Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat univеrsitеti


Download 434.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana17.10.2020
Hajmi434.66 Kb.
1   2   3   4   5

XULOSA 

 

Biz  yashayotgan  hozirgi  davrning  xarakterli  xususiyatlaridan  biri  xalqaro  huquqiy  va 

siyosiy  munosabatlarning  rivojlanib  borishidan  iborat.  Bu  munosabatlar  jahon  taraqqiyotining 

mohiyatini  belgilab  bermoqda,  xalqlar  va  davlatlar  o’rtasidagi  xususiyatlar  aloqalarning 

mazmunini  tashkil  etmoqda,  davlatlararo  hamkorlikning  rivojiga  samarali  ta’sir  ko’rsatmoqda. 

Xalqaro  huquqiy  va  siyosiy  munosabatlar  taraqqiyoti  huquqiy  faoliyat  natijalariga  bog’liq. 

Davlatlarning  vujudga  kelishi  ular  o’rtasidagi  munosabatlarning  shakllanishiga  ham  sabab 

bo’lgan.  Bu  ob’ektiv  xarakterga  ega.  Hech  bir  mamlakat  jahon  hamjamiyatidan  ajralgan  holda 

rivojlanishi  mumkin  emas.  Xalqaro  siyosiy  munosabatlar  xalqaro  munosabatlarning  tarkibiy 

qismidir.  Bu  munosabatlar  davlatlarning  vujudga  kelishi  va  ular  o’rtasidagi  aloqalarning 

shakllanishi asosida ro’y bergan. Hamkorlikning xilma-xil shakllari  xususan huquqiy va siyosiy 

hamkorlik munosabatlari siyosat va davlat arboblarining qarashlarida o’z aksini topgan. Huquqiy 

munosabatlar xalqaro munosabatlarning o’ziga xos ko’rinishlaridan biridir. 

Hozirgi  kunda 

xalqaro  munosabatlarda  harbiy,  siyosiy  ixtiloflarga  yo’l  qo’ymaslik  muhim  ahamiyatga  ega. 

Chunki,  insoniyat  taqdiri,  jahon  sivilizatsiyasi  taqdiri  xavfsizlikning  qay  darajada 

ta’minlanganligi  bilan  bog’liqdir.  Shu  sababli  ham  jahon  urushi  xavfining  oldini  olish, 

qurollanish poygasining to’xtatilishiga qaratilgan chora va tadbirlarni  amalga oshirish davlatlar 

o’rtasidagi  munosabatlarda  muhim  o’rin  egallaydi.  Endilikda  jahon  jamoatchiligi  va  xalqlari 

harbiy ustunlikdan hech kim yutmasligini tushunib yetmoqda.  

 

Xalqaro  huquqiy  munosabatlarda  xalqaro  terrorizmga  qarshi  kurash  zarurligi  muhim 



ahamiyat  kasb  etmoqda.  Terrorizm  XX  asrning  so’nggi  va  XXI  asrning  boshlaridagi  eng 

mudhish  ijtimoiy-siyosiy  hodisalardan  biri  bo’lib,  xalqaro  munosabatlarning  barqaror 

rivojlanishiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatmoqda.  Xalqaro  huquqiy  munosabatlarning  rivojlanishi  bu 

munosabatlarda  kelib  chiqadigan  turli  xildagi  ziddiyatlarga  va  ularni  hal  qilishga  bog’liqdir. 

Bunday  ziddiyatlar  xalqaro  siyosiy  munosabatlarda  turli  xil  sabablarga  ko’ra  xilma-xil 

sharoitlarda  ro’y  beradi.  Ularni  keltirib  chiqaradigan  omillar  xalqaro  siyosiy  munosabatlarning 

rivojlanish jarayonida, o’ziga xos darajada namoyon bo’ladi va bu munosabatlarga o’z ta’sirini 

ko’rsatadi.  

Ziddiyatlar jamiyat  hayotining barcha sohalarida  bo’lgani  singari xalqaro siyosiy 

munosabatlarning  ham  harakatlantiruvchi  kuchi  hisoblanadi  Ular  umumbashariy  muammolarni 

vujudga keltiradi. Umumbashariy muammolar mohiyatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 

Insoniyatni yadro halokati urushi xavfidan saqlash. 

Yalpi  va  umumiy  tinchlikni  ta’minlash  (yoki  ommaviy  qirg’in  qurollariga  qarshi 

birgalikda kurash). 



 

44 


Xalqaro  terrorizm  muammosi,  shu  jumladan  mintaqalardagi  terroristik  harakatlarga 

birgalikda kurash. 

Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurash muammosi. 

Aholining son jihatdan o’sishi muammosi. 

Xomashyo muammosi. 

Energetika muammosi. 

qashshoqlik muammosi. 

Ocharchilikka qarshi kurash yoki oziq-ovqat muammosi. 

Hayvonot va o’simliklar dunyosini asrash muammosi. 

Koinot va jahon okeanlari boyliklarini tinchlik maqsadida o’zlashtirish muammosi. 

Orol muammosi. 

SPIDga qarshi birgalikda kurash. 

Xavfli kasalliklarni bartaraf etish. Rak va sil kasalliklariga qarshi kurash muammosi. 

Mustaqillikka  erishgan  mamlakatlarning  iqtisodiy  qoloqligini  bartaraf  etish  yoxud  kam 

taraqqiy  etgan  mamlakatlarni  ilg’or  mamlakatlar  turmush  darajasiga  tenglashtirish  va  boshqa 

muammolar  kiradi.  Ushbu  muammolarni  hal  qilish  xalqaro  huquqni  mukammal  tartibotini 



talab  etadi.    Xalqaro  huquq  -  davlatlar  va  xalqaro  munosabatlarning  boshqa  sub’ektlari 

o’rtasida olib boriladigan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va axloqiy sohalardagi aloqalarning qonun 

va qoidalari majmuidir. 

Xalqaro huquqiy munosabatlarda amal qilinadigan tamoyillar. 

BMT Ustavi va boshqa hujjatlarda xalqaro siyosiy munosabatlarda amal qilinadigan tamoyillar 

quyidagilardan iborat: 

1) 

davlatlarning suveren tengligini hurmat qilish, ularning ichki ishlariga aralashmaslik; 

2) 

tinch-totuv yashash siyosatiga og’ishmay amal qilish; 

3) 

xalqaro kelishmovchiliklarni siyosiy yo’l bilan hal qilish

4) 

davlatlar chegaralarining daxlsizligi va hududining bir butunligini tan olish; 

5) 

inson huquqlarini hurmat qilish; 

6) 

millatlar va elatlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash

7) 

xalqaro majburiyatlarga vijdonan amal qilish. 

 

BMT ning 1970 yilda qabul qilingan Deklaratsiyasiga asosan suveren tenglik tushunchasi 



quyidagi talablarni o’zida ifoda etadi: 

a) davlatlarning yuridik jihatdan tengligi; 

b) bir davlat boshqasini hamkorlikning sub’ekti sifatida hurmat qilishi

v) har bir mamlakatning siyosiy mustaqilligini, hududining bir butun-ligini tan olish

g) har bir davlat o’zining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojini o’zi belgilashi. 

d) har bir davlat o’zining xalqaro majburiyatlarini so’zsiz bajarishi va boshqalar. 

 

45 


Xalqaro munosabatlarda qaysidir davlat tomonidan olib boriladigan terrorizm eng xavfli 

ijtimoiy-siyosiy  harakat  bo’lib,  xalqaro  munosabatlarni  tartibga  solishga  o’z  salbiy  ta’sirini 

ko’rsatadi.  Xalqaro  huquq  davlatlar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  shunchaki  qonun  va  qoidalar 

bo’lmay,  ob’ektiv  jarayon  bo’lib,  kishilarni  o’rab  turgan  dunyo  bilan  o’zaro  aloqalarga 

intilishlari  natijasida  qaror  topgan.  Umuminsoniy  manfaatlar  xalqaro  siyosiy  munosabatlardagi 

ixtiloflardan  ustun  turadi.  Bunday  manfaatlar  turli  siyosiy  tuzumlardagi  davlatlarni,  hozirgi 

zamonning dolzarb masalalarini hal etishda birgalikda kuch-qudrat sarflashga yordam beradi. Bu 

esa  o’z  navbatida  xalqaro  siyosiy  munosabatlarning  barqarorlashib,  demokratik  asoslarda 

rivojlanib  borishini  ta’minlaydi.    O’zbekiston  Respublikasi  xalqaro  huquqiy  va  siyosiy 

munosabatlarning  muhim  sub’ekti  sifatida  o’zining  tinchliksevar  siyosati,  xalqaro  terrorizmga, 

giyohvandlikka qarshi kurash kabi takliflari bilan jahon jamoatchiligi e’tiborini qozonmoqda. 

O’zbekiston  xalqaro  huquqning  to’la  va  teng  huquqli  a’zosi  bo’lib,  jahon  xalqaro 

tashkilotlarining  ixtisoslashgan,  iqtisodiy,  mintaqaviy,  harbiy-siyosiy  tashkilotlari  bo’limlarida 

faol  ishtirok  etib,  mintaqaviy  va  dunyo  barqarorligini  saqlashda  ibratli  ishlar  amalga 

oshirilmoqda. Bu borada xalqaro huquqni tartibga soluvchi xalqaro huquqiy manbalar, bitimlar, 

shartnomalar,  kelishuvlar,  xalqaro  tashkilotlar  xujjatlari  va  boshqa  manbalar  huquqiy  poydevor 

bo’la  oladi.  Xalqaro  huquq  ob’ektlari  va  sub’ektlarini    chuqur  o’rganish  har  bir  zamonaviy 

shaxsning  dunyoqarashini  tartibga  soluvchi  kuch  ekanligi    ayyon,    huquqiy  ong  va  huquqiy 

madaniyat rivojidagi asosiy omillardan biridir. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

46 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI  

 

Asosiy adabiyotlar 

 

1. 



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T., 1992/2003 

2. 


I.A. Karimov O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida:  xavfsizlikka taxdid,  barqarorlik 

shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: O‘zbekiston, 1997. 

3. 

I.A.  Karimov.  O‘zbekiston  siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy  istiqbolining  asosiy 



tamoyillari. -T.: O‘zbekiston, 1995. 

4. 


I.A. Karimov. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. T.9. -T.: O‘zbekiston, 

2001. 


5. 

I.A.  Karimov.  Adolat  qonun  ustuvorligida.  Xalq  so‘zi  gazetasi.  2001  yil  31 

avgust. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2 chaqiriq VI sessiyasida so‘zlagan nutqi). 

6. 


I.A. Karimov O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: O‘zbekiston, 2000y 

7. 


I.A.Karimov.  Xalqimizning  tinchligi  va  xavfsizligi  o‘z  kuch-qudratimizga 

xalqimizning  hamjihatligi  va  bukilmas  irodasiga  bog‘liq.  Prezident  I.Karimovning  2-chaqiriq 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning XII sessiyasida so‘zlagan nutqi. Xalq so‘zi. 2004 yil 

30 aprelь. №89 (3364). 

8. 

I.A.  Karimov.  Bizning  bosh  maqsadimiz  -  jamiyatni  demokratlashtirish  va 



yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir. -T.: O‘zbekiston, 2005 

9. 


I.A. Karimov. O‘zbek xalqi hech kimga qaram bo‘lmaydi. -T.: O‘zbekiston, 2005.  

10.  


I.A  Karimov.  Yangi  hayotni  eskicha  qarash  va  yondoshuvlar  bilan  qurib 

bo‘lmaydi. Xalq so‘zi, 17 fevralь, 2005. 

11. 

 O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "O‘lim  jazosini  bekor  qilish 



to‘g‘risida"gi Farmoni. Xalq so‘zi, 2 avgust, 2005. 

12. 


 O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "Qamoqqa  olishga  sanksiya  berish 

huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida"gi Farmoni Xalq so‘zi, 9 avgust, 2005. 

13.  

Karimov  I.A.  "Inson,  uning  huquq  va  erkinliklari  hamda  manfaatlari  eng  oliy 



qadriyat  "O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  Karimovning  Konstitutsiyaning  13  yilligiga 

bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda so‘zlagan nutqi. Xalq so‘zi, 2005 yil, 8 dekabr.  

14. 

 Тухмухамедов Р.А., Хакимов Р.Т. Основы международного права. T., 1998. 



15. 

 Умарахунов  И.М.  Республика  Узбекистан  и  международное  договорное 

право. T., 1998. 

16. 


 Х.Р. 

Рахманкулов,  А.Р.  Рахманов.  Права  человека,  история  и 

современность. T., 1998 g.  

17. 


 К. Мирзажанов, Р. Хакимов. Международное право. –Т.: Меҳнат, 1993. 

18. 


 А.Х. 

Саидов.  Права  человека.  Единство  общечеловеческого  и 

национального. -T.: Shark, 1997. 

19. 


 Действующее  международное  право.  В  3-х  томах  Составители  Колосов 

Ю.М. и Кривчикова Э.С. М., 1996, 1997. 



 

47 


20. 

 Международное  право  в  документах.  Составители  Блатова  Н.Т.  и  Мелков 

Г.И. М., 1997. 

21. Международное гуманитарное право в документах. Составители Колосов Ю.М. 

и Котляров И.И. М., 1996. 

22.  Международное  сотрудничество  в  области  прав  человека.  Документы  и 

материалы, М., 1993. 

23.  Международные  акты  о  правах  человека.  Сборник  документов.  Составители 

Карташкин В.А и Лукашова Е.А. М., 1998. 

24.  Международное  публичное  право.  Сборник  документов.  В  2-х  томах. 

Составители Бекяшев К.А. и Ходаков А.Г., М., 1996. 

25.  Международные  нормативные  акты  ЮНЕСКО.  Конвенции,  соглашения, 

протоколы, рекомендации, декларации. Составитель Никулин И.Д. М., 1993. 

26. Броули Я. Международное право. Перевод с анг. под ред. статей Тункина Г. И. 

Кн. 1-2. М., 1997. 

27.  Фельдман  Д.И.  Система  международного  права.  Казань.  1983  научно-

технический прогресс и актуальные проблемы международного права. Киев 1990. 

28. Лукашук И.И. Нормы международного права. –М.: “SPARK”, 1997. 

29. Черниченко С.Б. Международное право: современные теоретические проблемы. 

М., 1993. 

30. Действующее международное право. М., 1996. 

31.  Каламрян  Р.А.  Принцип  добросовестности  в  современном  международном 

праве. М., 1991. 

 

 



 

 

Qo‘shimcha adabiyotlar 

 

1. 



О.З.  Мухаммеджанов.,  М.  Файзиев.  Международное  сотрудничество  и 

Узбекистан. Выпуск IV. Т., 2000.  

2. 

А.Р.  Рахманов.  Проблемы  безопасности:на  национальном,  региональном  и 



глобальном уровнях (международно-правовые аспекты). Т., 2001. 

3. 


А.Р.  Рахманов.  Дипломатический  протокол. Программа  учебного  курса.  Т., 

1998. 


4. 

M. Fayziev, F. Fayziev. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi. T., 1998. 

5. 

A.X. Saidov, G.Z. Inomdjonova, A. Mamatkulov. Xalqaro ommaviy huquq bo‘ycha 



o‘quv dasturi. Xalqaro huquqshunosga yordam. III nashr. T., 2000.  

6. 


Mualliflar jamoasi. Yuridik atama va iboralar lug‘ati. -T.: Adolat, 1993.  

 

Download 434.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling