Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi biologiya yo`nalishi 306 – guruh talabasi


Download 118.3 Kb.
bet8/10
Sana10.09.2022
Hajmi118.3 Kb.
#803990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Genetik materialning o’zgaruvchanligi
401 402, 4. Karimova, 4. Karimova, таълим йўналишлари ва мутахассисликларни, 11 sinf uzb tarixi 001, Малакавий имтиҳонга АРИЗА, Yarim o’tkazgichlarda atomlar diffuziyasi, 1, 1Микроиктисодиёт 2-курс 2019-2020 , Далолатнома, Адабиёт, 1-mavzu -model-va-modellashtirish-tushunchalari, IJRTE Notification Form A2872059120, 1, 2.
Transpozitsiya - bu DNK kichik bo‘lagini bir xromosoma yoki boshqa xromosoma bo‘ylab ko‘chib yurishidir. Bu hodisa dastlab 1950 yilda amerika olimasi Barbara Mak Klintok tomonidan makkajo‘xori donida ixtiro qilingan. Transpozitsiya genetik birliklarni xromosoma bo‘ylab xarakatlanishi natijasidir. Bunday genetik birliklar ikki tipga ajratiladi.
Ularning birinchisi insersiya deb atalib, u DNK kalta bo‘lagidan iborat, u o‘z-o‘zini tiklash qobiliyatiga ega. Ikkinchi kalta bo‘lagi transpozon deb nomlanadi. U o‘zini tiklash to‘g‘risidagi axborotdan tashqari fenotipik belgilarni ham kodlashda qatnashadi. Ba’zi genetik birliklarni xromosomada mavjudligi DNKdagi genlarning turg‘un bo‘lmasligiga olib keladi. Shunga ko‘ra ular asosiy genetik elementlar ta’sirida turli mutatsiyalarni hosil qiladilar. Mazkur genetik elementlar faqat DNKdagi genlarnigina emas, ayni vaqtda xromosoma tuzilishini ham o‘zgartirishi mumkin.
Aniqlanishicha Mak Klintok tasvirlagan xromosoma bo‘ylab ko‘chib yuruvchi yoki «sakrovchi» genetik bo‘lak birgalikda funksiya bajaruvchi ko‘p genlar birikmasidan iborat bo‘lib makkajo‘xori so‘tasida donlarni antotsian (qizil) pigmentini sintezini ta’minlaydi. Ana shu genlar birikmasidagi genlardan birortasi nofaol bo‘lsa donda antotsian rang kuzatilmaydi.
«Sakrovchi» genetik elementlar keyinchalik ko‘pchilik eukariot va prokariot organizmlarda ham aniqlandi. Hanuzgacha mazkur genetik elementlar organizm
uchun foydali funksiyaga egami degan masala hal etilmagan. Ba’zi olimlar «sakrovchi» genetic elementlar «xudbin DNK» bo‘lib, faqat o‘z-o‘zini ko‘paytirish funksiyasini bajaradi, organizm uchun hech qanday foyda keltirmaydi degan fikrni quvvatlaydilar. Bunga qaramaqarshi o‘laroq «sakrovchi» genetik elementlar xromosomada har xil mutatsiyalarni hosil etish qobiliyatiga ega bo‘lib, xromosomalarning ichki tuzilishini o‘zgarishiga olib kelishadi degan mulohazalar bor.
2.3. Evolyutsion va seleksion jarayonlarni o‘rganishda mutatsiyalarning ahamiyati.
Poliploidiya tabiatda keng tarqalgan hodisadir. Eukariot organizmlardan zamburug‘larda, suvo‘tlarda, gulli o‘simliklarda poliploid formalar ko‘p uchraydi.
Infuzoriyalarning makronukleusi ham yuqori darajada poliploid hisoblanadi. Hayvonlar orasida poliploid organizmlar nihoyatda kam tarqalgan. Lekin ayrim ixtisoslashgan organlar, chunonchi, sutemizuvchi hayvonlar jigar, ichak to‘qimasi, so‘lak bezi poliploid ekanligi aniqlangan.
O‘simliklarda sun’iy ravishda poliploid formalarni hosil etishda kolxitsin alkoloididan tashqari vinblastin, achitqi zamburug‘larida kamfora foydalaniladi. Poliploidiya ikki xil bo‘ladi: avtopoliploidiya va allopoliploidiya. Avtopoliploidiya bir turga mansub organizmlarda xromosomalarning karra ortishi tufayli paydo bo‘ladi. Avtopoliploidlar muvozanatli (4n, 6n, 8n va hokazo) va muvozanatsiz (3n, 5n, 7n va hokazo) ga ajraladi.
Muvozanatli avtopoliploidlar xromosomasi diploid bo‘lgan organizmga qaraganda yirik poyali, bargli, gulli, urug‘li bo‘ladi. Poliploid hujayralar hamda yadrolar diploidli hujayralarga, yadrolarga qaraganda yirikdir. Ko‘pgina o‘simliklarda poliploid qatorlar bo‘lib ular xromosoma soni 2n, 10n gacha boradi. Gulli o‘simliklarda ayniqsa ko‘p avlodlar poliploid qatorlardan iborat.
Insonlar tabiiy mutatsiyalardan seleksiya ishlarida foydalanib kelganlar. Bunga misol tariqasida ankon qo‘y zotini chiqarish tarixini olish mumkin. 1791 yil AQShning Massachusets shtatida qo‘ydan kalta, qiyshiq oyoqli qo‘zichoq tug‘iladi. U boqilgandan so‘ng yirik qo‘yga aylanadi. Bu erkak qo‘y ona qo‘y bilan chatishtirilganda qisqa, qiyshiq oyoqlilik belgisi avlodga beriladi. Fermerlar ana shu qo‘ylarni boqish osonligini e’tiborga olib ko‘paytiradilar va shu tariqa qisqa oyoqli ankon qo‘y zoti yaratiladi. Bunday tabiiy mutatsiyalarni o‘simlik va hayvonlar, odamlarda ko‘plab uchraydi. Chunonchi, bug‘doy rangli yoki qora tanli odamlar orasida oq tanli - albinos bolalarni tug‘ilishi yoki qon ivimasligi - gemofiliya kasali paydo bo‘lishi bunga yorqin misoldir.
Sun’iy mutatsiyalar 1925 yilga qadar insonlarga tabiiy mutatsiyalar ma’lum edi. 1925 yili G.A.Nadson va G.S.Filippovlar achitqi zamburug‘larida rentgen nurlari yordamida mutatsion jarayonni ko‘p marotaba tezlashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotladilar. 1927 yili esa amerika genetigi G.D.Meller rentgen nurlari drozofila meva pashshasida ham ko‘plab mutatsiyalar hosil qilishini isbotladi. Keyinchalik kimyoviy, fizikaviy omillar ta’sir etdirish natijasida boshqa o‘simliklar, zamburug‘, hayvonlarda ham ko‘plab sun’iy mutatsiyalar olindi. Xususan, respublika olimlaridan akademik Sh.Ibragimov va R.I.Kovalchuk, akademik N.Nazirov, akademik O.Jalilov, F.Djanikulovlarning bu soxadagi yutuqlari diqqatga sazovor.
Xususan, O.Jalilov radiatsion seleksiya asosida g‘uzaning serhosil, tezpishar AN-402, Oq oltin, Farxod, Samarqand-3, Yulduz navlarini yaratdi. Sun’iy mutatsiyalarni hosil etishda rentgen, kobalt (60So) yoki seziy (137Cs) nurlari kabi fizik omillardan, etilenimin, etilmetansulfat, dimetilsulfat, nitrozoetilmochevina, nitrozometilmochevina kabi kimyoviy moddalardan foydalaniladi.

Download 118.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling