faqat qonuniy, huquqiy, 
demokratik munosabatlarini shakllanishi bilan; 
 Markazlashgan 
ma’muriy 
taqsimotdan 
o‘z-o‘zini 
moliyalashtirishga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni xo‘jalik subyektlarida 
mustaqil taqsimotini va rejalashtirilishini amalga oshirilishi bilan; 
 Bozor iqtisodiy munosabatlariga o‘tish bosqichlarida xo‘jalik 
subyektlari faoliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar, ishlab 
chiqarish hajmini pasayishi yoki faoliyatni to‘xtatilib qo‘yilishi byudjet 
daromadlarini pasayishi va ularni qoplash uchun salmoqli daromadlar 
bo‘lishini ta’minlash faqat egri soliqlar orqali hal etilishi bilan. 
Ammo yuqorida keltirilgan dalillar nafaqat zamonaviy soliq 


16 
munosabatlariga amal qilishni, shuningdek, soliq tizimini qayta 
ko‘rishning zarurligi bilan ham bog‘liq bo‘ldi. 
Yangi soliq xillarini ularni yuzaga keltiruvchi manbalar va obyektlarini 
qonunlar doirasida tashkil etilishiga asos yaratilishi, shular orqali ko‘p-
mulkchilikni amal qilishiga va rivojlanishiga sharoit yaratilishi, erkin 
faoliyat yurgizish va ularning qonunlarga zid bo‘lmagan chegaralargacha 
kengaytirilishi 
turli 
soliq 
elementlarini 
barqarorlashtirib 
borilish 
zaruriyatini ham taqozo ettirdi. 
Shu tariqa bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik mulk shaklidan 
qatʼiy nazar, o‘zi erkin faoliyat ko‘rsatishi va butun faoliyatiga o‘zi javob 
berishi, davlatning aralashuvi qonun bilan, ya’ni soliq orqali amalga 
oshirilishi uchun ham zamin yaratildi. 
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida 
davlatning yangi funksiyalarini barqarorlashuvi uchun ham imkoniyatlarni 
yaratilishi ko‘pincha soliq munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. 
Bularga kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish va bozor 
infratuzilmasini tashkil qilish va shuni amalga oshirish uchun moliyaviy 
resurslarni davlat doirasida tashkil etish, nafaqaxo‘rlar, talabalar, ko‘p 
bolali oilalar va boshqalarni mablag‘ bilan ta’minlash, tovar baholarining 
ko‘proq oshgan qismini davlat hisobidan qoplash va boshqalar mustaqil 
mudofaa qudratiga ega bo‘lish, harbiy-texnikaga ega bo‘lish, davlat 
fuqarolar xavfsizligini saqlash, tartib-intizom o‘rnatish, mamlakatni 
boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham mablag‘ sarflash, bularning 
hammasi soliqlarning obyektiv zarurligini va tartiblashtirilib berilishini 
taqozo 
etadi. 
Lekin 
soliqlarning 
zarurligi 
boshqa 
o‘ziga xos 
munosabatlarni mavjudligi bilan ham bog‘liqdir. Misol uchun, bozor 
iqtisodiyotida hamma narsa sotiladi. Hech nima bepul berilmaydi. 
Shunday ekan, davlat tomonidan juda katta xarajatlar evaziga qiladigan 
xizmatlarini sotilishiga zaruriyat tutilishi mumkin. Lekin gap shundaki, 
bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ko‘rsatgan xizmatlari haqi juda 
katta bo‘lganligi uni sotib oluvchilarini yuzaga keltirmaydi. To‘g‘rirog‘i, 
uni sotib olish istagi tug‘ilganda ham mablag‘ni alohida holda etmaydi, 
hamma xo‘jalik subyektlari va fuqarolar davlatning xizmatlarini “Ijtimoiy 


17 
tovarlar” tushunchasi doirasida o‘zlashtiradilar, ammo ular shu iste’mol 
doirasida davlat xizmatlarini bajara olmaydilar. Masalan, biror-bir xo‘jalik 
hech qachon menga mudofaa xizmatlari yoki moliyaviy yordam kerak 
emas, demaydi. Demak, davlat xizmatlarini o‘zlashtirar ekan, uning 
haqqini to‘lashni unutmaslik kerak. Ammo, alohida iste’molchilar bu 
haqni ixtiyoriy ravishda to‘lagisi kelmaydi. Natijada davlat Oliy Majlis 
orqali ana shunday to‘lovni majburiy qilib qonunlar doirasida olishga 
kirishadi. Shuning uchun Oliy Majlis bu haqni to‘lashni majburiy soliq deb 
qonun orqali belgilab beradi. Davlatning xizmati uchun olinadigan soliq 
ko‘rinishidagi haq shu nuqtayi nazardan majburiy to‘lov bo‘lmay, 
ekvivalent xarakteriga egadir. U bozor munosabatlariga mos ko‘proq 
tushgan holda xizmatlarning oldi-sotdisida o‘z aksini topadi. 
Soliqlar rivojlangan tovar ishlab chiqarishning muhim toifasi bo‘lib, 
albatta yanada kengroq toifa – davlat byudjeti bilan chambarchas 
bog‘langan. Chunki soliqlar byudjetning shakllanishida ishtirok etadi.
8
Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to‘planib borishini 
ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, 
mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini 
rag‘batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib daromadlarni 
tartibga solish uchun foydalaniladi. 
Davlat soliqlarni davlat byudjetini shakllantirish uchun amalga kiritadi, 
soliqlar birorta aniq xarajatlarni qoplash maqsadiga ega emas, bu ayrim 
turdagi daromadlardan tushadigan tushumlardan amalga oshiriladigan 
xarajatlar ularga bog‘liq bo‘lib qolishining oldini olish zarurati bilan 
asoslangan. Biroq bir qancha hollarda umumiy soliqlar bilan birga 
maqsadli soliqlar ham belgilanadi, ularning amalga kiritilishi iqtisodiy 
faoliyatda ijobiy rol o‘ynashi mumkin.
U yoki bu iqtisodiy toifaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga 
xos umumiy belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Masalan, kredit iqtisodiy 
toifa sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq 
(foiz) to‘lash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar kredit toifasi 
8
Вахобов А., Срожиддинова З. Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети. Т.: ТМИ, 
2002. 36 б. 


18 
mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq 
toifasi ham bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarni 
boshqa to‘lovlardan farqlash uchun xizmat qiladi.
Rus 
iqtisodchisi 
A.Medvedev 
o‘zining 
“Soliqlarni 
qanday 
rejalashtirmoq kerak?” nomli kitobida soliqlarga xos bo‘lgan ikki belgini, 
ya’ni majburiylik va ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bizningcha soliqlarning umumiy 
belgilarini quyidagicha ifodalash mumkin: 
1. Soliq to‘lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga to‘lap ekan, 
buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida 
olingan soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq miqdori bilan u iste’mol 
qiladigan ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud 
bo‘lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatga ko‘ra soliq narxdan, (tovar yoki 
xizmatlarni ixtiyoriy iste’mol qilganligi uchun to‘lanadigan haq sifatida) 
ruxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik yig‘imlaridan farq qiladi, chunki 
bular majburiy yoki ixtiyoriy to‘lovlar hisoblansada, biroq hamma vaqt 
hukumat tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) ko‘rilishi 
bilan bog‘liqdir. 
Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan iqtisodiy 
va ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida bevosita, har bir kishining ko‘zi ilg‘aydigan 
bog‘liqlikning yo‘qligi soliq to‘lovchilar soliqqa tortishni yuk sifatida 
baholashlari uchun sabab bo‘ladi, ular soliqlar hisobidan qilinadigan davlat 
xarajatlarining yo‘nalishini ma’qullashlari ham mumkin. 
Alohida olingan soliq to‘lovchi odatda jamiyat va o‘zining ko‘rgan 
foydasi yoki manfaatini to‘lagan soliqlari bilan solishtirib o‘tirmaydi. Bu 
shunga olib keladiki, oqibatda fuqarolarning bir qismi soliqlar to‘lashdan 
bo‘yin tovlashga, o‘z daromadlarini yashirishga urinadi. Davlat o‘z 
fuqarolaridan yig‘ib olgan soliqlarni samarali va oshkora tarzda ishlatsa 
hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va 
boshqa dasturlarini o‘z mablag‘lari hisobidan pul bilan ta’minlashga rozi 
bo‘lgandagina yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi. 
2. Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘liq miqdorda 
va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga 


19 
yuklangan bo‘lsa-da, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to‘laydilar, 
davlat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarni qattiq jazolaydi. 
3. Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avvaldan belgilab 
qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda tutilgan qismi undirib 
olinadi. Ko‘pgina davlatlarning, shu jumladan, O‘zbekistonning ham 
qonunlarida soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat 
Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan 
organlar haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zining xohish-
istagiga qarab yangi soliqlar belgilash yoki ularning hajmlarini aniqlashga 
hech kimning haqqi yo‘q. To‘lovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga 
ega bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifi hisoblanadi. 
4. Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy byudjetga 
kelib tushishidir, ya’ni soliqlar byudjetdan tashqari fondlar yoki turli xil 
boshqa fondlarga kelib tushmaydi. 
5. Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat 
hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkchilikni qayta 
taqsimlash jarayonining yuzaga kelishidir. Soddaroq qilib aytganda 
korxonalar va aholidan olinadigan soliqlar, aslida ularning mulkini ma’lum 
bir qismini davlat hisobiga o‘tkazilishini bildiradi. Bu bilan xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lgan mulk daromad shaklida majburiy 
to‘lov bo‘lib, davlat mulkiga aylanadi. 
Hozirda soliqlarning umumiy belgilarini chuqurroq o‘rganish talab 
etilmoqda. Shu o‘rinda soliqlarning umumiy belgilarini to‘liqroq va 
aniqroq, batafsil yoritishi mumkin bo‘lgan har qanday iqtisodiy 
vaziyatlarda o‘zgarmaydigan va doimiy mavjud, ahamiyatli optimal 
umumiy belgilarini yaratish muammosi hal etilishi lozimdir. 
Soliq toifasi boshqa iqtisodiy toifalar: moliya, kredit, sug‘urta, 
investitsiya kabilar bilan umumiy o‘xshashlikka ega, ya’ni ularning 
barchasi pulli munosabatlarni ifodalaydi. Lekin soliqlarning o‘ziga xos 
yuqorida qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa 
iqtisodiy toifalardan farqlash uchun xizmat qiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling