Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 160.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.02.2020
Hajmi160.5 Kb.

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI 

ANDIJON  DAVLAT UNIVERSITETI  

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI  

 

INFORMATIKA KAFEDRASI 

 

MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASI  

fanidan 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

MAVZU: 

AKADEMIK LITSEY, KASB-HUNAR 

KOLLEJLARI INFORMATIKA FANLARINING 

MAQSADI, MAZMUNI, UZVIYLIGI VA 

UZLUKSIZLIGI 

 

Bajardi:                                                4 IAT 2-guruh talabasi K.Arziboyev 

Tekshirdi:                                            katta o’qituvchi: Yu.Usmanaliyeva 

 

 

 

Andijon -  2015 

Reja

Kirish. 


1. O’rta-maxsus kasb-hunar ta’limining maqsadi va mazmuni. 

2. Informatika va axborot texnologiyalari o’quv predmeti sifatida. 

3. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning uzluksiz 

tizimi. 


4. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot 

texnologiyalari fanining mazmuni. 

Xulosa. 

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kirish 

So’ngi  yillardagi  tub  islohotlar  ta'lim  mazmunini  yaratish  yo’lida  dastlabki 

qadam  bo’la  oldi.  Bundan  keyingi  strategik  vazifa  esa  ta'limning  shaxsga 

yo`naltirilgan  demokratik  modelini  vujudga  keltirishdan  iboratdir.  Butungi 

kunning xarakterli xususiyatlaridan biri sanoatlashgan jamiyatdan axborotlashgan, 

yuksak  texnologik  qurilmalarga  ega  bo’lgan  jamiyatga  o`tish  bilan    belgilanadi. 

Bunday  o`tish  davri  bilan  bevosita  bog`liq  bo`ltan  ijtimoiy,  moddiy,  madaniy 

taraqqiyotni  tamoman  yangi  bosqichga  ko`taradigan  qator  o`zgarishlarni  vujudga 

keltira oladigan yangi davr kishisi mustaxkam bilim, ko`nikma va saloxiyatga ega 

bo’lishi kerak. Bu esa ta'lim tizimi, ayniqsa, ta'lim mazmunini yangi model asosida 

ko`rishni taqozo qiladi. 

Ta'lim  mazmuni—o`qitish  tizimining  muhim  tashkiliy  qismi  xisoblanib, 

uning asosiy maqsadi o`zgarishlarni ta'lim mazmuniiing DTSda belgilab qo`yilgan 

negiziga  mutanosib  tarzda  kiritishdan  iboratdir.  O`qitish  tizimidagi  tashqiliy-

boshqaruv, iqtisodiy, xududiy islohotlarning mohiyati yangi, yuqori sifatli - ta'lim 

jarayonini  tashkil  etishning  barcha  shart-sharoitlari  va  mexanizmlarini  belgilab 

berishni  taqozo  etiladi.  Bunday  tashkiliy  chora-tadbirlarning  maqsadi  esa 

yangilangan  ta'lim  mazmunini  amaliyotga  tatbiq  etishdan  iborat.  Bugungi  kunda 

amaliy  jihatdan  o’rta  maxsus  kasb-hunar  ta'lim  mazmunini  yangilash,  uning 

demokratik  modelini  ishlab  chiqish  zaruriyati  o`z  yechimini  kutayotgan  strategik 

muammolardan  biriga  aylanib  qolgan.  Mustaqillik  yillarida  O`zbekiston 

Respublikasi  ta'lim  tizimida,  ayniqsa,  o`quv-biluv  jarayoni  mazmunida  tub 

o`zgarishlar  amalga  oshirildi.  Davlat  ta'lim  standartlari  negizida  ta'lim  mazmuni 

muayyan  darajada  yangilandi.  Bir  qadar  shaxsga  yo`naltirilgan  ta'lim 

texnologiyalari  o`quv  jarayoni  amaliyotiga  olib  kirildi.  Lekin  fan-texnika, 

texnologiya,  ishlab  chiqarishning  jadal  rivojlanishi,  shaxs  extiyojlarining 

muntazam  ortib  borishi  davlat  va  jamiyatning  yosh  avlod  bilim  saviyasi,  kasbiy 

bilim,  ko`nikma  va  malakalariga  bo`lgan  talabning  globallashuvi  natijasida 

ta'limning yangi ko`pxadli axborotlashgan mazmundagi modelini tanlash zaruriyati 

tug`ilmoqda. 



O`zbekiston  Resvublikasi  mustaqil  davlat  sifatida  dunyoning  rivojlangan 

davlatlari  bilan  ilmiy,  iqtisodiy,  texnikaviy  hamda  ta'lim  soxasida  keng  ko`lamda 

hamkorlikni  yo’lga  qo`ygan.  O`zining  axborot  almashinuvi  va  muloqot  ko`lamini 

globallashtirib  bormoqda.  Natijada  tobora  rivojlangan  bozor  iqtisodiyoti 

munosabatlari vujudga kelmoqda. Bu esa  o`z navbatida  yuksak  darajada  ijtimoiy, 

iqtisodiy,  ma'naviy-madaniy  bilim,  texnik  va  texnologik  maxoratta  ega  bo’lgan 

yoshlarni 

tarbiyalab 

yetishtirish 

zaruriyatini 

qo`ymoqda. 

"O`zbekiston 

Respublikasi davlat siyosatida ta'lim mazmunini muntazam yangilab borish, uning 

demokratik  modelini  vujudga  keltirish  muxim  strategik  masalalardan  biri 

xisoblanadi.  Axborot  va  texnologiyalar  asri  bo’lgan  XXI  asrda  esa  bu  muammo 

yanada ko`proq dolzarblik kasb etmoqda.  

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi maqsadi va mazmuni 

O’rta  maxsus  kasb-hunar  ta'lim  mazmunini  modernizatsiyalash  strategiyasi 

ta'lim mazmunini quyidagilar asosida belgilashni talab qilmoqda: 

1.  O`quvchilarga  taqdim  qilinadigan  yangi  bilimlarni,  ta'lim  mazmunida 

muhim  o`rin  tutmagan  ikkinchi  darajali  bo`lgan  tushunchalarni  o`quv  dasturlari 

mazmuniga  kiritishga  yo’l  qo`ymaslik,  o`zaro  bir-birini  takrorlaydigan 

tushunchalarni  va  o`quv  materiallarini  dastur  hamda  darsliklarda  uyg’un  tarzda 

ifodalash, o`quv rejasida o`quv yuklamasini ratsional ifodalashga erishish. 

Barcha  o`quv  predmetlari  mazmuniga  kiritilgan  bilim  va  tushunchalar, 

o’quvchi  ning  maktabdan  keyingi  xayoti  va  ish  faoliyatida  kerak  bo’lishi, 

yaroqliligini  ta'minlashga  erishish,  buning  uchun  pedagogik  prognosgikaning 

imkoniyatlaridan  keng  foydalanish  zarur.  O’rta  maxsus  kasb-hunar  ta'lim  tizimi 

uchun  tuziladigan  yangi  o`quv  dasturlari  DTS  talablariga  mos  bo`lishi,  shu  bilan 

bir  qatorda  o`quvchilarning  salomatligini  muxofaza  qilish  maqsadida  o`quvchini 

mantiqiy mushoxada qilishga undovchi o`quv topshiriqlari va o`quv materiallarini 

belgilab  berishga  asos  bo’lishi  kerak.  O`quv  dasturining  kirish  qismida  o’rta 

maxsus  kasb-hunar  ta'lim  mazmunini  belgilashga  asos  bo`la  oladigan  nazariy 

didaktik  qarashlar,  yondashuvlar,  mezonlar,  o`quv  jarayonida  qo`llaniladigan 

texnologiyalar  bayonidan  iborat  bo`lishi  kerak.  Bunda  o`quvchilarga  muayyan 

o`quv  fanidan  taqdim  etiladigan  muayyan  nazariy  bilimlar  mavzular  shaklida 

bayon qilinadi. Turli yo`nalishdagi amaliy topshiriqlar hamda interfaol ish turlarini 

kengaytirishga  imkon  yaratish  zaruriyati  vujudga  kelmoqda.  Shuningdek,  o`quv 

qo`llanmalari  tarkibida  beriladigan  ta'limiy  materiallar,  savol  va  topshiriqlar, 

mustaqil  ishlar,  uy  vazifalari,  o`quvchining  individual  bilim  olishi,  voqea-

xodisalarni  taxlil  qilishi,  egallagan  bilimlarini  amalda  qo`llashi  uchun  qulay 

bo`lishi  kerak.  Mustaqil  ta'lim  olish  va  ma'lumotlarni  taxlil  qilib  amaliy 

ko`nikmalarini  shakllantiruvchi  topshiriqlar  ko`lamini  kengaytirish  orqali  ta'lim 

mazmunini maqsadga muvofiq tarzda belgilash imkoniyati vujudga keladi. Bu esa 

dars  jarayonida  o`quvchilarning  mustaqil  faoliyat  ko`rsatishlariga  imkoniyat 

yaratadi.  Ularning  individualliklarini  ta'minlaydi.  O’rta  maxsus  kasb-hunar  ta'lim 



muassasalari  o`quv  dasturlarini  o`quvchini  pedagogik  qo`llab-quvvatlash  nuqtai 

nazaridan  yondashgan xolda  yaratish imkonini  beradi. Ta'limning nisbatan  yuqori 

bosqichlarida  o`quv  rejasida  ta'lim  mazmunini  integrallashtirish  orqali  o`quv 

yuklamalari  xajmi  qisqartiriladi.  Bunda  mustaqil  ishlar,  jumladan,  referatlar 

yozish,  loyixalashtirish,  izlanuvchanlik  va  tadqiqotchilik  faoliyatiga  ko`proq  vaqt 

ajratish nazarda tutilishi kerak. 

O’rta maxsus kasb-hunar ta'limning barcha o`rinlarida izchil ravishda ta'lim 

mazmunini    yangilashga erishish zarur. 

Shuni  aloxida  ta'kidlash  kerakki,  ta'lim  mazmunini  yangilash  deganda 

ta'limning  amaldagi  mazmunidan  voz  kechish,  degan  fikr  tushunilmasligi  kerak. 

Ta'lim  mazmuni    birinchn  navbatda  fan-texnika,  ishlab  chiqarish  hamda  jamiyat 

xayotining ijtimoiy, siyosiy,  ma'naviy  o`zgarishlarini o`zida ifodalay  olishi  kerak. 

Shundagina ta'lim o`quvchi shaxsiga nisbatan rivojlantiruvchi xarakter kasb etishi 

kerak. 


Ta'lim  jarayoni  yakunida  ko`zda  tutilgan  natijalarga  erishish  uchun 

quyidagilarni 

amalga 

oshirish 



lozim: 

o`quv 


rejasida 

ortiqcha 

o`quv 

yuklamalarining  miqdorini  kamaytirish,  ya'ni  takror  va  adekvat  o`quv 



materiallarini integrallashtirishga erishish. 

Bugungi kunda ta'lim mazmunini unda mavjud bo’lgan va o`quvchilarning ijtimoiy 

tajribasiga kirmay qolayotgan o`quv materiallarini ekstensiv tarzda chiqarish  yo’li 

bilai  ta'lim  mazmunini  yangilab  bo’lmaydi.  Ta'lim  mazmuni  birinchi  navbatda 

ilmiy-nazariy  jixatdan  asoslangan  xolda  yangi  modellarni  joriy  etish  orqali 

yangilanadi.  Bunda  amaldagi  ta'lim  jarayonining  chuqur  ilmiy  taxliliga  tayanish 

talab  etiladi.  Mazkur  o`rinda  o`quvchilar  salomatligini  saqlash  nuqtai  nazaridan 

yondashgan  xolda  o`quv  materiallarini  tanlash  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda 

birinchi navbatda o`quv yuklamasi xajmini minimum darajada cheklash maqsadga 

muvofiqdir.  Shuningdek,  bu  amaldagi  ta'lim  mazmunida  mavjud  bo’lgan,  lekin 

o`quvchining  ijtimoiy  tajribasiga  kirmay  qolayotgan  bilim  va  tushunchalardan 

xalos bo’lishni taqozo etadi. Ya'ni: 



— ko`prok yuqori darajada umumlashtirish uchun tayanch bo’ladigan bilimlarning 

uzoq muddatda o`zlashtirilish; 

— faqat ma'lum bir ixtisoslikdagi kasbiy ta'lim uchun ahamiyatli bo`lgan bilim va 

ko`nikmalarning  barcha  o`quvchilar  tomonidan  o`zlashtirilishi  kabi  xolatlarni 

ko`zda tutib ta'lim mazmunini belgilash tendentsiyasida  voz kechish kerak. 

Yuqorida  ko`rsatilgan  natijalarga  erishishning  muxim  shartlaridan  biri 

shaxsga  yo’naltirilgan  ta'lim    jarayonini  tashkil  etishdan  iborat.  Buning  uchun 

o`quv-biluv  jarayonida  o`quvchining  faolligini  ta'minlash  zarur.  Shu  bilan  birga 

o`quvchining  tanlash  imkoniyatlari  va  unda  mujassamlashgan  qobiliyatlar 

shakllanishini  jadallashtirish lozim. 

Ko`rinib  turibdiki,  amaldagi  o’rta  maxsus  kasb-hunar  ta'lim  mazmunidagi 

asosiy  kamchiliklardan  biri  bu  nafaqat  ortiqcha  o`quv  yuklamasining  mavjudligi, 

balki  uning  o`quvchi  shaxsiga  yo`naltirilmaganligida  ham  namoyon    bo`ladi.    

Ta'lim  mazmunining  shaxsga  yo’naltirilganligini      ta'minlovchi      yo`nalishlarini 

kengaytirish  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.   

Ta'lim      mazmunini      yangilash            strategiyasi      o`qitish  samaradorligini 

oshirish  nuqtai  nazaridan  yondashgan  xolda  belgilanadi.  O`quv  jarayoni 

samaradorligi esa   ta'lim natijalarining sifat ko`rsatkichlari  bilan   kafolatlanadi,   

Shuni  aloxida ta'kidlash  kerakki,  yangilangan ta'lim modeli imkon qadar ko`prok 

o`quvchining  ijtimoiy  tajribasiga  kirishi  lozim.  Shuning  uchun  ham  ta'lim 

mazmunining  muntazam  boyitilib,  modernizatsiyalashtirilib  borilishi  o`quvchilar 

o`quv faoliyatinnng yuqori darajadagi motivatsiyasi shakllanishiga yordam berishi 

kerak.  Bunda  o`quvchilarning  o`quv  faoliyati  natijasini  baxolash  tizimi,  asosan, 

rasmiy,  ijodiy,  intellektual  xarakterdagi  o`quv  materialining  o`zlashtirnlishini 

ko`zda tutadi. 

Rivojlaitiruvchi   ta'lim   xar    bir   o`quvchining imkoniyatini xisobga olgan 

xolda  o`qitish  jarayoni  bo`lib,  unda  o`quvchini        xar  tomonlama  rivojlantirish 

maqsad  qilib  qo’yiladi.  Rivojlantiruvchi  ta'lim  tizimida  bilim,  ko`nikma    va  

malakalar    o`quvchining  rivojlanganlik  darajasini  belgilovchi  natijalar    bo`lib 

xisoblanadi.  Ta'lim  jarayonini  individuallashtirish  bilan  bog`liq  bo`lgan  qarashlar 



o`quvchilarning    yosh  xususiyatlariga  mos  rivojlanish  darajasi  shuningdek  o’rta 

maxsus  kasb-hunar ta'limning  turli      bo’g`inlarida      o`quv      jarayonining      o`ziga   

xos xususiyaglarini ifodalovchi savollarga javob izlashni taqozo etaladi.  

Ta'lim  jarayoni  jamiyat  xayotining  ustuvor  yo’nalishi  bo`lib,      u    yosh  

avlodni          shakllantirish    va    muntazam  rivojlantirshp  bilan  bog`liq  bo’lgan  bir 

qator  muxim  vazifalarni  bajarishga    yo’naltirilgandir.    Mazkur    o`quv  vositalari, 

ya'ni  darslik,  o`quv  qo`llanmalari,  lug`atlar,  o`quv  adabiyotlari  yordamida 

o`quvchilarga izchil tizimga solingan xolda yetkaziladi.  

Bugungi kunda ta'lim jarayoni oldiga qo`yilgan talablardan biri yetuk shaxs, 

ijtimoiy bilimdonlik darajasiga ega bo’lgan yoshlarni tayyorlashdan iborat. Ushbu 

yoshlar  istiqbolda  malakali  mutaxassis  bo’lishi,  mikrosotsiumda  o`ziga  munosib 

o’rin  topishit  uchun,  birinchi  navbatda  munosib  xayot  tayyorgarligi,  bilim  va 

ma'naviyatta ega bo’lishlari talab etiladi. 

Kelajakda  o`quv  yuklamalarini  maqsadga  muvofiq  tarzda  belgilashda 

quyidagilar xisobga olinishi kerak: 

1.  Ta'lim  mazmuni  yangi  modelining  tarkibiy  qismlarini  aniqlashda  o`quv 

materiallarini  integratsiyalash  yo’lidan  borish  lozim.  Bunda  integral  tarzda 

ifodalangan tushunchalar xisobiga u yoki bu o`quv fani buyicha taqdim etiladigan 

o`quv yuklamasining miqdorini asosli ravishda cheklash mumkin.  

3. 


O`quvchilarning 

loyixachilik 

ko`nikmalarini, 

ijodkorlik 

faoliyatini 

shakllantirishda,  asosan  ta'lim  mazmuni  o`quv-biluv  jarayonining  ko`p 

faoliyatlilikka  asoslanganligi  muxim  ahamiyatga  ega.  Xar  bir  o`quv  fani 

mazmunida  nazariy  bilimlar  bilan  bir  qatorda  amaliy  ko`nikmalar  uyrunligini 

ta'minlash  lozim.  O`quvchilarni  ta'lim  mazmuni  vositasida  akliy  rivojlanish, 

ularning  individual  faoliyat  ko`rsatishlarini  ta'minlashga  xizmat  qiladigan  o`quv 

materiallarini tanlash imkoniyati ta'minlanishi kerak. 

4.  Ta'lim  mazmunida  fanlararo  aloqadorlikni  tanlash  o`quvchilarning  moddiy 

borliqni  yaxlit  tasavvur  etishlari  uchun  qulay  shart-sharoit  yaratadi.  Ta'lim 

mazmunida o`quvchini rivojlantirishga xizmat qiladigan axborotlarni taqdim etish 

natijasida qo`yidagi pedagogik imkoniyatlar vujudga keladi: 


— ta'lim mazmunining yaxlit model sifatida namoyon bo’lishi; 

—   ta'lim mazmunining axborotliligi ta'minlanishi; 

— ta'lim mazmunida amaliy natijalarning yaqqol ifodalanishi; 

— ta'lim mazmunidan murakkab nazariy tushunchalarning tez ajratib olinishi

— o`quvchi o`zlashtirishi zarur bo’lgan bilimlar yig`indisining  yaxlit ifodalanishi. 

Ma'lumki,  O`zbekiston  Respublikasining  «Ta'lim  tug`risida»gi  qonunida 

ilmiylik  tamoyili  bilan  birga  ta'limni  insonparvarlashtirish  tamoyili  hamda  uning 

axloqiy  yo`nalishlarini  kuchaytirish  masalalari  ko`tarilgan.  Bunda  ta'limni 

insonparvarlashtirish  tamoyili  jamiyat  rivojlanishining  hozirgi  boskichi  vazifalari 

va  xususiya'glariga  moe  keladigan  darajada  bo’lishi  nazarda  to`tilgach  Istiqbolda 

ilmiy-texnik  taraqqiyotni  ta'minlash  uchun  tabiiy  -  ilmiy  bilimlar,  texnik  va 

texnologik  mahorat  bilan  bir  qatorda  ijtimoiy  bilimdonlik,  tolerantlik,  xuquqiy 

madaniyat,  ishbilarmondik,  rakobatbardoshlilik  nixoyatda  zarurdir.  Shu  nuqtai 

nazardan olib karalganda, bilimdonlik va insonparvarlikka qullash tamoyili ta'lim-

tarbiyaning  yagona  vazifalaridan  biri  bo`lib  xisoblanadi.  Ta'lim  mazmunini 

belgilashda mazkur tamoyilning qullanilishi ta'lim-tarbiya element-larining yuzaki 

aloqadorligiga chek qo`yadi. 

Ta'lim  mazmunini  belgilash  uchun  dastlab  ta'lim  maqsadlarini  uni  islox 

qilish  asoslarini  ilmiy  taxlil  qilish  lozim.  Shuni  aloxida  ta'kidlash  kerakki,  ta'lim 

xar  doim  tarbiyaviy  ahamiyat  kasb  etib  kelgan,  lekin  hozirgi  tarixiy-ijtimoiy 

taraqqiyot  jarayonida  bu  birlikning  didaktik  moxiyati  ortib  bormoqda.  O’rta 

maxsus  kasb-hunar  ta'lim  jarayonida  o`quvchilarning  axloqiy,  g`oyaviy-siyosiy 

jixatdan  shakllanganlik  darajasini  nazorat  qilish  hamda  baxolab  borish  tizimi 

mavjud  emas.  Bu  tizimning  asosiy  yo`nalishlari  ta'lim  mazmunining  tarbiyaviy 

maqsadlaridan kelib chiqishi lozim.  

Ta'lim  mazmunini  belgilash  soxasida  amalga  oshirilayotgan  xarakatlarning 

quyidagi asosiy yo`nalishlari mavjud: 

—  ta'lim  mazmunini  tanlashda  demokratiya,  insonparvarlik  tamoyillariga  amal 

qilish; 


—  ma'naviy  meros,  mentalitet,  fan-texnika,  texnologiya,  ishlab  chiqarish 

yutuklarini o`quvchilar  ongiga  yetkazishga  xizmat  qiladigan tushunchalarni  ta'lim 

mazmuniga singdirish

—  O`qituvchilarni  yangi  mazmundagi  ta'lim  modelini  o`quvchilar  ongiga 

yetkazishga tayyorlash; 

—  yangi  mazmundagi  ta'lim  modellarini  o`qituvchilarga  yetkazishga  xizmat 

qiladigan  ta'limiy  topshiriqlar,  dars    ishlanmalari,  ta'lim  texnologiyalarini  taqdim 

qilish kabilar. 

  

O’rta maxsus kasb-hunar ta'lim jarayonida amalga oshiriladigan o`quv-biluv 



jarayonida o`quvchi shaxsi kamolotini ta'minlashda ustuvor maqsad sifatida qarash 

kerak.  Buning  uchun  ta'lim  mazmuniga  ajdodlarimiz  merosini  omilkorlik  bilan 

singdirish talab etiladi. 

 O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  «O`zbekistonning  o`z 

istiqlol  va  taraqqiyot  yo`li»  asarida  ta'kidlaganidek:  «Ta'lim  O`zbekiston  xalqi 

ma'naviyatiga  yaratuvchilik  faolligini  baxsh  etadi.  O`sib  kelayotgan  avlodning 

barcha  eng  yaxshi  imkoniyatlari  unda  namoyon  bo`ladi,  kasb-kori,  maxorati 

uzluksiz  takomillashadi,  katta  avlodning  dono  tajribasi  anglab  olinadi  va  yosh 

avlodlarga  o`tadi».  Bu  fikrlardan  ta'lim  mazmunini  belgilashda  samarali 

foydalanish lozim. 

Ta'lim  bugungi  kunda  o`quvchining  ham  individual,  ham  umumiy 

taraqqiyotini  ta'minlovchi  jarayon  sifatida  namoyon  bo`lmog`i  kerak.  Shuning 

uchun  ham  mazkur  jarayon  turli  yoshdagi  o`quvchilarning  aqliy  rivojlanish 

dinamikasini, o`quv-biluv jarayonida o`quvchi shaxsining faoliyati, ta'lim olishi va 

rivojlanishiiining  o`zaro  aloqadorligini  ta'minlashga  yordam  bermog’i  lozim. 

Qaysikim, bu xolat rivojlantiruvchi ta'lim g’oyasida o`z aksini topmoqda. 

O`quvchi      shaxsining      umumiy      rivojlanishiga yo’naltirilgan o`quv-

biluv  jarayonini  tashkil  etish  o’ta  muhim  masalalardan  biridir.  Bunda  bilish 

jarayonining  o`zi  o`quvchini  kuzatish,  uning  faoliyatini  tashkil  etishga 

yo’naltirilmog’i zarur. 



Shuningdek,  hozirgi  zamon  gumanistik  yo’nalishdagi  psixologiyaning 

g’oyasi o`quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishdan iboratdir. 

Buning  uchun  o`z-o`zini  rivojlantirish  maydonini  vujudga  keltirishga  bo’lgan 

extiyoj  tarkib  topmog`i  zarur.  Shaxsning  o`ziga  xos  yaxlitligini  tarkib  toptirishda 

o`quv-biluv  jarayoni  muhim  omildir.  Bu  jarayon  ilmiy-metodik  hamda  moddiy-

texnik  jixatdan  to’la  ta'minlangandagina  samarali  natijalar  beradi.  O`quvchida 

bilish  extiyojining  paydo  bo’lish  motivlari  ham  mana  shu  shart-sharoit  natijasida 

vujudga  keladi.  Bularning  barchasi  o`quvchi  shaxsi  rivojlanishinining  psixologik, 

pedagogik, didaktik yo’nalishlarini belgilaydi. 

Shaxs  taraqqiyotini  ta'minlovchi  ta'lim  jarayonini  tashkil  etish  «Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi»ning  asosini  ifodalaydi.  O`quv-biluv  jarayonida 

o`quvchining 

o`ziga 

xosligini 



pedagogik 

qo`llab-quvvatlash 

choralarini 

rivojlantirish muammosining yechimlarini izlash bugungi kunda o’ta muximdir. 

O`quvchi shaxsini axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning jismoniy hamda ruxiy 

salomatligini  muxofaza  qilish  hamda  mustaxkamlash  xar  bir  bolaning  o`ziga 

xosligini  saqlab  kolish,  rivojlantirish,  qo`llab-quvvatlash  uning  taraqqiyot 

darajasiga  muayayn  talablar  qo`yish  hamda  ta'lim  jarayonini  tashqil  etishda  unga 

rioya 

qilish 


muximdir. 

Barcha 


o`quv 

fanlaridan 

ta'lim 

mazmunini 



gumanitarlashtirish bilan bog`liq bo’lgan talablarni belgilab olishni taqozo qiladi. 

Ta'limning variativligi  hamda o`quvchi shaxsiga umuminsoniy  madaniyatni 

singdirishga  yo’naltirilishiga  erishish  ham  didaktikada  muxim  ahamiyatga  ega 

bo’lgan  muxim  masalalardan  biridir.  Muayyan  o`quv  predmeta  vositasida 

dunyoning  yaxlit  tarzdagi  manzarasini  ifodalash  talabiga  ham  ta'lim  mazmunini 

belgilashda,  darsliklar  yaratishda  rioya  qilish  talab  etiladi.  Asosiy  g`oyalar  va 

didaktik tamoyillar insonparvarlikka  intilish  pedagogik-psixologik  ma'lumotlarga  

asoslangan  xolda  barcha o`quvchilar ta'lim olish jarayonida bilim olish layoqatiga 

ega  ekanliklarining  qay  darajadaligini  aniqlash  lozim.  Shundagina  ular  uchun 

yetarli  pedagogik,  didaktik,  moddiy'  texnik  shart-sharoitlarni  maqsadga  muvofiq, 

tarzda  yaratish  mumkin.  Bu  esa  ularning  bilim  darajasining  yuqori  bo’lishining  

asosiy  omilidir.  Xar  bir bosqich uchun yaratiladigan      darsliklarda      o`quvchi      



shaxsining  rivojlanishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  o`zgarishlar  aniq  xisobga  olinishi 

kerak.  


Xar bir yosh davrida o`ziga xos o`quv yuklamasini taqdim qiladigan o`quv-

metodik  majmualar  zarurligini  davrning  o`zi  taqozo  qilmoqda.  Bu  o`quv  jarayoni 

muvafaqqiyatli  kechishining  muhim  shartlaridan  biri  hamdir.  Chunki  bolaning 

yoshi,  uning  tajribasini  tavsiflovchi  bosh  omildir.  Buni  o`quv-metodik 

majmualarning  yangi  avlodini  yaratishga  kirishganda  xar  bir  mutaxassis  anglab 

yetishi  lozim.  Darslik  mualliflari  o`quvchining  ijtimoiy  tajribasini  xisobga  olish 

deganda,  faqat  turli-tuman  manbalar,  kompyuterlar,  istiroxat  bog’lari,  madaniyat 

o’choqlariga qilinadigan sayru sayohat va boshqalar vositasida xar daqiqada boyib 

borayotgan  shaxardagi  o`quvchining  ijtimoiy  tajribasini  emas,  balki  shaxar 

xayotidan,  kino,  teatr,  istiroxat  bog’laridan  uzoqda  kompyuter  kirib  bormagan 

qishloq  va  ovul  bolalarining  ijtimoiy  tajribasini  boyitishni  ham  nazarda  tutgan 

xolda darsliklarni yaratishga erishishlari lozim. 

Xar  bir  o`quvchining  o`ziga  xos  xususiyatlarini  xisobga  olgan  xolda  ularni 

pedagogik  qo`llab-quvvatlash,  qobiliyat  va  iqtidorlarini  ro`yobga  chiqarish, 

muayyan  sharoitga  moslashuvchanligini  qaror  toptirishga  yo’naltirilgan  maxsus 

o`quv  faoliyatida  o`quvchining  optimal  rivojlanishini ta'minlash  muhimdir. Yangi 

sharoitda optimal rivojlanishlaganda, biz o`quvchining o`ziga xosligini pedagogik 

jixatdan,  uning  rivojlanishi  boshqa,  yangicha  bir  o`quv  modeli  ta'sir  qilishini 

ko`zda  tutamiz.  Agar  o`qituvchiga  ta'lim  berish  va  rivojlangirish  muammosi 

uyg`unlashtirilsa,  uning  o`ziga  xosligini  pedagagik  qo`llab-quvvatlash  birinchi 

darajali ahamiyat kasb etadi. 

Didaktik  va  psixologik  talablarni  xisobga  olgan  xolda  muayyan  o`quv 

predmet  doirasida  maxsus  tashkil  etilgan  individual  hamda  aloxida  guruxlarda, 

jamoa  bo`lib olib  boriladigan ishlar orqali  hamda  turlicha  murakkablik darajasida 

bo`lgan  topshiriqlarning  xar  tomonlama  o`ylab  ishlab  chiqilgan  tizimi,  xar 

mavzuning  o`zlashtirilishi  muayyan  pedagogik  shart-sharoitlarni  talab  qiladiki, 

bunday  sharoitda  ta'lim  rivojlanishga  nisbatan  ilgarilab  boradi.  O`quvchi,  odatda 

mustaqil  bajariladigan  topshirig`ini  kichik  guruxda  o`zaro  yordam,  hamfikrlik 



natijasida  tez  bajaradi.  Kichik  gurux  uchun  murakkablik  qiladigan  mashq  va 

masalalarni o`quvchilar jamoa bo`lib oson va sifatli bajarishlari mumkin. Savol va 

topshiriqlarning  differentsiallik darajasidan  kelib  chiqqan  xolda  hamda  bir  mavzu 

bo`yicha  belgilab  beriladigan    topshiriqlar,  udarning  sifati,  xar  bir  o`quvchining 

namoyon qilishni talab qiladi.  Shu bilan bir qatorda bunday topshiriqlarni bajarish 

jarayonida  o`quvchi  o`z  rivojlanishi  va  bilim  sifatining  darajasi  va  individual 

xarakatlarini  ham  belgilab  oladi.  O`quvchi  shaxsining  o`ziga  xos  taraqqiyot 

jarayoni quyidagilarda namoyon bo’ladi o`z bilimlarini oshirishda, u yoki bu o`quv 

predmetini  o`zlashtirishga  moyillik  tarzida    ijodiy  tafakkur,  aqliy  qobiliyatning 

taraqqiyoti  predmetiga  nisbatan  bilimdonlik,  aqliy  qobiliyat  ijodiy  tafakkurning 

rivojlanishi,  xissiyotni  tarbiyalash,  jamoa  xayoti  va  o`quv-tarbiya  jarayoniga 

ijtimoiy  psixologik  jixatdan  moslashish,  o`z  zimmasiga  javobgarlikni  olish 

mustaqil  qarorlar  qabul  qilish  va  unga  mos  xarakatlarni  bajarish,  jamoa  orasida 

odatlanish,  tengdoshlari  kabi  kattalarga  ham  murojaat  qila  olish,  hamda  dadil 

tanqid  qila  olish,  boshqalarga  yordam  ko`rsatish,  shaxsiy  fikrini  asoslash  va 

isbotlash, jismoniy  madaniyat elementlarini namoyon qila olish, sog`lom turmush 

tarzining  qimmatli  ahamiyatini  anglab  yetish,  alkogol  va  narkotiklar  zararini 

tushunib  yetish,  estetik  didga  ega  bo’lish,  atrof-olamning  go`zalligini  xis  etish, 

tabiatga  extiyotkorona  munosabatda  bo`lish  ko`nikmalarini  ma’nosini  bila  olish, 

tahlil  qilish,  farqlash  ko`nikmalariga  ega  bo’lish,  boshqalarning  fikrlarini 

xurmatlash,  jamiyat  a'zolar  bilan  muloqot  qilish  madaniyatiga  ega  bo`lish.  Bu 

ko`nikmalarning qimmati va zarurligini anglash o`quvchilarning ongida dunyoning 

ilmiy  manzarasini  yaxlit  tarzda  gavdalantirish,  bu  manzarani  uning  uchun  qulay 

bo`lgan  materiallar  orqali  yetkazish  lozimligini  tasdiqlaydi.  Bu  materiallar  turli 

ta'lim soxalarining mazmuni orqali yetkaziladi, 

Xar  bir  o`quv  predmetining  mazmunida  dunyoning  ilmiy  manzarasi  o`ziga 

xos  integratsiyalashgan  tarzda  ifodalanishi  lozim.  Bugungi  kunda  ta'lim 

mazmunini  tanlashda  xar  bir  o`quvchining  o`ziga  xosligiga  tayangan  xolda  uning 

o`ziga xosligini ta'minlashdan iborat. Bunda o`quvchining o`ziga xos imkoniyat va 

qobiliyat darajasi aloxida xisobga olinishi kerak. 



Davlat  ta'lim  standarti  talablari  asosida  tuzilgan  dastur  materiallarini 

o`zlashtirishda  xar  bir  o`quvchiga  yordam  va  o`zaro  yordam  nixoyatda  zarurdir. 

Chunki bunday yordamsiz standart talablarini o`quvchi  to’liq o`zlashtira olmaydi. 

Bu  yordam  aynan  o`quv-biluv  jarayonida  turli-tuman  mikromaydonlarni  tashkil 

etish  sharoitida  amalga  oshirilishi  kerak.  Xuddi  shunday  bir  sharoit  yaratilgan 

taqdirda  xar  bir  o`quvchi  DTSda  ko`rsatilgan  ta'lim  mazmuni  negizini  tashkil 

qilgan  hamda  o`quv  dasturiga  kirgan  o`quv  materiallarini  o`zlashtirish 

imkoniyatiga  ega  bo`ladi.  Bu  tadbir  ta'limning  turli  bosqichlarida  pedagogik 

yordamning  turli  ko`rinishlari  sifatida  o`qituvchi  hamda  o`quvchilar  tomonidan 

amalga oshiriladi. 

Uzluksiz  ta'lim  jarayonida  bilim,  ko`nikma  va  malakalar  o`quvchilarni 

rivojlantirishning  maqsadi  emas,  balki  vositasi  sifatida  qaralishiga  erishish  lozim. 

DTS  da  ko`zda  tutilgan  ta'lim  mazmunini  o`zlashtirish  natijasi  mustaxkam  bilim, 

ko`nikma  va  malakalar  sifatida  namoyon  bo’lishi  kerak.  Shu  bilan  bir  qatorda 

ko`pvariantli  o`quv  materiallarini  o`quvchilarning  individual  imkoniyatlarini 

xisobga  olgan  xolda  taqdim  etishni  ham  nazarda  tutish  lozim.  Bunday  tadbirni 

amalga oshirish muxim didaktik qimmatga ega. 

Shuni  aloxida  ta'kidlash  kerakki,  DTSda  ko`zda  tutilgan  ta'lim  mazmunini 

barcha  o`quvchilar  ko`nikma  darajasida  egallashlari  shart.  Shundan  keyingina 

o`quvchining  individual  imkoniyati  va  xoxishini  xisobga  olgan  bir  qadar 

murakkabroq  o`quv  materiallarini  taqdim  etish  lozim.  Bunday  o`quv  materiallari 

alternativ,  o`quv  dasturlari,  darslik  va  o`quv  adabiyotlarida  o`z  aksini  topmog`i 

lozim. Bunda  o`quvchining  bilim  sifati  va  muayyan  fanni  o`qitishga  qo`yiladigan 

talablar  ham  bir  qadar  oshiriladi.  Ta'lim  mazmunini  integrallashning  muhim 

shartlaridan biri, avvalambor, ta'lim mazmuniga singdirilgan barcha tushunchalarni 

tabiiy-ilmiy hamda ijtimoiy-gumanitar soxaga oid bilimlar sifatida taqdim etishdan 

iboratdir. 

Integrallashgan o`quv kurslari o`quvchilarda dunyoning yaxlitligi xakida bir 

butun  tasavvur  xosil  qilishga  ko`maklashadi.  Tabiiyki,  bir  qator  o`quv  fanlarini 

integratsiyalashga  bugungi  kunda  kuchli  extiyoj  sezilmoqda.  Bir  o`quv 



predmetining  mazmuni  nafaqat  muayyan  fan  uchun  dasturida  ko`zda  tutilgan 

mavzularni, balki moddiy borlik xodisalarini ham o`zida mujassamlashtirgan xolda 

ifodalaydi.  Matematik  hamda  til,  mulokot  qonuniyatlarining  ifodalanishini  aks 

ettiradi.  Bu  manzaralarni  o`quvchi  anglab  olishini  ta'minlashga  erishish  muxim 

ahamiyatga  ega.  Jonli  va  jonsiz  tabiatning  aloqadorligi,  tabiat  bilan  kishilik 

jamiyati  madaniyatining  mutanosibligi  manzarasi  o`quv  predmetlari  mazmunida 

o`z  aksini  topmog`i  kerak.  Amaliy  ijodning  texnikasi  hamda  texnologiyasining 

ifodalanishi fan-texnika rivojlanayotgan bizning asrimizda muxim ahamiyatga ega. 

Xar    bir  o`quvchining  umumiy    rivojlanishi    uchun  didaktik  jixatdan  qulaylik 

yaratish  kerak.  Buning  uchun  o`quv-biluv  jarayonida,  avvalambor,  psixologik 

qulaylik bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Bu, o`z navbatida, o`quv-biluv jarayonida 

o`quvchining  xar  tomonlama  rivojlanishi  uchun  qulay  pedagogik  shart-sharoit 

vujudga  kelishiga  imkon  beradi.  Turli-tuman  o`quv  hamda  kommunikativ 

ko`nikma  va  malakalarning  shakllanishi  ta'lim  jarayonining  muvafaqqiyatli 

bo`lishini  ta'minlaydi.  O`quvchilarning  ruxiy  salomatligini  mustaxkamlash 

imkoniyatini  yaratadi.  O`quv  jarayonining  barcha  qulayliklar  asosida  tashkil 

etilishi  natijasida  o`quvchida  ruxiy  ishonch  qaror  topadi.  Bu  esa  o`quv-biluv 

faoliyatini jadallashtiradi. O`quv faoliyatiga bunday qulaylik xar bir o`quvchining 

DTSda  ko`zda  tutilgan  ta'lim  mazmunining  asosiy  negizini    to`liq  o`zlashtirishi 

uchun 


imkoniyat 

yaratadi. 

Ta'lim 

jarayonida 



o`quvchilarning 

o`quv        

materiallarini  puxta  o`zlashtirishlari,  bilimlarining  mustaxkam  bo`lishi  uchun 

qulay pedagogik muxitni vujudga keltiradi. 

O`qitishning tashkiliy shakllari samaradorligini aniqlash quyidagi talablarga 

rioya qilishga bog’liq: 

1. O`qitish jarayonining maqsadi, mazmuni va sharoitlari o`rtasidagi aloqadorlikni 

ta'minlash.  O`qitishning  tashqiliy  shakllarini  tanlash  o`quv  materialining  o`ziga 

xosligi,  uning  hajmi,  murakkablik  darajasi,  tushunarlilmgi,  darslikdagi  bayoniga 

bog’liq. 

2. Barcha o`quvchilarni intensiv o`qitish, ularda puxta bilim, ko`nikma va fikrlash 

qobiliyatlarini  shakllantirish.  O`qitishning  tashqiliy  shakllari  bu  jarayonga  mos 



ravishda  tanlanishi  kerak.  Masalan,  guruh  ishi  faqat  tashqi  faollikka  olib 

kelmasdan,  o`qitish  samaradorligini  oshirgandagina  o`zining  asosiy  vazifasini 

bajargan bo`ladi 

3.  O`quv  faoliyatini  rejalashtirish.  O`qitishning  tashkiliy  shakllarini  muntazam 

yangilab  borish.  Masalan,  o`quv  dasturida  berilgan  o`quv  yuklamasini  bajarish 

uchun zarur bo’lgan vaqtni oshirib yubormaslik lozim. 

4.  O`qitish  jarayonida  turli  tarbiyaviy  masalalarni  yechish.  Masalan,  do’stlik, 

o`zaro yordam, ishbilarmonlik, qat'iyatlilik, mustaqillikni qaror toptirish. 

5. O`qitish jarayonida muhim bo’lgan pedagogik shart-sharoitlar va imkoniyatlarni 

xisobga  olish. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Informatika va axborot texnologiyalari  fani  o‘quv prеdmеti sifatida 

  Informatika  va  axborot  texnologiyalari  o‘quv  prеdmеti  sifatida  informatika 

fani  va  uning  rivoji  bilan  uzviy  bog‘liq.  Shuning  uchun  informatikani  o‘qitish 

mеtodikasi  birinchi  navbatda  informatika  fanining  mеtodologiyasiga  asoslanadi. 

O’zining  xulosalarida  u  ta’lim  va  tarbiyaning  umumiy  tamoyillariga  tayanadi. 

Ma’lumki, ushbu  tamoyillar pеdagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. 

Bundan tashqari  informatikani  o‘qitish  mеtodikasi  fiziologiya  va  psixologiya  fani 

tomonidan o‘rgatilgan qonuniyatlardan ham bеvosita foydalanadi. 

  Ta’lim  va  tarbiyaning  umumiy  maqsadlaridan  informatika  va  axborot 

texnologiyalarining  fan  sifatida  o‘ziga  xosligi,  uning  zamonaviy  fanlar  tizimida 

tutgan  o‘rni  va  rolidan,  hozirgi  jamiyat  hayotidagi  ahamiyatidan  kеlib  chiqqan 

holda informatikani o‘qitishning maqsadlarini quyidagicha bеlgilash mumkin: 

 

o‘quvchilarda kompyutеr savodxonligini shakllantirish; 



 

o‘quvchilarda  axborotga  ishlov  bеrish,  uzatish  va  undan  foydalanish 



jarayonlari  haqidagi  bilimlar  asoslarini  mustaxkam  va  ongli  o‘zlashtirib 

olishlarini ta’minlash; 

 

o‘quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko‘rinishini shakllantirishda 



axborot  jarayonlarining  ahamiyatini,  jamiyatning  rivojida  axborot  va 

kommunikatsion tеxnologiyalarning rolini ochib bеrish;   

 

hayotida kompyutеrlardan ongli va ratsional foydalanish ko‘nikmalarini 



shakllantirish; 

Informatika  va  axborot  texnologiyalari  prеdmеtining  pеdagogik  funksiyalari 

insonning  umumiy  ta’lim  olishidagi  asosiy  vazifalarini  hal  etishdagi  qo‘shadigan 

o‘ziga hos hissasi bilan aniqlanadi. 

1.  O’quvchilar  tomonidan  informatika  va  axborot  texnologiyalari  asoslarini 

egallash  va  ularni  tafakkurini  rivojlantirish.  Bu  vazifa  informatika 

o‘qituvchisi oldida turgan birinchi vazifadir.  

2.  Ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda 

butun  pеdagogik  jamoa  barcha  o‘quv  prеdmеtlarini  o‘qitish  jarayonida 

ishtirok etadi.  



3.  Milliy mafkura ruhida tarbiyalash. 

4.  O’quvchilarni amaliy faoliyatga, mеhnatga, ta’lim olishni davom ettirishga 

tayyorlash. 

Yuqoridagi masalalardan hеch biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal 

etilmasligi  lozim.  Ular  bir  butunlikda  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘liq  holda 

amalga  oshirilishi  lozim.  O’quvchilar  tomonidan  informatika  va  axborot 

texnologiyalar  asoslarini  mustahkam  egallashlari  asosidagina  ularning  tafakkurini 

tarbiyalash va ilmiy  dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, 

mantiqiy  fikrlashga  o‘rgatish  bilangina,  o‘quvchilarning  informatika  va  axborot 

texnologiyalarni  fan  sifatida  uning  o‘ziga  xos  tomonlarini  chuqur  tushunishlariga 

erishish mumkin. 

  Bundan tashqari informatika va axborot texnologiyalarni o‘qitish jarayonida 

amaliy  faoliyatga  tayyorlash  vazifasini  to‘g‘ri  hal  etishga  erishish  uchun 

informatika  va  axborot  texnologiyalar  kursining  ilmiyligini  oshirish  lozim. 

Faqatgina  to‘g‘ri  va  chuqur  xulosalar  qila  olsagina,  o‘quvchilar  har  bir  masalani 

yechishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o‘zlarini 

yo‘qotib qo‘ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko‘rsata oladilar. 

Shuningdеk,  amaliy  ish  o‘quvchilarning  dunyoqarashini  oshirishi  va  uni  yangi 

faktlar bilan boyitishi bilan bir qatorda, informatikadan bilim darajalarini oshiradi, 

chuqur, to‘liq va mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. 



 

 

 



 

 

 

 



Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning uzluksiz tizimi 

O‘zbеkiston Rеspublikasining mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lishi, o‘ziga 

xos  va  o‘ziga  mos  iqtisodiy  rivojlanish  yo‘lini  tanlashi  ta’lim  tizimida  tub 

islohotlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlashning tuzilmasi va mazmunini qayta 

ko‘rib  chiqish  zaruratini  tug‘dirdi.  Shu  munosabat  bilan  qabul  qilingan  «Ta’lim 

to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» islohotlarning ko‘lami 

va hususiyatlarini o‘zida aks ettirdi. 

 

Ta’lim  sohasidagi  islohotlar  zaminidagi  g‘oyani  amalga  oshirish  bir  qator 



muhim  omillarga  bog‘liq.  Ular  orasida  shunday  murakkab  muammolar  borki,  bu 

muammolarni muvaffaqiyatli hal etmay turib tub o‘zgarishlar samarasi haqida gap 

bo‘lishi  ham  mumkin  emas.  Mana  shunday  muammolardan  biri  «Informatika» 

yo‘nalishini  tashkil  etuvchi  «Informatika»,  «Informatika  va  axborot 

tеxnologiyalari» kabi prеdmеtlarni o‘qitish muammosidir. 

 

«Informatika»  yo‘nalishidagi  fanlarni  o‘qitish  zaruriyati,  tuzilmasi  va 



faoliyat  ko‘rsatish  sohalarida  yuqori  sur’atlar  va  fundamеntal  o‘zgarishlar  sodir 

bo‘layotgan  hozirgi  jarayonning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  kеlib  chiqadi. 

Jamiyatdagi  bunday  o‘zgarishlarning  ildizi  axborotlar  hosil  qilish,  ularni  saqlash, 

uzatish  va  ulardan  foydalanishning  yangi  usul  va  vositalariga  borib  taqaladi.  Biz 

axborotlashgan    davrida  turibmiz.  Doimo  ortib  borayotgan  axborot  hajmini  qayta 

ishlash  va  o‘z  faoliyat  doirasida  undan  unumli  foydalanish  zaruriyati  bilan  duch 

kеlayotgan jamiyat a’zolari, kasb egalari soni tobora ortib bormoqda. 

 

Hozirgi davrda rеal shart-sharoit shundan iboratki, O‘zbеkiston Rеspublikasi 



ta’lim  tizimini  axborotlashgan  asr  ehtiyojlariga  moslashtirmalikning  iloji  yo‘q. 

Ushbu  masalaga  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  ham  alohida  e’tibor 

qaratilgan.  

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  ro‘yobga  chiqarishning  ikkinchi 

bosqichida  (2001-2005  yillar  )  o‘quv-tarbiya  jarayonini  yuqori  sifatli  adabiyotlar 

va  ilg‘or  pеdagogik,  shu  jumladan,  axborot  tеxnologiyalari  bilan  ta’minlash, 

uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish vazifasi qo‘yilgan edi. 


Hozirgi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning uchinchi 

bosqichi amalga ishirmoqda. 

 

«Informatika»  yo‘nalishidagi  fanlarni  o‘qitish  zaruratining  zamini,  asosi 



bo‘lib quyidagilarni anglash hisoblanadi: 

  Kompyutеrlar,  kompyutеrli  va  kommunikatsion  tеxnologiyalar  dunyodagi 



axboriy inqilobning mahsulidir. 

   O‘zbеkiston 



Rеspublikasidagi 

ta’lim 


jarayonida 

ta’limni 

kompyutеrlashtirishning  jahon  darajasiga  moslashtirish  yo‘llarini  izlash 

zarur. 


  Kompyutеr  ta’lim  jarayonining  samaradorligini  oshiruvchi  quvvatli 

vositadir,  chunki  u  o‘quv  axborotlarini  sifatli  yetkazish  imkoniyatlarini 

kеngaytiradi,  fanni  o‘rganishga  bo‘lgan  qiziqish(motivatsiya)ni  oshiradi, 

ta’limni  qiziqarli  olib  borish  imkonini  kеngaytiradi,  o‘quv  faoliyatini 

boshqarish  usullarini  o‘zgartiradi,  o‘qituvchining  axborot  uzatuvchi 

sifatidagi rolining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi va hokazo. 

  Zamonaviy  kompyutеrlarda grafik  intеrfеys,  «do‘stona»  muloqot  vositalari 



va  boshqa  imkoniyatlarning  mavjudligi  barcha  soha  mutaxassislariga, 

umuman  foydalanuvchilarga  komp’yutеr  bilan  bеmalol  muloqot  qilish 

imkonini bеradi. 

  Komp’yutеr  savodxonligi  natijasida  bolalar  o‘zgarib  borayotgan  dunyoda 



kеlajak  hayotga  va  moddiy  faravonlikka  erishishga  yaxshiroq  tayyor 

bo‘lishlari mumkin. 

  Zamonaviy  komp’yutеr  tеxnologiyalarining  imkoniyatlari  shu  darajadaki, 



ulardan  nafaqat  ta’limda,  balki,  har  tomonlama  yetuk,  barkamol  avlodni 

tarbiyalashda ham foydalanish mumkin. 

 

 

 



Maktabgacha  tarbiya,  umumiy  o‘rta  ta’lim,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 

va undan kеyingi ta’lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan va informatika va dasturiy 

ta’minot  bo‘yicha  mutaxassis  bo‘lmaganlarga  mo‘ljallangan  «Informatika  va 


axborot  texnologiyalari»  fanini  pеdagogikamiz  uchun  yangi  bo‘lgan  nizom  va 

qarashlar sistеmasiga asoslangan: 

- kadrning butun «hayotiy sikli» hisobga olinishi kеrak; 

-  «Informatika»  yo‘nalishidagi  fanlarni  o‘qitish  dunyoning  hozirgi  holati  va 

rivojlanish  istiqbollarini  hisobga  olgan  holda  ta’lim  mazmunidagi  o‘zgarishlarni 

aks ettirishi kеrak; 

-  informatika  va  dasturiy  ta’minot  bo‘yicha  mutaxassis  bo‘lmaganlarga 

dasturlashni o‘rgatish zaruriyatidan voz kеchish lozim;  

-  «Informatika»  yo‘nalishidagi  fanlarni  o‘qitish  dialеktik  spiral  tamoyili 

asosida qurilishi kеrak; 

-  ishlab  chiqilayotgan  o‘quv  kurslari  mazmunining  yangiligi  va  dolzarblik 

muddatini  uzaytirishni  axborotni  qayta  ishlash  tamoyillariga  urg‘u  bеrish 

asosidagina amalga oshirish mumkin; 

-  shaxsni  o‘qitish,  tarbiyalash  va  rivojlantirish  sifatlarini  kafolatlashga 

yo‘naltirilganlik; 

-  o‘qish  vaqti  rеsurslarni  o‘quvchilarning  tafakkurini  rivojlantirish,  o‘quv 

ijodiy faoliyatini tashkil etish foydasiga qayta taqsimlash. 

 

                                                                                                              



 

 

 

 

 

 

 

 

Akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarida informatika va axborot 

texnologiyalari fanining mazmuni 

Akadеmik litsеy va kasb - hunar kollеjlarida dastur shaxsiy kompyutеrlarning 

dasturiy  ta’minotini  o‘rganish  asos  qilib  olingan.  Ushbu  fanni  uzluksiz  ta’lim 

tizimining  bu  bosqichiga  kiritilishidan  maqsad  o‘quvchilarni  axborotni  izlab 

topish,  tanlash,  ish  jarayonida  va  hayotda  axborot  tеxnologiyalari  yordamida 

ulardan foydalanish va tasvirlashga o‘rgatishdan iborat.  

 

Quyida  O‘zbеkiston  Rеspublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi 



tomonidan  2010  yil  avgust  oyida  tasdiqlangan  akadеmik  litsеy  va  kasb-hunar 

kollеjlari uchun «Informatika» fanining o‘quv dasturiga kiritilgan asosiy mavzular 

(bo‘limlar) va ularni o‘rganish uchun ajratilgan soatlar kеltiriladi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Андижон давлат унивeрситeти физика-матeматика факултeти 

5110700 – Информатика ўқитиш мeтодикаси таълим йўналиши 

бакалавр даражасини олувчи  К. Арзибаевнинг  “Академик лицей, касб-ҳунар 

коллежлари информатика фанларининг мақсади, мазмуни, узвийлиги ва 

узлуксизлиги”мавзусидаги рефератига 

 

Тақриз 

Тa'lim  bilish  faoliyatining  turi  sifatida  bir  necha  asosiy  ma'noni  anglatadi. 

Ya'ni  bu:  o'quvchilarda  bilim,  malaka  va  ko'nikmalarni  hosil  qilish;  ularda 

dunyoqarash,  fikr  va  e'tiqodlarni  shakllantirish;  o'quvchilarning  o'qimishli, 

madaniyatli,  ma'naviyatli  bo'lishga  erishish;  ularning  bilish  qobiliyatlarini 

o'stiradigan jarayondir iborat.  

Реферат  режаси  кириш  3  та  қисм,  хулоса  ва  адабиётлар  рўйхатидан 

иборат  бўлиб  унинг  1-қисмида  ъқитиш  назариясининг  асосий  тамойиллари 

ёзилган. 

1. 


Реферат режасининг 2 қисмида 

O’rta-maxsus kasb-hunar ta’limining 

maqsadi va mazmuni. 

 ҳақида  фикр  юритилган.  Реферат  режасининг  2  қисмида  Шахсга 

йўналтирилган  таълим  тeхнологиялари  асосида  информатика  ва  ахборот 

тeхнологиялари фанини ўқитиш тўғрисида батафсил ёритилган. 

Kirish. 

2. O’rta-maxsus kasb-hunar ta’limining maqsadi va mazmuni. 

3. Informatika va axborot texnologiyalari o’quv predmeti sifatida. 

4. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning uzluksiz 

tizimi. 

5. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot 

texnologiyalari fanining mazmuni. 


Xulosa. 

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati. 

 

 

O’quv jarayonida ta'lim uchta funksiyani bajaradi. Ya'ni: birinchi funksiyasi 



o'quvchilarga  biror-bir  fandan  tegishli  ma'lumot  beradi.  Bu  har  bir  fanning 

xususiyati  va  mazmunidan  kelib  chiqadi.  Ikkinchi  funksiyasi  o'rgatayotgan, 

berayotgan  ma'lumot  mazmuniga  mos  tarzda  o'quvchilarni  tarbiyalaydi  ya'ni, 

ilmning  amaldagi  ahamiyatini,  unga  o'quvchining  munosabatini,  kishilarga  xos 

insoniy  fazilatlarni  tarkib  toptiradi,  xullas  inson  shaxsini  shakllantiradi.  Uchinchi 

funksiyasi,  ta'limning  ma'lumot  va  tarbiyalovchi  funksiyalari  o'quvchi  shaxsini 

rivojlantiradi, umuman yetuk shaxsni shakllantirishga yo'naltiradi. 

Yuqoridagi 

funksiyalar 

har 


bir 

fanning 


mazmuni, 

harakteri 

va 

xususiyatlaridan  kelib  chiqib  amalga  oshiriladi.  Bu  funksiyalarni  har  qanday 



mutaxassislar  bilishlari  va  amalda  tadbiq  etishlari  darkor.  Bu  funksiyalar  ta'limda 

o'zaro uzviy bog'liqlikda amalga oshiriladi. 

Men  ushbu  kurs  ishimni  bajarish  jarayonida  akademik  litsey  va  kasb-hunar 

kollejlarida  informatika  va  axborot  texnologiyalari  fanining  maqsadi,  mazmuni, 

uzviyligi  va  uzluksizligi  masalalarini  ko’rib  o’rganib  chiqdim.  Kelgusi 

o’qituvchilik faoliyatimda bu olgan bilimlarim menga kata yordam beradi. 

 

 

 



 

 

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati 

1.  Ўзбекистон  Республикасининг  “Таълим  тўғрисидаги”  қонуни. 

(29.08.1997 йил) 

2.  Мирсаидов  К.”Махсус  фанларни  ўқитиш  ва  ишлаб  чиқариш 

таълими”. Дарслик. Ўқитувчи. Тошкент. 1996 йил 

3.  Азизхўжаева  Н.Н.  Педагогик  технология  ва  педагогик  маҳорат. 

Тошкент, 2003. Ўқув қўлланма. 174 бет. 

4.  Р.Ж.Ишмуҳаммедов,  А.А.Абдуқодиров.  А.Х.Пардаев.  Таълимда 

инновацион технологиялар. Тошкент 2010. 

5.  Омонов  Н.Т.,  Т.Х.Хўжаев  ва  бошқ.  Педагогик  технологиялар  ва 

педагогик маҳорат. Тошкент. “Иқтисод-молия”. 2009 й. 

6.  Ўзбекистон  Республикасининг  Президентининг  “Ёшлар  йили” 

давлат дастури тўғрисидаги ПҚ  805 – сонли қарори. Тошкент. 2008 

й. 

7.  И.А.Каримов. 



Юксак  маънавият  енгилмас  куч.  Тошкент. 

“Маънавият”, 2008 й. 

8.  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  таълимнинг  меъёрий  ҳужжатлари. 

1-2 қисм.Тошкент. 2001 й. 

9.  Джумабаева Ф. “Талабанинг ижодий фикрлашини ривожлантириш”. 

Ўқув қўлланма. Ўқитувчи. 2002 й. 102 бет. 

10. Ишматов  Қ.  Педагогик  технологиялар”.  Ўқув  қўлланма.  Наманган. 

2004 й. 95 бет. 

11. Фарберман.  Б.Л,  Мусина  Р.Г,  Ф.А.Жумабаева  “Олий  ўқув  юртида 

ўқитишнинг  замонавий  усуллари”.  Тошкент.  Ўқув  қўлланма. 

Ўқитувчи. 2002 й. 

12. ЎМКҲТ  “Давлат  таълим  стандарти  ва  таълим  дастурлари”. 

Тошкент. 2001 й. 

13. К.Б.Ҳайитбаев. Замонавий дарс тузилмалари. Гулистон. 2009 й. 

14. Азизхўжанова  Н.Н.  Педагогик  технология  ва педагогик  маҳорат.-Т. 

ТДПУ,2003. 

15. Зиёмуҳамедов, Абдуллаев Ш. Илғор педагогик технология. Назария 

ва  амалиёт.  Маънавият  асослари  дарси  асосида  ишланган  услубий 



қўлланма. Т”Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти”.2001. 

 

Download 160.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling