Z. J. Rasulov va boshqalar soliqlar va soliqqa tortish


 Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar: iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/140
Sana10.09.2022
Hajmi5.01 Kb.
#803695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish Darslik J R Zaynalov, S S Aliyeva, Z
MIRAZIZ A’ZAMNING HAYOTI VA IJODI, engil, engil, Diplom ish Klaviaturalar bilan ishlash, independent work (1), Bonus, 10 ta Dastur, a, ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari, labartoriya-3, Сканировать10002, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, chiziqli fazo e62839c72df1a24edc53d82ef615a3b0, 2-oraliq (1), 4-kurs-Рус.С.Х. Ишчи
1.5. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar: iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra 
guruhlanishi; byudjetga tushishiga ko‘ra guruhlanishi; soliq 
to‘lovchilar nuqtayi nazaridan guruhlanishi 
Respublikamizda so‘nggi yillarda soliq islohotlariga alohida e’tibor 
qaratilib, soliq organlari faoliyatini tubdan isloh qilish, soliq 
qonunchiligini soddalashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan tendensiyasi muntazam amalga oshirilib 
kelinmoqda. Bu aynan byudjet daromadlari nuqtayi nazaridan soliq to‘lov 
potensiali mohiyatini bilishni taqozo etadi. 
Soliq to‘lov potensiali – bu soliq yig‘im va to‘lovlarining real 
chegaralarini aks ettiruvchi turli darajadagi byudjet daromadlarini hosil 
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat, korxonalar va fuqarolar o‘rtasida 
qonuniy paydo bo‘luvchi soliq munosabatlar yig‘indisini tavsiflovchi 
iqtisodiy voqelikdir. 
Soliq munosabatlari tarkibida turli soliq turlari va ularning guruhlanishi 
namoyon bo‘ladi. Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga, to‘lovchi bilan davlatning 
o‘zaro munosabatlariga bevosita yoki bilvosita bog‘liqligiga ko‘ra to‘g‘ri 
va egri soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlar to‘g‘ridan to‘g‘ri daromadga 
va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning 


38 
bahosida to‘lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan 
olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi 
ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o‘tkazadi. 
1.1-jadval 
Davlat byudjeti daromadlari hajmi, mlrd. so‘m 
T/r 
Ko‘rsatkichlar 
2016- yil 2017- yil 2018- yil 2019-yil 
2020-yil 
(prognoz) 
Daromadlar, jami 
41 043,4 49 681,0 79099,1 112165,4 128460,0 

Bevosita soliqlar 
9 852,8 
11 539,4 15656,2 
31676,8 
40719,0 

Bilvosita soliqlar 
21 130,7 26 133,2 41280,4 
46428,5 
58244,2 

Resurs to‘lovlari va 
mulk solig‘i 
5 306,2 
6 867,4 
12663,4 
19680,8 
20690,3 

Yuqori daromaddan 
olinadigan soliq 
1 401,9 
1 415,2 
1528,0 
107,9 


Boshqa daromadlar 
3 351,8 
3 725,8 
7971,1 
14271,4 
8806,5 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari. 
Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘ri soliqlarning pirovard to‘lovchisi 
hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo‘yiladigan 
tovarning iste’molchisi esa egri soliqlarning pirovard to‘lovchisi 
hisoblanadi. Amaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to‘g‘ri 
soliqlarni ham iste’molchilar zimmasiga o‘tkazish imkoniyati mavjuddir. 
Masalan, korxonalar to‘laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida 
ko‘pincha narx-navoni oshirib yuborish orqali iste’molchilar zimmasiga 
yuklab boriladi. 
To‘g‘ri soliqlarga tortishda mablag‘larning safarbar qilinishi yangi 
qiymatni taqsimlash paytida boshlanadi. Davlat daromad olingan 
paytdayoq uning bir qismiga o‘z huquqlarini da’vo qiladi. 
Soliq to‘lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokazo) va 
uning mol-mulkini (yer, uylar, qimmatli qog‘ozlar va hokazo) qiymati 
to‘g‘ri soliqlar obyekti hisoblanadi. Soliqqa tortishning bu shakli egri 
soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to‘lovchining 
daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish 


39 
bosqichida undiriladi. Bundan tashqari, to‘g‘ri soliqlarga tortishda soliq 
to‘lovchi o‘z solig‘ining summasini aniq biladi. 
Tarixiy jihatdan olganda to‘g‘ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning 
birinchi yarmida shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi. 
To‘g‘ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo‘linadi. 
Real soliqlar soliq to‘lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (yer, 
uylardan) kadastr asosida undiriladi, to‘lovchining haqiqiy daromadliligini 
emas, balki o‘rtacha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish 
obyektiga qarab quyidagilar real soliqlarga kiradi: yerga oid, uy-joylarga 
doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli qog‘ozlardan olinadigan soliqlar. 
Real soliqlar tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa tortish mol-mulkning 
kadastr bo‘yicha aniqlanadigan o‘rtacha daromadliligi bo‘yicha amalga 
oshiriladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining 
kengayishi shaxsiy soliqlarga o‘tilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar 
fiskal jihatdan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham foydali bo‘lmay qoldi. 
Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida 
asosan sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda saqlanib qolgan. 
Shaxsiy soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar manbaida yoki 
deklaratsiya bo‘yicha undiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning 
daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real soliqdan farqli 
ravishda shaxsiy soliqqa tortishda obyekt (daromad, mol-mulk) har bir 
to‘lovchi uchun yakka tartibda hisoblab chiqiladi, uning moliyaviy ahvoli 
(oila soni, qarzdorlik va hokazo) e’tiborga olinadi. Rivojlangan 
mamlakatlarda soliqqa tortish obyektiga qarab shaxsiy soliqlarning 
quyidagi turlari farqlanadi: daromad solig‘i, pullik sarmoyalardan 
tushadigan daromadlardan olinadigan soliq, sarmoyaning o‘sishidan 
olinadigan soliq, korporatsiyaning foydasidan olinadigan soliq, merosdan 
va sovg‘a qilishdan olinadigan soliq, mol-mulkdan olinadigan soliq, jon 
boshiga olinadigan soliq va hokazo. 
Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar 
va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat 
tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga 


40 
o‘z huquqlarini da’vo qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishi 
ishtirokchisi bo‘lib qoladi. Egri soliqlar to‘g‘ri soliqlardan farqli ravishda 
to‘lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydi. 
Tovarlar, odatda, shaxsiy iste’mol tovarlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatish 
sohasining (sartaroshxonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) 
pullik aylanmasi, tomosha ko‘rsatadigan va transport korxonalarining 
pattalari va shu kabilar soliqqa tortish obyekti bo‘ladi. Egri soliqlarga 
tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda. 
Xaridor-iste’molchi egri soliqlarning to‘lovchisi bo‘ladi. Tovarning 
sohibi yoki xizmatlar ko‘rsatadigan shaxs aslida soliqni yig‘uvchi 
hisoblanadi. Egri soliqlarning anchagina qismi mulkdor tomonidan 
tovarning yoki xizmatlarning narxiga qo‘shiladi. Davlat korxonalari va 
monopoliyalar soliqning butun summasiga narxlarni oshirish bo‘yicha juda 
katta imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak bo‘lganida 
va talab barqaror bo‘lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning 
ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan to‘lanadi. Egri soliqlarning 
asosiy to‘lovchisi pirovard oqibatda iste’molchilar bo‘ladilar. 
Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma 
fuqarolar o‘z daromadlarining miqdoridan qat’i nazar, bunday soliqlarni 
to‘laydilar, chunki egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur bo‘lgan 
tovarlarni iste’mol qilishadi va xizmatlardan foydalanishadi. 
Egri soliqlarning stavkalari qat’iy (tovar o‘lchamining birligiga) va 
foizli (tovarning narxiga muayyan hissada) bo‘ladi. Foizli stavkalar davlat 
uchun ko‘proq foydalidir, chunki narxlar oshganida soliq tushumlari ham 
ko‘payadi. Soliq stavkalarining oshirilishi ularning tovarlarni narxidagi 
hissasini ortishiga olib keladi. 
Egri soliqlar aksizlarni, davlatning fiskal monopoliyalarini va bojxona 
bojlarini o‘z ichiga oladi. Aksizlar undirilish usuliga qarab yakka 
tartibdagi (vinoga, tamakiga, benzinga va h.k.) va universal (qo‘shilgan 
qiymat solig‘i va boshqalar) turlarga bo‘linadi. Ular asosan xo‘jalik 
aktlaridan va aylanmalardan, moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi.
Respublikamiz davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda to‘g‘ri va 
egri soliqlar o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlashni belgilovchi 


41 
me’yorlarni aniqlash muammosi asosiy muammolardan biri bo‘lib 
qolmoqda. 
Ayrim soliq turlarining nisbati jamiyat rivojlanishiga qarab o‘zgardi. 
XIX asrda va XX asr boshida undirilishining soddaligi bilan ajralib 
turadigan egri soliqlar asosiy ahamiyat kasb etgan edi. O‘tgan asrning
20-yillardan boshlab ko‘pgina mamlakatlarda to‘g‘ri soliqlar ko‘proq 
ahamiyat kasb eta boshladi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng rivojlangan 
mamlakatlarning soliq tizimida to‘g‘ri soliqlar alohida ahamiyatga ega 
bo‘lib qoldi, daromad solig‘i va korporatsiyalarning foydasidan olinadigan 
soliq ular ichida asosiy o‘rin tutardi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilganimizda, to‘g‘ri soliqlarni 
to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning 
huquqiy va haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs hisoblanadi. 
Egri soliqlarning huquqiy to‘lovchisi mahsulot ortuvchilar, ish, 
xizmatni bajaruvchilar hamda xizmat ko‘rsatuvchilar, haqiqiy to‘lovchisi 
esa iste’molchilar hisoblanadi.
Respublikamizda amal qilayotgan soliqlar hozirgi kunda yalpi ichki 
mahsulotning qariyb uchdan bir qismini taqsimlab, byudjetga jalb etadi va 
u orqali davlatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari moliyalashtirishga 
yo‘naltiriladi. So‘nggi yillarda to‘g‘ri soliqlarning salmog‘i yalpi ichki 
mahsulot qiymatida bir oz kamayib, egri soliqlar salmog‘i oshgan. Bu 
yerda hozirgi sharoitda to‘g‘ri tendensiya mavjuddir, chunki egri soliqlar 
korxonaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya faoliyatini susayishiga olib 
kelmaydi. To‘g‘ri soliqlar salmog‘i YaIM qiymatida pasayishi 
korxonalarning moddiy-texnikaviy bazasi kengayishiga, qo‘shimcha 
mahsulot 
ishlab 
chiqarishiga 
imkon 
yaratadi. 
Hozirgi 
kunda 
mamlakatimizda amal qilayotgan to‘g‘ri va egri soliqlar tarkibiga quyidagi 
soliqlar kiradi (1.2-jadval): 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling