Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat univеrsitеti
Xalqaro huquqqa muvofiq tashkil etilishi
Download 434.66 Kb. Pdf ko'rish
|
xalqaro huquqda subekt tushunchasining paydo bolishi va rivojlanishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Checheniston Respublikasi
- Davlat tuzumi.
- Kosovo va Metoxiya-Serbiyadagi o’lka.
1. Xalqaro huquqqa muvofiq tashkil etilishi. Ushbu sifat asosiy hal etuvchi ahamiyatga ega. Har qanday xalqaro tashkilot huquqiy asoslarda tashkil etilishi shart. Xususan, har qanday tashkilotning ta'sis etilishi alohida davlatning tan olingan manfaatlariga dahl qilamsligi lozim. Tashkilotning ta'sis hujjati xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillariga va me'yorlariga ( jus cogens) tamoyiliga mos kelmog‘i lozim. Agarda xalqaro tashkilot noqonuniy tarzda tuzilgan bo‘lsa, yoki uning faoliyati xalqaro huquqqa zid bo‘lsa, unda ushbu tashkilot ta'sis hujjati haqiqiy emas deb topilishi va uning foaliyati qisqa muddat ichida to‘xtatilmog‘i shart. 2. Xalqaro shartnoma asosida ta'sis etilishi. Qoidaga ko‘ra xalqaro tashkilotlar xalqaro shartnomalar asosida (Konvensiya, Kelishuv, Traktat, Protokol va h.k) tashkil etiladi. Ushbu shartnoma ob'yekti subyektlar (shartnoma tomonlari ) va xalqaro tashkilot faoliyati hisoblanadi. Ta'sis hujjatida suveren davlatlar tomonlar sifatida qatnashadilar. Ammo so‘nggi yillarda xalqaro tashkilotlarda hukumatlararo tashkilotlar ham to‘la huquqli qatnashchilar sifatida ishtirok etmoqda. Masalan, YYevropa Ittifoqi ko‘pgina xalqaro baliqchilik tashkilotlarining to‘la huquqli a'zosi hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar, kengroq vakolatli boshqa xalqaro tashkilotlar rezolutsiyalari asosida ham tashkil etilishi mumkin. Xuddi shu tartibda FAO Kengashi rezolutsiyalariga muvofiq, Hind Okeanida baliq ovi bo‘yicha komissiya, markaziy-sharqiy Atlantikada baliq ovi bo‘yicha qo‘mita tashkil etilgan. Ushbu holatda FAO rezolutsiyalari faqatgina xalqaro tashkilot hujjati sifatida tavsif etilmay, balki davlatlararo kelishuvning spetsefik shakli sifatida talqin etilib, o‘z navbatida xalqaro tashkilotlarning ta'sis hujjati bo‘lib ham hisoblanadi. Ushbu tarzda tashkil etilgan xalqaro tashkilotlar, hukumatlararo tashkilotlar singari tashkiliy tuzilmaga ega bo‘ladilar.
5 Mamatqulov A. Xalqaro huquq. -T.: Adolat, 1997. 122-b. 36
3. Faoliyatning aniq sohalarida hamkorlikni amalga oshirish. Xalqaro tashkilotlar davlatlarning u yoki bu sohadagi intilishlarni muvofiqlashtirish maqsadida tuziladi. 4. Tashkilotlarning huquq va majburiyatlarga egaligi. Yuqorida ta'kidlanganidek, tashkilotlarning huquq va majburiyatlari a'zo davlatlarning huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Faqatgina tomonlar ushbu tashkilotga qanday huquqlar va qay darajada majburiyatlar berilishini hal etadilar. 6 Hech bir tashkilot o‘z a'zo- davlatlari manfaatlariga dahl qiluvchi harakatlarni amalga oshirish mumkin emas. Har qanday tashkilotning huquq va majburiyatlari umumiy tarzda uning ta'sis hujjatida, oliy va ijroiya organlari rezolyutsiyalarida, tashkilotlar o‘rtasidagi bitimlarda belgilangan. Ushbu hujjatlar a'zo davlatlarning maqsadlarini aks ettirib, keyinchalik tegishli xalqaro tashkilotlar tomonidan implementatsiya qilinmog‘i lozim. Davlatlar tashkilotga u yoki bu harakatni amalga oshirishni taqiqlab qo‘yishga haqlidir va tashkilot o‘z vakolati doirasidan chetga chiqa olmaydi. Masalan, MAGATE Nizomining 3-moddasi, Agentlikka o‘z faoliyati davomida, o‘z a'zolariga yordam ko‘rsatishda siyosiy, iqtisodiy, harbiy yoki ushbu tashkilot Nizomiga zid bo‘lgan boshqa talablar asosida harakat qilishni ma'n etadi. Bu yerda so‘z xalqaro tashkilotning a'zo-davlatlari irodasidan mustaqil irodaga ega bo‘lishi xususida boradi. Ushbu belgi, har qanday xalqaro tashkilot unga a'zo davlatlar tomonidan yuklangan huquq va majburiyatlarni bajarish usuli hamda vositalarini o‘z vakolati doirasida mustaqil tanlash huquqiga ega ekanligini anglatadi. Davlatlar uchun xalqaro tashkilot unga yuklangan huquq va majburiyatlarni bajarish usuli emas. Aynan xalqaro tashkilot, xalqaro ommaviy va xususiy huquq subyekti sifatida o‘z faoliyatining samarali usulini tanlash huquqiga egadir.
O‘z ozodligi uchun kurashayotgan va ma’lum hokimiyat tuzilmalarini tuzgan, yagona markaz bilan birlashgan millat yoki xalqlar millat yoki xalq nomidan xalqaro munosabatlarda ishtirok etishi va xalqaro huquq subyekti maqomiga ega bo‘lishni talab qilishi mumkin. Amalda bunday tuzilmalar qatoriga yagona qo‘mondonlikka ega bo‘lgan hamda aksariyat xollarda bir vaqtning o‘zida siyosiy raxbarlikni amalga oshiruvchi qurolli otradlar kiradi. Millatlar yoki xalqlar xalqaro huquqning alohida va maxsus subyektlari hisoblanadi. Imperativ xarakterdagi me’yor-tamoyilga — teng huquqlilik va xalqlarning o‘z takdirini o‘zi
6 Малинин С.А. Мирное исользование атомной энергии. М.; 1971 С-116 37
belgilash tamoyiliga muvofiq barcha xalqlarning o‘z takdirini o‘zi belgilash huquqi, ya’ni tashkaridan xech qanday aralashuvsiz erkin asoslarda o‘zining siyosiy maqomini belgilash va iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini amalga oshirish huquqi tan olinadi. 1970 yidda qabul qilingan Xalqaro huquq tamoyillari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga muvofiq har bir davlat ushbu huquqni xurmat qilishi lozim. So‘z xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar (xalqaro huquqiy munosabatlar) to‘g‘risida bormokda. Xalqaro huquq tamoyillari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga muvofiq; suveren va mustaqil davlatning paydo bo‘lishi, mustaqil davlatga erkin qo‘shilishi yoki u bilan birlashishi yoki xalq tomonidan erkin asoslarda belgilangan boshqa siyosiy maqomning o‘rnatilishi ushbu xalqning o‘z takdirini o‘zi belgilashni amalga oshirishning usullari sanaladi. Xalqaro huquqda «xalq» tushunchasi aniqlanmagan. Bizning nazarimizda, xalq — hududiy xarakter kasb etuvchi tushunchadir. Xalq — mazkur hududda, ular o‘rtasidagi irkiy, etnik, diniy yoki boshqa xarakterdagi farqlardan katyi nazar, doimiy yashovchi (balogat yoshidagi) shaxslarning yig‘indisidir. Bunday tarzda o‘z takdirini o‘zi belgilash bir vaqtning o‘zida ushbu hududning siyosiy maqomini ham belgilashdir. Yakin vaqtlarda ham o‘z takdirini o‘zi belgilash to‘g‘risida so‘z borganda birinchi galda tobe hududlarning xalqlari, ya’ni mustamlaka ostida bo‘lgan xalqlar ko‘zda tutilar edi. Va har bir davlatga ularning o‘z takdirini o‘zi belgilashda ko‘maklashish majburiyati yuklangan. Davlatlar o‘zaro munosabatlarida ichki huquq; qonun hujjatlarida xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, o‘z hududidagi barcha individlar hamda nohukumat tashkilotlarning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlashga o‘zaro rioya qilish majburiyatini (avvalambor tegishli xaikaro shartnomadar asosida) oladilar. Jismoniy va yuridik shaxslar, nohukumat tashkilotlar yoki milliy huquqning o‘zga subyektlari xalqaro huquq; subyektlari emas, chunki ular ichki davlat huquqiy tartibiga buysunadilar. Xalqaro huquq; subyekglarining o‘ziga hos jihati x.am ularga yuridik majburiy xatgi-x.arakat k;oidalarini belgilab beruvchi kuch yoki hokimiyatning mavjud emasligi bilan izoxlanadi. Xalqaro tashkilotlar — xalqaro huquq; subyekti sifatida xalqaro tashkilotlar tarkibiga hukumatlararo tashkilotlar hamda a’zolari shaxsiy tartibda harakat qiluvchi davlatlararo mexanizmlar va organlar (xalqaro arbitrajlar, komitetlar, ekspertlar guruhi va boshqalar) kiradi. Hukumatlararo konferensiyani vaqtinchalikxalqero muassasa deb hisoblash mumkin. Xalqaro tashkilot o‘zining xapkaro huquq; layokatiga ta’sis shartnomasiga muvofiq; ega bo‘ladi. Shartnoma xalqaro tashkilotni ma’lum huquqda ega bula olish, ya’ni davlatlar va hukumatlararo tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish, o‘z nomidan qarorlar qabul qilish k;obiliyati bilan ta’minlaydi. 38
Xalqaro huquqiy hujjatlarda xalqaro tashkilot — bu hukumatlararo tashkilot deb ko‘rsatilgan ta’rifdan boshqa «xalqaro tashkilot» tushunchasi mavjud emas. Biroq bunday ta’rif faqat hukumatlararo (xalqaro) tashkilotni nohukumatlararo tashkilotdan farqlaydi, xolos. Xalqaro tashkilot xalqaro tuzilma bo‘lib, uning ta’sis etilishi va faoliyati xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadi. Xalqaro tashkilotning ta’sis etilishi va faoliyati hozirgi davr xalqaro huquqining asosiy tamoyillariga muvofiq; kelishi lozim. Xalqaro huquqiy munosabatlarda xalqaro tashkilot a’zo-davlatlar irodasidan farqli o‘laroq o‘z irodasini ifodalab, faqat o‘z nomidan katnashishi mumkin. Xalqaro tashkilot a’zo-davlatlar, o‘zga tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan bo‘ladigan huquqiy munosabatlarda uning irodasini belgilangan qoidalarga muvofiq; shakllantiruvchi va ifodalab bera oluvchi organlarga ega bo‘lishi lozim. A’zolari tarkibi va faoliyat doirasi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar universal xalqaro tashkilotlar, ya’ni barcha davlatlar katnashishi uchun ochiq bo‘lgan, hududiy (regional), ya’ni qandaydir yirik region davlatlarini birlashtiruvchi va maxalliy — bir necha (odatda uchtadan oz bo‘lmagan) davlatlarni birlashtiruvchi turlarga bo‘linadi. O‘z tarkibi, faoliyat sohasi va xalqaro munosabatlardagi tutgan alohida o‘rniga ko‘ra eng universal tashkilot — Birlashgan Millatlar Tashkilotidir. Yana xalqaro organlar deb nomlanadigan xalqaro tuzilmalar ham xalqaro huquq subyektlari hisoblanadi. Bular xalqaro arbitrajlar va sudlar (doimiy va ad hoc), tergov, yarashtiruvchi va boshqa komissiyalar, chunki ular davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bitimlar asosida yaratiladi va o‘z faoliyatida xalqaro-huquqiy qoidalarga rioya qiladi.
so’zidan olingan). O’rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan. Maydoni 26 ming kv. km. Falastinning asosiy qismi Isroil bilan Iordaniyaga qarashli. Mil.av. 5-4 ming yillikda Falastinga somoniy qabilalari kirib kelgan. Mil.av.3-2 ming yillikda Falastinda xanaaneylarning ilk shahar davlatlari paydo bo’lgan. Mil.av.16-17 asrlarda Falastin Misr tasarrufida bo’lgan. Mil.av. 13 asr oxirida Falastinda filistimliklarning xukmronligi o’rnatilgan. O’sha vaqtdayoq mamlakatning aksariyat qismi mil.av. 11 asrda tashkil bo’lgan Isroil-yaxudiy podsholgi xududida istiqomat qiluvchi qabilalar tomonidan zabt etilgan. Dovut va Sulaymon podsholar davrida Isroil qudrati avjiga chiqqan. Taxminan935 yilda bu davlat ikkita podsholik – Isroil va Iudeya (Yaxudiya)ga bo’lingan. Mil. av. 8 asr oxirida Falastinning shimoliy xududi – Isroil podsholigi Ossuriya tomonidan bosib olingan. Janubiy Falastin (Iudeya podsholgi) – mil.av. 6 asrda bobilliklar, so’ngra somaniylar, mil.av. 4 asrda makedoniyalik Aleksandr o’zlariga bo’ysundirganlar. Mil.av. 3-2-asrlarda Falastin Misr bilan salavkiylar o’rtasida talash bo’lgan. Falastin mil. 1-asrda (63 y) Rimliklar tmonidan bosib olingan. Lekin faqat Iudeya urushlari (66-73 yillar) va Bar Koxba 39
qo’zg’oloni bostirilgandan so’nggina Falastin Rim imperiyasining viloyatiga aylangan. Mil.av. 1 asrda Falastinda xristian dini paydo bo’lgan. 395 yilda Falastin Vizantiya ixtiyoriga o’tgan. 640 yil Falastin arablar tomonidan bosib olinib, arab xalifaligi tarkibiga kirgan Abbosiylar davrida Falastinda iqto tizimi joriy qilingan, aholini islom diniga kiritish jarayoni avj olgan, xristianlarning huquqiy maqomi kuchsizlangan. Bu bir qator xalq qo’zg’olonlari, jumladan, 842 yil Abu Xarba boshchiligidagi g’alayonga sabab bo’ldi. Abbosiylar xalifaligi parchalangandan so’ng Falastin asta-sekin tuluniylar, ixshidiylar sulolalari xukmronligi ostiga o’tgan. 9-11 asrlarda Falastinda iqtisodiy yuksalish yuz bergan, katta yer maydonlariga ishlov berilgan. Iudaizm, xristian va islomning diniy markizi Quddusda 11 asrda 40 ming aholi yashagan. Akka , Kesariya, Askalon, G’azoda savdo rivojlangan. 1099 yil salbchilar Quddusni egallab, uni Quddus qirolligining markaziga aylantirganlar. 1187 yil Xattin yaqinidagi jangda Salohiddin salbchilarni yengib, Quddusni qo’lga kiritgan. Falastin ayubiylar, keyinroq mamluklar tomonidan Misrga qo’shib olingan. Falastin 1516 yilgacha ularning qo’lida bo’lib, song turklar tasrrufiga o’tgan. Usmonli turk imperiyasining 17 asr oxiridan tanazzulga yuz tutishi bilan turk xukmdorlarining o’zboshimchaligi kuchaygan. Soliqlar oshgan. Natijada Falastin iqtisodiy tushkunlikka uchragan. 19 asrning 20 yillarida Falastinda turklarga qarshi xalq harakati kuchaygan. 1832 yil Falastin Misr podshosi Muhammad Ali tomoonidan zabt etiladi. Hokimiyatning markazlashuvi, zodagonlar zulmining cheklanishi Falastinni iqtisodiy rivojlanishiga turtki bo’lgan. Ammo soliqlarning ko’payishi, harbiy majburiyatning joriy qilinishi aholi o’rtasida qo’zg’olonga olib kelgan (1834). Livan va Suriya xalqining Misr hukmronligiga qarshi 1840-1841- yillardagi kurashini Falastin xalqi qo’llab-quvvatlagani bahonasida Falastinda turk hukmronligi tiklangan. 19-asrning 40-yillaridan boshlab Yevropa davlatlari Falastinga kirib kela boshlaganlar. 1869-yil Suvaysh kanalining ochilishi bilan Falastinning startegik va iqtisodiy ahamiyati yanada kuchaydi. 1892-yil fransuz kompaniyasi Falastinda birinchi Yaffa-Quddus temir yo’lini qurgan. 19-asr oxiridan boshlab Yevropa mamlakatlaridagi yaxudiy aholining Falastinga ko’chishi boshlangan. 1-jahon urushi yillarida Falastin Germaniya, Turkiya hamda ingliz qo’shinlari o’rtasidagi kurash maydoniga aylangan. Bu raqobat Falastinni inglizlar tomonidan zabt etilishi bilan yakunlandi. 1916-yil Sayks-piko shartnomasiga binoan, Falastinda xalqaro rejim joriy qilinishi lozim bo’lgan. Falastinda o’z mavqeini mustahkamlash maqsadida inglizlar Yevropa mamlakatlarida 19-asrning 90-yillarida paydo bo’lgan reaksion (teskarichi) – millatchi harakatning ko’rinishlaridan biri bo’lgan cionizmdan foydalanganlar. Sionistlar Falastinda yahudiylar davlatini tuzishni talab qilganlar. 1917-yil 2 noyabrda Angliya hukumati Balfur dekloratsiyasini e’lon qilib, Falastinda “yahudiy xalqi uchun milliy maskan” tuzishni va’da qilgan. 1920 yil aprelda San-Remo shahri (Italiya)da 40
angliya Falastin ustidan ingliz mandatini joriy etishga muyassar bo’lgan. Angliya Falastinning iqtisodiy va siyosiy hayotida hal qiluvchi mavqega ega bo’lgan, Yevropa mamlakatlaridan ko’plab yahudiylarning kirib kelishiga imkon yaratgan. Sionist tashkilotlar Falastinda bir nechta kontsessiyalarni qo’lga kiritganlar. Mamlakatdagi butun hokimiyat ingliz oliy komissari qo;lga o’tgan. Uning huzuriga ingliz amaldorlaridan tarkib topgan “Falastin hukumati” tuzilgan. Arab aholisi mamlaktni idora qilishga jalb etilmagan. 1920-1939 yillarda ingliz mustamlaka siyosati sionistlar bilan hamkorlik qilishga asoslangan. Sionistlar Angliya yordamida arab xalq-ozodlik harakatiga qarshi ish ko’rganlar. Shu bois Angliya arab aholisining kuchli noroziligiga duch kelgan va natijada unga qarshi qurolli qo’zg’olonlar ko’tarilgan. 1936 yil oktabrda Pil boshchiligida Falastinga yuborilgan komissiya Falastinni yahudiylar va arablar yashaydigan qismlarga bo’lishni tavsiya qilgan. Bu Falastindagi arab tashkilotlari va arab mamlakatlarining qattiq noroziligini keltirib chiqargan. 1939-yil may oyida ingliz hukumati “Oq kitob” ni e’lon qilishga majbur bo’lgan. Unga ko’ra, Angliya ma’muriyati Falastinga yahudiylarning kelishini cheklashi va keyinchalik to’xtatishga qaror qilgani bayon etilgan. Bu Angliya ma’muriyati bilan sionistlar o’rtasiga nizo solgan. Sionistlarni AQSH qo’llab-quvvatlagan. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Falastin xalqlarining ingliz qaramligidan xalos bo’lish uchun kurashi kuchaygan. 1947-yil Angliya Falastin masalasini BMT muhokamasiga qo’yishga majbur bo’lgan. 1947-yil 29-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi Britaniya mandatini bekor qilish, Falastindan ingliz qo’shinlarini chiqarish va Falastinda mustaqil demokratik yahudiy va arab davlatini tuzish haqida qaror qabul qilgan. Quddus shahri alohida xalqaro rejimga ega mustaqil ma’muriy birlikka aylanishi lozim bo’lgan. 1948- yil 14 mayda Yhudiy sionistik tashkilotlar Isroil davlati tuzilganligini e’lon qilishgan. 14 maydan 15 mayga o’tar kechasi Angliyaning qutqusi bilan 1948-1949 yillardagi arab-isroil urushi boshlangan. Arab davlatiuchun mo’ljallangan hududning bir qismi hamda Quddus shahrining g’arbiy qismi Isroil tomonidan bosib olingan(6,7 ming kv.km). Isroil qo’shinlari Falastin hududidan 900 mingdan ziyod arablarni haydab chiqarganlar. Shunday qilib, Isroil Yaqin Sharq mintaqasida qochoqlar muammosini keltirib chiqargan. Isroil BMT qaroriga muvofiq, Falastin arab davlatiga o’tish kerak bo’lgan hududining 60% ini bosib olgan. Tashkil etilib ulgurmagan mana shu davlatning sharqiy qismi va Quddus (5,5 ming kv.km) Iordaniya hududiga, G’azo sektori (258 ming kv.km) Misr nazoratiga o’tib qolgan. 1949 yil sulh shartnomalariga binoan, Isroil bilan qo’shni arab davlatlarii o’rtasida demarkatsiya chegara chizig’i belgilangan. 1964 yil 28 mayda Quddusda qochoqdagi falastinliklarning Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) tuzilgan. 1967 yil iyunda Isroil- Suriya, Misr va Iordaniyaga qarshi urush boshladi. Isroil
41
Sinay yarim oroli, G’azo sektori, Iordan daryosi g’arbiy sohilidagi yerlar, Quddus hamda Jo’lan tepaliklarini bosib olgan. 1987 yilga kelib Falastin qochoqlarining soni 2 mln.ga yaqinlashgan. 1988 yil 15 noyabrda Falastin Ozodlik tashkilotining oliy organi – Falastin Milliy kengashi Jazoir shahrida mustaqil Falastin davlati tuzilganini e’lon qilgan. 1989 yil 29 martda Falastin Ozodlik tashkiloti ijroiya qo’mitasi Yosir Arofatni Falastin davlati prezidenti etib tayinlagan. 1993 yil sentyabrda Isroil bilan Falastin ozodlik tashkiloti ikki tomon o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yish tamoyillari to’g’risida dekloratsiyaga imzo chekadilar. Bu dekloratsiyaga muvofiq, 1994 yil mayda G’azo sektori (G’azza mintaqasi) va Ierixon shahri atrofi (Iordan daryosining g’arbiy sohili) da Muvaqqat falastin muxtoriyati tuzilgan. BMT Xavfsizlik Kengashi qaroriga muvofiq, Falastin mojarosini uzil-kesil hal etish uchun o’tish davri (5 yilgacha) belgilangan. 1996 yil yanvarda Falastin qonun chiqaruvchi kengashi saylangan. 1998 yil avgustda hukumat tuzilgan. Isroil Bosh vaziri A.Sharon hukumati davrida Falastin bilan Isroil o’rtasidagi tarang munosabatlar avjga chiqdi. 2004 yil 22 martda HAMAS ekstremistik tashkilotining rahbari shayx Ahmad Yosin o’ldirildi. Natijada Falastin masalasini hal qilish yanada murakkab tus oldi. 2004 yil noyabrda Yosir Arofat vafotidan so’ng uning o’rniga vaqtincha Mahmud Abbos tayinlandi. 2005 yil yanvarda Mahmud Abbos Falastin Ozodlik tashkiloti raisligiga saylandi.
taxminan 15 ming km.kv. Aholisi 1 mln.100,3 ming kishi (2002). Poytaxti – Grozniy shahri. Ma’mutiy jihatdan 16 tuman va 5 shaharga bo’linadi.
Konstitutsiyasi 2003 yilda qabul qilingan. Konstitusiyasida nazarda tutilgan xokimiyatning qonun chiqaruvchi va vakillik organlarini shakllantirish jarayoni ketmoqda.
aholisi 34,5%. Respublikaning davlat tili chechen va rus tili. Dindorlar islom dining sunna mazxabida. 1991 yil sentyabrda Chechen xalqi milliy kongressi Checheniston Respublikasining davlat suverenitetini e’lon qiladi. 1992 yil prezidetn lavozimi joriy etildi. Kosovo va Metoxiya-Serbiyadagi o’lka. Maydoni 11 ming km.kv. Aholisi 1,9 mln kishi (1997). Poytaxti – Prishtina shahri. Kosova va Metoxiya hududining katta qismi Kosovo- pole va Metoxiya soyliklaridan iborat, ularda Drin va Ibar daryolari oqadi. Kosovo va Metoxiya hududi 8-12 asrlarda rashki, so’ngra Serbiya davlati tarkibida, 15 asrdan 1912-yilgacha Usmonli turk saltanati tarkibida bo’lgan. 1913-yildan London tinchlik shartnomasiga ko’ra, Kosovo va Metoxiya hududini Serbiya va Chernogoriya bo’lib oladilar. 1918-yildan Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929 yildan Yugoslaviya qirolligi) tarkibida.
42
1945 yildan Yugoslaviya tarkibidagi muxtor viloyat, 1963-1969 yillarda Kosovo va Metoxiya muxtor o’lkasi, 1969-1990 yillarda Kosovo muxtor o’lkasi, 1990 yildan Kosovo va Metoxiya o’lkasi. 1980-yillarning boshlarida albanlar o’lka aholisining 90% ni tashkil etdi. Kosovo va Metoxiyadagi etnik muammolar 1998-yilda qurolli
to’qnashuvlarga aylandi. Bu to’qnashuvlarning asosiy sababi Kosovo albanlarining mustaqil davlat bo’lishga harakatidir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling