Z. J. Rasulov va boshqalar soliqlar va soliqqa tortish


 O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlar va boshqa


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/140
Sana10.09.2022
Hajmi5.01 Kb.
#803695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish Darslik J R Zaynalov, S S Aliyeva, Z
MIRAZIZ A’ZAMNING HAYOTI VA IJODI, engil, engil, Diplom ish Klaviaturalar bilan ishlash, independent work (1), Bonus, 10 ta Dastur, a, ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari, labartoriya-3, Сканировать10002, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, 2-oraliq (1), 4-kurs-Рус.С.Х. Ишчи
1.4. O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar 
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar 
va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, 
soliq nazoratining yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta’rif soliq 
tizimini keng ma’noda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor 
ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo‘lgan va markazlashgan 
pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy 
to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimi deb ataladi. Soliq tizimiga nisbatan 
bunday yondashuv ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini ta’kidlash 
o‘rinli. Qayd etilgan ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya’ni 
“majburiy xarakterga ega bo‘lgan munosabat” va ularning bir-biri bilan 
bog‘liqligini hamda uning byudjetga kelib tushishini ko‘rsatadi. Bu 
O‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu 
yerda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning byudjetdan tashqari 
fondlariga to‘lovlarni ham majburiylik nuqtayi nazaridan soliq tizimiga 
kiritish muammosi mavjud. Bu borada soliqlarni tartibga solish muhim 
ahamiyatga ega. 
Soliqlarni tartibga solish – milliy iqtisodiyotning rivojlanish 
sur’atlariga mos ravishda soliq yukini o‘zgartirish maqsadida soliq siyosati 
doirasida davlat tomonidan amalga oshiriladigan jarayonlarni bir me’yorga 
keltirish maqsad qilingan normativ-huquqiy hujjatlar yig‘indisidir. 
Soliqlarni tartibga solishning maqsadi iqtisodiyotni rivojining barcha 
darajalarida barqaror iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy rivojlantirish sharoitlarini 
14
Яҳёев Қ. Солиққа тортиш назарияси ва амалиёти. Т.: Ғафур Ғулом, 2003.


35 
yaratish maqsadida kompleks choralar, mexanizmlar, vositalar va 
harakatlarni shakllantirish hisoblanadi. 
Demak, soliq siyosati, soliq ma’murchiligi, soliq mexanizmi, soliq 
nazorati kabi toifalar zamirida soliqlarni tartibga solish yotadi. Soliqlarni 
tartibga solish ushbu tushunchalarni bir qator vositalar orqali amalga 
oshiradi. 
Soliqlar bo‘yicha izlanishlar olib borgan ayrim mualliflarning soliq 
tizimiga yondashuvi boshqacha. Soliq tizimiga, xususan, soliqlar yoki 
ularga tenglashtirilgan to‘lovlar tizimi (majmui) sifatida qarash mumkin 
emas. Soliq solishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar: soliqlarni 
belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning turlari, ularni byudjet 
darajalari o‘rtasida taqsimlash tartibi, soliq nazoratini amalga oshirish 
shakllari va uslublari, soliq to‘lovchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular 
manfaatlarini 
himoya 
qilish 
usullari, 
soliq 
munosabatlari 
ishtirokchilarining javobgarligi kiradi va shu bilan birga ushbu elementlar 
soliq tizimining tarkibiy unsurlari ekanligini ta’kidlaydi. Soliq tizimini
ana shu elementlarning majmuasidan iborat bo‘lgan va ular o‘rtasidagi 
munosabatlar majmuasidan kelib chiqqan holda ifodalash mumkin.
Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, 
soliq siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish 
mumkin. Ushbu elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan 
soliqlarning tarkibini belgilab beradi.
Soliq tizimining asosi bo‘lgan soliqlar o‘ziga xos xususiyatlariga, bir 
qator belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning 
obyektiga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy faoliyatiga ta’sir 
etishiga, undirilish usullari, paydo bo‘lishiga (subyektiga), byudjetga 
yo‘naltirilishiga va boshqa belgilariga ko‘ra ularning tasniflanishidir. 
Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ularni 
taqsimlash tamoyillarini belgilashda, ularning soliq funksiyasi va 
vazifalarini qay darajada bajarayotganligini baholashda, umuman olganda 
davlat byudjetini doimiy ravishda va muntazam daromadlar bilan 
ta’minlashda, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik 


36 
faoliyatini cheklab qo‘ymasdan faoliyat ko‘rsatishida soliqlarning har 
tomonlama ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish, tahlil qilishdan iborat. 
Tarixan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha 
qilib aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga to‘g‘ri va egri 
soliqlar guruhlariga bo‘linadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan 
mablag‘ni tasarruf etishiga, ya’ni byudjetga o‘tkazish nuqtayi nazaridan 
soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Shuningdek, soliqlar 
paydo bo‘lish manbaiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan 
soliqlarga bo‘linadi. Soliqlarning qayd etilgan guruhlarga ajratib 
o‘rganishni alohida savol sifatida kengroq yoritishga harakat qilamiz.
Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning ayrim turlarini ko‘rib chiqamiz. 
Soliqlarni obyekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlash iqtisodiyotga 
ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatishni o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab uch guruhga bo‘linadi: 
1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo‘shilgan qiymat 
solig‘i, aksiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, 
dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, 
bojxona bojlari, yig‘imlari va boshqalar kiradi. 
2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq 
to‘lovchi subyektlar tasarrufida mavjud bo‘lgan mol-mulkdan, yerdan va 
boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat. 
3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan 
olinadigan daromad (foyda) solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, 
jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va boshqalar kiradi. 
Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari korxonalar 
xo‘jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to‘lanadigan 
aksariyat soliqlar va majburiy to‘lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali 
ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo‘shiladi (yer solig‘i, mol-mulk 
solig‘i va boshqalar). Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning asosi 
hisoblangan, ularni xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatiga 
ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mumkin: 


37 
1. Tovar (ish, xizmat)lar oborotidan to‘lanadigan soliqlar. Bunday 
soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz 
solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi 
va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari. 
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga 
ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga 
ajratmalar va boshqalar. 
3. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa’ridan foydalanganlik 
uchun soliq va boshqalar. 
4. Korxonalar foydasidan to‘lanadigan soliqlar: daromad (foyda) solig‘i 
va boshqalar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling