Zahiriddin muhammad bobur nomidagi


Download 282.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.09.2020
Hajmi282.15 Kb.
#129010
TuriReferat
Bog'liq
talimni pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishda talim prinsiplarining tutgan orni


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 

 

ZAHIRIDDIN  MUHAMMAD  BOBUR NOMIDAGI 



ANDIJON  DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 



Xorijiy  tillar  fakulteti  2 bosqich talabasi .Z.Xasanovaning 

 

“Ta‟limni pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishda ta‟lim 

prinsiplarining tutgan o„rni” 

 

mavzusida yozgan 

 

 

 



 

Ilmiy rahbar:              G.Qosimova 

 

 

 

 

 

Andijon – 2015 

 

 



 

 

 



REFERAT

 

 

MAVZU:  TA‟LIMNIPEDAGOGIKJARAYON 



QONUNIYATLARIASOSIDATASHKILETISHDATA‟LIMPRINSIPLARINING

TUTGAN O„RNI 

 

KIRISH 


 

1.  Ta’limni  pedagogik  jarayon  qonuniyatlari  asosida  tashkil  etishda 

ta’lim prinsiplarining tutgan o‘rni 

2.  Pedagogik jarayonda tarbiya prinsiplarining ahamiyati 

 

 

3.  O‘quv-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning bilimini reyting asosida 



baholash tizimi 

4.  Bilimlarni test nazorati asosida baholashning afzalliklari 

 

 XULOSALAR 



 

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR  RO„YHATI 



 



KIRISH 



Mavzuning  dolzarbligi.  «Biz  mamlakatimizning  kelajagani  ko„zda  tutgan 

xolda  bugungi  kunda  taraqqiy  topgan  ilmiy  jamoatchilikning  e‟tibor  markazida 

turgan  eng  ilg„or,  istiqbolli  ilmiy  izlanish  va  tadqiqot  ishlarini  yurtimizda 

rivojlantirish  maqsadida  fanlar  akademiyasi  va  oliy  o„quv  yurtlari  tarkibida  yangi 

laboratoriyalarni  tashkil  qilish,  ularni  rivojlangan  mamlakatlardagi  ilm-fan 

markazlari  bilan  samarali  hamkorlik  aloqalari  o„rnatishga  erishishmiz  kerak», 

degan  edi  Prezident  I.A.Karimov.  Insonning  faoliyatida  o„qitish  har  doim  juda 

muhim  ahamiyatga  ega  bo„lgan.  Ta‟lim  tasodifiy,  intuitiv  xususiyatga  ega 

bo„lganda  ham  va  asosan  tasodifan  axborotlarni  berish  hamda  taqlid  qilishdan 

iborat bo„lganda ham shunday bo„lgan; keyinchalik ham, ta‟lim maqsadga muvofiq 

muntazam  va  rejalashtirilgan  jarayonga  aylanganda,  maktab  paydo  bo„lganida  ham 

shunday  bo„lgan.  Biroq  uzoq  vaqt  davomida  ta‟limni  nazariy  tahlil  qilish  va 

o„rganish ishlari  olib borilmadi,  shuning  uchun o„z nazariyasiga  ega bo„lmadi.  

O„zbekiston  Respublikasida  huquqiy,  demokratik  jamiyat  barpo  etilayotgan 

mavjud  sharoitda  uzluksiz  ta‟lim  tizimi  oldida  barkamol,  har  tomonlama 

rivojlangan,  erkin,  mustaqil  fikrlovchi  shaxsni  tarbiyalash  vazifasi  turibdi.  Mazkur 

vazifa  ta‟lim  va  tarbiya  jarayonida  bolalarga  nisbatan  insonparvarlik  munosabatida 

bo„lish orqali ijobiy  hal  etiladi. 

O„zbekiston  Respublikasi  ijtimoiy-siyosiy  mustaqillikni  qo„lga  kiritgach, 

ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  tub  islohotlar  olib  borilmoqda.  Islohotlarning 

asosiy  g„oyasi  respublikaning  riojlanish  va  taraqqiyot  yo„li  deb  e‟tirof  etilgan 

demokratik,  insonparvar,  huquqiy  jamiyatning  barpo  etish  uchun  xizmat  qiladi. 

Demokratik,  insonparvar,  huquqiy  jamiyatning  barpo  etish  vazifasi  o„sib 

kelayotgan  yosh  avlod  zimmasiga  yuklanadi.  O„zbekiston  Respublikasining 

«Ta‟lim  to„qrisida»gi  Qonuni,  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»  hamda 

O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  qator  asar  va  nutqlari, 

chunonchi,  «Barkamol  avlod  –  O„zbekiston  taraqqiyotining  poydevori», 

«O„zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda»  nomli  asarlarida  mustaqil  respublikada 

ijtimoiy  tarbiyani  yo„lga qo„yish maqsadi va vazifalari  belgilab  berilgan. 


 

1 Ta‟limni  pedagogik jarayon  qonuniyatlari  asosida tashkil  etishda ta‟lim 



prinsiplarining  tutgan o„rni 

 

Pedagogik  fan  o„qitish  va  tarbiyalashni  ularning  yaxlitligi  va  birligida 



o„rganadi.  Ikki  faoliyatning  har  birining  mohiyatini  aniq  bayon  etish  uchun  ta‟lim 

nazariyasi  (didaktika)  va tarbiya  nazariyasini  ajratib  ko„rsatadilar. 

Hozirgi  davrda  didaktika  o„qitishning  mazmuni,  metodlari  va  tashkiliy 

shakllarini  ilmiy  asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.   

Didaktikaning  vazifalari  quyidagilardan  iborat: 

- ta‟lim  jarayonlari  va ularni  amalga  oshiri shartlarini  ta‟riflash  va 

tushuntirish; 

-  ta‟lim  jarayonini  yanada  mukammal  tashkil  etish,  ya‟ni,  ta‟lim  tizimlari  va 

texnologiyalarini  ishlab  chiqish; 

-  ta‟lim  jarayoni  uchun  xos  bo„lgan  umumiy  qonuniyatlarni  aniqlash, 

omillarini  tahlil  qilish  va ta‟riflash. 

O„quv  jarayonida  amal  qiluvchi  barcha  qonuniyatlar  umumiy  va  xususiy 

tarziga  ikki  guruhga  ajratiladi.  Amal  qilinishiga  ko„ra  yaxlit  didaktik  tizimni  

qamrab  oladigan  qonuniyatlar  umumiy,    amal  qilinishiga  ko„ra  faqat  alohida 

tarkibiy  qismlariga  taalluqli  bo„lgan qonuniyatlar  esa xususiy (aniq) deb ataladi. 

Didaktik  tamoyillar  (didaktika  tamoyillari)  o„quv  jarayonining  umumiy 

maqsadlari  va  qonuniyatlariga  ko„ra  tashkil  etiluvchi  ta‟lim  jarayonining  tashkiliy 

shakl  va  metodlari,  asosiy  qoidalari  mohiyatini    belgilovchi  mazmundir.  Ta‟lim 

tamoyillarida  ta‟limning  aniq,  tarixiy  tajribaga  asoslanuvchi  me‟yoriy  asoslari 

(qoidalari)  o„z  ifodasini  topgan.  Ta‟lim  tamoyillarini  bilish  o„quv  jarayonini  uning 

qonuniyatlari  asosida  tashkil  etish,  uning  maqsadlarini  asosli  ravishda  belgilash  va 

o„quv  materialini  mazmunini  tanlab  olish,  maqsadga  muvofiq  ta‟lim  shakli  va 

metodlarini  tanlash  imkonini  beradi.  Shu  bilan  birga  bu  tamoyillar  o„qituvchilar  va 

o„quvchilarga  yaxlit  jarayonning  bosqichlariga  amal  qilish,  o„zaro  aloqalar  va 

hamkorlikni  amalga  oshirishga imkon beradi. 

Ta‟lim  tamoyillari  o„zida  tarixiylik  xususiyatini  namoyon  etadi.  Ta‟lim 



 

nazariyasi  va  amaliyoti  rivojlanib  borgani,  ta‟lim  jarayonining  yangi  qonuniyatlari 



kashf  etilishi  bilan  ta‟limning  yangi  tamoyillari  ham  shakllanadi,  eski  ko„rinishlari 

o„zgardi.  Bu  ishlar  bugungi  kunda  ham  davom  etadi.  O„qitish  va  tarbiyalash 

qonuniyatlarini  aks  ettiradigan  yaxlit  pedagogik  jarayonning  umumiy  tamoyillarini 

keltirib  chiqarishga urinishlar  ko„zga tashlanmoqda. 

Tamoyillar  ta‟lim  jarayonining  mohiyati,  qoidalar  esa    uning  alohida 

tomonlarini  aks ettiradi. 

Ta‟limni  mazmunli  va  tashkiliy-metodik  tamoyillaridan  tashkil  topgan  tizim 

sifatida  e‟tirof etish mumkin:   



 Ta’limning  mazmunli  tamoyillari.  Ular  ta‟lim  mazmunini  tanlash  bilan 

bog„liq bo„lgan qonuniyatlarni  aks ettiradi  va quyidagi  g„oyalarni  ifodalaydi: 

- fuqarolik; 

- ilmiyligi; 

- tarbiyalovchi  ta‟lim; 

-  fundamentalligi  va  amaliy  yo„nalganligi  (ta‟limning  hayot  bilan, 

nazariyaning  amaliyot  bilan  bog„liqligi); 

- tabiat bilan  uyg„unligi; 

- madaniyat  bilan  uyg„unligi; 

- insonparvarligi. 



Fuqarolik  tamoyili.  Unga  ko„ra  ta‟lim  mazmunini  shaxsning  sub‟ektivligini 

rivojlantirish,  uning  ma‟naviyligi  va  ijtimoiy  yetukligiga  yo„naltirishda  namoyon 

bo„lishi  kerak.  U  ta‟lim  mazmunini  insonparvarlashtirishni  nazarda  tutadi  va 

fuqarolikni  anglash,  O„zbekiston  Respublikasining  ijtimoiy  va  siyosiy  tuzilishi 

haqidagi  tasavvurlar  tizimi,  o„zbek  xalqi  madaniyati  psixologik  xususiyatlari, 

uning  mentalitet  xususiyatlari,  milliy  siyosati  va  madaniyati  kabi  dolzarb  masalalar 

haqidagi  tasavvurlarining  shakllanishi  bilan  bog„liq. 

Ta’limning  ilmiyligi  tamoyili  ta‟lim  mazmunini  zamonaviy  fan  va  texnika 

rivojlanish  darajasi,  jahon  sivilizatsiyasi  to„plagan  tajribaga  mos  kelishini 

ifodalaydi.  Bu  tamoyil  ta‟lim  vaqtida  va  o„qishdan  tashqari  vaqtda  amalga 

oshiriladigan  ta‟lim  mazmuni  o„quvchilarni  ob‟ektiv  ilmiy  dalillar,  hodisalar, 



 

qonunlar,  zamonaviy  yutuqlar  va    rivojlanish  istiqbollarini  ochib  berishga 



yaqinlashtirib,  u  yoki  bu  sohaning  asosiy  nazariya  yoki  konsepsiyalari  bilan 

tanishtirishga  yo„naltirilgan  bo„lishini  talab etadi. 



Ta’limning  tarbiyalovchilik  tamoyili  yaxlit  pedagogik  jarayonda  ta‟lim  va 

tarbiyaning  birligi  qonuniyatlariga  tayanadi.  Bu  tamoyil  ta‟lim  jarayonida 

barkamol  rivojlangan  shaxsni  shakllantirishni  ko„zda  tutadi.  Ta‟lim  jarayonida 

tarbiyalashning  samarali  kechishi    shaxsning  intellektual  rivojlanishi,    birinchi 

navbatda, 

o„quvchilarning 

qiziqishlari, 

idrok 


etish 

hamda 


individual 

qobiliyatlarining  hisobga olinishi  bilan  bog„liq. 



Ta’limning  fundamentalligi  va  amaliy  yo‘nalganligi  tamoyili  umuiy  o„rta 

ta‟lim  maktablaridayoq  o„quvchilar  chuqur  nazariy  va  amaliy  tayyorlikdan 

o„tadilar.  Mazkur  holat  an‟anaviy  didaktikada  ta‟limning  hayot  bilan,  nazariyaning 

amaliyot  bilan  bog„liqligi   kabi ifoda etiladi. 



Ta’limning  tabiat  bilan  uyg‘unligi  tamoyili.  Ya.A.Komenskiy  o„zining 

tabiatga  uyg„un  bo„lishi  g„oyasini  ifoda  etib,  tabiatda  hayot  bahordan  boshlangani 

kabi  ta‟lim  olish  jarayoni  uchun  eng  qulay  davr  bolalik  ekanligini  ta‟kidlaydi. 

Ertalabki  soatlar  mashg„ulotlarni  bajarish  uchun  juda  qulay  hisoblanadi. 

O„quvchilarga  ularning  yosh  davrlarini  inobatga  olgan  holda  bilimlarning  berilishi 

ushbu  bilimlarning  ular  uchun  tushunarli  bo„lishini  ta‟minlaydi.  Demak,  tabiat 

bilan  uyg„unlik  g„oyasi  asta-sekinlik,  ketma-ketlik  va  mustaqil  faoliyat  kabi  ta‟lim 

tamoyilining  asosi hisoblanadi.  



Ta’limda  insonparvarlik  tamoyilinibolaning  shaxs  sifatidagi  qadr-qimmati, 

uning  erkinligi  hamda  baxtli  hayot  kechirishini  ta‟minlash,  uni  rivojlantirishi, 

ijodiy  imkoniyatlarini  ro„yobga chiqarishi, unga hayotda o„z o„rnini topishda  

Ta’limning  tashkiliy-metodik  tamoyillari.  Ta’limni  tashkil  etish  metodikasi 

ta’lim  mazmunini  shakllantirish  kabi  erkin  tanlanishi mumkin emas. Bu borada 

muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday 

talablar  ta’limning  tashkiliy-metodik  tamoyillari  deb  yuritiluvchi  tamoyillar 

mazmunida o‘z ifodasini topgan: 

- ta‟limning  izchilligi,  tizimliligi,  ketma-ketligi; 



 

- ta‟limda  onglilik  va ijodiy  faollik; 



- ta‟limda  ko„rgazmalilik; 

- ta‟limning  samaradorligi  va ishonchliligi  (mustahkamligi); 

- ta‟limning  tushunarliligi; 

- guruhli  va individual  ta‟lim  birligi; 

- ta‟limning  o„quvchilar yoshi va individual  xususiyatlariga  mos kelishi; 

- oqilona talabchanlik  bilan  bola shaxsini hurmat  qilishning  muvofiqliligi; 

- pedagogik hamkorlik. 

Ta‟limning 

izchilligi, 

tizimliligi, 

ketma-ketligi 

tamoyilibilish 

bosqichlarining  ob‟ektivligini  anglatadi. 

 

2. Pedagogik jarayonda tarbiya  prinsiplarining  ahamiyati 



 

Tarbiya  mazmunida  oldinga  qo„yilgan  maqsad  va  vazifalarga  muvofiq 

o„quvchilar  tomonidan  o„zlashtirilishi  lozim  bo„lgan  bilim,  ko„nikma  va  malakalar, 

shaxs  xulq-atvori  hamda  sifatlari  mohiyati  aks  etadi.  Tarbiya  mazmuni  shaxsning 

shakllanishiga  qo„yiluvchi  ijtimoiy  talablar  mohiyatidan  iborat  bo„lib,  ijtimoiy-

iqtisodiy  taraqqiyot,  kishilik  munosabatlari  mohiyati  va  darajasi,  shuningdek, 

jamiyat  mafkurasi  g„oyalari  asosda  belgilanadi.  Zamonaviy  tarbiya  mazmunida 

quyidagi  tamoyillar  yotadi: 

1.  Tarbiya  maqsadining  aniqligi.  O„zbekiston  Respublikasi  ijtimoiy-siyosiy 

mustaqilligining  dastlabki  yillaridayoq  respublikada,  amalga  oshirilishi  ko„zda 

tutilayotgan  tarbiya  maqsadi  aniq  belgilab  olindi.  O„zbekiston  Respublikasining 

«Ta‟lim  to„qrisida»gi  Qonuni  hamda  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi» 

g„oyalariga  ko„ra  ijtimoiy  tarbiyaning  asosiy  maqsadi  –  erkin,  ijodkor,  mustaqil 

fikr  egasi  bo„lgan  komil  inson  va  malakali  mutaxassisni  tarbiyalab  voyaga 

yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo„lidagi asosiy vazifa  - bu shaxsda 

umumiy  madaniyat  unsurlari,  ya‟ni,  shaxsning  aqliy,  axloqiy,  jismoniy,  estetik, 

iqtisodiy,  ekologik,  huquqiy,  siyosiy  hamda  mehnat  madaniyatini  tarbiyalashdan 

iborat. 


 

2.  Bolalar  va  kattalarning  birgalikdagi  faoliyati.  O„qituvchilarning  bolalar 



bilan  ma‟naviy  madaniyatini  shakllantirishning  eng  yaxshi  namunasini  izlash,  shu 

asosida  tarbiyachi  ishining  hayotiy  me‟yor  va  qadriyatlarini  aniqlash  o„quvchining 

tarbiya  jarayonidagi  faolligini  ta‟minlashga  olib  keladi.  Dunyoqarashi  hali  to„la-

to„kis  shakllanmagan  bolalar  uchun  kattalarning  hayotiy  tajribalari,  ularning 

shaxsiy namunalari  tarbiyaviy  ta‟sir kuchiga  ega.  

3.          O„z-o„zini  anglash.  Tarbiya  insonda  e‟tiqod,  demokratik  qarashlar  va 

hayotiy  pozitsiyaning  shakllanishiga  olib  keladi.  Tarbiya  mazmunining  eng  muhim 

unsurlaridan  biri  –  bu  insonning  hayotiy  o„z-o„zini  anglashi,  uning  o„z  shaxsiy 

hayoti  va  faoliyatining  sub‟ekti  sifatida  e‟tirof  etilishi  bilan  tavsiflanadi.  Inson 

kamolotida  fuqarolik,  kasbiy  va  axloqiy  o„z-o„zini  anglash  jihatlari  muhim 

ahamiyatga  egadir. 

4.      Tarbiyaning  shaxsga  yo„naltirilganligi.  Mazkur  g„oya  ta‟lim  muassasasi 

amaliyotining  markaziy  nuqtasida  tarbiyaviy  ishlar  dasturi,  tadbirlar,  ularning 

shakl,  metod  va  vositalari  emas.  Balki  o„quvchi  turganligini  anglatishga  xizmat 

qiladi.  Tarbiya  jarayonida  uning  shaxsiy  xususiyatlari,  qiziqishlari,  o„ziga  xos 

xarakteri,  o„z qadr-qimmatini  anglash  tuyg„ulari  rivojlantirilib  borilishi  zarur. 

5.      Ixtiyoriylik.  Tarbiyalanuvchilarning  iroda  erkinligisiz  tarbiya  g„oyalari 

mohiyatini  qaror  toptirish  mumkin  emas.  Tarbiya  jarayoni,  agar  u  oqilona  tashkil 

etilsa,  bir  vaqtning  o„zida  ham  o„quvchi,  ham  o„qituvchi  ma‟naviyatining 

boyitilishiga  xizmat  qiladi.  Agar  tarbiyachi  o„quvchining  qiziqishi,  faoliyati, 

o„rtoqlik  va  fuqarolik  burchini  anglash,  mustaqillikka  intilish  tuyg„ularini  ko„ra  va 

anglay  olsagina  uning  irodali  ekanligi  ayon  bo„ladi.  Tarbiyalanuvchining  irodali 

bo„lishi  ta‟minlangan  sharoitda  uning  shaxsiga  ta‟sir  ko„rsatishga  yo„naltirilgan 

faoliyat  jarayonida  samaraga erishiladi.   

6.        Jamoa  yo„nalishi.  Tarbiyaviy  ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy 

munosabatni  qaror  toptirish  yotadi.  Jamoa  yordamida  shaxsni  har  tomonlama 

kamoloti,  uning  dunyoni  anglash,  uni  to„laqonli  talqin  etish,  insonparvarlik  va 

o„zaro  hamkorlik  tuyg„ularini  yuzaga  kelishi  va  rivojlanib  borishi  kabi  holat 

amalga  oshiriladi. 


 

4.Tarbiya  qonuniyatlari.  Ijtimoiy  tarbiya  maqsadi  hamda  vazifalarini  amalga 



oshirish  uchun  tarbiya  jarayonining  o„ziga  xos  qonuniyatlarini  anglab  olish  muhim 

ahamiyatga  ega. 

Tarbiya  jarayoni  o„ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Uning  eng muhim xususiyati 

aniq maqsadga yo„naltirilganligidir. 

Zamonaviy  talqinda  tarbiya  jarayoni  o„qituvchi  va  o„quvchilar  o„rtasidagi 

muayyan  maqsadga  erishishga  qaratilgan  samarali  hamkorlik  demakdir.  Zero, 

tarbiya  jarayonida  o„qituvchi  va  o„quvchilarning  birgalikdagi  faoliyatlari  tashkil 

etiladi,  boshqariladi  va  nazorat  qilinadi.  Yagona  maqsadga  erishish  yo„li 

zamonaviy  tarbiya jarayonining  maqsadini  tavsiflaydi.    

Tarbiya  jarayoni  ko„p  qirrali  jarayon  bo„lib,  unda  tarbiya  mohiyatini 

yoritishga  xizmat  qiluvchi  ichki  va  tashkil  (sub‟ektiv  va  ob‟ektiv)  omillar  ko„zga 

tashlanadi.  Sub‟ektiv  omillar  shaxsning  ichiki  ehtiyojlari,  qiziqishlari,  hayotiy 

munosabatlari  mazmunini  anglashga  yordam  bersa,  ob‟ektiv  omillar  shaxsning 

hayot  kechirishi,  shakllanishi,  hayotiy  muammolarni  ijobiy  hal  etish  uchun  sharoit 

yaratadi.  Tarbiya  faoliyatining  mazmuni,  yo„nalishi  va  shakli  obektiv  sharoitlar 

bilan  qanchalik  mutanosib  kelsa,  shaxsni  shakllantirish  borasida  shunday 

muvaffaqiyatga  erishiladi.  Tarbiya  jarayonining  tashkil  etilishi  va  boshqarilishida 

nafaqat  o„qituvchi  faoliyati,  balki  o„quvchining  yosh  va  psixologik  shaxsiy 

xususiyatlari,  o„y-fikrlari,  hayotiy  qarashlari  hami  muhim  o„rin tutadi. 

Yuqorida  bayon  etilgan  fikr-mulohazalarga  tayangan  holda  mavzuga 

quyidgicha  xulosa qilish  mumkin: 

Tarbiya  muayyan,  aniq  maqsad  hamda  ijtimoiy-tarixiy  tajriba  asosida 

shaxsni  har  tomonlama  o„stirish,  uning  ongi,  xulq-atvori  va  dunyoqarashini  tarkib 

toptirish  jarayoni  bo„lib,  har  qanday  tuzum  va  zamonda  ijtimoiy  munosabatlar 

mazmunini  aniqlash, ularni  tashkil  etish asosi bo„lib kelgan. 

Yosh  avlod  tarbiyasi  turli  makon  va  zamonda  muayyan  maqsad  asosida 

tashkil  etiladi.  Ijtimoiy  tarbiyani  yo„lga  qo„yish  jarayonida  bir  qator  vazifalar  hal 

etiladi.  Tarbiyaning  maqsad  va  vazifalari  ijtimoiy  tuzum  mohiyati,  taraqqiyot 

darajasi,  ijtimoiy  munosabatlar  mazmuni,  shuningdek,  jamiyat  fuqarolarining 


 

10 


dunyoqarashi, intilishlari,  orzu-niyatlari  asosida belgilanadi. 

Tarbiya  jarayonining  xususiyatlarini  chuqur  anglash  va  ularni  inobatga  olgan 

holda  tarbiyani  tashkil  etish  oldinga  qo„yilgan  maqsadga  erishish,  shuningdek,  bu 

boradagi vazifalarni  ijobiy  hal etish imkonini  beradi. 

Komil  insonni  shakllanirish  masalasi  barcha  davrda,  ham  muhim  ijtimoiy 

vazifa  sifatida  kun  tartibiga  qo„yilgan.  Xususan,  zardushtiylik  dinida  komillikning 

asosi  ezgu  fikr,  ezgu  so„z  va  ezgu  amal  (harakat)dan  iborat  ekanligi  ta‟kidlansa, 

islom  ta‟limoti  g„oyalariga  ko„ra  yetuklikning  bosh  mezoni  –  ilmlilik,  bilimli 

bo„lishdir.   

Shaxs  psixologik  jihatdan  taraqqiy  etgan,  shaxsiy  xususiyatlari  va  xatti-

harakatlari  bilan  boshqalardan  ajralib  turuvchi  muayyan  jamiyat  a‟zosi  bo„lib, 

uning  shakllanishi  ijtimoiy  munosabatlar  jarayonida  kechadi.  Mazkur  jarayonda 

qatnashish  asosida  u  jamiyat  tomonidan  tan olingan ma‟naviy-axloqiy, shuningdek, 

huquqiy  me‟yorlar  mohiyatini  o„zlashtiradi.  Jamiyatning  a‟zosi  sifatida  uning 

ijtimoiy  va  iqtisodiy  taraqqiyotini  ta‟minlovchi  mehnat  faoliyatini  yo„lga  qo„yadi. 

Shuningdek,  shaxsiy  ehtiyojlari,  manfaatlarini  qondirish  yo„lida  ham  atrofdagilar 

bilan  munosabatga kirishadi.   

Jamoa  (lotincha  «kollektivus»  so„zining  tarjimasi  bo„lib,  yig„ilma,  omma, 

birgalikdagi  majlis,  birlashma,  guruh)  bir  necha  a‟zo  (kishi)lardan  iborat  bo„lib, 

ijtimoiy  ahamiyatga  ega  umumiy  maqsad  asosida  tashkil  topgan  guruh  demakdir. 

Zamonaviy  talqinda  «jamoa»  tushunchasi  ikki  xil  ma‟noda  ishlatiladi.  Birinchidan, 

jamoa  deganda  bir  necha  kishilarning  muayyan  maqsad  yo„lida  birlashuvidan 

iborat  tashkiliy  guruhi  tushuniladi  (masalan  ishlab  chiqarish  jamoasi,  zavod 

jamoasi,  o„quv  yurti  jamoasi,  xo„jalik  jamosi  va  hokazo).  Ikkinchidan,  jamoa 

deganda  yuqori  darajada  uyushtirilgan  guruh  tushuniladi.  Chunonchi,  o„quvchilar 

jamoasi  yuqori darajada uyushtirilgan  birlashma  hisoblanadi. 

 

 


 

11 


3  O„quv-tarbiya jarayonida  ta‟lim  oluvchilarning  bilimini  reyting  asossida 

baholash tizimi 

 

Talabalarning  bilim  saviyasi,  ko`nikma  va  malakalarini  nazorat  qilishning 



reyting  tizimi  asosida  talabaning  har  bir  fan  bo`yicha  o`zlashtirish  darajasi  ballar 

orqali  ifodalanadi.  Har  bir  fan  bo`yicha  talabaning  semetsr  davomidagi 

o`zlashtirish  ko`rsatkichi  100 ballik  tizimda  baholanadi. 

Yakuniy  nazoratga -30 ball; 

Joriy  va  oraliq  nazoratlarga  -70  ball  (fanning  xususiyatidan  kelib  chiqqan 

holda 70 ball kafedra tomonidan joriy  va oraliq nazoratlarga  taqsimlanadi). 

Talabaning  reyting  daftarchasiga  alohida  qayd  qilinadigan  kurs  ishi 

(loyihasi,  hisob-grafik  ishlari),  malakaviy  amaliyot,  fan  (fanlararo)  bo`yicha 

yakuniy  davlat  attetsatsiyasi,  bitiruv  malakaviy  ishi  va  magitsratura  talabalarning 

ilmiy-tadqiqot  va  ilmiy-pedagogik  ishlari,  magitsrlik  dissertatsiyasi  bo`yicha 

o„zlashtirish  darajasi-100  ball  tizimida  baholanadi. 

Talabaning  fan  bo`yicha  o`zlashtirish  ko`rsatkichini  nazorat  qilishda 

quyidagi  namunaviy  mezonlar  (keyingi  o`rinlarda  namunaviy  mezonlar  deb 

yuritiladi)  tavsiya  etiladi: 

a)  86-100  ball  uchun  talabaning  bilim  darajasi  quyidagilarga  javob  berishi 

lozim: 


 

xulosa va qaror qabul qilish; 

 

ijodiy  fikrlay  olish; 



 

mutsaqil  mushohada yurita  olish; 

 

olgan bilimlarini  amalda qo`llay  olish; 



 

mohiyatni  tushunish; 

 

bilish,  aytib berish; 



tasavvurga  olish.  atoriya  va  mustaqil  ta'limda  beriladigan  topshiriqlar  va 

vazifalarni  qay darajada bajarilishiga  qarab belgilanadi.   

Quyida  oliy  ta'limda  talabalar  tomonidan  o`qitish  shakllarida  beriladigan 

topshiriqlarga  to`xtalib  o`tamiz. 



 

12 


Amaliy  mashg„ulotlarni  tashkil  etish  bo„yicha  ko„rsatma  va  tavsiyalar. 

Amaliy  mashg„ulotlarda  talabalar  nazariy  materiallarni  mustahkamlaydi.  Bunda 

yakka tartibda, guruh va jamoaviy  shakllardan  foydalanish  tavsiya qilinadi.   

Amaliy  mashg„ulotlarda  talabalarning  erkin    va  ijodiy  fikrlashiga  sharoit 

yaratish  muhim.   

Mustaqil  ishni  tashkil  etishning  shakli  va  mazmuni.  Talaba  mustaqil  ishni 

tayyorlashda  muayyan  fanning  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  quyidagi 

shakllardan  foydalanish  tavsiya etiladi: 

 

darslik  va  o‟quv  qo‟llanmalar  bo‟yicha  fan  boblari  va  mavzularini 



o‟rganish; 

 

tarqatma materiallar  bo‟yicha ma`ruza qismini  o‟zlashtirish; 



 

o‟qitish va nazorat qilishning  avtomatlashtirilgan  tizimlari  bilan  ishlash; 

  fanning  boblari va mavzulari  ustida ishlash; 

 

talabalarni  ijodiy  jarayonga  yo‟naltirish,    ularni  tahlil  qilish,  mustaqil 



ishlashga  o‟rgatish, mashqlar bajarish; 

 

yangi  texnika,  jihozlar,  keng  ko‟lamli  ilmiy  ish  olib  borishga  qulay 



jarayonlar  va texnologiyalarni  o‟rganish; 

  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  bajarish  bilan  bog‟liq  holda  fanning  muayyan 

boblari va mavzularini  chuqur o‟rganish. 

Laboratoriya  ishlarini  tashkil  etish  bo`yicha  ko`rsatmalar.  Laboratoriya 

ishlari  talabalarda  nazariy  ma'lumotlarni  chuqurroq  o`rganishga,  pedagogik  tahlil  

va  tadqiqot  qilish  bo`yicha  amaliy  ko`nikma  va  malaka  hosil  qilishlariga  xizmat 

qiladi. 

Seminar    mashg„ulotlarini  tashkil  etish  bo„yicha  ko„rsatmalar.  Seminar 

mashg„ulotlari  talabalarda  Umumiy  pedagogika  nazariyasi  va  amaliyoti  fanini 

chuqurroq  o„rganishga  ,pedagogik  tahlil    va  tadqiqot  qilish  bo„yicha  amaliy 

ko„nikma va malaka  hosil qilishlariga  xizmat  qiladi. 

Kurs  loyihasini  tashkil  etish  bo`yicha  ko`rsatmalar.  Kurs  loyihasining 

maqsadi  talabalarni  mustaqil  ishlash  qobiliyatini    rivojlantirish,  olgan  nazariy 

bilimlarini  qo`llashda amaliy  ko`nikmalar  hosil qilishdir.   



 

13 


Kurs  loyihasi  mavzulari  fanning  mazmun  mohiyati  bilan    bog`liq  holda 

beriladi.  Kurs  loyihasining  mavzulari  umumiy  talablar  sonidan  20-30%  ko`proq 

oldindan tayyorlanadi.  Har bir talabaga   shaxsiy topshiriq beriladi. 

 

4. Bilimlarni  test nazorati  asosida baholashning afzalliklari 



 

O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1993  yil  5  fevraldagi 

«O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  o`quv  yurtlari  uchun  talabalarni  test  usulida  qabul 

qilish  to`g`risida»gi  qarori  O`zbekistonda  MDH  davlatlari  ichida  birinchi  bo`lib 

testshunoslikdan  foydalanishga  keng  yo`l  ochib  berdi.  Jahon  pedagogikasi  va 

psixologiyasida  mustahkam  o`rin  olgan  test  usuli  mamlakatimiz  ta'lim  tizimida 

jadallik  bilan  tadbiq  qilinmoqda.  Respublika  Davlat  Test  markazining  faoliyat 

ko`rsatayotganligi  mamlakatimizda        testshunoslikning  davlat  ahamiyatiga  ega 

bo`lgan masala darajasiga  ko`tarilganligining  yaqqol dalilidir.   

Pedagogik  testlar  AqSh,  Niderlandiya,  Angliya,  Turkiya,  Janubiy  Koreya, 

Yaponiya  va  boshqa  ko`pgina  mamlakatlarda  keng  rivoj  topdi.    Ushbu  ro`yxatga 

asosan  turmush  darajasi  yuqori  bo`lgan  mamlakatlar  kirganligi  tasodif  emas. 

Bunda  quyidagi  zanjirli  bog`lanish  mavjud:  testlarni  qo`llash  ta'lim  sifatiga  ijobiy 

ta'sir  ko`rsatadi;  ta'lim  sifati  esa  boshqaruv  sifati  bilan  bog`liq;  oqilona  boshqaruv 

esa aholi  turmush darajasini  oshirish uchun zamin  yaratadi.   

Testshunoslik  batafsil  bayon  etilishi  zarur  bo`lgan  alohida  soha  ekanligi  va 

shu  bilan  birga,  test  topshiriqlari  pedagogik  texnologiya  bo`yicha  loyihanlangan 

tashhislanuvchi  o`quv  jarayonini  amalga  oshirishning  muhim  vositasi  ekanligini 

ham  e'tiborga  olib,  bu  bo`limda  testshunoslik  tarixi,  test  usulining  afzalliklari,  test 

shakllari  va ularni  tuzishga oid didaktik  talablar  haqida ixcham  ma'lumot  beriladi. 

Test  (ingl.  -  sinov)  birinchi  marta  1864  yilda  Buyuk  Britaniya  olimi  J.Fisher 

tomonidan  talabalarning  bilim  darajasini  tekshirish  uchun  qo`llanilgan.    Test 

sinovlarining  nazariy  asoslarini  keyinchalik  ingliz  psixologi  F.Gamelton  ishlab 

chiqdi.    Test  sinovlari  dastlab  psixologiya  fani  doirasida  rivojlandi.    XX  asr 

boshida  esa  test  sinovlarini  ishlab  chiqishda  psixologik  va  pedagogik  yo`nalishlar 


 

14 


bir-biridan  mustaqil  ajrala  boshladi.    Pedagogik  test  sinovlari  birinchi  marta 

amerikalik  psixolog  E.  Torndayk  tomonidan  yaratilgan.    Psixologiya  va 

pedagogikada  test  sinovlarining  rivojlanishi  bilan  matematik  uslublar  ham 

qo`llanila  boshlandi.    Bunday  uslublar  o`z  navbatida  test-larni  ishlab  chiqishga 

ijobiy  ta'sir  ko`rsatdi.  XIX  asr  oxiri  XX  asr  boshlarida  test  sinovlariga 

talabalarning  o`quv  qobiliyatlarini  baholash  vositasi  sifatida  qarash  ancha 

kuchaydi.  Aynan  shu  davrdan  boshlab  test  sinovlari  ikki  asosiy  yo`nalish:  aqliy 

(intellektual)  rivojlanish  darajasini  aniqlash  testlarini  yaratish  va  qo`llash  hamda 

talabalarning  o`qish  qobiliyatlarini  va  bilimlarini  baholashga  mo`ljallangan 

pedagogik  testlarni  yaratish  va  qo`llash  sohalari  rivojlana  boshladi.  Test 

tuzuvchilar  turli  odamlarda  reaktsiya  vaqti  bir  xil  emasligini  aniqladilar,  bu  esa 

odamlarning  aqliy  qobiliyatlarini  o`rganish  zarurligi  va  turli  darajadagi  testlar 

yaratish  usulida  amaliy  ishlar  olib  borish  lozimligi  to`g`risida  xulosa  chiqarishga 

olib keladi.    

Talabalarning  bilimlarini  baholashning  turli  usullarini  tahlil  etib,  testlarni 

guruxlarga  ajratishga  o`rganib  ko`rilgan.  Ch.Grin  o`zining  «Test  novogo  tipa» 

(Yangi  turdagi  test)  nomli  monografiyasida  ilgari  yaratilgan  va  ishlatib  ko`rilgan 

testlarning  afzalliklari  va kamchiliklarini  tahlil  qilib  quyidagi  tavsiyalarni  berdi:   

  test  sinovlari  uchun  mo`ljallangan  material  hajmini  aniq  belgilash  va 

uning  tarkibidagi  eng muhim  qismlarini  ajratib  olish; 

  mazkur  material  uchun  test  sinovlarining  eng  maqbul  shaklini  tajriba 

yo`li  bilan  aniqlash; 

  talabalarning  test  sinovlari  vaqtida  javob  berishlari  o`rtacha  tezligi 

to`g`risidagi  amaliy  ma'lumotlarni  e'tiborga  olgan  holda,  test  sinovlarining  davom 

etish vaqtini  belgilash; 

  test  sinovlardagi  fikrlarni  bayon  qilinish  tilining  to`g`ri-ligini  va 

mantiqqa muvofiqligini  tekshirish; 

  topshiriqlarni  murakkabligi  ortib  borish  tartibida      joylashtirish,  to`g`ri  va 

noto`g`ri javoblarning  doim bir navbatda almashinishiga  yo`l qo`ymaslik.   

Ch.Rassel  test  sinovlarining  natijalarini  o`rganishni  davom  ettirib,  test 



 

15 


sinovlarining  maqsadi  to`g`risidagi  savolga  javob  berishga  erishdi.    Rasselning 

fikricha,  test  sinovlarining  maqsadi  talabalarning  bilimlarini  baholash  yoki 

ularning  aqliy  rivojlanishi  darajasini  aniqlash  bilan  cheklanmaydi  va  testlarni 

quyidagi  xollarda:  qaysi  materialdan  boshlab  o`rganish  zarurligini  ta'minlashda; 

talabalarni  guruxlarga  taqsimlashda;  o`qitish  jarayonida  sodir  bo`ladigan  qiyin-

chiliklarni  oldindan  aniqlashda;    shuningdek,  mamlakatning  turli  nohiyalaridagi 

o`quv  yurtlarida  ma'lum  yoshdagi  talabalarning  yutuqlarini  taqqoslashda  qo`llashi 

mumkin.   

Shuni  ta'kidlash  lozimki,  Amerika  maktab  direktorlari  Assotsiatsiyasining 

test  sinovi  o`tkazmasdan  ta'lim  berish  mantiqsizdir,  faqat  testni  qo`llash 

natijasidagina  nazoratdan  ta'limga    yo`naltirilgan  qaytuvchan  aloqa  haqida  fikr 

yuritish  va  qanday  yo`nalishda  harakat  qilishni  bilish  mumkin,  degan  fikrlari 

ma'lumdir.  Frantsiya  parlamenti  1989  yilda  ta'limni  rivojlantirishning  asosiy 

yo`nalishlari  haqida qonun qabul qildi.   

Unda,  xususan,  talabalar  bilimini  xolisona  baholash  usuli  bo`yicha 

o`qituvchilar  majburiy  suratda  tayyorgarlikdan  o`tishlari  ko`zda  tutiladi:  Busiz 

1992  yildan  boshlab  Frantsiyada  o`qituvchilik  qilishga  ruxsat  etilmaydi.  Shunisi 

qiziqki,  Frantsiya to`qson yillik  test an'analariga  ega bo`lgan davlatdir.   

O`tgan 

asrning 


70-yillari 

oxirida 


Pitterburgdagi 

Karnegi-Melon 

universitetining 

bir 


gurux  sotsial-psixologlari  AqShda  test  o`tkazishning 

zamonaviy  ahvolini  o`rganishga  bag`ishlangan  maxsus  tadqiqot  olib  bordilar.  

Aslida,  tadqiqotchilarning  maqsadi  AqSh  o`quv  yurtidagi  testlarni  keng  miqyosda 

qo`llash sabablarini  aniqlash  edi.  

Bu  tadqiqot  natijasida  quyidagilar  aniqlandi:  test  sinovi  Amerika  hayotida 

chuqur 


ildiz 

otgan, 


hech 

kim 


Amerika 

maktablarida 

turli 

xildagi 


standartlashtirilgan  test  bo`yicha  sinovdan  o`tmasdan,  boshqacha  yo`l  bilan  bilim 

olishni  davom  ettira  olmaydi,  ishga  joylashish,  keyinchalik  esa  yuqori  lavozimga 

ko`tarilish  yoki  malaka  oshirish  test  bilan  chambarchas  bog`lanib  ketganligi 

alohida 


qayd 

qilindi.    Tadqiqotda  amerikaliklarni  testlarga  bu  qadar 

moyilliklarining  uchta sabablari keltirildi: 


 

16 


1)  inson  omilidan  imkon  boricha  samarali  tarzda  xizmat  manfaatlari  nuqtai 

nazaridan  foydalanish; 

2) ijtimoiy  kelib  chiqishidan  qat'iy nazar iste'dodlarni taqdirlashga  intilish; 

3) amerikaliklarni  milliy  ta'lim  standartlarni  joriy  etish uchun intilishlari.   

Insoniyat  erishgan  yutuqlarni  xolisona  baholash  uchun  testlashtirishdan 

ommaviy  suratda  foydalanish,  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  test  sanoati  va 

testlar bozorini vujudga  keltirdi.   

AqShda  to`rt  yuzdan ortiq markaz o`zaro raqobat ostida turli-tuman testlarni 

ishlab  chiqmoqdalar.  Shuningdek,  testlarni  tuzish  va  ularni  qo`llash  bo`yicha 

yaxshi mutaxassisliklar  yuqori darajada qadr topganlar.  

1992  yilda  ular  AqShdagi  eng  nufuzli  20  ta  faoliyat  yo`nalishlari  ro`yxatida 

8-o`rinni  egallaydilar.  O`ta  qadrlanadigan  ixtisosliklar  -  tizimlar  bo`yicha  tahlil, 

marketing,  sog`liqni  saqlash,  ekologiya,  oziq-ovqat  maxsulotlarini  taqsimlash  va 

kompyuter texnologiyasi  esa, tegishli  tarzda 15-20-o`rinlarga  joylashtirilgan.   

Pedalogiyani  soxta  fan  sifatida  qoralash jarayonida sovet pedagoglari hamda 

psixologlarining  talabalar  bilim-ko`nikmalarini  baholashga  qaratilgan    ijobiy 

yutuqlari  ham  inkor  etildi.    Shuning  uchun  test  sinovlari  muammosi pedagogika va 

psixologiyaga  oid adabiyotlarda uzoq vaqt aks ettirilmadi.   

Yuqorida  ta'kidlaganidek,  mustaqil  O`zbekistonda  MDH  davlatlari  ichida 

birinchi  bo`lib,  1993  yildan  testshunoslikdan  foydalanishga  keng  yo`l  ochib 

berildi.  Pedagogik  testlar  keng  miqyosda,  dastlab  o`rta  ma'lumot  yakunida,  oliy 

o`quv yurtiga  kiruvchilarni  qabul qilishda  qo`llanila  boshlandi.  

Pedagogik  testlarning  zamonaviy  nazariyasi  pedagogika,  psixologiya, 

mantiq, 


o`lchovlar  nazariyasi,  matematik  statistika,  matematika,  axborot 

nazariyasi;  kibernetika  va  bir  qator  fanlarning  tutash  chegaralarida  rivojlanmoqda. 

Shuningdek,  testlar  ilmiy  asoslangan,  eng  ishonchli  pedagogik  o`lchovlar  quroli 

sifatida  etirof etilmoqda.  

Pedagogik  testlar  insoniyat  tafakkuri  erishgan  muvaffaqiyatlardan  biri 

bo`lib,  ta'lim    jarayonining  samaradorligini  oshiradi.    Shuning  uchun  ham  kelajak 

avlod  psixologik,  pedagogik va kasbiy testlar me'yor bo`lib qolgan davrda yashab, 


 

17 


faoliyat  ko`rsatadilar.  

Pedagogik  testlar  bilimlarga  baho    berishning  istiqbolli  usuli  hiso blanadi. 

Uning  afzalliklari  quyidagilardan  iborat:   

  test  topshiriqlari  o`quv  fanining  asosiy  mazmunini  qamrab  oladi  (imtihon 

bileti  o`zida nazorat qilinadigan  o`quv materialining  4-5 foizini  qamraydi xolos); 

  hamma  talabalar  testning  bir  xil  savollariga  javob  beradilar,  bu  ularning 

bilimlarini  taqqoslashga imkon beradi; 

  talabalar  bilimiga  haqqoniy baho berish mezoni oshadi; 

  test  nazoratida    oldindan  yaratilgan,  hamma  uchun  bir  xil  bo`lgan  shkala 

yordamida  talabalar  bilimiga  bir  muncha  aniq  va  tabaqalashgan  baho  qo`yishga 

imkon beradi (reyting); 

  o`qituvchi talabalar  bilimini  nazorat qilishga  kam vaqt sarflaydi;   

  boshlang`ich  darajasini  va  har  qanday  vaqt  oralig`ida  bilimlarni  oshirish 

imkoniyatini  o`lchashga sharoit yaratiladi; 

  test  nazorati  kompterlashtirishga  (avtomatlashtirishga)  qulay.    Bu 

pedagogik 

testlashning 

asosiy  afzalliklaridan  biridir.  O`quv  jarayonining 

takrorlanuvchanligi  ham aynan shunda o`z ifodasini topadi. 

Umuman  olganda  test  usuli  birmuncha  texnologik  hisoblanadi.  U  bilimlarni 

o`zlashtirish  sifatini  nazorat  qilishda  professor-o`qituvchilar  mehnat  unumdorligini 

oshiradi  va  o`quv  dasturini  chuqur  va  har  tomonlama  o`zlashtirilishini  ta'minlaydi.  

Pedagogik testlashning  bu afzalliklari  AqShda munosib baholangan.   

Abiturient  (talabgor)larni  universitet  va  kollejlarga  test  sinovi  bilan  qabul 

qilinadi.    Pedagogik  testlarni  keng  qo`llashi  bo`yicha  AqSh  tajribasi  Kanada, 

Yaponiya, Turkiya  va boshqa ko`pgina mamlakatlarga  yoyilgan.   

Sifatli  test  topshiriqlarini  tuzishning  qiyinligi,  testni  keng  joriy  etishni 

murakkablashtiradi.    Bu  ish  yuqori  pedagogik  malaka  va  tajriba  talab  etadi. 

Shuning  uchun  ham,  AqShda  testning  yuqori  sifatini  ta'minlash  uchun  pedagogik 

testlashning  maxsus  xizmati  (PTX)  tashkil  kilingan]    Bu  tashkilot  test  o`tkazish 

amaliyotini  umumlashtirish  va  ommalashtirish,  standartlashtirilgan  testlar  yaratish, 

test  o`tkazishning  yagona  qoidalari  va  test  ishlab  chiqish  usullarini  belgilash 



 

18 


masalalari  bilan  shug`ullanadi.   

Pedagogik  testlash  xizmati  (PTX)  Prinston  universitetida  joylashgan,  unda 

2300  nafar  kishi,  shu  jumladan,  250  nafar  falsafa,  pedagogika,  psixologiya, 

sotsiologiya,  statistik  va  psixologik  uslublar,  kasb  tanlash  bo`yicha  fan  doktorlari, 

shuningdek,  turli  fanlar  bo`yicha  fan  doktorlari,  200  nafar  magistr,  har  xil  fanlar 

bo`yicha o`qituvchilar  xizmat  qiladi.   

Testlar  EHMda  ishlanadi  va  sinaladi.    Mamlakatda  pedagogik  testlash 

xizmatiga  bo`ysunadigan  5000  test  punktlari  mavjud.  Test  o`tkazish  uchun 

Prinston  markazi  53  ishonchli  shaxslarga  (odatda  test  o`tkaziladigan  o`quv  yurtlari 

pedagoglariga)  test materiallari  va test o`tkazish bo`yicha  yo`llanmalar  yuboradi.  

Bu  misoldan  ma'lumki,  testlashni  samarali  o`tkazish  pedagogik  testlarning 

maxsus  rivojlangan  xizmati,  keng  quloch  yoyilgan  tarmoq  punktlari,  testlar 

bo`yicha  nazariya  va  amaliyotni  o`zida  aks  ettiradigan  katta  hajmdagi  adabiyotlar 

mavjudligiga  bog`liq.  

 


 

19 


 XULOSALAR 

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va mavzuning dolzarbligini inobatga 

olgan holda quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:  

O„quv  jarayonida  amal  qiluvchi  barcha  qonuniyatlar  umumiy  va  xususiy 

tarziga  ikki  guruhga  ajratiladi.  Amal  qilinishiga  ko„ra  yaxlit  didaktik  tizimni  

qamrab  oladigan  qonuniyatlar  umumiy,    amal  qilinishiga  ko„ra  faqat  alohida 

tarkibiy  qismlariga  taalluqli  bo„lgan qonuniyatlar  esa xususiy (aniq) deb ataladi. 

Didaktik  tamoyillar  (didaktika  tamoyillari)  o„quv  jarayonining  umumiy 

maqsadlari  va  qonuniyatlariga  ko„ra  tashkil  etiluvchi  ta‟lim  jarayonining  tashkiliy 

shakl  va  metodlari,  asosiy  qoidalari  mohiyatini    belgilovchi  mazmundir.  Ta‟lim 

tamoyillarida  ta‟limning  aniq,  tarixiy  tajribaga  asoslanuvchi  me‟yoriy  asoslari 

(qoidalari)  o„z ifodasini topgan.  

Ta‟lim  o„quvchilarga  nazariy  bilimlarni  berish  asosida  ularning  bilish 

qobiliyatlarini  o„stirish,  ularning  amaliy  ko„nikma,  malakalari  va  dunyoqarashini 

shakllantirishga  yo„naltirilgan  jarayon  bo„lib,  ushbu  tushuncha  negizida  shaxsning 

tanqidiy  fikrlashi,  yaratishi,  borliqda  sodir  bo„layotgan  hodisalarni  o„zaro 

aloqadorlik  nuqtai nazaridan  baholay olishi  ham aks etadi. 

Shaxsni  ijtimoiylashtirish  uni  jamiyat  tomonidan  tan  olingan  xulq-atvor 

me‟yorlari,  bilim  hamda  qadriyatlar  tizimini  o„zlashtirishdan  iborat  ijtimoiy 

hayotga jalb etish jarayonidir.   

Ta‟lim  mazmuni  tizimlashtirilgan  bilim,  ko„nikma  va  malakalar,  qarashlar, 

ishonchlar  to„plami,  o„quv-tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etish  natijasida  erishilgan 

amaliy  tayyorgarlikning  ma‟lum darajasi  bilan  belgilanadi.   

Talabalarning  bilim  saviyasi,  ko`nikma  va  malakalarini  nazorat  qilishning 

reyting  tizimi  asosida  talabaning  har  bir  fan  bo`yicha  o`zlashtirish  darajasi  ballar 

orqali  ifodalanadi.  Talabaning  reyting  daftarchasiga  alohida  qayd  qilinad igan  kurs 

ishi  (loyihasi,  hisob-grafik  ishlari),  malakaviy  amaliyot,  fan  (fanlararo)  bo`yicha 

yakuniy  davlat  attetsatsiyasi,  bitiruv  malakaviy  ishi  va  magitsratura  talabalarning 

ilmiy-tadqiqot  va  ilmiy-pedagogik  ishlari,  magitsrlik  dissertatsiyasi  bo`yicha 

o„zlashtirish  darajasi-100  ball  tizimida  baholanadi. 



 

20 


 

 FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR  RO„YHATI 

1.  O„zbekiston  Respublikasining  «Ta‟lim  to„g„risida»gi  Qonuni.  Barkamol  avlod  – 

O„zbekiston taraqqiyotining  poydevori. –T .: Sharq, 1997. 

2.  O„zbekiston    Respublikasi  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi».  Barkamol  avlod  – 

O„zbekiston taraqqiyotining  poydevori.–T.: Sharq, 1997. 

3.  “Barkamol  avlod yili”  davlat Dasturi.  –T.: O„zbekiston, 2010.  

4.  Karimov  I.A. Yuksak ma‟naviyat  – yengilmas  kuch. –T.: Ma‟naviyat, 2008. 

5.  Karimov  I.  Asosiy  vazifamiz  vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini 

yanada yuksaltirishdir.  –T.: O„zbekiston, 2010. 

6.  Asqarova O„. Pedagogikadan amaliy  mashqlar va masalalar.  –T.: Mehnat, 2004. 

7.  Asqarova O„.M., Xayitboev M., Nishonov M.S. Pedagogika. –T.:Talqin, 2008. 

8.  Zunnunov A., Mahkamov  U. Didaktika.  –T.: Sharq, 2006. 

9.  Ishmuhamedov  R.J.  Innovatsion  texnologiyalar  yordamida  ta‟lim  samaradorligini 

oshirish yo„llari.  –T.: TDPU, 2004.  

10.  Yo„ldosheva  D.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  asosida  ta‟lim  maqsadini 

belgilashning  didaktik  asoslari.  –T.: Fan, 2006. 

11.  Mavlonova  R., To„raeva O., Holiqberdiev K. Pedagogika. –T.: O„qituvchi, 2001.  

12.  Minavvarov  Q. Pedagogika. –T.: O„qituvchi, 1996. 

13.  Podlasыy I.P. Pedagogika. I-II t. –M.: Vlados, 1999. 

14.  Pedagogika  nazariyasi.  (Ma‟ruzalar  matni).  Mualliflar:  H.Sariboev,  J.Hasanboev, 

M.Usmanbaeva. TDPU, 2004 y.  

15.  Turg„unboev  K.,  Komilova  F.,  Jo„raboeva  Z.  Pedagogika  nazariyasi  va  tarixi.  

Andijon  nashriyot matbaa, OAJ. 2005. 

16.  Qodirov B. Komil inson tarbiyasining  pedagogik asoslari. –T.: Mehnat, 2001. 

17.  Hasanboev  J.,  Sariboev H. va boshqalar. Pedagogika. O„quv qo„llanma.  –T.: Fan, 



2006. 

18.  Hasanboev  J.  va  boshqalar.  Pedagogika  fanidan  izohli  lug„at.  –T.:  Fan  va 



texnologiya,  2008. 

 

Download 282.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling