Modifikatsion o‘zgaruvchanlik.
Organizmlardagi o‘zgaruvchanlik faqat irsiy omillarga bog‘liq bo‘lmaydi. Ko‘pgina hollarda organizm yashash muhiti omillari ta’sirida ham o‘zgaruvchanlik hosil bo‘ladi.
Bir xil genotipga ega organizmlarda tashqi muhit omillari ta’sirida vujudga keladigan fenotipik tafovutlar modifikatsion o‘zgaruvchanlik deb ataladi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik populyatsiyadagi ko‘pchilik organizmlarga xos ekanligi, muxit sharoitining o‘zgarishi kelgusi avlodlarga berilmasligi bilan tavsiflanadi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar nuklein kislotalardagi irsiy axborot qanday qilib fenotipda namoyon bo‘lishini tushunishga yordam beradi. Shuni ta’kidlash lozimki har qanday tirik mavjudotning morfologik, fiziologik, biokimyoviy belgi-xossalarini majmuasi ya’ni fenotipi faqat ota-onadan olingan genlargina emas, balki ma’lum darajada shu organism rivojlanayotgan muxitning xilma-xil omillari ta’sirida ro‘yobga chiqadi.
Modifikatsion o‘zgaruvchanlikga misol bo‘lib gornostay quyon zotidagi yung rangi o‘zgarishi bo‘yicha qilingan tajriba natijasini keltirish mumkin. Quyonning bu zotida yung oq bo‘lib, faqat oyoq uchlari, quloq suprasi, tumshuq uchi, dumi qora rangda bo‘ladi.
Agar quyonning oq yungli orqa tomonida uncha katta bo‘lmagan qismidagi yunglar ustar a bilan olinib, shu quyon harorat pastroq xonada boqilsa yungi qirqilgan joydagi yunglar qora rangda bo‘lib o‘sib chiqadi.
Xuddi shunday xodisani xitoy navro‘zguli (Primula sinensis) da ham kuzatish mumkin.
Bu o‘simlikning qizil gulli irqida odatdagi 150 -250 sharoitda qizil gul rivojlanadi. Aksincha 300 -350 haroratli muxitda o‘stirilsa uning gullari oq rangda bo‘ladi. Ana shunday oq gulli navro‘zgul urug‘lari normal sharoitga ekilsa, urug‘lardan rivojlangan o‘simliklarning guli qizil rangda bo‘ladi.
Alpinistlarning 1mm3 qonida 4000 m balandlikda eritrotsitlar soni ikki martaga oshadi, vodiyga qaytganda esa ularda eritrotsitlar soni normal holatga keladi. Ba’zan kimyoviy, fizikaviy mutatsiyalar ta’sirida organizmning fenotipi keskin o‘zgaradi va badbashara organizm rivojlanadi. Shu singari modifikatsiyalar morfozlar deb ataladi.
Xulosa
Sog‘lom, aqliy va jismoniy jihatdan baquwat, har tomonlama kamol topgan shaxsni voyaga yetkazish doimo hukumatimiz diqqat markazida bo‘lgan. 0‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov qilgan nutqlarini birida, “Sog‘lom avlod deganda shaxsan men, eng awalo sogiom naslni tushunaman. Sog‘lom bolaning tug‘ilishi eng awalo onaning sogiomligiga bog'liq” deb ta’kidladi. Ona-bolaning sog‘lom bo‘lishida tibbiyot xodimlarining roli beqiyos. Shu sababli barcha homilador ayollar tibbiyot xodimlarining nazoratida bo‘ladilar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan homilador ayollar orasida u yoki bu irsiy kasalligi bor, nuqsonli bola tuqqan, yoshi 35 dan oshgan, yaqin qarindoshiga turmushga chiqqan, bolasi turmaydigan shaxslar bo‘lsa, ular tibbiy-genetik maslahatxonalarda maxsus ko‘rikdan o‘tadilar.
Xulosa qilib aytganda o'zgaruvchanlik tirik organizmlarni individual o'sish — rivojlanish jarayonida genotipni tashqi muhit sharoitig-a bergan javob reaktsiyasidir. Ch.Darvin o'zgaruvchanlikni quyidagicha ta'riflagan: «O'zgaruvchanlik evolyutsiya jarayonida asosiy omil bo'lib, trbiiy tanlanish va sun'i\ tanlash uchun muhim manba hisoblanadi. Bir tur belgilarini o'zgarishi natijasida yangi tur iiosil bo'ladi va tabiatda evolyutsiya jarayonini amalga oshishiga olib keladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |