Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat univеrsitеti


Download 434.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.10.2020
Hajmi434.66 Kb.
  1   2   3   4   5

 



O’ZBЕKISTON  RЕSPUBLIKASI  OLIY  VA O’RTA MAXSUS  TA'LIM  



VAZIRLIGI 

 

 

Z.M.BOBUR NOMIDAGI  ANDIJON DAVLAT  UNIVЕRSITЕTI  

 

 

Milliy istiqlol g’oyasi: huquq va  ma'naviyat asoslari kafеdrasi 

 

 

                                                                                                 Qo’lyozma huquqida 

 

 

Dеhqonov Mashrabjon Latibjonovich 

 

 

XALQARO  HUQUQDA  SUB'ЕKT TUSHUNCHASINING PAYDO 

BO’LISHI   VA RIVOJLANISHI  

 

5141500- milliy istiqlol g’oyasi; huquq va ma'naviyat asoslari (milliy istiqlol 

g’oyasi huquq va ma'naviyat asoslari) ta'lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr 

akadеmik darajasini olish uchun yozilgan 

 

 

 

 

 

BITIRUV  MALAKAVIY  ISH 

 

 

 

 

                                                                    Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi  

                                                                                      O.Karimov 

 

 

 

 

 

 

 

Andijon – 2012 

 

 



MUNDARIJA 



 

KIRISH ……………………………………………………………………  3 

 

I BOB. XALQARO HUQUQ SUBYEKTI TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUN 

MOHIYATI. 

 

1.1. 



Xalqaro huquqda subyekt tushunchasi. Davlat — xalqaro huquqning asosiy 

subyekti ..……………………………………..  7 

 

1.2. 

O‘zbekiston Respublikasi – xalqaro huquq subyekti  

sifatida ..........................................................................................   29 

 

 

II.BOB. XALQARO HUQUQNING BOSHQA SUBYEKTLARI 

 

2.1. Xalqaro tashkilotlar – xalqaro huquq subyekti …………………. 35 

 

2.2. Mustaqillik uchun kurashayotga millatlar va xalqlar xalqaro huquq subyekti 

sifatida .....................................................................………….. 46 

 

XULOSA …………………………………………………………………… 55 



 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI …………………… 59 

 

 



 

 

 



 



Kirish 



 

 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  “XX  asrning  so’ngi  o’n  yilligi 

insoniyat  tarixida  bo’lgan  o’zgarishlar  davri  sifatida  kiradi.    Birinchidan,  mustamlakachilik  va 

irqiy kamsitish tarixining yo’qlik qariga ketdi. Sotsiolizm va uning butun jahonni kommunistik 

mafkura  vositasida  bosib  olishga  bo’lgan  davolari  ham  o’tmishga  aylanib  bormoqda. 

Ikkinchidan,  tarix  sahnasiga  yangi  mustaqil    davlatlar  chiqmoqda.  Ularning  ovozi  jahon 

hamjamiyati mamlakatlari orasida borgan sari dadil eshitilmoqda.” 

1

 

         Insoniyat tarixida XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlariga kelib yer shari 



hammamizga ma’lum, xar jihatdan o’zlashtirilgan, xar kuni dunyoning xar burchagida nima 

bo’layotgani barchamizga ma’lum go’shaga aylandi. Yer kurrasining  noma’lum, inson 

bilmagan, u oyoq bosmagan joylar qolmadi. Fan va texnikaning yangidan yangi yutuqlari bu 

boradan insonning imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Bugun men yoritmoqchi bo’lgan 

bitiruv malakaviy ishda bevosita xalqaro xuquqning sub’ektlari bugun dunyo manzarasini qay 

darajada va qanday bo’lishini belgilashda katta ahamiyatga ega. Ya’ni XXI asr boshlariga kelib 

dunyo mamlakatlari, millat va ellatlar o’rtasidagi o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu 

jarayondan to’la ixotalanib olgan birorta ham millat yoki  davlat yo’q, deb to’la ishonch  bilan 

aytishim mumkin.  

          Davlatlar  diplomatik  vakolatxonalarining  immunitetlari  va  imtiyozlari,  yuridik  maqomi 

to‘g‘risidagi me’yorlarni kodifikasiya qilgan 1961 yildagi Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena 

Konvensiyasi xalqaro-huquqiy munosabatlarning potensial ishtirokchilari, ya’ni barcha davlatlar 

o‘rtasidagi  tegishli  munosabatlarni  ko‘zda  tutadi.  Biroq  A  va  B  davlatlari  o‘rtasidagi  bunday 

xalqaro huquqiy aloqalarni amalga oshirish uchun ular nafaqat ushbu Konvensiya qatnashchilari 

bo‘lishi  zarur,  shuningdek,  ma’lum  bir  yuridik  fakt  mavjud  bo‘lishi,  ya’ni:  ushbu  davlatlar  va 

doimiy  diplomatik  vakolatxona  muassasalari  o‘rtasida  o‘zaro  kelishuvga  muvofiq  diplomatik 

aloqalar o‘rnatilishi zarur (Konvensiyaning 2-moddasi). Bungacha ular har qanday boshqa davlat 

kabi tegishli huquqiy munosabatlarning potensial subyektlarigina bo‘lishi mumkinligini anglash 

qiyin  emas.  Aynan  shunday  potensial  imkoniyat  ularni  tegishli  yuridik  fakt  mavjud  bo‘lgan 

taqdirda xalqaro huquqiy munosabatlarning real subyektiga aylantiradi. 

Agar  «xalqaro  huquq  subyekti»  atamasi  uzoq  vaqt  davomida  faqat  xalqaro  huquq 

nazariyasida  foydalanib  kelingan  bo‘lsa,  so‘nggi  vaqtlarga  kelib  xalqaro-huquqiy  hujjatlarda 

ham,  xususan  BMT  doirasida  qabul  qilingan  universal  konvensiyalarda  foydalanilmoqda. 

                                                 

1

 

Karimov I.A. “O’zbekiston buyuk kelajagi sari” 552-bet. Toshkent: -“O’zbekiston” – 1998



 

 

Masalan,  1986  yildagi  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar  yoki  xalqaro  tashkilotlar  o‘rtasidagi 



shartnoma  huquqi  to‘g‘risidagi  Vena  Konvensiyasining  3-moddasida  «bitta  yoki  bir  necha 

davlatlar  o‘rtasida,  bitta  yoki  bir  necha  xalqaro  tashkilotlar  va  bir  yoki  bir  necha  davlat  yoki 

xalqaro tashkilot hisoblanmaydigan xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida tuzilgan xalqaro bitimlar 

to‘g‘risida so‘z boradi»

1

.  Boshqacha  aytganda,  davlatlar,  xalqaro  tashkilotlar  va  xalqaro  huquq 



me’yorlari  bilan  subyektiv  huquq  va  majburiyatlarga  ega  bo‘lgan  qandaydir  bir  ijtimoiy 

tuzilmalar xalqaro huquq subyekti hisoblanishi belgilangan. 

Demak,  bugun  xalqaro  huquqning  to’laqonli  sub’ektlari  bo’lmish  jahonning  xar  bir 

aholisi  ,  millatlar,  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlarning  tutgan  o’rni  va  ro’lini,  shu  bilan  birga 

Mustaqil  O’zbekistonning  xalqaro  munosabatlarning  to’la  qonli  sub’ekti  sifatida  faolyati  va 

ahamiyatini yoritishni maqsadga mufiqdir. Ko’rinib turibdiki, yuqorida qayd etilgan mulohazalar 

mavzuning dolzarbligini to’la belgilab beradi.  

Bitiruv  malakaviy  ish  mavzusining  o’rganganlik  darajasi.    Xalqaro  huquq 

subyektilari  haqida  mutaxassislar  o’zlarining  ilmiy  faraz  va  mulohazalarini  bayon  etgan 

tadqiqotchilar  mavjud.  Jumladan,  Respublikamizda  Salohiddinova  N.M,  Sattarov  D.Y,  Saidov 

A.X.,Inomdjanova G.Z, Mamatkulov.  A, Odilqoriyev B, Ochilov B.lar o’zlarining qarashlarini 

bildirganlar.  

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishning oldiga qo’ygan maqsadi 

Xalqaro  huquq  subyektlari,  xalqaro  tashkilotlar  va  ularning  tasnifi,  mamlakatimizning  xalqaro 

maydondagi  o’rni,  uning  o’ziga  xos  tomonlarini  tahlil  etish,  shuningdek,  xalqaro  huquq 

subyektlarining o’zaro aloqalarini rivoji va istiqbolini tadqiq etishdan iborat.  



Bitiruv  malakaviy  ishining  vazifalari.  Bitiruv  malakaviy  ishi  quyidagi  vazifalarni 

amalgam oshirishni nazarda tutadi: 

 

Xalqaro huquq subyekti  tushunchasini o’rganishda qo’llaniladigan  yondashuvlarni 



ko’rib chiqish; 

 



Xalqaro huquq subyektlari o’rtasida kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tahlil 

etish; 


 

Mamlakatimizning  xalqaro  maydondagi  o’rni  va  istiqboldagi  nufuzi  haqida  fikr-



mulohazalar berish; 

 



Bugungi  kunda  xalqaro  tashkilotlarning  davlatlar  o’rtasidagi  ijtimoiy-siyosiy 

jarayonlardagi ishtirokini tahlil etish. 

                                                 

1

“Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi shartnoma huquqi 



to‘g‘risida”gi Vena Konvensiyasi 1986 yil.

 


 



Bitiruv  malakaviy  ishning  obyekti.  “Xalqaro  huquqda  subyekt  tushunchasining  paydo 

bo’lishi  va  rivojlanishi”  mavzusidagi  tadqiqotning  obyektini  xalqaro  huquq  subyekti  va  ular 

o’rtasidagi o’zaro aloqalar tashkil etadi.  



Bitiruv malakaviy ishning predmeti. Xalqaro maydonda kechyotgan siyosiy jarayonlar 

va xalqaro huquq subyektlarining ijtimoiy-siyosiy hamkorligi va ularga ta’sir etayotgan ichki va 

tashqi omillar, hamkorlikdan ko’zlangan maqsadlari va istiqboldagi  rejalarini o’rganish mazkur 

tadqiqot ishining predmeti hisoblanadi. 



Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi. XX asrning so’nggi o’n  yilligida jahon 

siyosiy  maydonidagi  o’zgarishlarni  o’rganish  va  tahlil  etish  shu  davrda  endigina 

istiqlolga  erishgan  O’zbеkiston  uchun  mustaqil  tashqi  siyosatini  yuritishda  katta 

ahamiyatga  ega.  Jumladan,  mamlakatning  xalqaro  maydondagi  nufuzi  ham  ayni  shu 

sohadagi bilimlar, ko’nikmalar, tajribalarga bеvosita bog’liqligini un utmaslik lozim. 

 

Jahondagi  mintaqaviy  muammolar,  ularning  shakllanishi  rivojlanishini 



o’rganish  bevosita  chet  davlatlar  bilan  hamkorlik  aloqalarini  kuchaytirayotgan 

mamlakatimiz  uchun  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Qolaversa,  biror  bir  mintaqadagi 

muammoni  o’rganish  o’sha  mintaqa  hududida  joylashgan  davlatlar  va  O’zbekiston 

o’rtasidagi  xavfsizlik  va  hamkorlik  aloqalarini  taxlil  qilishga  va  tegishli  xulosalar 

chiqarish imkonini beradi. 

Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati.  Ilmiy  tadqiqot  natijalaridan,  xul osa 

taklif  va  tavsiyalardan  o’rta-maxsus  kasb  hunar  kollejlari  va  oliy  ta’lim 

muassasalarida “Xalqaro huquq” va “Xalqaro munosabatlar” fanlaridan dars o’tishda 

samarali foydalanish mumkin. 



Bitiruv  malakaviy  ishning  tuzilishi.  Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish,  ikkita  bob,  to’rtta 

paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi.    

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



I BOB. XALQARO HUQUQ SUBYEKTI TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUN 



MOHIYATI. 

 

1.1. 



Xalqaro huquq subyekt tushunchasi. Davlat — xalqaro huquqning asosiy 

subyekti. 

 

«Huquq  subyekti»  tushunchasi  davlat  va  huquq  nazariyasida  ishlab  chiqilgan  bo‘lib, 



davlatlarning ichki huquqi yoki xalqaro huquqga nisbatan emas, balki umuman huquqga nisbatan 

qo‘llaniladi. 

Xalqaro  huquq  ma’lum  xalqaro  munosabatlarni  tartibga  soladi,  buning  natijasida  ular 

xalqaro-huquqiy  munosabatga  aylanadi.  Xalqaro  huquq  me’yorlari  bilan  tartibga  solingan 

xalqaro-huquqiy munosabatlarning qatnashchilari xalqaro huquq subyektlari deb ataladi. 

Huquqiy  munosabatlar  boshqa  ijtimoiy  munosabatlardan  shunisi  bilan  farqlanadiki, 

ularning  ishtirokchilari  —  subyektlari  huquq  me’yorlarida  belgilangan  yuridik  huquq.  va 

majburiyatlarga ega bo‘ladi. Huquq me’yori asosida subyektga tegishli bo‘lgan muayyan yuridik 

huquq uning subyektiv huquqi hisoblanadi. Unga xalqaro huquqda har doim boshqa xalqaro — 

huquqiy munosabat subyektining subyektiv majburiyatlari qarama-qarshi turadi. 

Huquq me’yorlari tizimi obyektiv ma’nodagi huquq yoki obyektiv huquq deb yuritiladi. 

Xalqaro huquq tom ma’noda obyektiv huquq hisoblanadi. 



Xalqaro  huquq  subyektlari  —  xalqaro  huquq  me’yorlari  bilan  subyektiv  huquq  va 

subyektiv majburiyatlarga ega bo‘lgan xalqaro-huquqiy munosabatlar qatnashchilaridir. 

Davlatlar  diplomatik  vakolatxonalarining  immunitetlari  va  imtiyozlari,  yuridik  maqomi 

to‘g‘risidagi me’yorlarni kodifikasiya qilgan 1961 yildagi Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena 

Konvensiyasi xalqaro-huquqiy munosabatlarning potensial ishtirokchilari, ya’ni barcha davlatlar 

o‘rtasidagi  tegishli  munosabatlarni  ko‘zda  to‘tadi.  Biroq  A  va  B  davlatlari  o‘rtasidagi  bunday 

xalqaro huquqiy aloqalarni amalga oshirish uchun ular nafaqat ushbu Konvensiya qatnashchilari 

bo‘lishi  zarur,  shuningdek,  ma’lum  bir  yuridik  fakt  mavjud  bo‘lishi,  ya’ni:  ushbu  davlatlar  va 

doimiy  diplomatik  vakolatxona  muassasalari  o‘rtasida  o‘zaro  kelishuvga  muvofiq  diplomatik 

aloqalar  o‘rnatilishi  zarur  .  Bungacha  ular  har  qanday  boshqa  davlat  kabi  tegishli  huquqiy 

munosabatlarning  potensial  subyektlarigina  bo‘lishi  mumkinligini  anglash  qiyin  emas.  Aynan 

shunday  potensial  imkoniyat  ularni  tegishli  yuridik  fakt  mavjud  bo‘lgan  takdirda  xalqaro 

huquqiy munosabatlarning real subyektiga aylantiradi. 

Xalqaro  huquq  subyektlari  –  xalqaro  huquq  me’yorlari  bilan  subyektiv  huquq  va 

majburiyatlarga ega bo‘lgan, shuningdek, tegishli huquqiy munosabatlarning real qatnashchilari 


 

bo‘lishi mumkin bo‘lgan taraflar, shaxslardir. 



Xalqaro  huquqda  «burch»  atamasi  o‘rniga  «majburiyat»  atamasi  qo‘llaniladi,  chunki 

tegishli  majburiyatlar  faqat  xalqaro-huquqiy  me’yorlar  bilan  tartibga  solingan  ijtimoiy 

munosabatlarning  potensial  ishtirokchilarining  roziligi  bilangina  majburiyat  tusini  oladi. 

Xususan,  bu  xalqaro-huquqiy  munosabat  ishtirokchilarining  bir-biridan  yuridik  mustaqilligini, 

yuridik  majburiy  bo‘lgan  xatti-harakat  qoidalarini  belgilovchi,  o‘ziga  buysundiruvchi  tashqi 

hokimiyatning yo‘qligida o‘z ifodasini topadi. 

Agar  «xalqaro  huquq  subyekti»  atamasi  uzoq  vaqt  davomida  faqat  xalqaro  huquq 

nazariyasida  foydalanib  kelingan  bo‘lsa,  so‘nggi  vaqtlarga  kelib  xalqaro-huquqiy  hujjatlarda 

ham,  xususan  BMT  doirasida  qabul  qilingan  universal  konvensiyalarda  foydalanilmokda. 

Masalan,  1986  yildagi  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar  yoki  xalqaro  tashkilotlar  o‘rtasidagi 

shartnoma  huquqi  to‘g‘risidagi  Vena  Konvensiyasining  3-moddasida  «bitta  yoki  bir  necha 

davlatlar  o‘rtasida,  bitta  yoki  bir  necha  xalqaro  tashkilotlar  va  bir  yoki  bir  necha  davlat  yoki 

xalqaro tashkilot hisoblanmaydigan xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida tuzilgan xalqaro bitimlar 

to‘g‘risida  so‘z  boradi».  Boshqacha  aytganda,  davlatlar,  xalqaro  tashkilotlar  va  xalqaro  huquq 

me’yorlari  bilan  subyektiv  huquq  va  majburiyatlarga  ega  bo‘lgan  qandaydir  bir  ijtimoiy 

tuzilmalar xalqaro huquq subyekti hisoblanishi belgilangan. 



Xalqaro  huquq  subyekti  —  xalqaro  huquqning  umumiy  me’yorlariga  yoki  xalqaro-

huquqiy  hujjatlarning  talabiga  muvofiq  paydo  bo‘ladigan  xalqaro  huquq  va  majburiyatlar 

egasidir.  Shuningdek,  bu  xatti-harakatlari  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xalqaro  huquq  bilan  tartibga 

solinadigan  va  xalqaro-huquqiy  munosabatlarga  kirishadigan  yoki  kirishi  mumkin  bo‘lgan 

shaxsdir. 

Xalqaro  huquq  fanida  birlamchi  va  ikkilamchi  (hosilali)  xalqaro  huquq  subyektlariga 

bo‘linadi.  Bunday  farqlanish  —  obyektiv  voqelik,  tabiiy-tarixiy  jarayoni  va  hozirgi  xalqaro 

huquqning rivojlanishi natijasidir. 



Birlamchi  xalqaro  huquq  subyektlari  —  avvalo  davlatlar  va  ayrim  hollarda  xalqlar  va 

millatlardir.  Ular  ijtimoiy  organizm  sifatida  paydo  bo‘lib,  muqarrar  ravishda  o‘zaro  aloqa 

o‘rnatadi, o‘zi uchun o‘zaro xalqaro muomala qoidasini yaratadi. 

Ikkilamchi  xalqaro  huquq  subyektlari  birlamchi  subyektlar  tomonidan  yaratiladi. 

Ularning  xalqaro  huquqiy  layoqatining  hajmi  uning  tashkilotchilarining  ixtiyori  va  maqsadiga 

bog‘liq. Bu hukumatlararo tashkilot bo‘lishi ham mumkin yoki erkin shaharlar singari davlatga 

o‘xshash  tuzilma  bo‘lishi  ham  mumkin.  Tashkilotchilar  ularni  o‘z  nomidan  davlatlararo 

munosabatlarga kirishish huquqini beradi. 

Uzoq vaqt davomida davlatlar xalqaro-huquqiy munosabatlarning yagona subyekti bo‘lib 


 

kelgan.  Hozirgi  xalqaro  huquq  me’yorlari  hamon,  aksariyat,  davlatlar  o‘rtasidagi,  shuningdek, 



davlatlar  bilan  xalqaro  tashkilotlar  va  boshqa  xalqaro  huquq  subyektlari  o‘rtasidagi  o‘zaro 

munosabatlarni tartibga soladi. Shu bois, davlatlar — xalqaro huquqning asosiy subyektlaridir va 

xalqaro huquqiy munosabatlarning asosiy real ishtirokchilaridir, chunki ular doimiy ravishda bir-

biri  bilan,  xalqaro  tashkilotlar  va  boshqa  xalqaro  huquq  subyektlari  bilan  o‘zaro  munosabatda 

bo‘lishi zarur. 

Xalqaro  huquqda  «davlat»  atamasining  umumiy  tushunchasi  berilmagan.  Lekin,  bu 

tushuncha yuridik jihatdan har qanday davlatga hos bo‘lgan umumiy xususiyatdan — suverenitet 

tushunchasidan  kelib  chiqadi.  Xususan,  xalqaro  huquqning  barcha  subyektlariga  har  qanday 

davlatning  suverenitetini  hurmat  qilish,  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik,  xalqaro 

muomalada davlatlarning suveren tengligidan kelib chiqish majburiyatlarini belgilaydi. 



Davlatlar  —  xalqaro  huquqning  asosiy  va  birlamchi  subyekti,  shuningdek,  xalqaro 

munosabatlar faol ishtirokchisidir. Xalqaro-huquqiy ma’noda davlat uch element: 

 

birinchidan, muayyan hudud; 



 

ikkinchidan, unda yashaydigan aholi; 



 

uchinchidan, siyosiy tashkilot (hokimiyat) birligini namoyon qiladi. 



Xalqaro maydonda davlat siyosiy hokimiyat tashkiloti sifatida, ayniqsa, uning oliy organi 

nomidan  xalqaro  huquq  subyekti  bo‘lib,  davlatning  rasmiy  vakili  sifatida  chiqadi.  Davlatning 

xalqaro huquq subyekti sifatida xarakterlovchi asosiy belgisi davlat suvereniteti hisoblanadi. 

Xalqaro  huquq  subyekti  sifatida  davlatning  birlamchiligi  shundaki,  ular  hech  kim 

tomonidan tashkil qilinmaydi, ular obyektiv tarixiy reallik sifatida mavjuddir. Boshqa tomondan, 

davlatlar  o‘zlari  xalqaro  huquqning  ikqilamchi  (hosilali)  subyekti  —  xalqaro  tashkilotlarni 

tashkil qilishi mumkin. 

Birlamchi subyekt sifatida davlatlar universal xalqaro huquq layoqatiga ega. Birlamchilik 

davlatning xalqaro huquqni asosiy subyekti sifatidagi rolini belgilaydi. Aynan davlatlar xalqaro 

huquq  me’yorlarini  ishlab  chiqadi,  ularni  buzganlik  uchun  javobgarlikni,  xalqaro  huquqiy 

tartibotni va xalqaro tashkilotlarning funksiyalarini belgilaydi. Davlatlarning ushbu imkoniyatlari 

o‘zlari tomonidan yaratilgan xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlaridan boshqa hech nima bilan 

chegaralanmagan. Mazkur tamoyillar va me’yorlarga muvofiq davlatlar xalqaro huquq subyekti 

sifatida  xalqaro  hujjatlarda,  xususan  BMT  Ustavida  mustahkamlab  qo‘yilgan  asosiy  huquq  va 

majburiyatlarga ega bo‘ladi.  Biroq, hanuzgacha  bunday huquq va majburiyatlar ro‘yxati ishlab 

chiqilmagan. 

Hozirgi  zamon  xalqaro  huquq  doktrinasi  davlatlarning  quyidagi  asosiy  huquqlarini 

ajratadi: 



 

10 


- mustaqillik va o‘zining qonuniy huquqlarini erkin amalga oshirish; 

-  o‘z  hududi  ustidan  va  uning  doirasida  xalqaro  huquq  tomonidan  tan  olingan 

immunitetlarga  rioya  qilgan  holda  barcha  shaxslar  va  boshqa  narsalarga  nisbatan  o‘z 

yurisdiksiyasini amalga oshirish; 

- boshqa davlatlar bilan teng huquqlilik; 

- qurolli bosqinchilikka nisbatan yakka va jamoa tartibida o‘zini mudofaa qilish. 

Asosiy majburiyatlar: 

 



boshqa davlatlarning ichki va tashqi ishlariga aralashmaslik; 

 



inson huquqlarini hurmat qilish; 

 



o‘z  hududida  shunday  sharoit  belgilash  lozimki,  unda  xalqaro  tinchlikka  xavf 

tug‘dirmasligi lozim; 

 

boshqa davlatlar bilan nizolarni tinchlik yo‘li bilan hal qilish



 

kuch  ishlatmaslik  yoki  kuch  bilan  boshqa  davlatlarning  hududiy  yaxlitligiga  va 



siyosiy mustaqilligiga yoki xalqaro huquqga zid bo‘lgan boshqa tarzda tajovuz qilmaslik; 

 



o‘z  majburiyatlarini  buzayotgan  davlat  yoki  BMT  tomonidan  ogohlantiruvchi 

yoki majburlovchi chora qo‘llanilayotgan davlatga yordam ko‘rsatmaslik; 

 

o‘z xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarish singari holatlarni kiritish mumkin. 



Xalqaro  huquq  uchun  davlatlarni  oddiy  (unitar)ga  va  murakkabga  bo‘lish  ma’lum 

ahamiyatga ega. 

Davlatning  hududiy-tashkiliy  tuzilmasi  turli  xil  bo‘lishi  mumkin.  Davlat  tuzilishining 

oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) shakllari farqlanadi. 

Unitar  davlatlar  joylardagi  hokimiyat  organlari  to‘liq  bo‘ysundirilgan  yuqori  davlat 

hokimiyati organlarining yaxlit tizimini bildiradi. Unitar davlat hududi siyosiy mustaqillikka ega 

bo‘lmagan ma’muriy-hududiy birliklarga bo‘linadi. Bu holda faqat davlat yaxlit tuzilma sifatida 

xalqaro huquq subyekti bo‘ladi. 



Unitar  davlat  —  davlatning  hududiy  tashkillanishining  ikki  shaklidan  biridir.  Davlat, 

agar  bu  davlatning  ko‘p  qismi  davlat  tuzilmasi  maqomiga  ega  bo‘lmasa  unitar  (oddiy) 

hisoblanadi.  Unitar  davlat  tarkibida  alohida  avtonom  milliy  davlat,  shu  jumladan,  o‘z 

davlatchilik belgilariga ega bo‘lgan tuzilmasi bo‘lishi mumkin (masalan, unitar Ukraina tarkibida 

Qrim  Respublikasining  mavjudligi).  Unitar  davlatda  faqat  yagona  Konstitutsiya,  bir  fuqarolik, 

yuqori davlat hokimiyati organlarining yagona tizimi mavjud bo‘ladi. Unitar davlatning tarkibiy 

qismlari  aksariyat  hollarda  ma’muriy-hududiy  bo‘linma  maqomiga  ega:  ular  markaziy  organ 

tomonidan  qabul  qilingan  qonunlar  asosida  boshqariladi,  ularning  hududi  oddiy  umumdavlat 



 

11 


qonuni asosida, mahalliy organlar va mahalliy aholining roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin. 

Unitar  davlatning  ikki  turi:  markazlashtirilmagan  (detsentralizovanniy)  va 

markazlashgan  turi  mavjud.  Birinchi  turdagi  davlatlarda  mintaqaviy  organlari  markaziy 

organdan  mustaqil  ravishda  tuziladi.  Shuning  uchun  ularning  o‘rtasidagi  yuridik  munosabatlar 

markazlashmagan  asosda  ko‘riladi  (Buyuk  Britaniya,  Yangi  Zellandiya,  Yaponiya,  Ispaniya, 

Italiya).  Ikkinchi  turdagi  unitar  davlatlarda  mintaqaviy  organlarning  markazga  bo‘ysunishi 

bevosita  markaz  tomonidan  tayinlanadigan  mansabdor  shaxslar  orqali  amalga  oshiriladi 

(Niderlandiya, Qozog‘iston). 

Federatsiya  murakkab  davlat  tuzilmasini  bildiradi.  Unitar  davlatdan  farqli  o‘laroq, 

federatsiya  a’zolari  (shtatlar,  yerlar,  viloyatlar,  kantonlar,  millat  nomi  bilan  ham  yuritilishi 

mumkin)  muayyan  mustaqillikka  ega.  Shu  bilan  birga  federatsiya  a’zolarining  mustaqilligi 

xalqaro huquq, subyekti sifatida tan olish uchun yetarli emas. Federatsiya yaxlit davlat tuzilmasi 

sifatida xalqaro huquq subyekti hisoblanadi. 


Download 434.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling