Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Download 66.78 Kb.
bet1/3
Sana12.05.2020
Hajmi66.78 Kb.
#105476
  1   2   3
Bog'liq
MEHNAT QONUNCHILIGI REJA.


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA`LIM VAZIRLIGI

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi kafedrasi

Qo`lyozma huquqida



Astanaqulov Ulug`bek Numanovich

MEHNAT QONUNCHILIGI BO`YICHA MEHNAT SHARTNOMASINING MUDDATLARI

5111600 – Milliy g`oya: ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi bo`yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan

BITIRUV MALAKAVIY ISH

Ish rahbari: katta o`qituvchi G.Egamberdiyeva



Andijon – 2016 yil

MUNDARIJA

KIRISH……………................................................................................................3-8

I. BОB.MEHNAT SHARTNOMASINING TUZILISHI.

1.1.Mehnat shartnomasining muddatlari va uning turlari…………….…...9-13

1.2.Mehnat shartnomasining nomuayyan muddatga tuzilishi........................14-27

II. BОB.MEHNAT SHARTNOMASINING MUAYYAN MUDDATGA TUZILISHI.

2.1.Mehnat shartnomasining besh yildan ortiq bo`lmagan muayyan muddatga tuzilishi……………………………………………………......……………..28-42

2.2.Mehnat shartnomasining muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallab tuzilishi......................................................................................................................43-49

XULOSA...........................................................................................................................50-53

FOYDALANILGANADABIYOTLAR RO`YHATI.......................................54-56

KIRISH.

Mavzuning dolzarbligi: O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo'lib, xalqaro huquq subyekti sifatida tan olindi. Hozirgi taraqqiyot bosqichida respublikamiz davlat suverenitetini mustahkamlash, mavjud iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy muammolarni hal etish, porloq istiqbolga erishish jamiyatimiz hayotining asosiy mazmuni bo'lib qoldi. Mustaqillikni mustah­kamlash esa mamlakatimizda demokratik huquqiy davlatning barpo etilishiga bog'liq.

“Mustaqillik yillarida maqsad qilib qo’ygan marralarni, avvalo, eng taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga ko’tarilish, farovon va badavlathayot kechirish, xalqaro maydonda o’zimizga munosib o’rin egallash yo’lida qo’lga kiritgan yutuqlarni sarxisob qilish uchun «Kecha kim edigu bugun kim bo’ldik?» degan savolga xolisona javob bergandagina ko’p narsa biz uchun ayon bo’ladi”.1

O'zbekiston bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tar ekan, uning davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining muhim qoidalaridan biri qonunlarning ustuvorligini ta'minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashdir. Busiz demokratik-huquqiy davlat qurib bo'lmaydi.

Hozirgi kunda suveren davlatimizda juda ko'p o'zgarishlar ro'y bermoqda. Birinchi Konstitutsiya va ko'pgina qonunlar qabul qilindi. Respublikamizda qonunlarni amalga oshirish uchun fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, huquqiy madaniyati va mafkurasini yuksaltirish zarur. Ana shular amalga oshsagina, fuqarolar qonundan «chetga chiqmaydigan» bo'ladilar.

Biz respublikamiz mehnatkashlari, ayniqsa yosh avlod huquqiy bilimining saviyasini yuqori darajaga ko'tarish bilan qonun buzilishlari, adolatsizliklar, jinoyatlarning oldini olamiz. Qonunlarga rioya etishimiz, ularni hurmat qilishimiz oilamizni, davlatimizni mustahkamlashga asos bo'ladi. Zero, har bir fuqaro iqtisodiy va siyosiy islohotlar o'tkazish davrida qayerda ishlamasin, xizmat qilmasin, o'qimasin, har qadamda huquqiy bilimlarga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham bugungi kunda huquqiy ong, huquqiy madaniyatga katta e`tibor qaratilmoqda.

Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Ma'lumki, respublikadagi mehnatga oid qonunlar barcha huquqlarimiz kabi ziddiyatli yo'lni bosib o'tdi. Sobiq Ittifoq davrida mehnat huquqiga ma'muriy-buyruqbozlik tizimining hukmronligi joriy etilishi natijasida salbiy jarayonlarning ta'siri kuchaydi. Mehnat munosabatlarini markazdan turib qat'iy ravishda boshqarish vujudga keldi va huquqiy kafolatdan voz kechildi.

Respublika davlat mustaqilligiga erishib, bozor munosabatlarini shakllanti-rish boshlangach, mehnat qonunlari hozirgi kun talablaridan keskin orqada qolayotganligi ma'lum bo'lib qoldi. Mehnat qonunlarining mehnatni tashkil etish va mulkchilik shakllari bilan nomuvofiqligi, mehnat uchun haqiqiy haq to'lash ta'minlanmaganligi, mehnatga haq to'lash mezonining yo'qligi, mehnatkashlarni ijtimoiy muhofaza qilish darajasining pastligi, ishlab chiqarish va ijtimoiy kafolat muvozanatining buzilishi, mehnatkashlar manfaatlarini muhofaza qilish mexanizmlarining zaifligi jamiyat oldida turgan vazifalarni hal qilishda to'siq bo'lib turdi. Bu Respublika Oliy Kengashining o'n ikkinchi chaqiriq 12-sessiyasi (1993 yil 6-7 may) qarorlarida ta'kidlanganidek, mehnat qonunini isloh qilish zarurligini taqozo qildi.Ushbu mavzuni yoritishda davlatimiz rahbari I.A.Karimovning “Inson,uning huquq vaerkinliklarihamda manfaatlari – eng oliy qadriyat”, Inson manfaatlarini ta`minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifamizdir, Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir asarlaridan foydalanildi. Bundan tashqari Tursunov Y,Usmonova M. Mehnat huquqi. T. “Moliya”2011yil,

Tursunov Y. “Mehant huquqi”. T. “Moliya”2014yil,Tursunov Y.Usmonova M. Rahimova Y. Mehnat huquqi. Darslik. T.”Ilm-ziyo” 2014yil, Xolmo`minov J.T Mehnat huquqi T.2014-yildagi kitoblari asosiy manbalar bo`lib xizmat qildi.

Ishning maqsad vazifalari: Mehnat huquqi huquqshunoslik fanlari orasida yetakchi o'rin tutadi. U mehnat bozori faoliyati natijasida yuzaga keladigan yollanma mehnatni qo'llash va undan foydalanishni tashkil etish oqibatida paydo bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Demak, mehnat huquqi deb mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquq tarmog'iga aytiladi.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasidagi “Yangilanish va o'zgarish jarayoni ortga qaytmaydi” nomli ma'ruzasida ta'kidlaganidek, “inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash, ularning kafolatlarini so'zda emas, real hayotda ta'minlash bizning qonunchilik va amaliy faoliyatimizning doimiy e'tibor markazida turishi haqida gapirish ortiqcha. Bu sohadagi muhim vazifalardan biri - qabul qilingan qonunlarimiz va huquqiy normalarning hayotga tatbiq qilinishini tanqidiy ko'z bilan baholab, inson huquqlarini himoyalash bo'yicha tegishli xalqaro tashkilot va markazlar bilan birga qonunchiligimiznitakomillashtirishi-miz ustida ishlashimizni, avvalo hokimiyat va sud organlarining bu boradagi mas'uliyatini oshirishni hayotning o'zi taqozo etmoqda”.2

Mehnat qonunchiligi nafaqat asosiy ishlab chiqarish kuchlariga ta'sir ko'rsata oladigan, balki ularni mehnat faoliyati jarayonida va ishsizlikdan ham himoya qila oladigan qonunchilikdagi yagona sohadir. Hozirgi kunda davlatimiz va xalqimiz oldida turgan vazifalar, ko'zlangan maqsadlarga erishishda amalga oshirishimiz lozim bo'lgan ishlar bisyor.Ishning asosiy maqsadi respublika fuqarolarini mehnat qonunchiligini yaxshilab o`rgatish natijasida yetuk mutaxassis kadrlarni yetishtirib chiqarish va mehnat qonunchiligini rivojlantirish, mehnat munosabatlarida hech qanday buzilishlarsiz respublikamiz rivoji, uning rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish uchun harakat qilish asosiy vazifamizdir.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir shaxsning mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqlari mustahkamlangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda ta'kidlaganidek, “aholimizning faolligi, siyosiy va huquqiy ongini oshirish bo'yicha qilayotgan ishlarimizning samarasini yanada kuchaytirish masalasi doimiy kun tartibida turishi zarur”.3

O‘zbekiston mustaqillikk aerishgandan so‘ng inson huquqlarini ta’minlash sohasida xalqaro andozalar darajasiga erishishn iasosiy vazifalardan biri qilib belgiladi, zeroki, taraqqiyotimiz va islohotlarimizning bosh maqsadi fuqarolarimiz uchun munosib turmush sharoitini ta’minlashdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining13 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ta’kidlaganidek: “Bugun inson huquqlari va manfaatlari, ularni har tomonlama himoyalash va ta’minlash jamiyatni demokratlashtirish va erkinlashtirish haqida gapirar ekanmiz bu mavzu dunyoda har doim ayniqsa so‘nggi paytlarda eng o‘tkir va dolzarb masalaga aylanib borayotganligini yaqqol kuzatish mumkin”.4

Mehnat huquqihuquq sohalari orasida yetakchi o‘rin tutadi. Mehnat huquqi mehnat bozori faoliyati natijasida yuzaga keluvchi, yollanma mehnatni qo‘llash va undan foydalanishni tashkil etish oqibatida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

Keng miqyosli xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, xususiy mulkchilikning rivojlanishi, tadbirkorlikka keng yo‘l ochilishi O‘zbekistonda mehnatni tashkil etishda bozor munosabatlariga xos shakllar hamda usullarni qaror topishi va rivojlanishiga imkon yaratdi, mehnatni tashkil etish va qo‘llashga oid ijtimoiy munosabatlarga yangicha yondashuvni talab etdi.

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaganidek: “Biz yangi asrga, yangi yuz yillikka qadam qo‘ydik. Yangi yuz yillikni biz uchun qanday bo‘lishi bu davrda oldimizda turgan vazifalarni nechog‘lik ado etishimizga bog‘liq. Biz jamiyatni yangilash, islohotlarni izchil amalga oshirish bo‘yicha aniq-ravshan va har tomonlama puxta o‘ylangan dasturga egamiz”.5

Mehnat qonunlari ishga qabul qilishni huquqiy jihatdan tartibga solar ekan, ish turi, joyi va kasbni tanlash erkinligi, mehnat huquqlarining amalga oshirilishida barcha fuqarolarning o'zaro tengligi, ijtimoiy himoya, talab aholi tabaqalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning amalga oshirilishi kabi qoidalarga asoslanadi. Bu qoidalar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida quyidagicha o'z aksini topgan: “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”.6



Ishning obyekti va predmeti: ushbu bitiruv malakaviy ishida mehnat huquqining mehnat munosabatlari, mehnat huquqining subyektlari, obyektlari, mehnat shartnomasi, uni tuzish tartibi, uning muddatlari-nomuayyan muddatga, besh yildan ortiq bo`lmagan muayyan muddatga, muayyan ishni bajarish vaqtiga tuziladigan muddatlar haqida bayon etilgan. Bularga ushbu mavzuni ob`yekti sifatida qaraldi va bugungi kunda ushbu sohada erishilgan yutuqlarni va vazifalarini tadqiqot predmeti qilib olindi.

Ilmiy yangiligi:Ushbu mavzu respublikamizning ko’plab huquqshunos olimlari tomonidan turli yondashuvlarda o’rganilib kelinmoqda.biz ham ushbu mavzuni Mehnat ko`deksi, Tursunov Y.ning Mehnat ko`deksiga sharxlar, Usmonova M. , Tursunov Y.ning Mehnat huquqi va boshqa O`zbekiston Respublikasining qonun osti hujjatlari asosida yangi mavzu sifatida o`rganildi.

Amaliy ahamiyati: Mazkur bitiruv malakaviy ishida mehnat tushunchasi, mehnat shartnomasi, uni tuzish tartibi, uning muddatlari-nomuayyan muddatga, besh yildan ortiq bo`lmagan muayyan muddatga, muayyan ishni bajarish vaqtiga tuziladigan muddatlari haqida, uni imkoniyatlari va istiqbollari uchun yangicha fikr , qarashlar va xulosalar bilan yoritilgan. Ushbu malakaviy ishni kasb-hunar ko`lleji talabalari, oliy o`quv yurt talabalari fanlarga qo`shimcha ma`lumot sifatida foydalansalar maqsadga muvofiq bo`lar edi.

Ishning tuzilishi: Mazkur bitiruv malakaviy ishi dastlab kirish, ikki bobdan, to`rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlarni o`z ichiga olib bo`lib, 56 sahifani tashkil etadi.

I. BОB.MEHNAT SHARTNOMASINING TUZILISHI
1.1.Mehnat shartnomasining muddatlari va uning turlari

Mehnat shartnomasi mehnat huquqlarini amalga oshirish, ish kuchini mehnat bozorida sotish, sotib olish, mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari bo'ylab taqsimlash mexanizmi vazifasini bajaradi. Mehnat qonunchiligi xodimlar va ish beruvchilarning huquq hamda manfaatlarini to'la himoya qilish uchun mehnat shartnomasiga qo'yiladigan asosiy talablarni, uning tuzilishi, o'zgarishi va bekor qilinishi tartiblarini belgilab beradi, mehnat shartnomasini tuzish bilan bog'liq kafolatlarni nazarda tutadi. Mehnat shartnomasini tuzish orqali xodim va ish beruvchi o'rtasidagi munosabat predmeti doirasidagi bir-biriga nisbatan haq- huquqlari aniqlab olinadi. Mehnat shartnomasi kelgusida xodim va ish beruvchi o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni davom ettirish va rivojlantirish uchun mustahkam zamin bo'lib xizmat qiladi.

Mamalakatimizdafuqarolarning mehnat qilishi huquqini amalga oshirishning asosiy shakli-mehnat shartnomasi. Mehnat Kodeksining 72-moddasiga binoan “mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o`rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo`yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo`ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa me`yoriy hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida tegishli haq evaziga bajarish haqidagi kelushuvdir”.7 Mehnat shartnomasi fuqarolarning mehnatga bo`lgan konstitutsiyaviy huquqini ro`yobga chiqarishning asosiy tashkiliy-huquqiy shaklidir. Mehnat shartnomasi asosida mehnatga jalb qilishi, xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarini ko`zlagan holda har bir kishiga erkin kasb tanlash imkonini beradi.

Mehnat shartnomasini tuzish uning taraflari bo`lib hisoblanadigan xodim va ish beruvchi o`rtasida o`zaro huquqlar hamda majburiyatlarni belgilab olish, hujjatlashtirishdan iborat erkin, irodaviy jarayondan iboratdir.

Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari hisoblanadilar, keng ma'noda mehnat munosabatlarining subyekti bo'lishi mumkin bo'lgan qanday jismoniy yoki yuridik shaxs mehnat shartnomasining taraflari hisoblanadi. Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo'shimcha holatlar bo'lishi mumkin, masalan, tanlovdan o'tish, lavozimga saylanish va shu kabilar.

Mehnat shartnomasining o'ziga xos xususiyatlari:



  1. muayyan turdagi mehnat vazifalarining bajarilishi (mehnatning predmeti);

  2. ish bajaruvchi korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalariga qat'iy amal qilib, o'z xizmat vazifalarini bajarishi lozimligi;

d) ishning oxirgi natijalariga ko'ra, oldindan belgilangan stavkalar, ishbay baholar, mansab maoshlari asosida haq to'lanishida ko'zga tashlanadi.

Mehnat shartnomasining mazmuni deganda, taraflar kelishuvi, shu­ningdek mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarda aks etgan shartlar ko'zda tutiladi. Mehnat shartnomasini tuzish, uni o'zgartirish va bekor qilish mehnat qonunchiligi hamda normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Yangi qonun qabul qilingunga qadar mehnat shartnomasi yozma yoki og'zaki usulda tuzilgan. “Mehnat shartnomasi barcha muassasalarda ishga kiruvchilar bilan yozma shaklda, bir xil kuchga ega bo'lgan ikki nusxada tuzilishi va har ikkala tarafga (ish beruvchi va xodim) saqlash uchun berilishi shart”.8Bu talab O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 74- moddasida ham qayd qilingan.

Mehnat shartnomasining namunaviy yozma shakli O'zbekiston Res­publikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan. “Mehnat shartnomasida ishga kiruvchi va ishga qabul qilish huquqiga ega bo'lgan mansabdor shaxsning kelishuvi asosida ish joyi, xodimning mehnat vazifasi, ya'ni mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim, ishning boshlanish kuni, agar muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan bo'lsa, uning tugash kuni, mehnat haqi miqdori, qo'shimcha mehnat ta'tilining muddati, beriladigan imtiyozlar va mehnatning boshqa shartlari belgilanadi”.9

Amaliyotda ayrim muassasalarda ish haqining miqdori aniq summada (masalan, 200ming so'm) ko'rsatiladi. Bu, albatta, noto'g'ri. Ish haqidagi ma'lumotda, lavozim bo'yicha razryadi ko'rsatilishi kerak. Chunki bu oylik maosh miqdori hukumat tomonidan oshirilganda, birmuncha qiyinchiliklar va nizolarning oldi olinadi.

Xodimning qonunlarda va boshqanormativ hujjatlarda belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlarining darajasi mehnat shartnomasini tuzish vaqtida pasaytirilishi mumkin emas. Aks holda, Mehnat kodeksining 5- moddasiga binoan, mehnat shartnomasida ko'rsatilgan bu shartlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi. Agar xodim 1993 yil 3 dekabrga qadar ishga qabul qilingan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1994 yil 7 yanvardagi qaroriga asosan mehnat shartnomasining yozma ravishda tuzilishi faqat xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Mehnat kodeksining 75-moddasida

“mehnat shartnomalari nomuayyan muddatga (muddatsiz),

besh yildan ortiq bo'lmagan muddatga,

muayyan ishni bajarish vaqtiga mo'ljallab tuzilishi”10ko'rsatib o'tilgan.

Mehnat shartnomasini tuzish jarayoni qo`yidagicha amalga oshiriladi:

I.Bo`lg`usi ishning shart-sharoitlari haqidagi boshlang`ich muzokaralar, o`zaro tanishuv jarayoni;

II. Xodim tomonidan shaxsi, malakasi, salomatligi ahvoli va boshqa talab etiladigan hujjatlarni taqdim etish;

III.Xodim va ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasining zaruriy va qo`shimcha shartlarini muhokama etilishi, shu asosda yozma shaklda mehnat shartnomasi loyihasining tuzilishi;

IV.Mehnat shartnomasini xodim tomonidan ish beruvchi (uning vakolatli vakili) tomonidan imzolash.

Mehnat shartnomasi tuzishdan ish beruvchi g`ayri qonuniy ravishda bosh tortishi mumkin emas. Ishga kiruvchi shaxs mehnat shartnomasi tuzilishidan oldin qonunda talab etiladigan hujjatlarni taqdim etishi lozim(80-modda). Qonun hujjatlarida ko`rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Mehnat shartnomsida qo`shimcha shart sifatida dastlabki sinov qo`llashlik nazarda tutilgan bo`lsa, u holda bu haqda ishga qabul qilish haqidagi buyruqda ko`rsatib qo`yiladi. Sinov muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak. Agar dastlabki sinovni o`tash haqida mehnat shartnomasida shartlashuv bo`lmasa, dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan, deb hisoblanadi (84-modda). Ayollarda (yoshga to`lmagan bolasi bo`lsa), homilador ayollar, korxonaning talabi bilan ishga kelganlar, 6 oylik muddatga mehnat shartnomasini tuzganlar uchun dastlabki sinov qo`llanilmaydi.

Mustaqillik yillaridan so`ng aholi soni ortib borishi natijasida ularning ish bilan taminlash muammolari kelib chiqa boshladi.Bu borada yurtboshimiz I.A.Karimov ham o`zining “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir” asarida quyidagicha takidlab o`tgan “Aholi bandligini ta`minlash,birinchi navbatda,kasb-hunar ko`llejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizning eng muhim ustuvor yo`nalishi bo`lib qolmoqda.

Avvalambor,kichik biznes,xususiy tadbirkorlik,kasanachilik va xizmat ko`rsatish soxasini, ayniqsa,qishloq joylarda yanada rivojlantirish,ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash dasturlarini amalga oshirish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hisobidan keyingi paytda O`zbekistonda yiliga qariyib 1 millionta ish o`rni yaratilmoqda. Shuning 60 foizdan ko`progi qishloq joylarda tashkil etilayotgani, ayniqsa, ahamiyatlidir.

Mana aholimiz soni tobora o`sib boryabdi,ming-minglab farzandlarimiz hayotga kirib kelyapti,ularning talab va extiyojlari ham tobora ortib bormoqda.Lekin yerimiz,suv resurslarimiz ko`payayotgani yo`q.Shularning barchasini e`tiborga olgan holda, yangi-yangi sanoat korxonalari, kichikbiznes vaxususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini keng rivojlantirish hisobidan zamonaviy ish o`rinlarini ko`paytirish vazifasi doimo kun tartibida turishi, bu borada mutasaddi raxbar va xodimlarning tashabbus va izlanuvchanligini, mas`uliyatini oshirishimiz shart.Andijon viloyati misolida ko`radigan bo`lsak,2014-yili 80mingdan ziyod yangi ish o`rni yaratilgani,jumladan, qariyib 41 mingga yaqin kollej bitiruvchisi ishga joylashtirilganini qayd etish o`rinlidir.

Men yoshlarimizga,mening bolalarimga qarata,o`rganishdan hech qachon charchamanglar,deb aytmoqchiman.O`rganish, intilish hech qachon ayb sanalmaydi.Nimanidir bilmasang,uni o`rganish zarur. Avvalambor, endi hayotga kirib kelayotgan yoshlarga nima lozim? O`rganish, o`rganish va yana bir bor o`rganish kerak.Kasb o`rgangan, ilm o`rgangan kishi, o`zbekona aytganda, hech qachon kam bo`lmaydi”.11

1.2.Mehnat shartnomasining nomuayyan muddatga tuzilishi

Mehnat qonunlari ishga qabul qilishni huquqiy jihatdan tartibga solar ekan, ish turi, joyi va kasbni tanlash erkinligi, mehnat huquqlarining amalga oshirilishida barcha fuqarolarning o'zaro tengligi, ijtimoiy himoyatalab aholi tabaqalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning amalga oshirilishi kabi qoidalarga asoslanadi. Bu qoidalar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida quyidagicha o'z aksini topgan: «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir».

Mehnat shartnomasi mehnat huquqlarini amalga oshirish, ish kuchini mehnat bozorida sotish, sotib olish, mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari bo'ylab taqsimlash mexanizmi vazifasini bajaradi. Mehnat qonunchiligi xodimlar va ish beruvchilarning huquq hamda manfaatlarini to'la himoya qilish uchun mehnat shartnomasiga qo'yiladigan asosiy talablarni, uning tuzilishi, o'zgarishi va bekor qilinishi tartiblarini belgilab beradi, mehnat shartnomasini tuzish bilan bog'liq kafolatlarni nazarda tutadi. “Mehnat shartnomasini tuzish orqali xodim va ish beruvchi o'rtasidagi munosabat predmeti doirasidagi bir-biriga nisbatan haq- huquqlari aniqlab olinadi.Mehnat shartnomasi kelgusida xodim va ish beruvchi o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni davom ettirish va rivojlantirish uchun mustahkam zamin bo'lib xizmat qiladi”.12

Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning muddati qoidaga ko`ra, cheklanmaydi va taraflar uni bekor qilish istagini bildirmagunlariga qadar amal qilaveradi.

O`zbekiston Respublikasi Mehnat ko`deksining 75-moddasiga muvofiq mehnat shartnomalari :

“nomuayyan muddatga ;

besh yildan ortiq bo`lmagan muayyan muddatga ;

muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallab tuzilishi mumkin.

Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko`rsatilmagan bo`lsa , mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.

Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga , shuningdek , muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallanib qayta tuzilishi mumkin emas”.13

Mehnat shartnomasining eng ko`p tarqalgan turi bu nomuayyan muddatga tuziladigan mehnat shartnomalaridir.


Download 66.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling