Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi biologiya yo`nalishi 306 – guruh talabasi


Download 118.09 Kb.
bet5/10
Sana10.09.2022
Hajmi118.09 Kb.
#803990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Genetik materialning o’zgaruvchanligi
401 402, 4. Karimova, 4. Karimova, таълим йўналишлари ва мутахассисликларни, 11 sinf uzb tarixi 001, Малакавий имтиҳонга АРИЗА, Yarim o’tkazgichlarda atomlar diffuziyasi, 1, 1Микроиктисодиёт 2-курс 2019-2020 , Далолатнома, Адабиёт, 1-mavzu -model-va-modellashtirish-tushunchalari, IJRTE Notification Form A2872059120, 1, 2.
Mutatsion o‘zgaruvchanlik. Mutatsion o‘zgaruvchanlik deganda organizm genotipi - xromosomalar, nuklein kislotalar, genlar o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar tushuniladi. Mutatsiya to‘g‘risidagi nazariya dastlab gollandiyalik olim Gugo de Friz tomonidan ishlab chiqilgan. Uning qisqacha mazmuni: 1) Mutatsiya birdaniga ro‘y beradigan, sifat jihatdan farqlanuvchi o‘zgaruvchanlik. 2) U turg‘un, shu bilan birga turli yo‘nalishdagi o‘zgaruvchanlik. 3) Mutatsion o‘zgaruvchanlik foydali va zararli bo‘lishi mumkin. 4) O‘xshash mutatsiyalar takrorlanishi mumkin. Mutatsion o‘zgaruvchanlikni sinflashning bir necha tiplari bor. Kelib chiqishiga ko‘ra mutatsiyalar spontan va indutsirlangan xillarga bo‘linadi. Hosil bo‘lgan joyiga ko‘ra mutatsiya generativ va somatik mutatsiyaga ajratiladi. Generativ mutatsiya jinsiy hujayralarda, somatik mutatsiya esa tana hujayralarida sodir bo‘ladi. Mutatsiya allellarning fenotipga ko‘rsatgan ta’siriga ko‘ra morfologik, fiziologik, biokimyoviy xillarga ajratiladi. Mutatsiyani hayotchanlikga ko‘rsatgan ta’siriga qarab letal, yarim letal, pushtsiz, neytral va foydali xillarga bo‘lish mumkin. Irsiyatning moddiy asoslarini o‘zgarishiga qarab mutatsiyalar asosan uch tipga: gen, xromosoma va genom mutatsiyalariga ajratiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan genotip bo‘yicha mutatsiya tiplari, sinflari va . Somatik hujayralardagi mutatsiya jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan hayvonlarda kelgusi avlodlarga berilmaydi. Somatik mutatsiya o‘simlik o‘zgargan organlari vegetativ yoki parxish yo‘li bilan ko‘paytirilganda kelgusi avlodlarga o‘tadi. Jinsiy hujayralaridagi ro‘y bergan mutatsiyalar kelgusi avlodlarda namoyon bo‘ladi.n Gen mutatsiyalari. Gen mutatsiyasi molekula darajasida ro‘y beradi. Bunday mutatsiyani hatto electron mikroskop yordamida ham ko‘rib bo‘lmaydi. Ularning har biri fenotipda yangi belgini rivojlantiradi. U esa Mendelning irsiyat qonunlariga binoan avloddan-avlodga beriladi. Gen mutatsiyalari ikki turga bo‘linadi. Uning bir turi DNKdagi nukleotidlar o‘rin ayirboshlanishi bilan tavsiflanadi. DNKdagi nukleotidlarning o‘rin almashishi ikki xil: purin azotli asoslarini purin azotli asoslari bilan ya’ni AT GS, GS AT, TA SG va ST GA bilan almashishi yoki pirimidin azotli asosi boshqa pirimidin asosi bilan almashishi yoki aksincha purin asosi pirimidin asosi bilan ya’ni AT SG, AT TA almashishi amalga oshadi. Purin asosining boshqa purin asosi bilan almashishi tranzitsiya, primidinni purin yoki aksincha purin asosini pirimidin asosi bilan o‘rin almashishi transversiya deb nomlanadi. DNK spiralidagi nukleotidlarni bunday o‘rin almashishi mutagen omillar, masalan, 5- bromuratsil yoki 2-aminopurin ta’sirida ro‘y beradi. Transversiya ultrabinafsha nurlar ta’sirida amalga oshadi. Gen mutatsiyasining ikkinchi turida DNKdagi nukleotidlarning joylashgan o‘rni o‘zgaradi. DNK spiralidagi nukleotidlarning joylashgan o‘rnini o‘zgarishi ham mutagen omillar masalan, proflovin ta’sirida ro‘y beradi. Bu mutagen ta’sirida DNK zanjiridan birikkita nukleotidlar tushib qolishi yoki uning orasiga kirishi natijasida kuzatiladi. Oqibatda DNK zanjiridagi gen tarkibida nukleotidlar izchilligining o‘rni o‘zgaradi. Aksariyat ko‘pchilik gen mutatsiyalari shunday yo‘l bilan sodir bo‘ladi.
Qayd qilingan usulda oqsil molekulasi tarkibidagi aminokislotalarning kodi va
antikodonida ham mutatsiyalar paydo bo‘ladi. Chunonchi, lizin aminokislotasining kodi AAA dan UAA ga o‘zgarishi, glutamin kodi SAG dan UAG ga o‘zgarishi mumkin. Har qanday aminokislota kodini mutatsiya tufayli terminator UAG kodiga o‘zgarishi polipeptid zanjiri sintezini ertaroq tugallanishiga olib keladi. Mabodo tRNK antikodonida mutatsiya ro‘y bersa terminatsiya hodisasi ro‘y bermaydi va oqsil molekulasidagi aminokislotalar miqdori o‘zgarmasa ham uning tuzilishi o‘zgaradi. Demak, gen mutatsiyasi DNK molekulasidagi nukleotidlar izchilligini o‘zgarishi bilan aloqador bo‘lib, u oqsil molekulasi tuzilishini o‘zgartiradi.
Gen mutatsiyalari resessiv va dominant xillarga ajratiladi. Resessiv mutatsiya
xromosomalari diploid to‘plamli organizmlarda geterozigota holatda fenotipda namoyon bo‘lmaydi. Lekin kelgusi avlodlar ana shunday resessiv mutatsiyali organizmlar Aa:Aa holatdagi organizmlar o‘zaro chatishganda resessiv mutatsiya gomozigota (aa) holatga o‘tadi va fenotipda ko‘zga tashlanadi. Ulardan farqli ravishda dominant mutatsiyalar fenotipda namoyon bo‘ladi.
Gen allelini o‘zgarishiga ko‘ra mutatsiya ikki xil: to‘g‘ri va teskari mutatsiyalarga bo‘linadi. To‘g‘ri mutatsiyada dominant allel mutatsiya tufayli resessiv allelga ya’ni A a ga aylanadi. Teskari mutatsiyada esa aksincha resessiv allel dominant allel a A ga aylanadi.
Ayrim holatlarda mutatsiya tufayli bir genning ko‘p xil holati yuzaga kelishi mumkin.
Bunday vaqtlarda A geni a1, a2, a3, a4 ... allellarini hosil qiladi. Bir genning har xil turg‘un holati va gomologik xromosomalarda joylashishi ko‘p tomonlama allelizm deb atal adi.
Tabiiy ravishda diploid to‘plamli gomologik xromosomalarda ana shu allellarning faqat ikkitasigina bo‘ladi.


Gen (nuqtaviy) mutatsiyalar barcha organik formalarga xos bo‘lib, ular ayrim hujayralarda hosil bo‘lib, ayrim olingan individlarda (mu-tantlarda) sakrash tarzida namoyon bo‘ladi. Yovvoyi turlarga xos genlar odatda yovvoyi tipdagi genlar, agar u o‘zgargan bo‘lsa, unda mutant gen deb ataladi.
Aslida ular o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. CHunki yovvoyi tipdagi genlar ham bir vaqtida mutant bo‘lgan va ular turning evolyusiyasi davrida tabiiy tanlanishga uchragan va turlarning yashab qolishi uchun xizmat qilgan. Foydali
mutant genlarni tabiatda ma’lum turlarning har bir individlarida uchratish mumkin bo‘ladi, boshqacha aytganda, ularning har biri shu genning tashuvchisi hisoblanadi.
Ko‘pchilik hollarda yangi hosil bo‘lgan mutatsiyalar retsessiv holatda bo‘ladilar. Bu turlarning mavjudligi uchun juda muhim, chunki ko‘pchilik yangi paydo bo‘layotgan mutatsiyalar genotipning bir butunlik tizimini buzib, unga zarar etkazadilar. Ammo ularning retsessivlik xarakteri uzoq vaqt davomida tur individida geterozigota holatida unga zararsiz holda saqlanib kelgusida gomozigota holatga o‘tgandagina fenotipda namoyon bo‘lishiga imkon beradi. Gen allellarining retsessiv holatdan dominant holatga o‘tishi kamroq amalga oshadiganday tuyiladi. Lekin bu hamisha shunday emas.
Retsessiv allellarning dominant allelga mutatsiya berishi (a→A) teskari mutatsiya, dominant allelning retsessiv allelga mutatsiya berishi (A→a) to‘g‘ri mutatsiya deb ataladi. Teskari mutatsiya jarayoni gen reversiyasi deb ataladi. To‘g‘ri mutatsiyalar ko‘proq retsessiv mutatsiyalar, teskari mutatsiyalar esa dominant mutatsiyalar deyiladi. Boshlang‘ich gen yangi holatga oraliq bosqichlarsiz o‘tadi. To‘g‘ri mutatsiyalarning kelib chiqish chastotasi har xil genlarda turlicha bo‘lib, o‘rtacha har 100 ming yoki 1 million genlarga bittadan beshtagacha mutatsiya to‘g‘ri keladi. Aynan bir xil mutatsiyaning o‘zi har xil vaqtda vujudga kelishi mumkin. Bu genlarning bir yo‘nalishda bir necha marta mutatsiya berishi demakdir.
Gen (nuqtaviy) mutatsiyalarni o‘rganishda asosiy e’tibor DNK molekulasidagi juft nukleotidlar gallanishining o‘zgarishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Eng avvalo nuqtaviy mutatsiyalarni hosil qiluvchi ayrim juft nukleotidlardagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratilishi kerak. Genetik materiallarning yanada yirikroq o‘zgarishlari bilan keyingi mavzularda tanishamiz.
Nuqtaviy mutatsiyalar DNK dagi bir juft nukleotidlar (yoki RNK dagi nukleotid) ning o‘zgarishidir. Bu tipdagi mutatsiyalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
a) tranzitsiyalar-orientir olishni o‘zgartirmaydigan holdagi juft nukleotidlarning almashinishi (AT GC): juftlik doirasida purin-pirimidin (100-rasm, A);
b) transversiya-orientir olishni o‘zgartiradigan juft nukleotidlarning almashinishi (AT SG, AT TA, GC CG) (100-rasm, B);
v) ortiqcha nukleotidlarning qo‘shilishi;
g) juft nukleotidlarning tushib qolishi.

Download 118.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling