Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana15.03.2020
Hajmi6 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

Z.T. TAXIROV
NASHR JARAYONI 
ASOSIY 
BOSQICHLARI
“Tafakkur Bo‘stoni” 
Toshkent- 2015

0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA 
MAXSUS ТА’LEM VAZIRLIGI
/' 
■  :  /   ' ______________________
Z.T. TAXIROV
NASHR JARAYONI 
ASOSIY BOSQICHLARI
О 'zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi 
tomonidan 5A220104 
"Noshirlik ishi va muharrirlik” ixtisosligi 
magistrantlari uchun darsllk sifatida nashrga tavsiya etilgan
TAFAKKUR  B O ‘STONl” 
Tashkent - 2015

U()‘K:  655.3(075)
76.17
T28
Taxirov Z.
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari  [Matn]  :  darslik / Z.T.  Taxirov -  
Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2015.  -272 b.
KBK-76.17ya73
Ushbu darslik 5A220104 - “Noshirlik ishi vamuharrirlik” ixtisosligi bo‘yicha 
magistrantlarga  mo‘ljallangan.  Darslikdan  1-bosqich  magistrantlariga  “Nashr 
jarayoni  asosiy  bosqichlari”  fanidan  ma’ruzalar  o ‘qish,  amaliy  mashg‘ulotlar 
olib  borishda  foydalaniladi.  Darslikda  hozirgi  nashriyot-matbaa  ijodiy  uylarida 
kitob  nashri  jarayonidagi  asosiy  bosqichlarda  amalga  oshiriladigan  ishlar  va 
ulardagi muharrir ishtiroki, shuningdek badiiy ijod bilan tanishadilar.
Darslik  magistrantlar,  soha  izlanuvchilari  uchun  va  ilmiy  tadqiqot  ishlarida 
ham foydadan holi emas.  Shuningdek, darslikdan nashriyotlar, ommaviy axborot 
vositalarining  tahririyatlarida  qoMyozma  matni  ustida  ishlovchi  muharrirlar 
va  amaliyotchi  jumalistlar  ham  foydalanishlari  mumkin.  Bundan  tashqari 
universitetlar  va  pedogogika  institutlari  filologiya  fakultetlari  bakalavriant  va 
magistrantlariga ham m o‘ Ijallangan.
Taqrizchilar: Qudrat Irnazarov -  tarix fanlari doktori 
Azim Babaniyazov -  filologiya fanlari nomzodi,
Mas ’ul muharrirlar:
Mahliyo Mirsoatova -  filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Ravshan Omonov  -  0 ‘zMU Adabiy tahrir ilmiy maktabi 
rahbarining o‘rinbosari, magistratura 
rahbari
© “Tafakkur Bo‘stoni”, 2015 
© Z.T. Taxirov, 2015 
© Ilm - Ziyo nashriyot uyi

KIRISH
Nashr  jarayoni  deganda,  bugungi  kunda,  kitobshunoslik 
sohasidagi  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lgan,  qonuniy  ketma- 
ketlikka ega bosma nashrni tayyorlash va chop etish ishlari tushuni- 
ladi.Tor  ma’noda  tayyor  qo‘lyozmaning  nusxasini  ko‘paytirish 
anglashiladi.  Har  holda  matn  bosish  dastgohi  ixtiro  qilingunga 
qadar  kitobat  ishi  shunday  bo‘lgan.  Noshirlik  ishida  texnika  va 
texnologiyaning  rivoji  mazkur jarayonni  muayyan  bosqichlardan 
tashkil  topishiga  olib  keldi.  0 ‘tmish  tajribasini  umumlashtirgan 
holda  bugungi  kun  noshirlik  ishi  nashr jarayonini  aniq  belgilab, 
nashriyotlaming adabiy asar chiqarishini  tashkillashtirishdagi faol 
ishtiroki  alohida  ta’kidlanadi.  Bundan  tashqari  bosma  nashrlar 
chiqarishdagi  muharriming o‘mi va ahamiyati yuksak baholanadi. 
Nashr jarayonining boshlanishi mavzuli reja tuzish bo‘Isa, kitobni 
tarqatish va kitobga jamiyatning baho berishi yakunlovchi bosqich 
hisoblanadi.
Nashr jarayonini umuman (xususan, bitta as ami chiqarish ham) 
to‘rt bosqichga, shartli ravishda, ajratish mumkin.
Btrinchi bosqichda -  tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi, ya’ni 
muallif qo‘lyozmani topshirgunga qadar mavzuli reja tuziladi. Bu 
bosqichda  muharrir  albatta  mavzuli  rejani  tuzish  va  tasdiqlashda 
faol ishtirok etadi. U mavzu yuzasidan muallif bilan suhbatlashadi, 
muhokama  yuritadi,  bo'lajak  kitob  rejasi  ustida  ishlaydi.  Muallif

taklifiga  ko‘ra  asar  qismlari  bilan  tanishib  chiqadi,  ayrim 
muammolarni  xal  etish  va  kamchiliklarni  to‘g‘rilashda muallifga 
ko‘maklashadi.
Ikkinchi bosqich  -  tahrir  bosqichi_muallif qo‘lyozmani  nashri- 
yotga  taqdim  etishdan,  to  uni  ishlab  chiqarishga  topshirishgacha 
bo‘lgan  ishlami  o‘Z  ichiga  oladi.  Bu  bosqichda  kitob  taqdirini 
belgilovchi  qarorlar  qabul  qilinadi:  qo‘lyozmani  nashrga  tavsiya 
etish  yoki  rad  etish  masalasi  hal  etiladi.  Qo‘lyozmani  ichki  va 
tashqi  taqrizlash,  shuningdek  qo‘lyozmani  nashrga  tayyorlash 
amalga oshiriladi.
Uchinchi  bosqich  -   ishlab  chiqarish  bosqichida,  asosan  kitob 
yaratish  ishlari  -   bosmahonada  amalga  oshiriladigan  texnikaviy 
ishlar  bajariladi.  Lekin  bu  ishlar muharriming  qat’iy  kuzatuvi  va 
nazorati  ostida  bo‘ladi.  Zero  muharrir  sifatli  mahsulot  chiqish 
uchun nashriyotning eng mas’ul xodimidir.
To ‘rtinchi bosqich -  yakuniy bosqich, kitobni tarqatish va targ‘ib 
qilishdan iborat bo‘ladi.
Nashr  jarayoni  asosiy  bosqichlarini  noshirlik  ishi  va  tahrir 
ixtisosligi  bo‘yicha  birinchi  bosqich  magistrantlariga  o‘qitishdan 
maqsad, ularda nashf jarayoni haqida chuqur tushuncha hosil qilish, 
uning asosiy bosqichlaridagi muharriming o‘mi va ahamiyati bilan 
tanishtirish  va shu yo‘l  bilan noshirlik  ishi bo‘yicha malaka hosil 
qilishdir.
Muallif ijod labofatoriyasini o‘rganishning ahamiyati shundaki, 
bunda  muayyan  ijodchining  ijodiy  mahorati,  qaysidir  asari  yoki 
asarlarining tili va uslubi yoritilibgina qolmaydi, balki ijodchining 
ijodchilik  sohasidagi  o‘rni  ham  ayon  bo‘ladi.  Bundan  tashqari
4

muayyan  adib  yashab,  ijod etgan  davr, uning tashvishlari, muatn- 
molari,  kemtikliklari,  jamiyatning  madaniy-ma’rifiy  saviyasi, 
ijtimoiy  ong  darajasi,  badiiyati,  publitsistikasining  nazariy 
masalalari  -  tarixiy  syujet va manzara,  estetik ramz,  ijobiy,  salbiy 
qahramon, ziddiyat, tasvir ranglari, badiiy, publitsistik tasvir usuli, 
vositalari ham ayon bo'ladi.
XXI  asr  boshlanishi  bilan  o‘zbek  ijodiyoti  tarixining  XX  asr- 
dagidan  keyingi  yana  bir  yangi  toMqinli  davri  boshlandi  deyish 
mumkin.  Shu  jihatdan  biz  badiiy  ijodiyotda  ham,  publisistikada 
ham  yangi  tarixiy  davrga  qadam  qo‘ydik,  XX  asr  birinchi  yarmi 
o'rtalaridagi  ijodiy  harakat  adabiy  san’at  va  publisistikaning  tur 
hamda janrlarini ko‘p tomonlama yangilab,  boyitib bergan bo‘lsa, 
XX asr oxiri va XXI asr ilk yillarida mustaqillik tufayli  ijod yangi 
bosqichga  ko’tarildi,  yangidan  yangi  ijod  qirralari jilo  taratishiga 
kuchli bir turtki bo'ldi.
Tabiiyki,  ijodiyot  sohasida  yangi  avlodning  paydo  boklishi 
bilan yaqin yoki u/x>q o'tmishdagi  ijodiyot va / yoki  ijodkor (yoki 
(jodkorlar)dan  tarixan  uzilish  yuz  beradi,  vaqt  o‘tishi  bilan  bu 
uzilish tabora chuqurlasha boradi. Bu shubhasiz tabiiy jarayon.
Agar  XX asr 27-37-yillarida badiiy  ijodiyot va publisistik ijod 
sohasida  Abdulla  Qodiriy,  Choipon,  Fitrat,  Behbudiy,  Abdulla 
Avloniy, Oybek va boshqalar, ta’bir joiz bo‘lsa, buyuk uyg‘onishni 
boshlab  beruvchilar  hisoblansa,  XXI  asr  ijodiyotining  ham  o‘z 
darg'alari bo‘ lishi shubhasiz. Yangi avlod vakillari hamyo‘q yerdan 
paydo boMmaydi, o‘z-o‘zidan ijod cho‘qqisini zabt etolmaydi. XX 
asr o‘zbck adabiyoti,  publisistikasi yorqin namoyondalarining ijod 
laboratoriyasi bilan tanishib, an’analarini davom ettiribgina yangi- 
yangi yuksalishlarga erishishlari  mumkin.
5

Shu ma’noda yaqin o‘tmishda o‘zining badiiy  ijodi, publisistik 
asarlari  bilan  yangi  ijodiyot  ufqlarini  ochgan  adiblar  Abdulla 
Qodiriy,  Oybek,  G‘afur  G‘ulom  va  boshqa  ijodkorlaming  elga 
manzur  asarlarini  o‘rganish  asosida,  ular  ijod  laboratoriyasidan 
bahramand bo‘lish foydadan holi bo‘lmaydi,  bu ayniqsa,  bo‘lajak 
jumalistlar uchun muhimdir.

IQ ISM  
NOSHIRLIK ISHI
1-BOB.
NASHRIYOTLAR VA NOSHIRLIK MUASSASALARI, 
NASHR TURLARI
•  Nashriyotlarning mustaqillikkacha bo‘lgan tuzilishi.
•  Nashriyotlar ixtisoslashuvi.
•  Birlashgan nashriyot.
•  Nashriyotlar ichki tuzilishi.
•  Qayta shakllanish.
•  Yangi nom, yangicha faoliyat.
•  Bozor iqtisodiyoti va noshirlik.
•  Nashr jarayonida ishtirok etuvchilar.
• Nashr jarayonining barcha bosqichida muharrir ishiiroki.
•  Nashr mahsulotlarining tuzilish tarxi.
•  Noshirlik va kitobshunoslik.
(V/.bekiston mustaqillikka erishgunga -   1991-yilga qadar nash­
riyotlar  alohida  yuridik  shaxs  hisoblangan.  Bosmaxonalar  ham 
mustaqil  ishxona bo‘lgan.  Bosmaxonalar  barcha tur nashr mahsu- 
lotlarini  ishlab  chiqarsalar,  nashriyotlar  muayyan  tur  adabiyotlar 
chiqarishga  ixtisoslashgan  edi.  Shunga 
ko‘ra 
nashriyotlar  ular 
chiqar.uligan  mahsulotlariga  ko£ra  farqlangan.  Adabiyct  turlari 
bo  yicha  keng  ko‘lamli  va 
ixtisoslashgan. 
Tasarmfidaligiga ko‘ra 
esa  davlat,  tashkilot 
(muassasa) 
va  xususiyga  ajraladi.  Ilgari

(1991 -yilgacha) “0 ‘zbekiston” nashriyotida bir necha tur -  siyosiy, 
ommaviy-siyosiy,  ilmiy-ommabop,  iqtisodiy,  falsafiy,  tarixiy  va 
xarbiy  mavzulardagi,  ma’lumotnoma  adabiyotlar,  shuningdek, 
kalendar,  plakatlar  chiqarilgan.  “Ensiklopediya”  nashriyoti  faqat 
ensiklopedik  (umumiy,  sohaviy  ensiklopediyalar,  ensiklopedik 
lug‘atlar), “Fan” nashriyoti ilmiy adabiyotlar, “0 ‘qituvchi” nashri­
yoti o‘rta maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari uchun 
faqat o‘quv adabiyotlari chiqarar edi. Boshqa nashriyotlar ham to‘- 
liq  ixtisoslashgan  bo‘lib,  muayyan  tur  adabiyotlar  chiqargan. Al- 
batta,  yuqoridagi  tur  tasnifimiz  nisbatan  shartli.  Bundan  tashqari 
qat’iy  buyurtma  asosida  nashriyotlarda  ixtisoslashuvi  doirasiga 
kirmaydigan  nashr  mahsulotlari  ham  chiqarilgan.  Adabiy  asarlar 
chop etuvchi nashriyotlar bilan bir qatorda gazeta va jumallar chop 
etadigan Birlashgan nashriyot ham faoliyat yuritgan. 0 ‘zbekistonda 
nashr  etiladigan  barcha  markaziy  gazeta  va jumallami  chiqarish 
shu nashriyotning monopoliyasida edi.
Nashriyotlar asosan quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan:
-  kitob tahririyati bo ‘limlari.
-  qo'lyozmani  ко ‘chirib  bosish  bo‘limi  (mashinkada yozuvchi- 
lar bo ‘limi).
-grafika,  rassomlar,  badiiy tahrir bo 'limi.
-fotolaboratoriya.
-  musahhihlar bo ‘limi.
-  kutubxona.
-  ishlab chiqarish bo ‘limi.
-  reja-iotisod bo ‘limi.
-  buxgalteriya.
-  kadrlar bo ‘limi.

-  yuridik xizmat.
-  та ’muriy -xo ‘jalik bo ‘limi va boshqalar1.
Bugunga  kelib  nashriyotlaming  tarkibiy  bo‘lim,  bo‘linmalari 
alohida olingan har bir muassasaning ish hajmi, nashrlar tavsifi, turi 
va  boshqa  ko‘rsatkichlarga  ko‘ra  belgilanadi.  Nashriyot  bo‘ysu- 
nadigan tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Bozor  iqtisodiyoti  tizimiga  o‘tilgandan  so‘ng  0 ‘zbekistondagi 
barcha davlat tasarufidagi nashriyotlar, bosmaxonalar qayta tashkil- 
lashtirildi.  Endilikda  nashriyot,  bosmaxonalar  birlashib,  aytish 
mumkunki,  yirik  ishlab  chiqarish  birlashmasi -  nashriyot-matbaa 
ijodiy  uylari  yuzaga keldi.  Ular yagona axborot-matbaa  agentligi 
tasarrufiga  o‘tkazildi.  Albatta,  bunday  yirik  nashriyotlar  o‘ziga 
xos  murakkab  tuzilishga  ega.  Masalan,  “0 ‘zbekiston”  nashriyot- 
matbaa  ijodiy  uyiga  umumiy  rahbarlikni  bosh  direktor  amalga 
oshiradi. Uning tarkibida bir nechta direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim 
boshliqlari  va  hokazo  ma’muriy-boshqaruv  xodimlari  faoliyat 
ko‘rsatadi.
Ixtisoslashuvidan  qat’iy  nazar  nlarda  boshqa  tur  adabiyotlar 
ham  chop  etilmoqda.  Xususan,  ensiklopedik  asarlar  chiqarishga 
ixtisoslashgan nashriyot  o‘quv adabiyotlari,  hatto  badiiy  asarlami 
ham  nashrdan  chiqarmoqda.  Nashriyot-matbaa  ijodiy  uylari  tar­
kibida tijorat  (kitob  savdosi),  reklama,  marketing  bo‘limlari  ham 
mavjud.  Ba’zi  nashriyotlarda  ayrim  mustaqil  bo‘limlar  vazifasini 
maxsus  xodim  bajarmoqda.  Kitob  nashri  bilan  shug‘ullanuvchi 
nashriyotlarda tahrir bilan shug'ullanuvchi bo‘limlar asosiy tarkibiy
'Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan nashriyot-matbaa ijodiy uylari- 
dagi asosiy lavozimlar ro 'yxati ilovada berildi.

qism hisoblanadi. Bunday bo‘limlar adabiyot turlariga ko‘ra tashkil 
topgan bo‘ladi.  Ba’zi  shunday nasriyotlarda, masalan 0 ‘zbekiston 
nashriyot-matbaa ijodiy  uyida ikkita bo‘lim  faoliyat  yuritadi.  Biri 
ijtimoiy-gumanitar  adabiyotlar,  ikkinchisi  tabiiy  -   texnikaviy 
adabiyotlar  tahririga  ixtisoslashgan.  Albatta  bunday  paytda 
tuzilish,  shakllanishlar  davr  talabi  asosida  yuz  bermoqda.  Buni 
bozor iqtisodiyoti taqozo etadi. Endilikda nashriyotlar mavzuli reja 
tuzishda bozor talabidan kelib chiqishi va shunga yarasha taklifni 
shakllantirishi kerak bo‘ladi.
Mamlakatimizda ilmiy-axboriy faoliyatni tashkil etishga alohida 
etibor qaratilmoqda. Ko‘pgina ilmiy-axboriy markazlar faoliyatinig 
asosiy qismini noshirlik ishi tashkil etadi. Ular ko‘lami ancha keng. 
Ilmiy-axboriy  sohadagi  noshirlik  ishi  ikki  xil  xususiyatga  ega. 
Birinchidan,  barcha tahririyat -  nashriyot  bo‘limlari  o‘z  noshirlik 
faoliyatini tarkibiy qismi hisoblangan tashkilot topshirig‘iga asosan 
olib  boradi.  Ikkinchidan,  ular faoliyatida tahririyat va bosmaxona 
ishlarini  birlashtirgan holda o‘z imkoniyatlari  asosida olib boradi. 
Biroq  ular  qo‘lyozmani  tahririy  jihatdan  bosishga  tayyorlashda 
noshirlik borasidagi an’anaviy tajribaga tayanadi.
Lavozimiga ko‘ra qanday  atalishidan qat’iy nazar qo'lyozmani 
nashrga tayyorlovchi xodim- muharrir nashriyotlarda bajariladigan 
ishni amalga oshirishi lozim.
Kitob  nashri  bilan  shug‘ullanuvchi  nashriyotlar  tarki 
biy 
qismlari  ichida  muayyan  tur  adabiyotga  ixtisoslashgan  bo‘g'm 
asosiy  tarmoq  hisoblanadi.  Masalan,  badiiy  adabiyotlar,  ijtimoiy- 
gumanitar adabiyotlar,  o‘quv  adabiyotlari,  ensiklopedik 
asarlar va 
boshqalar.  Bugungi  kunda turli  muassasa va tashkilotlar  tarkibida
10

tashkil  etilgan  axborot  markazlari,  reklama,  nashriyot  bo‘limlari, 
tahrir  bo‘limi  va  boshqalarda  ham  bevosita  matn  ustida  ishlash 
amalga  oshiriladi.  Albatta,  bunday  bo‘lim  yoki  bo‘linmalarda 
bevosita  tahrir  bilan  shug‘ullanuvchi  xodimning  bo‘lishi  tabiiy. 
Ulaming  vazifasi  qo‘lyozmani  tahrirdan  chiqarish  hisoblanadi. 
Hamon shunday ekan, bular ishining asosini noshirlik ishi bo‘yicha 
to‘plangan ko‘p yillik tajriba tashkil etadi. Lavozim jadvalida matn 
tahriri bilan shug‘ullanuvchi xodim qanday atalishidan qat’iy nazar 
u nashriyotlardagi muharrir vazifasini tugal ado etishi talab etiladi. 
Oarchi biz yuqorida sanab o‘tgan bo‘lim va bo‘linmalarda tahrir bi­
lan shug‘ullanish mavjud bo‘lsa-da, bunga alohida-alohida to‘xtalib 
o‘tmaymiz.  Biz  kitob  nashri  bilan  shug‘ullanuvchi  nashriyotlar 
faoliyatidagi  asosiy jarayonlarga  to‘xtalib  o‘tamiz.  Zero,  mazkur 
jarayonlar  to‘lig‘icha  muayyan  muassasa,  tashkilot  tasarrufidagi 
matn ustida ish olib boruvchi bo‘lim va bo‘linmalaming faoliyatiga 
ham to‘la taalluqlidir.
Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  noshirlik  ishida  muharrirlik 
kasbi  yetakchi  kasb  hisoblanadi.  U  har  qanday  qo‘lyozmaning 
muallifiga  birinchi  yordamchidir.  Matnning  birinchi  o‘quvchisi, 
uning tanqidchisidir.
Muharrir  e’lon  qilinishi  kerak  bo‘lgan  har  qanday  nashming 
boshlanishidan  to  tugagunicha  yo‘naltiruvchi  hisoblanib,  uning 
taqdirini ko‘p jihatdan hal etuvchi hamdir. 0 ‘z faoliyati mobaynida 
u adabiy  til  me’yorlari  va uslublariga  qat’iy  amal  qilishi, jamiyat 
nuqtai  nazaridan  kelib  chiqishi  shart.  Mudom  nashming  yuqori 
sifati uchun kurashish, har bir kitob, risola mazmun mundarijasiga 
ko‘ra,  kimlarga  mo‘ljallanganligiga  ko‘ra  o‘z  ahamiyatiga  to‘liq
11

ega  bo‘1 ishi  uchun  kurashish  muharriming  muqaddas  burchidir. 
Muharrir  nashriyotning  asosiy  xodimi.  Kitob  chiqarish  bilan 
bog‘liq, ya’ni muayyan asaming dunyo yuzini ko‘rishi bilan bog‘liq 
barcha  jarayonlarda  uning  ishtiroki  albatta  zarurdir.  Mohiyatan 
qiziqarli,  mazmundor  va  kam  uchraydigan  muharrirlik  faoliyati 
hamisha  jamiyatda  yuz  berayotgan  (alohida  bir  jamiyatdagina 
emas,  balki  butun  dunyoda yuz  berayotgan)  siyosiy  hodisalardan 
hamisha  xabardor  bo‘lish,  fan,  texnika  va  madaniyat  sohasidagi 
yangiliklami  bilib  borishi,  o‘zida  hayotiy  hodisalami  idroklash, 
tahlil qilish va umumlashtirish kabi jihatlami tarbiyalashi lozim.
Kitobshunoslikdagi tarifga ko‘ra tahririyat-nashriyot ishlovidan 
o‘tgan,  belgilangan  tartibda  nashr  bildirgichiga  ega,  jamlangan 
ma’lumotni o‘quvchiga yetkazishga mo‘ljallangan poligrafik jihat- 
dan mustaqil o‘z shakliga ega bosma asarga nashr deyiladi.
Hozirgi  zamon  nashrlari  favqulodda  rang-barang,  mazmun  va 
shakliga ko‘ra turli-tuman.  Ulaming  barchasini sanab chiqishning 
iloji  ham,  hojati  ham  yo‘q.  Biz  eng  asosiy  belgilariga  tayangan 
holda 4 jihatga asosan farqlaymiz:
-  Tuzilganiga ко ‘ra;
-  Belgilar tabiatiga ко ‘ra;
-  Davriyligi va tuzilishiga ко ‘ra;
-  Qanday maqsadga mo ‘Ijallanganligi va та ’hmotlar tavsifiga 
ко ‘ra.
Nashr  mahsulotlarining  tuzilish  tarxiga  ko‘ra  kitob,  jumal 
va  varaqa  (plakatlar,  bukletlar,  gazeta  va  boshqalar)  nashrlariga 
ajratish mumkin.

Belgilar  tizimining  o‘ziga  xosligidan  matniy,  no tali,  xarita, 
tasvir va boshqalarga ko‘ra farqlanadi.
Davriyligiga  ko‘ra  nashr  mahsulotlari  turli  tuman  (davriy 
bo‘lmagan, davriy-davomiy nashrlar) va tuzilishiga ko‘ra bir marta 
nashr etiladigan, to‘plam, asarlar to‘plami, turkum va boshqalar.
Qanday  maqsadga  mo'ljallanganligi  va  ma’lumotlar  tavsifi 
bo‘yicha muhim nashr turi bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi: rasmiy, 
ilmiy,  ilmiy-ommabop,  ommaviy-siyosiy,  o‘quv,  ishlab  chiqarish, 
ma’lumotnoma, rcklama, axboriy, adabiy-badiiy nashrlar.
Yuqoridagilardan  tashqari  yana  nashrlami  kimlarga  mo‘ljal- 
langanligiga  ko‘ra  farqlash  mumkin  (bolalar  uchun,  o‘smirlar 
uchun va ko‘zi ojizlar uchun).
Nashrlami  tizimlashtirish  kitobshunoslardan  jiddiy  tadqiqot 
ishlari olib borishni talab etadi. Zero, nashrlaming muhim belgilarini 
aniqlash o‘ta murakkab, ko‘p ilm va mexnat talab etadi. Noshirlik 
ishidagi  tegishli  terminlami  belgilash  ham  mashaqqatli  ishdir. 
Masalan, nashr, kitob nashri, kitob, monografiya, ommaviy-siyosiy 
yoki ilmiy -ommabop nashr kabi so‘z va so‘z birikmalarining ma’no 
ifodasini aniq chegaralash qiyin kechmoqda. Kitobshunoslikning bu 
qismini rivojlantirish ishiga bizda hali-hanuz jiddiy kirishilganicha 
yo‘q.

Takrorlash va muhokama uchun savollar
1.  1991-  yilgacha  0 ‘zbekistondagi  nashriyotlarning  tuzilishi 
qanday edi?
2. Nashriyotlar ixtisoslashuvi ijobiy holmi yoki salbiy?
3. Mamlakatimizdagi ilmiy-axboriy faoliyathaqidanimabilasiz?
4. Noshirlik ishida qanday islohotlar olib borildi va borilmoqda?
5.  Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan qaysi nashriyotlami 
bilasiz?
6. Nashr jarayonining asosiy bosqichlari haqida nima bilasiz?
7. Hozirgi zamon nashr turlari qanday farqlanadi?
8. Davriy va davriy bo‘lmagan nashrlaming farqi nimada?

2-BOB
NASHR JARAYONIGA TAYYORGARLIK BOSQICHI
l-§. Mavzular bo‘yicha reja
• Mavzuli reja tuzish.
• Mavzuli reja nashr jarayonining m as'uliyatli bosqichi.
•  Yordamchi mavzuli rejalar.
• Istiqbolli reja.
Har  qanday  ishlab  chiqarish  va  madaniyat  muassasasi  singari 
kitob nashr etish ishi, ya’ni noshirlik ishi ham muayyan reja asosida 
boradi.
Mavzuli  reja  nashriyotlar  ishini,  umuman,  uning  butun  faoli- 
yatini  belgilashning  asosi  hisoblanadi.  Shunga  ko‘ra  mavzuli 
rejalashtirish hamisha puxtalikni talab etadi. Mavzuli rejani shartli 
ravishda ikkiga ajratish mumkin. Joriy yil uchun tuzilgan va istiq­
bolli.  Har  ikkisi  ham  nashrlar  ro‘yxatidan  iborat  bo‘ladi,  ular 
ma’lum  vaqt  mobaynida  chiqariladi,  rejada  nashming  qisqacha 
tavsifi (annotasiya) bo'ladi, chiqarilish muddati ko‘rsatiladi.
Mavzuli  reja  tuzish  nashr  jarayonining  ilk  va  mas’uliyatli 
bosqichi hisoblanadi, bu o‘ziga xos jarayon bo‘lib, ta’bir joiz bo‘lsa, 
hozirgi  zamon  nuqtai  nazaridan  uni  biznes  rejaga  tenglashtirish 
mumkin. Zero u nashriyotlar ishining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. 
U  kitob  chiqarishda  amalga  oshiriladigan  barcha  ishlar  aniq  va 
takomillashtirilgan  bo‘lishining  garovidir.  Bundan  tashqari,  u 
asossiz takrorliklar va bir xildalikning oldini oladi, moddiy-texnika 
va  moliyaviy  imkoniyatlardan,  eng  zamonaviy  texnoligiyalardan 
tejamli foydalanishning imkonini beradi.
15

Mavzuli  rejani  tuzish  yaxshi  yo'lga  qo‘yilgan  taqdirdagina 
(ya’ni pishiq-puxta tuzilgan  biznes  reja asosida) ham davlat, ham 
jamiyat,  ham  keng  auditoriya  uchun  dolzarb  bo‘lgan  nashrlarni 
chiqarishga erishish mumkin bo‘ladi.
Bugungi  kunda biz yuqorida  qayd  etganimizdan tashqari  yana 
yordamchi mavzuli rejalar ham mavjud, ya’ni istiqbolli, joriy reja- 
dan tashqari  tahririy-tayyorgarlik  ishlari  rejasi  va  adabiyotlaming 
chiqarilish  (har  bir  nazarda  ko'zda  tutilgan  muddat  -   uch  oyda, 
birinchi yarim yilda, ikkinchi yarim yilda va h.) rejasi.
Istiqbolli  reja asosan yaqin kelajak -  3  yoki  5  yilga mo'ljallab 
tuziladi.  Lekin  ba’zi  nashrlar  borki,  masalan,  ko‘p  jildli  izohli 
lug‘atlar,  universal  ensiklopedik nashrlar,  ancha uzoq -   10-15  yil 
va undan ortiq davrlarga mo‘ljallangan bo'ladi.
Istiqbol  rejasidagi  nashrlar  ko‘p  jildli  hisoblanadi,  tanlangan 
asarlar,  ilmiy  ishlar,  shuningdek  turkum  nashrlar  shular jumlasi- 
dandir.
Bunday  nashrlar  ko‘p  mehnat  talab nashrlar  bo‘lib,  mualliflar, 
taijimonlar,  muharrirlar  va  boshqalarning  uzoq  muddatli  xizmat- 
larini talab etadi.
Nashriyot  kelgusida  amalga  oshirishi  kerak  bo‘lgan  istiqbol 
rejasi asosida joriy yil, uch oyga, yarim yilga mo‘ljallangan tahririy- 
tashkiliy  ishlar  rejasi  tuziladi.  Unda  nashrlar  nomi  ko‘rsatiladi, 
ulaming  chiqarilish  muddati  belgilab  qo‘yiladi.  Mazkur  rejaga 
ko‘ra  nashriyotlar  joriy  hamda  undan  keyingi  yillarda  kitoblar 
chiqarilishini  ta’minlaydi.  Nihoyat  adabiyotlar  chiqarish  rejasi 
tuziladi, u bir yil davomida chiqariladigan adabiyotlar ro‘yxatidan 
iborat bo‘ladi.

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  nashriyot  mavzuli  rejasi  talab  va 
takliflar, shuningdek, mualliflar buyurtmasi asosida tuziladi.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Mavzuli reja nima va u qanday tuziladi ?
2. Mavzuli rejadan tashqari yana qanday rejalar bor ?
3. Yordamchi mavzuli reja nima uchun kerak?
4. Istiqbolli reja nima uchun tuziladi?
2-§ Mavzuli reja tuzishda m uharrim ing ishtiroki.
• Mavzuli reja tuzishda ishtirok etuvchilar.
• Mavzuning dolzarbligu
• Ijtimoiy zarurat va mavzuli reja.
• Nashrlarda maqsadga muvofiqlik.
•  0 ‘quv adabiyotlari nashru
• Nashrning chiqish muddatini belgilash.
• Nashriyotning ilmiy-ijodiy muassasalar bilan hamkorligu
• Mavzuli reja tuzishda muharrir mas’uliyati
Tabiiyki, mavzuli reja tuzish murakkab ijodiy jarayondir. Mazkur 
jarayonda muharrir muhim o‘rin egallaydi. Mavzuli reja tuzishdek 
mas’uliyatli  vazifani  uddalash  uchun  muharrir  rejaga  kiritishga 
mavzulami tanlay bilishi, mualliflar orasidan belgilangan mavzuni 
chuqur  yoritib  bera  oladigan,  ilmiy  salohiyati,  ijodiy  qobiliyati 
yuksak  bo‘lganlarini  tanlab  olishi,  rejaning  bajarilishi  ustidan 
nazorat qilishi  va nashriyot oldiga qo^ilgan^aztlaJbyjarilishining
uddasidan chiqishi lozim.

Awalo, shuni aytish joizki, kitob qanday muvaffaqiyat qozonishi 
tanlangan mavzuning qanchalik dolzarbligiga bog‘liq. Tom ma’ no- 
da mutaxassisona bajarilgan ish ham, agar dolzarblik kasb etmagan, 
jamiyat  hayotidan  uzoq,  ijtimoiy  qimmati  past  bo‘lsa,  e’tiborsiz 
qolishi,  talabgorsiz  asar  bo‘lib  qolishi  ehtimoldan  yiroq  emas. 
Keng  ma’noda  oladigan  bo‘lsak,  faqat  adabiy  asar  mavzusigina 
emas,  balki  vaqtli  matbuot  -   gazeta, jumallar,  radioeshitirishlar, 
teleko‘rsatuvlaming  mavzulari  ham  puxta  tanlanishi  kerak.  Aks 
holda  ular  auditoriya  talabgorligidan  mahrum  bo‘ladi.  Shunga 
ko‘ra har bir mavzu, u e’lon qilish uchun mo‘ljallangan ekan, puxta 
tanlanishi, xalqimiz iborasi bilan aytganda, etti o‘lchab bir kesilishi 
lozim. Mavzu haqiqatan ham xoh pragmatik, xoh istiqbolli bo‘lsin, 
jamiyat uchun muhimmi  yoki  yo‘qmi  ekanligini  har  bir muharrir 
reja tuzishda bosh mezon qilib olishi kerak.
Mavzuning  dolzarbligi  asaming  ma’naviy-ma’rifiy,  siyosiy, 
ilmiy,  iqtisodiy,  madaniy  hamda -tarbiyaviy  ahamiyatiga  ko‘ra 
belgilanadi. Dolzarblikni bunl^belgilash hali to‘laqonli ta’rif deb 
bo‘lmaydi.  Garchi  yuqoridagi  ta’rif va  tavsiflar  uyg‘unligi,  izoh 
talab  qilmasa-da,  bari  bir  nisbiy  hisoblanadi.  Madaniy at  va xalq 
xo'jaligi sohasining ko‘lami masalani har doim ham to‘liq qamrab 
ololmaslik mumkinligini eslatib turadi.  Shuning uchun muammoni 
madaniy,  xalq  xo‘jaligi  yoki  ilmiy  ahamiyatga  ko‘ra  ko‘lami  bir 
qarashda tuyulganidek aniq-tiniq bo‘lavermaydi.
“Dolzarblik tushunchasi”ning o‘zi, ma’lumki, ancha mtttakkab. 
To‘g‘ri,  dolzarblik tushunchasi  ko‘p  hollarda  “zamonaviy”  degan 
tushunchaga to‘g‘ri keladi yohud yaqinlashadi. Masalan, tariximiz, 
buyuk ajdodlarimiz xususidagi mavzular bugungi kunda biz uchun,

shubhasiz, dolzarbdir.  Lekin shu bilan birga buyuk tariximiz bilan 
cheksiz  faxrlanganimiz  holda  buyuk  kelajakni  ham  barpo  qilish 
к am dolzarb emas.
Xo‘sh,  aytingchi,  mustaqillikka  erishish  arafasidagi,  mustaqiU 
ligimiz  e’lon  qilingandan  keyingi  ilk  yillar haqida bugun qanch^ 
va  nimalami  bilamiz.  Hali  bilmaganlarimiz  qancha,  ulami  bilish 
dolzarb emasmi?!
Yosh avlodning  tarbiyasi,  ta’lim yo‘lida  davlatimiz  tomonidarj 
amalga  oshirilayotgan  ishlar,  yuksak  ma’naviyat  yengilmas  kuch 
ekanligini jamiyatimizning har bir a’zosi  ongiga singdirish uchun 
bo'lgan, bo‘layotgan harakatlar-chi, dolzarb emasmi?
Buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Temuix 

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 30%20Техника%20фанлар
30%20Техника%20фанлар -> Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari. Vasiyev M.G'.pdf [Aberdin-angus qoramol zoti]
30%20Техника%20фанлар -> B. X. Yunusov, M. M. Azimova
30%20Техника%20фанлар -> Gidravlika va
30%20Техника%20фанлар -> U. T. Berdiyev, N. B. Pirm atov elektromexanika
30%20Техника%20фанлар -> O. O. Xoshimov, S. S. Saidaxmedov
30%20Техника%20фанлар -> Qishloq qurilish texnologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> S. turobjonov, M. Shoyusupova, B. Abidov moylar ya maxsus suyuqliklar texnologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> I. K. Umarova, G. Q. Solijonova
30%20Техника%20фанлар -> M am ajanov Т., Atamov A
30%20Техника%20фанлар -> Texn ologiyasi

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling