Z. M. Islomovning siyosiy rejimlar to’g’risidagi fikrlari to’g’rimi?


Download 212.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi212.97 Kb.
#235148
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasdi



6-kazus 

       Турли  олим  ва  ҳуқуқшунослар  сиёсий  режимларни  ҳар  хил 

таснифлашади. Жумладан, Аристотел фикрича, бу тушунча тўғри 

ва нотўғри режимларни қамраб олади. 

Хусусан, тўғри режимлар: 

1) монархия; 

2) аристократия; 

3) тимократия. 

Нотўғри режимлар: 

1) тирания; 

2) олигархия;  

3) демократия. 

Маурисе  Дувергернинг  фикрича,  а)  очиқ  ва  авторитар;  б) 

демократик, 

автократик, 

монократик 

(диктаторлик); 

в) 


директория (коллектив бошқарув) каби режимлар мавжуд. 

З.М.Исломовнинг  ишларида  барча  сиёсий  режимлар, 

биринчи  навбатда,  икки  хил  кўринишдаги  катта  гуруҳга  – 

демократик ва демократияга зид режимга бўлиниши кўрсатилган.  



Сиёсий  режим  турлари,  ёндашувларини  таҳлил  этинг. 

Фикрингизни  амалий  мисоллар  ва олимларнинг  қарашлари  билан 

асосланг.  

 

Javob. 



E’tiborimizni yuqoridagi kazusga qaratadigan bo’lsak uni yechish uchun IRAC 

texnikasidan foydalanamiz. Dastlab biz IRAC texnikasining I ya’ni ISSUE 

qismidan foydalanamiz.  

1.  Siyosiy rejim o’zi nima?  

2.  Aristotelning siyosiy rejimlar to’g’risidagi qarashlari qanchalik to’g’ri?  

3.  Siyosiy rejim to’g’risidagi Maurise Duvergerning fikrlari qanchalik asosli?  

4.  Z.M.Islomovning siyosiy rejimlar to’g’risidagi fikrlari to’g’rimi?  

    


 

 

Endi biz kazusni yechishda IRAC texnikasining R- (Rule/ Relevant) 



qismidan foydalanamiz bunda biz kazusni yechish uchun bizga kerakli 

bo’lgan ma’lumotlarni qayerdan olishimiz kerakli ko’rsatib o’tiladi.  

 



1. Sh.A.Saydullayev “Davlat va huquq nazariyasi”  

2. Z.M.Islomov “Davlat va huquq nazariyasi”   

 

A ya’ni Analysis qismida yuqorida berilgan savollarga javob beramiz.  



1. Siyosiy (davlat) rejim(i) bu – siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirishda 

qo’llaniladigan usul, uslub, vositalar yig’indisidir. Siyosiy rejim davlat 

hokimiyatining aholi bilan o’zaro munosabatlari qanday usullar yordamida 

amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati 

qanday namoyon bo’ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday, 

davlat organlari o’z hududlarida yashovchi aholini boshqarish  bo’yicha amalda 

qanday rol o’ynaydi degan savollarga javob beradi.  

2. Aristotel o’z qarashlarida siyosiy rejimni to’g’ri va noto’g’ri rejimlarga 

bo’ladi. Xususan, to’g’ri rejimlarga monarxiya, aristokratiya, timokratiya 

noto’g’ri rejimlar tiraniya, oligarxiya, demokratiya. Aristotelning qarashlarini 

yaxshiroq anglash uchun avvalo bu tushunchalarga ta’rif bersak. Monarxiya 

(lotincha monos – yakka, arxe   – hokimiyat) – bunda, qoida tariqasida , oliy 

davlat hokimiyati yakka shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Odatda hokimiyat 

meros orqali o’tadi. Aristokratiya ( yunoncha aristokratiya – yaxshilar 

hukmronligi) 1) iqtisodiy  hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati, 

hukmronligi. Aristokratiya birinchi marta antik davrning mashhur 

mutafakkirlari – Aristotel, Platon tomonidan quldorlik davlat tuzumini idora 

etish vositasi sifatida ishlab chiqilgan; 2) quldorlik va undan keying ilk 

davlatlarda eng imtiyozli tabaqa. Timokratiya (time – baho, qiymat demakdir) 

ya’ni mulkiy senzga asoslangan hokimiyat. Noto’g’ri rejimlar: tiraniya  ko’plab 

odamlar qo’lida bo’lgan mulkka egalik qilish huquqi. Oligarxiya ( yunoncha 

oligarchia – ozchilik hokimiyati) davlat boshqaruvi shakli bo’lib unda siyosiy 

va iqtisodiy hukmronlik aristokratlar yoki boylarning kichik guruhi tomonidan 

amalga oshiriladi. Bu terminni dastlab  yunon olimlari Aristotel va Platon o’z 

asarlarida aristokratiya tugatilishi oqibatida vujudga keladigan davlat tuzumi 

shaklini ifodalash uchun qo’llashgan. Demokratiya ( yunoncha demos –xalq, 

kratos – hokimiyat ) barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish 

imkoniyatiga ega siyosiy tizim. Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi 

qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari 

amalda o’rnatilgan va yuzaga chiqarilgan bo’ladi. Yuqoridagi Aristotelning 

fikrlari asosan u yashagan davrga taaluqli ekanligini ko’ramiz. Ya’ni bu fikrlar 

o’z davri uchun to’gri deb ayta olamiz.   




3. Maurise Duvergerning fikrlarida a) ochiq va avtoritar b) demokratik, 

avtokratik, monokratik( diktatorlik) v) direktoriya (kollektiv boshqaruv) kabi 

rejimlar mavjud. Ochiq rejim bu siyosiy hokimiyatda bo’layotgan ishlar 

qonunlarning qabul qilinishida ommaning ishtiroki ta’minlangan rejimni aytish 

mumkin. Avtoritar rejim huquqiy axloqiy asoslarga ega bo’lishi mumkin lekin 

bunday davlat xalqni boshqaruv ishlariga jalb etmaydi. Demokratik rejimda 

yuqorida aytib o’tilganidek xalq hokimiyati tushuniladi. Avtokratik rejim yakka 

shaxs va jamoa avtokratiyasiga ajaratiladi. Jamoa avtokratiyasi o’z navbatida 

aristokratiya va oligarxiyaga yakka shaxs avtokratiyasi esa despotiya, 

mustabidlik, shaxsiy hokimiyatga bo’linadi. Umumiy olib qaraganda 

avtokratiya hokimiyat tepasida turgan yakka shaxs yoki jamoa manfaaatlariga 

xizmat qilishini aytib o’tish mumkin. Diktatura ( lot dictatura – cheklanmagan 

hokimiyat ) davlat hokimiyatini nodemokratik usullar bilan amalga oshirish 

tizimini ifodalovchi tushuncha.Diktaturaga asoslangan siyosiy rejimdagi 

hokimiyatda , bir shaxs – dictator yoki bir necha shaxslarning qo’lida 

markazlashadi, siyosatda zo’ravonlik va terror kuchayadi. Direktoriya 

hokimiyatni kollektiv ya’ni jamoaviy bo’lib boshqarish.   

4. Z.M.Islomovning fikricha siyosiy rejimlar birinchi navbatda , ikki  xilda 

ko’rinishdagi kata guruhga demokratik va demokratiyaga zid rejimga bo’linadi. 

Demokratiyaga zid rejim uch turdan – totalitar , fashistik va avtokratik turlardan 

iborat. Demokratiyaning oz’i sotsial demokratik va liberal demokratik turlarga 

bo’linadi. 

Xulosa ornida shuni aytishim mumkinki men bu yondashuvlar ichida 

Z.M.Islomovning fikrlariga qo’shilgan bo’lardim. Davlatning oz’i jamiyat 

tarkibidagi bir qism hisoblanar ekan u jamiyatning manfaatlariga ya’ni unda 

yashovchi fuqarolar manfaatlariga xizmat qilishi kerak. Davlat hokimiyatining 

tepasida demokratiyaning ya’ni xalq hokimiyatining vakillari tursagina bu 

davlat demokratik bo’ladi.  

Foydalanilgan adabiyotlar: 

Sh.Saydullayev “Davlat va huquq nazariyasi”  

Z.M.Islomov “ Davlat va huquq nazariyasi”  

Sayt: uz.m.wikipedia.org 



Download 212.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling